Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.8K photos
877 videos
429 files
3.53K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Jarayon
#Taqdirlash
#Kosonsoy_Test_Markazi
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻtkazilgan ertalabki saflanishda bir guruh faol oʻquvchilar taqdirlandi.

Kosonsoy tumanida faoliyat yuritayotgan "Kosonsoy Test Markazi" tashkiloti tomonidan tashkil etilgan test sinovlarida yuqori oʻrinlarni egallagan Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari oʻquv markazi tomonidan maxsus sertifikat va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida soʻzga chiqqan oʻquv markazi rahbari Muhammadsiddiq Abdumutalov va Abduvohid Yuldashev gʻolib oʻquvchilar va ularning ustozlariga minnatdorchilik bildirdi va yoshlarni ilm choʻqqilarini zabt etib, buyuk allomalar yurtiga munosib voris boʻlishga chaqirdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ilmiy hamkorlik uchun "Kosonsoy Test Markazi" tashkilotiga minnatdorchilik bildiradi

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab