Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.9K photos
877 videos
429 files
3.54K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirishda kundalik.comdagi baholar rasmini yuklash mumkinmi?

Kundalik.comning o‘quvchiga joriy o‘quv yilida qo‘yilgan baholar qismini chiqarib, direktor tomonidan tasdiqlatib, keyin ariza.piima.uz saytiga yuklash mumkin.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga imtihonlar qanday manbalardan olinadi? Imtihon savollari o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilarning yoshi va maktabda o‘qigan fanlarini inobatga olgan holda tuzilganmi?

Mazkur maktablarga kirish imtihonlari o‘quvchilarning yoshiga mos tarzda, maktab darsliklari va o'quv dasturlari asosida tashkil etiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

⚡️ Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Talabgorlar tomonidan yuboriladigan hujjatlarda fotosurat va uni joylash bilan bogʻliq muammolarning oldini olish va hujjat topshiruvchilarga qulay boʻlishi uchun video-yo'riqnoma tayyorlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda qaysi fanlar o‘quvchilarni ikki guruhga ajratgan holda o‘rgatiladi?

Agentlik tizimidagi aniq fanlar yo‘nalishiga o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilarga matematika, fizika, informatika va ingliz tili fanlari, tabiiy fanlar yo‘nalishiga o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilarga esa kimyo, biologiya va ingliz tili fanlari o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lgan holda tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilar imtihon kuni va vaqtini qanday bilib olishlari mumkin?

Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirilgan vaqtda ariza yuboruvchilar tomonidan kiritilgan telefon raqamiga sms tarzida xabar yo‘llanadi.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga hujjat topshirganda IELTS xalqaro sertifikatiga ega o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilishda imtiyozlar beriladimi?

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan IELTS xalqaro sertifikatiga ega o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilishda ularga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan.
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga imtihonsiz kirish imtiyozi bormi, bor bo‘lsa qanday imtiyozga ega bo‘lgan o‘quvchilar imtihonsiz kira olishadi?

Ro‘yxati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadalarining uchinchi (viloyat) bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan (1, 2, 3-o‘rinlar) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘z hududida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarga umumiy qabul parametrlari doirasida imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi.

Prezident maktablarining 5-sinf kirish imtihonlari 2-bosqichida ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan talabgorlar hujjat topshirish jarayonida o‘z hududidagi o‘zlari tanlagan ixtisoslashtirilgan maktablardan birida o‘qish istagini bildirgan taqdirda kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida imtihonsiz mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

☎️ Call-markaz: 1206
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Farzandimning hujjatlarini 30-iyun kuni ONLAYN shaklda ariza.piima.uz saytiga topshirsak, ishchi guruh tomonidan hujjatlar qayta tahrirlash uchun yuborilganda, ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qancha vaqt beriladi?

Prezident maktablariga o‘quvchilarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan), ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari, baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan) kabi hujjatlari onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

🔖 O‘quvchilarning hujjatlari ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng (24 soat ichida) ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.

❗️E’tibor bering, hujjat topshirishning oxirgi kuni – 30-iyun sanasida hujjat topshirgan talabgorlarning hujjatlari tahrir talab bo‘lsa, faqatgina o‘sha kuni tahrirlab qaytadan yuborishlari mumkin bo‘ladi.

📌 Ya’ni 30-iyun kuni tahrir uchun qaytarilgan hujjatlar shu sanadan boshqa sanalarda qabul qilinmaydi. Sababi, ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 30-iyun soat 00:00 da tugatadi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshirish uchun o‘quvchining baholariga qanaqa talab qo‘yiladi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshiradigan talabgorning baholar tabelida 5 baho ("a'lo") bo‘lishi talab etilmaydi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida qanaqa yo‘nalishlar tashkil etiladi va qaysi sinflarga necha nafar o‘quvchilar qabul qilinadi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari 2 xil, ya’ni aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida tashkil etiladi. Har bir sinfga 24 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkazilgan 166 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga
aniq fanlar yo‘nalishiga 5-sinfga
tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7-sinfga qabul bo‘lib o‘tadi.

☎️ Call-markaz: 1206
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga
ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 11-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 13-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ijod maktablari bitiruvchilari uchun qanday imtiyoz beriladi?

Agentlik tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilari ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqib, davlat oliy ta'lim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtiyozli o‘qishga qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali o‘qishga hujjat topshirilganda talabgordan so‘raladigan identifikatsiya raqami nima?

Identifikatsiya raqami - Agentlik tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo‘lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ladi.

☎️ Call-markaz: 1206

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab