Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.15K subscribers
10.7K photos
873 videos
428 files
3.47K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#5_tashabbus_amalda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning biri sportni ommalashtirishdir. Ushbu tashabbus ijrosi yuzasidan Kosonsoy tumanidagi 52-sonli DIUMda oʻquvchi yoshlar oʻrtasida sportning "Quvnoq startlar" musobaqasi boʻlib oʻtdi. Bugungi musobaqada maktabning 4-B va 5-B sinf oʻquvchilari oʻzaro bellashdilar. 5 ta shartdan iborat final musobaqasi yakuniga koʻra, Qunduz Sayfullaeva rahbarligidagi 5-B sinf oʻquvchilari 2:1 hisobida gʻalaba qozondilar.

Bellashuvlar maktab hududida joylashgan mini-maydonda va sport zalida oʻtkazildi.

Shunday qilib maktabning eng chaqqon va epchil sinfi: 5-B sinf oʻquvchilari👏👏👏👏👏

Masʼullar:

Qoraboyev Qosimjon
Rahmatullayev Dilmurod
Qirqboyeva Nazokat
Murodov Nuriddin
Soliyeva Dilfuza
Doʻsmatova Gavhar
Yuldashev Abduvohid
Sayfullaeva Qunduz


@ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#5_tashabbus
#Rang_tasvir
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston respublikasi prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida oʻquvchi-yoshlarda sanʼatga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida rassomchilik yoʻnalishida bir qator tanlovlar boʻlib oʻtdi.
Maktabda oʻtkazilgan saflanishda ushbu tanlovlar gʻoliblari maktabning tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.


https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#5_tashabbus
#Sport
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston respublikasi prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida oʻquvchi-yoshlarda sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida sportning futbol turi boʻyicha maktab chempionati boʻlib oʻtdi. Musobaqada Abdunabi Rashidov rahbarlik qilayotgan 8-aniq sinfi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Maktabda oʻtkazilgan saflanishda ushbu chempionat gʻoliblari, turli nominatsiyalar gʻoliblari maktabning tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari, shuningdek kubok bilan taqdirlandilar.

Ushbu sport musobaqalari maktabning jismoniy tarbiya oʻqituvchilari Nuriddin Murodov va Afzalxon Gʻafurov rahbarligi ostida oʻtkazildi.

Maktab jamoasi ushbu turnirni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi mehnatlari tufayli barcha ustozlar va gʻolib oʻquvchilarga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#5_tashabbus
#Axborot_texnologiyalari
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Ahliyor Murodullayev Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilib kelinayotgan reytingli "Beshinchi shaxsiy olimpiada" da muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.
Ahliyor hozirda 20 mingdan ortiq oʻquvchi qatnashayotgan reyting olimpiadasi turnir jadvalida 11-oʻrinni egallab turibdi.
Ustozi: Abdunabi Rashidov.

Maktab jamoasi ushbu olimpiadada Ahliyorga muvaffaqiyat tilaydi va qoʻllab-quvvatlaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#5_tashabbus
#Axborot_texnologiyalari
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining oʻquvchilari Ahliyor Murodullayev, Abdulaziz Tursunov, Farrux Hasanboyev, Xurshid Majidovlar Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilib kelinayotgan reytingli "Oltinchi shaxsiy olimpiada" turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar.
Oʻquvchilar hozirda 20 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashayotgan reyting olimpiadasi turnir jadvalida kuchli 20 talikni egallab turibdilar.
Ustozi: Abdunabi Rashidov.

Maktab jamoasi ushbu olimpiadalarda oʻquvchilarga muvaffaqiyat tilaydi va qoʻllab-quvvatlaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Muvaffaqiyat
#Zukko_kitobxon
#5_tashabbus_amalda
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchilaridan tashkil topgan jamoa "Zukko kitobxon" tanlovining viloyat bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdilar.

Eʼtiborli jihati shundaki, Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi tanlov tashkilotchilari tomonidan yuborilgan barcha savollarga yuqori darajada aniqlik bilan javob berishdi, 1-Oʻrin.

Jamoa aʼzolari viloyat bosqichida gʻolib boʻlganlarga ajratilgan 6000.000 soʻmlik vaucherni qoʻlga kiritdilar.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga minnatdorchilik bildiradi va qoʻllab-quvvatlaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#5_tashabbus
#Sport
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus_sport yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar boshlandi.

Maktabimiz o'quvchilari sinflar kesimida sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, voleybol, basketbol, futbol va yengil atletika turlari bo‘yicha bellashmoqdalar.

Musobaqalar davom etadi...

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#5_tashabbus
#Sport
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus_sport yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar davom etmoqda.

Maktabimiz o'quvchilari sinflar kesimida sportning futbol turlar bo‘yicha bellashmoqdalar.

Musobaqalar davom etadi...

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#5_tashabbus
#Sport
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus_sport yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar davom etmoqda.

Maktabimiz o'quvchilari sinflar kesimida sportning futbol turi bo‘yicha bellashmoqdalar.

Maktabning 11.01 aniq va 9.02 aniq sinf o‘quvchilari o'rtasida yakuniy final bahsi bo‘lib o'tdi. Keskin va murosasiz o'tgan bahsda 11.01 sinfi xujumchisi N. Mamatxonov xet-trik qayd etdi va o‘z jamoasi bilan maktab chempioniga aylandi. Sinf rahbari: S.Bozorboyeva.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi chempionlarni tabriklaydi va ushbu sport musobaqalarini o'tkazishda jonbozlik ko'rsatayotgan ustozlar - N.Murodov va A.G‘afurovlarga minnatdorchilik bildiradi .

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Kosonsoy_IM
#5_tashabbus

🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabining o'quvchilari 5 tashabbus sport musobaqalarining shaxmat va shashka turlari bo'yicha o'tkazilgan tuman bosqichida munosib qatnashdilar.

🥇🥇🥇🥇🥇🥇🥇🥇🥇🥇🥇🥇🥇
Shaxmat sport turi bo'yicha 6-01 sinf o'quvchisi Husenboyev Bekzod 1-o'rinni egallab (yosh turlari bo'yicha), viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
💪💪💪💪💪💪💪💪💪💪💪
📌 Sport - insonni ruhan baquvvat, jismonan sog'lom, irodasini mustahkam saqlovchi mashg'ulot.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Kosonsoy_IM
#5_tashabbus

🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabining o'quvchilari 5 tashabbus sport musobaqalarining MINI FUTBOL  turi bo'yicha o'tkazilgan tuman bosqichida munosib qatnashdilar.

🥉⚽️🥉⚽️🥉⚽️🥉⚽️🥉⚽️🥉⚽️
Qizg'in va shiddatli baxslar yakunida  Kosonsoy ixtisoslashgan maktab futbol jamoasi faxrli 3 - o'rinni egalladi.
📌 Sport - insonni ruhan baquvvat, jismonan sog'lom, irodasini mustahkam saqlovchi mashg'ulot.
#Sport_sog‘lik_garovi
#5_tashabbus
#Kosonsoy_IM

O'zbekiston Respublikasi Jiu-jitsu federatsiyasi Namangan-2023 musobaqasi start oldi.
Unda o'smirlar o'rtasida turli xil vazn toifalari o'rtasida musobalar bo'lib o'tmoqda. Ushbu musobaning 1-chi kunida 73+ kg vazn toifasida faol qatnashgan Kosonsoy tuman Ixtisoslashtirilgan maktabining 8-01 aniq sinf o'quvchisi Majidov Zayniddin Zohirjon og'li Respublika miqyosida Faxrli 3 - o'rinni egalladi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Sport_sog‘lik_garovi
#5_tashabbus_amalda
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8.01-sinf o‘quvchisi Asadbek Abdujabborov sportning Jiu-jitsu turi bo'yicha Qirg'iziston Respublikasida o‘tkazilgan JALAL-ABAD ASIA CUP/2023 turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli III o'rinni qo‘lga kiritdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#5_tashabbus
#Kosonsoy_IM
#Namangan_viloyat
#Qishki_tatil

📚Muhammadsharif So'fizoda nomidagi Namangan viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan qishki ta'til vaqtida o'takazilgan ko’rik-tanlov g'oliblari aniqlandi.

G'oliblar yaqin kunlar ichida taqdirlanadi.



🌐Namangan viloyat bolalar kutubxonasi axborot xizmati


https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#5_tashabbus_amalda
#Axborot_texnologiyalari
#Kosonsoy_IM

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi,
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi,
Innovatsion rivojlanish agentligi,
Robotics Lab ta'lim markazi, shuningdek Japan Digital University
bilan hamkorligida o’tkazilayotgan “The Ninja IT” contest Respublika olimpiadasining 1 va 2-saralash bosqichlari o’z nihoyasiga yetdi.

1898 ta ishtirokachi qatnashgan ushbu musobaqaning yakuniy final bosqichiga 60 ta kuchli dasturchilar yakuniy final yo‘llanmasini qo’lga kiritishdi. Bular orasida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o’quvchilari: Murodillayev Ahliyor, Tursunov Abdulaziz, Abdusamiyev Muhammadsolihlar ham bor.

Joriy yilning 2 fevral kuni Toshkent shahridagi Japan Digital Universityda musobaqaning 3-final bosqichi bo’lib o’tadi . Ushbu musobaqada maktabimiz sharafini himoya qilayotgan iqtidorli o’quvchilarimizga omad tilaymiz.

Ustozlari: Abdunabi Rashidov
Nigora Zokirova
#Jarayon
#5_tashabbus_amalda
#Axborot_texnologiyalari
#Kosonsoy_IM

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi,
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi,
Innovatsion rivojlanish agentligi,
Robotics Lab ta'lim markazi, shuningdek Japan Digital University
bilan hamkorligida o’tkazilayotgan “The Ninja IT” contest Respublika olimpiadasining 1 va 2-saralash bosqichlari o’z nihoyasiga yetdi.

1898 ta ishtirokachi qatnashgan ushbu musobaqaning yakuniy final bosqichiga 60 ta kuchli dasturchilar yakuniy final yo‘llanmasini qo’lga kiritishdi. Bular orasida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o’quvchilari: Murodillayev Ahliyor, Tursunov Abdulaziz, Abdusamiyev Muhammadsolihlar ham bor.

Bugungi saflanmada ushbu muvaffaqiyat egalarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Ma‘lumot o‘rnida aytish joizki, ushbu musobaqaning final bosqichi joriy yilning 12 fevralda Toshkent shahridagi Japan Digital Universityda bo’lib o’tadi .

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Sport_sog‘lik_garovi
#5_tashabbus
#Bizda_shunday_o‘quvchilar_bor
#Kosonsoy_IM

O'zbekiston Respublikasi Jiu-jitsu federatsiyasi Namangan-2023 viloyat birinchiligi musobaqasi start oldi.
Unda o'smirlar o'rtasida turli xil vazn toifalari o'rtasida musobalar bo'lib o'tmoqda. Ushbu musobaning 1-chi kunida 73+ kg vazn toifasida faol qatnashgan Kosonsoy tuman Ixtisoslashtirilgan maktabining 8-01 aniq sinf o'quvchisi Majidov Zayniddin Zohirjon og'li viloyat miqyosida Faxrli 1- o'rinni egalladi.

Xuddi shunday natija, birinchilikning 63 kg vaznida maydonga tushgan Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8.01-aniq sinf o'quvchisi Shamshod Bahodirovga ham nasib qildi. Shamshod ham o‘z vaznida tengsiz ekanini isbotladi, 1-o‘rin.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#5_tashabbus
#Sport
#Kosonsoy_TIM

Namangan viloyati To’raqorg’on tumani Ixtisoslashtirilgan maktabida Viloyat Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o’rtasida sportning “Stol tennisi” va “Shaxmat” turi bo’yicha sport musobaqasi o’tkazildi.

Musobaqada Kosonsoy tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari faol ishtirok etishdi. Qizlar o’rtasidagi Stol tennisi musobaqasi bahslarida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 10 tabiy sinf o’quvchisi Abdurasulova Yulduz faxrli 2-o’rinni egalladi.

Maktab jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga va uning ustozlariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Muvaffaqiyat
#5_tashabbus
#Kasaba_uyushma_kubogi
#Sog‘_tanda_sifatli_ta‘lim
#Kosonsoy_TIM

Kosonsoy tumanida faoliyat yuritayotgan ta‘lim muassasalari xodimlari o‘rtasida "Besh tashabbus" sport musobaqalari o‘z yakuniga yetdi.

Sport turlari ichida eng ommaviylashgan futbol musobaqasida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ustozlaridan tashkil topgan jamoa turnir davomida o'z raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

O‘tkazilgan 15 uchrashuvning hammasida ishonchli g‘alabalarga erishgan maktabimiz jamoasi yakunda "Kasaba uyushmasi kubogi" sovriniga ega chiqishdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi tumanda nafaqat ilm-ziyo tarqatishda, balki sportda ham o'z ustunligini natija orqali namoyon etdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga minnatdorchilik bildiradi va qo‘llab-quvvatlaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Sport_sog‘lik_garovi #5_tashabbus_amalda
#Futbol_turniri
#9_may
#KosonsoyTIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-May Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yuqori sinf o‘quvchilari o'rtasida futbol turniri bo‘lib o‘tdi.

⚽️Qizg'in va murosasiz kechgan yarim final-final bahslarida quyidagi natijalar qayd etildi:

🎖Yarim final:

11.01. - 9.02
5 : 4


11.02. - 9.01
2 : 3


Final:

11.01. - 9.01
2 : 1


Finaldagi muvaffaqiyatdan so‘ng aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan 11.01-sinfi o‘quvchilari maktab chempioniga aylanishdi.🏆

Sinf rahbari: Alimardon Abdurahmonov

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu musobaqani o‘tkazishda jonbozlik ko‘rsatgan jismoniy tarbiya fani ustozlari Nuriddin Murodov va Afzalxon G‘ofurovlarga hamda muvaffaqiyat egalariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab