Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.15K subscribers
10.7K photos
873 videos
427 files
3.47K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Bizda_shunday_o‘quvchilar_bor
#KosonsoyIM
#Muvaffaqiyat

🔥Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11.01-sinf oʻquvchilari

Murodullayev Ahliyor, Yakubjanov Sanjarbek, Bahriddinova Dilorom va Ahatjonov Alisherlar

muddatidan avval oliy taʼlim talabasi boʻldilar, Turkiya davlatining Atlas universiteti talabalari safiga qabul qilindilar.

👆 Ushbu o‘quvchilar IELTS sinovlarida muvaffaqiyat qozonib, xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi B2 (IELTS 6.5)sertifikatini qoʻlga kiritgan edilar.

Ma‘lumot o‘rnida aytib oʻtish joizki, bitiruvchilarimiz AQSh va Yevropaning bir nechta universitetlariga xujjatlarini topshirgan va qabul xatlarini kutmoqdalar.

Sinf rahbari: Sayyora Bozorboyeva

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#DTM
#KosonsoyIM

🏢 Namangan viloyati Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

💥 Bugun maktabimizning yuqori sinf oʻquvchilaridan DTM testi olindi.
Bu jarayon albatta bitiruvchilarda test ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradi va olgan bilimlarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
🕤 Natijalar Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi kanalida eʼlon qilinadi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Bizda_shunday_o‘quvchilar_bor
#KosonsoyIM
#Muvaffaqiyat

🔥Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabining 11.01-sinf oʻquvchisi Abdillajonov Rasuljon muddatidan avval oliy taʼlim talabasi boʻldi, u AQSH ning Arizona universitetiga talabalikka qabul qilindi

👆 Rasuljon Abdullajonov IELTS sinovlarida muvaffaqiyat qozonib, xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi C1 (IELTS 7)sertifikatini qoʻlga kiritgan edi.

Ma‘lumot o‘rnida aytib oʻtish joizki,
🔥 Bu universitet dunyo boyicha 156 orinda,
⚡️Innovatsiya boyicha esa dunyoda birinchi orinda turadi

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Bizda_shunday_o‘quvchilar_bor
#KosonsoyIM
#Muvaffaqiyat

🔥Erta tongdan qaynoq xushxabarlar!

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinfining 3 nafar o'quvchisi AQSH ning nufuzli universitetlariga 4 yillik grand asosida qabul qilindi. Jumladan
Ahatjonov Alisher - Wingate university 27000$
Murodillayev Ahliyor - Wingate university - 30500$
Abdillajonov Rasuljon -University of Arizona - 19000$

❇️ Ushbu o'quvchilarimiz qolgan universitetlardan ham javob xatlarini kutishmoqda.
Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Bizda_shunday_o‘quvchilar_bor
#KosonsoyIM
#Muvaffaqiyat

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o'quvchisi Ahatjonov Alisher AQSH ning nufuzli universitetlariga 4 yillik grand asosida qabul qilindi.

Ahatjonov Alisher-University of Arizona - 13000$

❇️ Ushbu o'quvchimiz qolgan universitetlardan ham javob xatlarini kutmoqda.
Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Ruhiyat_olami
#KosonsoyIM
#Jarayon

18-yanvar kuni, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maktab maslahatchisi hamda maktab psixologi tomonidan 7-8- sinf oʻquvchilaridan ularning qiziqishlari, kelajakda qaysi kasblarni egallamoqchi ekanliklarini bilish maqsadida psixologik test olindi.

Bu test psixologik metodlarning tarkibiy qismi bo‘lib, uning natijalari tahlil qilinganda oʻquvchilarning qaysi kasbga koʻproq moyilligini aniqlab olish mumkin bo'ladi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#DTM
#KosonsoyIM

🏢 Namangan viloyati Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

💥 Bugun maktabimizning yuqori sinf oʻquvchilaridan DTM testi olindi.
Bu jarayon albatta bitiruvchilarda test ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradi va olgan bilimlarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
🕤 Natijalar Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi kanalida eʼlon qilinadi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#KosonsoyIM
#Muvaffaqiyat

Kosonsoy tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11 sinf oʻquvchilari G.Umarjonova hamda M.Abduvahobovalar Turkiyaning Atlas universitetga muddatidan oldin oʻqishga qabul qilinishdi.

Ushbu oʻquvchilarga maktabimiz jamoasi nomidan omad va zafarlar tilaymiz.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#KosonsoyIM
#Muvaffaqiyat

🏛Ixtisoslashtirilgan maktablar agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashgan maktabi 11.01 sinf o'quvchisi Ahatjonov Alisher AQSH ning Cincinnati universitetiga muddatidan avval o'qishga qabul qilinda va 4 yillik 40 000 $ miqdorida grand sohibiga aylandi.

👆Ahatjonov Alisher IELTS sinovlarida muvaffaqiyat qozonib, xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi B2 (IELTS 6.5) sertifikatini qoʻlga kiritgan edi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#DTM
#KosonsoyIM

🏢 Namangan viloyati Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

💥 Bugun maktabimizning yuqori sinf oʻquvchilaridan DTM testi olindi.
Bu jarayon albatta bitiruvchilarda test ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradi va olgan bilimlarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
🕤 Natijalar Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi kanalida eʼlon qilinadi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Memorandum
#KosonsoyIM

🏢⛳️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

👨‍⚕️🧑‍⚕️ 3 - aprel kuni Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlar yo'nalishidagi yuqori sinf o'quvchilari tumanimizda faoliyat olib borayotgan "Ahsikent sof sanoat" MCHJ ga sayohat uyushtirishdi.

Sayohat davomida o'quvchilarga zavod haqida to'liq ma'lumot berildi. Ushbu zavodda hozirda tibbiy qo'lqoplar, maska va baxilla ishlab chiqarilmoqda va kelgusida dori-darmonlar ham ishlab chiqarishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'yishgan. Sayohat davomida o'quvchilar o'zlari qiziqqan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Memorandum
#KosonsoyIM

🏢⛳️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

👨‍⚕️🧑‍⚕️ Bugun Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maktabining tabiiy fanlar yo'nalishidagi yuqori sinf o'quvchilari bilan tumanimizda faoliyat olib borayotgan "O'simliklar karantini va himoyasi" korxonasiga sayohat uyushtirildi.

☘️🌱🍀🐛🦗Sayohat davomida o'quvchilarga biologiya darslarida o'rganayotgan nazariy bilimlarini amalda laboratoriya sharoitida sinab ko'rishdi va yana qo'shimcha ko‘plab ma'lumotlarga ega bo'lishdi .

Sayohat davomida o'quvchilar o'zlari qiziqqan savollarga mutaxasislar tomonidan javob oldilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#KosonsoyIM
#Jarayon
#Memorandum

Bugun 3-may kuni Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Namangan chet tillari universiteti bilan memorandum imzoladi.

🧑‍🎓👩‍🎓Bu Memorandum ixtisoslashtirilgan maktabning ingliz tili fanlar yoʻnalishida oʻqiyotgan oʻquvchilar uchun, ularning nazariy bilimlarini mustahkamlashga juda katta yordam beradi.

Ikkala tomon oʻz oldilariga yangi maqsadlar qoʻyishdi. Oʻquvchi yoshlar va universitetda faoliyat olib borayotgan professor oʻqituvchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilish rejalashtirildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#KIUT
#KosonsoyIM

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Bugun ta'lim muassasamizning 11-sinf o'quvchilari muassasamizning maktab maslahatchisi boshchiligida KIUT universitetiga sayohat uyushtirildi. Mazkur sayohat barcha o'quvchilar uchun qiziqarli bo'ldi.

O'quvchilar ushbu universitetda talabalar uchun yaratib berilayotgan barcha sharoitlar va imkoniyatlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Memorandum
#KosonsoyIM

Bugun 2-oktyabr kuni Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Mikrokreditbank ATB Kosonsoy filiali bilan memorandum imzolandi.

🧩 Bu Memorandum ixtisoslashtirilgan maktabning aniq fanlar yoʻnalishidagi oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish uchun, va bank sohasida ishlamoqchi boʻlgan oʻquvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun katta yordam beradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#KosonsoyIM
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

16-oktyabr kuni Kosonsoy tumani ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilar "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"da qatnashishdi. Kosonsoy tuman hokimi va boshqa rahbarlar oʻquvchi yoshlar bilan yaqindan muloqot qilishdi.


Bu uchrashuvdan maqsad yoshlarni qiziqtirayotgan savollar va mavjud boʻlgan muammolarni birgalikda hal qilish va oʻquvchi yoshlarni qo‘llab quvvatlashdir.

Uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Memorandum
#KosonsoyIM

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi yuqori sinf oʻquvchilari maktab maslahatchisi Shuhratjon Sultonov rahbarligida Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutiga sayohat uyushtirishdi.

Sayohat davomida oʻquvchilar Institutdagi barcha shart sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqishdi va ushbu institutda faoliyat olib borayotgan milliy va xorijiy professor o'qituvchilar bilan suhbatlashishdi.

Ma'lumot o'rnida hozirgi kunda chet tillar institutida ingliz, nemis, rus, xitoy, arab, lotin, koreys, fransuz va yana bir qancha xorijiy tillar o'qitiladi.

🧑‍🎓👩‍🎓 Sayohat yakunida ko'plab o'quvchilar Namangan davlat chet tillar institutida o'qish istagini bildirishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab