Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.7K photos
875 videos
428 files
3.48K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Jarayon
#To‘garaklar_faoliyati
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining fizika fani o'qituvchisi Murodjon Abduhalimov va kimyo fani o'qituvchisi Hasanboy Jalilov darsdan keyin to‘garak mashg'ulotlarini qiziqarli tashkil etishga ahamiyat qaramoqdalar.

To‘garak a'zolari darslarda o‘tilgan nazariy bilimlarini amaliyotga aynan laboratoriya sharoitida tadbiq etadilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Yosh_kimyogarlar
#To‘garak_faoliyati
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 8.03-tabiiy fanlarga chuqurlashtirilgan sinf o‘quvchilari darsdan keyin tashkil etilgan "Yosh kimyogar" to‘garagida muntazam ravishda faol qatnashib kelmoqdalar.

To‘garak rahbari Jalilov Hasanboy tomonidan e'lon qilingan "Kimyo fanidan 40ta masala" tanlovida o‘quvchilar o'z bilimlarini sinab ko‘rdilar .

Tanlov shartlariga ko'ra, avvaldan e‘lon qilingan 40ta masalani 100 foizlik natija bilan xatosiz bajargan o‘quvchilarga (o‘quvchi soni cheklanmagan) Namangan shahrida joylashgan "Afsonalar vodiysi" ko'ngilochar bog‘i uchun 100000 (yuz ming) so'mlik vaucher mukofoti va'da qilingan (tanlov byudjeti Hasanboy ustoz tomonidan moliyalashtirilgan). Bu mukofot 40 ta masaladan 39 ta masalani to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar uchun ham taalluqlidir....

Tanlov natijalari kanalimizda e‘lon qilinadi, bizdan uzoqlashmang.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#To‘liq_format
#Kosonsoy_TIM

Sifatli ta'lim- kelajak poydevori

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ta'lim- tarbiya jarayoni bugungi kun zamonaviy talablaridan kelib chiqib tashkil etilgan.

Maktabda faoliyat yuritayotgan har bir pedagog dars va to‘garak mashg'ulotlarini yuqori saviyada, zamonaviy ta‘lim texnologiyalaridan , interaktiv o‘quv jihozlaridan foydalangan holda olib bormoqda.

Bunday ta‘lim o‘quvchilarda o‘rganilayotgan fanga chuqur qiziqish va yangiliklarga intilishni hosil qiladi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#To‘garak_faoliyati
#Kitobxonlik
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida dars mashg'ulotlaridan so‘ng barcha fanlardan to‘garaklar faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Maktabning 7.02-sinf o‘quvchilari ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Xurshida Abdullayeva rahbarligidagi fan to‘garagi mashg'ulotida "Shum bola" , "Besh bolali yigitcha" asarlari asosida teatr sahna ko‘rinishini namoyish etishdi hamda "Zakovat" intellektual musobaqasi tashkil etishdi .

Mana shunday kreativ yondashuv darslari yosh avlodni ma'naviy jihatdan yuksaltirishga katta hissa qo'shadi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab