Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.8K photos
876 videos
429 files
3.52K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
Nomli stipendiyalar OTM kesimida quyidagicha taqsimlanadigan bo‘ldi:

Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Kamoliddin Behzod va Ulug‘bek nomli davlat stipendiyalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori kurslarning har 1000 nafar talabasiga 1 tadan;

Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 3 nafar yuqori kurs talabasiga;

Xudoybergan Devonov nomli davlat stipendiyasi kinematografiya sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’lim muassasasining 1 nafar yuqori kurs talabasiga;

Bobur nomli davlat stipendiyasi tarix va geografiya yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’lim muassasasining 1 nafar yuqori kurs talabasiga;

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’lim muassasasining 1 nafar yuqori kurs talabasiga;

To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi har bir oliy ta’lim muassasasining 1 nafar yuqori kurs talabasiga;

Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi har bir oliy ta’lim muassasasining 1 nafar yuqori kurs talabasiga tayinlanadi.
Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi pinned «Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi murojaat botiga yoʻllanayotgan eng koʻp savollarga javoblar: 1. 28-iyulda imtihon topshirdim, javoblar qachon chiqadi? Javob: 20 kun ichida, demak 18-avgustga qadar. 2. 5-sinfga nechta sinf qabul qilinadi? Javob:…»
BAKALAVR 2023 | NATIJA
________________________
FISh: ABDURASULOVA M. A.
________________________
ID: 4797819
Ta'lim tili: O'zbekcha
________________________
1. Ona tili: 10 ta savol: 11.0 ball (0 ta to'g'ri javob)
2. Matematika: 10 ta savol: 11.0 ball (10 ta to'g'ri javob)
3. Tarix: 10 ta savol: 9.9 ball (9 ta to'g'ri javob)
4. Ijodiy imtihon
________________________
1. Imtiyoz ball (Harbiy): 0.0 ball
2. CEFR: 63.0 ball
3. Ijodiy ball: 0.0 ball
4. Milliy sertifikat/Olimpiada ball: 93.0 ball
________________________
UMUMIY: 187.9 ball
________________________
Holati: NATIJALAR BARCHA TEST SINOVLARI YAKUNLANGANDAN SO'NG E'LON QILINADI!
________________________
Batafsil: 👉Havolaga o'tish👈
________________________
Vaqt holatiga: 14.08.23 21:26:08.

P.s: Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchisi Abdurasulova Madina hozircha nafaqat maktabimiz, balki tumanimizdan oliy oʻquv yurtlariga hujjat topshirganlar orasida ham eng yuqori natija koʻrsatib turibdi.

Byudjet asosida oʻqish muborak boʻlsin, Madina!
#Ustozlar_forumi
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Namangan_shahri

Ayni daqiqalarda Namangan shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda #Ustozlar_forumi tadbiri boshlanmoqda...
#Ustozlar_forumi
#Taqdirlash
#Namangan_shahri

Ustozlar forumi doirasida ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda 2022-2023-o‘quv yilida o‘zining namunali faoliyati bilan ajralib turgan bir guruh ustozlar taqdirlanmoqda.

Taqdirlanganlar orasida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Sherzod Ismoilov, matematika fani o'qituvchisi Vohidxon Mamatov va ona tili fani o'qituvchisi Gulruh Toshboyeva ham bor.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu ustozlarni e'tirof bilan qutlaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#statistika
❗️2023-2024-oʻquv yili avgust imtihonlarida O'zbekiston bo'yicha 442 337 nafar Abituiyrent 56.7 balldan past ball toplagan.

59 866 nafar Abituriyent esa Imtihonga bormagan....🤦🏽‍♂
ya'ni "qiymatlanmagan"

Chetlashtirilgan Abituriyentlar soni esa 148 nafar.... 🙅🏽‍♂

Umumiy hisobda 502 351 nafar abituriyent uje o'yindan chiqib ketgan 😕

Joriy yilda 948 486 nafar abituriyent ro'yxatdan o'tgan.
948 486−502 351 = 446 135

Bu yilgi kvota soni 127 259 bu esa har 3 abituriyentni bittasi talaba degani

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Muvaffaqiyat
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-sinf oʻquvchilari Habibullayeva Mohlaroyim va Orifjonova Madinalar Toshkent shahrida joylashgan respublikamizda yagona hisoblangan Abu Ali ibni Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabiga oʻqishga qabul qilindilar.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, ushbu maktabga kirish imtihonlari Biologiya va ingliz tili fanlaridan boʻlib oʻtadi va 80 nafar oʻquvchi qabul qilinadi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalarini ulkan yutuq bilan tabriklaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#imtihon_natijalari_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

📆 Joriy yilning 28-29-30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @natijalar_2023_1_bot
🤖 @natijalar_2023_2_bot
🤖 @natijalar_2023_3_bot
🤖 @natijalar_2023_4_bot
🤖 @natijalar_2023_5_bot

‼️ ESLATMA! Natijalarni bilish istagida bo'lgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda so'rov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#imtihon_natijalari_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Kuzatuvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘tkazilgan imtihon natijalarini aniqlash uchun Agentlikning maxsus qo'shimcha telegrambotlari ishga tushurildi:

🤖 @natijalar_2023_6_bot
🤖 @natijalar_2023_7_bot
🤖 @natijalar_2023_8_bot
🤖 @natijalar_2023_9_bot
🤖 @natijalar_2023_10_bot

‼️ ESLATMA! Natijalarni bilish istagida bo'lgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda so'rov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
⚡️302 nafar abituriyent Prezident granti uchun da’vogarlik qiladi. Bu yil oʻtish bali — 186.8 ballni tashkil qildi

Gap shundaki, qarorga ko‘ra OTMga kirish imtihonlarida respublika bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning 200 nafari Prezident grantiga da’vogar bo‘ladi.

mandat.uzbmb.uz saytidagi ma’lumotlarga asosan (rasm) 198-oʻrindan 302-oʻringacha abituriyentlar bir xil 186,8 ball toʻplashgan, shu sababli barchasi Prezident grantiga daʼvogarlik qilishadi.

Endi ular garchi kontraktga kirsa ham, davlat granti asosida oʻqishadi.

Maʼlumot uchun, ushbu 302 nafar da’vogar Prezident stipendiyasiga teng miqdorda 200$ gacha stipendiya olishi mumkin.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Seminar_trening
#Yangi_baholash_tizimi
#Al_Xorazmiy_maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy maktabida "Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusida respublika seminar-treningi bo'lib o'tmoqda. Seminar-treningda Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ustozlari ham ishtirok etmoqdalar.

Seminarda o'rganilayotgan masalalar yuzasidan atroflicha ma'lumotlar berib o'tamiz. Bizdan uzoqlashmang.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab