Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.42K subscribers
12.4K photos
930 videos
431 files
4K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Jarayon
#KosonsoyIM
#Akademik_uchrashuv

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Bugun Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti direktori akademik Tojiboyev Komiljon Sharobiddinovich va Botanika instituti ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari tashrif buyurishdi va "Yosh Akademiklar" klubi aʼzolari hamda maktabning tabiiy fanlar yoʻnalishida oʻqiyotgan oʻquvchilar bilan uchrashuv tashkillashtirildi.

Uchrashuv davomida Akademik K.Tojiboyev "Yuksak oʻsimliklar xilma-xilligi: global, mintaqaviy darajalarda oʻrganilishi" mavzusida maʼruza qildi. Oʻzbekistondagi barcha mavjud oʻsimliklar ularni turlarini aniqlash toʻgʻrisida bir qancha maʼlumotlar berildi.

Uchrashuv soʻngida oʻquvchilar oʻzlari qiziqtirgan savollariga kerakli javoblar olishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#KosonsoyIM
#Seminar

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

Bugun Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Namangan viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarning maslahatchilari va psixologlari uchun seminar bo'lib o'tdi.

🟢Maktab maslahatchilari uchun tashkil etilgan seminarda barcha ishtirokchilar birdek faol qatnashishdi.

🟢Xususan Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktab maslahatchisi Sh.Sultonov o'zining taqdimotini seminar ishtirokchilari e'tiboriga havola qildi.

🟢Seminar davomida To'raqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktab maslatchisi A.Abduraxmonov o'z taqdimotini namoyish etdi.

Yakunda barcha ishtirokchilar seminar trening xususida o'zlarining ijobiy fikrlarini bildirib o'tishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
https://t.iss.one/councelor_Kasansay
#Jarayon
#KosonsoyIM
#seminar

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida viloyat psixologlari seminari tashkil etildi.

Seminar “Iqtidorli o’quvchilarda kreativlik sifatini rivojlantiruvchi omillar” mavzusida o’tkazildi.

♻️Maqsad o’quvchilarni ijodkorlik va yaratuvchanlik sifatlari o’stirishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, ota-onalar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, sog’lom ovqatlanish, sport mashg’ulotlarini o’quvchilar kreativligida ahamiyati borasida maktab psixologi M. Shoxobiddinova tomonidan ma’ruza qilindi,kerakli tavsiyalar ham berildi.

📝Torrensning kreativlikni o’rganuvchi metodikasi seminar qatnashchilari bilan o’tkazilib, ish jarayoniga tadbiq qilish ish samaradorligi oshirishga yordam berishi ta’kidlandi.

🔥Seminar taassurotlarga boy tarzda o’tkazildi. Seminar qatnashchilari yangiliklarga ega bo’lishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#KosonsoyIM


🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga Toshkent MIFI universiteti hodimlari tashrif buyurishdi va universitet haqida kerakli ma’lumotlarni berib o’tishdi

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
https://t.iss.one/councelor_Kasansay
#Jarayon
#KosonsoyIM
#Trening

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Bugun Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi maslahatchisi Sh.Sultonov maktabning quyi sinf o'quvchilari bilan birgalikda "Kelajak kasblari" mavzusida trening o'tkazildi. Mavzu doirasida kelajakda paydo bo'ladigan va yo'qoladigan kasblar xaqida ma'lumotlar berildi.

O'quvchilarining aynan qaysi kasbga qiziqishi va shu kasblarga bog'liq bo'lgan fanlarni aniqlash maqsadida so'rovnoma olindi.

♻️ Yakunda o'quvchilar o'zlari qiziqqan savollarga javob olishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Psixologik_time
#KosonsoyIM

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi M.Shoxobiddinova va Kosonsoy tuman "Inson" ijtimoiy himoya markazi bilan hamkorlikda o’quvchilar bilan “Z avlod bolalari” nomli trening mashg’uloti o’tkazildi.

Maqsad: o’quvchilar ong, tafakkuri, idroki kabi bilish jarayonlarini rivojlantirish, kreativlik qobiliyati shakllantirish, guruh bo’lib ishlash ko’nikmasi yanada rivojlantirish.

Seminarda “Muloqotning so’zsiz uzatish”, “Ichingdagi so’zlarni ayt”, “Sholg’om ertagi”, “Kim chaqqon” kabi qiziqarli o’yinlar o’tkazildi.

O’quvchilar treningdan yangi bilimlar va pozitiv kayfiyat bilan o’tkazildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#KosonsoyIM
#Trening

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi yuqori sinf o'quvchilari uchun yaqin xududda joylashgan "TERRY JAR" textile MCHJ ga ekskursiya uyushtirildi.

Sayohat davomida ushbu ishlab chiqarish korxonasining mas'ul xodimlari ishlab chiqarish texnologiyalari va mahsulotlar haqida ma'lumotlar berib o'tishdi

♻️ Yakunda o'quvchilar o'zlari qiziqqan savollarga javob olishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#KosonsoyIM
#IT_trening

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabida "Yosh akademiklar" klubi a'zosi Xasanboyev Farruxbek tomonidan quyi sinf o'quvchilari uchun IT ta'limi mavzusida trening o'tildi.

♻️Barcha o'quvchilar IT sohasiga qiziqqanliklari tufayli trening juda qiziqarli davom etdi.

Trening davomida dasturlash tillari va ushbu dasturlarda qanday ishlanishi haqida umumiy ma'lumot berib o'tildi.

🔰Ushbu treningda o'quvchilar yangi ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#KosonsoyIM
#Yosh_akademiklar


🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Yosh akademiklar” klubining navbatdagi yigilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda a’zolar o’zlarining loyihalarini taqdimot qilib o’tishdi.

♻️Keyingi yig’ilishda qiladigan ishlar to’g’risida kelishib olindi.

https://t.iss.one/councelor_Kasansay

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#KosonsoyIM

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

💥Maktabimizning tabiiy yo’nalishida tahsil olayotgan yuqori sinf o’quvchilari maktab maslahatchisi bilan birgalikda Namangan davlat universitetining biologiya fakultetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida universitetning professor o’qituvchilari o’quvchilarga universitetda yaratilgan shart-sharoitlarni tanishtirib o’tishdi. Jumladan, o’quvchilar universitetdagi dars jarayonlari qay tartibda olib borilishi, laboratoriya jihozlari, uzoq masofadan qatnaydigan talabalar uchun yotoqxonalar va shu kabi yangiliklar bilan tanishib chiqishdi.

🔥Ma’lumot o’rnida shuni aytib o’tish joizki, hozirda Namangan davlat universitetida chet ellik talabalar ham tahsil olishmoqda.

https://t.iss.one/councelor_Kasansay

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab