Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.42K subscribers
12.4K photos
930 videos
431 files
3.98K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
Hurmatli ota-onalar va o'quvchilar!

Kosonsoy tuman xtisoslashtirilgan maktabiga hujjat topshirganlar shaxsiy kabinetingizga kirib, ruxsatnomangizni yuklab olishingiz mumkin. Imtihonga ruxsatnoma va tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning asl nushasi bilan borish talab etiladi.
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#imtihon_2023

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 28-29-30-iyul kuni 3 smenada 8:00, 12:00 va 17:00da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali yuborildi.

📝 Imtihon bosqichlari quyidagicha:

Aniq fanlar yo‘nalishi uchun (5-sinflar):
– matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun (7-sinflar):
– tabiiy (science) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
#imtihon_2023

Farzandim Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirgan. Agentlik rasmiy sahifalarida ertaga imtihon bo‘lishi haqidagi e'lonni o‘qidik. Imtihon ruxsatnomasini qachon yuklab olsak bo‘ladi?

Imtihon ruxsatnomasini telefoningizga sms-xabarnoma borgandan so‘ng ariza.piima.uz saytiga kirib, shaxsiy kabinetga o‘quvchining ID raqami hamda telefon raqamini kiritgan holda yuklab olishingiz mumkin.

🗣Eslatib o‘tamiz, sms-xabarnoma imtihon boshlanadigan sanadan uch kun oldin talabgor tomonidan kiritilgan birinchi telefon raqamiga yuborila boshlaydi va imtihon bo‘ladigan kungacha barcha talabgorlarga yetkaziladi.

📲Sms-xabarnomada kirish imtihoni o‘tkaziladigan bino nomi, sanasi, vaqti hamda o‘quvchining guruhi va joyi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
#Jarayon
#Muvaffaqiyat_ustozlar
#Xalqaro_sertifikat
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani oʻqituvchisi Oripov Hamidullo GMAT (inglizcha matematika) xalqaro sertifikatini qoʻlga kiritdi. Maʼlumot oʻrnida shuni aytish kerakki, ushbu sertifikat egalari hisoblangan pedagoglar oylik maoshlariga 50 foizlik qoʻshimcha ustama belgilanadi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Direktor_maktubi
#Motivatsiya
#Ustozlar_duosi
#Kosonsoy_IM

Assalomu alaykum biz uchun qadrli boʻlgan Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ilk bitiruvchilari!

Talaba bo‘lish uchun astoydil harakat qilish talab etiladi. Binobarin, raqobat kuchli, yil sayin talaba bo‘lishni maqsad qilganlarning soni ortib bormoqda. Shu bilan birga, abituriyent Allohga tavakkul qilishi hamda ota-ona, ustoz va yaqinlarining duosi olishi ham lozim, biz albatta sizlar uchun duodamiz.

Muhimi, qalbda ilm egallash hamda bu ilmi ila Vatani, xalqi, oilasi xizmatida bo‘lish niyati bo‘lsin. Ilm olish niyatida bo‘lgan barcha abituriyentlar imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishlarini Yaratgandan so‘rab qolamiz.

Har qanday daqiqa juda muhim va qadrlidir.
Axir, hayotda ahamiyatsiz daqiqalar yo'q.
Omad hamisha siz bilan bo'lsin.
Oldinda esa yorqin g'alabalar ko'p.
Maqsad sari yo'l sizni har qadamda yaqinlashtiradi.

Barcha yo'llar muvaffaqiyatga olib keladi.
Ustozlar, ota-onalar va yaqinlaringizning yordami hamma narsada yordam beradi, degan umidda sizlarni gʻoyibona duo qilib qolamiz.

Sizga omad tilab qolmoqchimiz.
Hayotdagi muvaffaqiyatlar, yorqin ishlar,
omad tabassum qilsin.
Dunyo iliqlikka to'la bo'ladi.
Hayot baxt sirlarini yashirmaydi.
Va barcha orzularni amalga oshiradi!

Imtihonda omad doʻstingizga aylansin!
Vazifa oson bo'lsin.

Siz albatta hal qila olasiz !
Imtihondan qo'rqmang!
Tinchlaning va shoshilmang!
Yana tashvishlanmang!
O'ylab ko'ring, yozing!

Sizlarga omad tilaymiz va yaxshi natijalar kutib qolamiz va albatta sizlarga ishonamiz.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi nomidan Firdavs Begmatov!

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2023
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar uchun kirish imtihonlari yakunlandi. Natijalar tez kunlarda chiqishi kutilmoqda...

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
⚡️Расман: Биринчи кун натижалари эълон қилинди

📆 2023-йил 1-август куни ўтказилган олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига кириш тест синови натижалари эълон қилинди.

1-август куни тест синовида иштирок этган абитуриентлар ўз натижаларини 3 хил усулда билишлари мумкин:

1️⃣ my.uzbmb.uz сайтининг “Natijani olish” бўлимидан паспорт серияси ва рақами ҳамда шахсий идентификация рақамини киритган ҳолда.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz сайти орқали абитуриент қайд варақаси ёки абитуриент рухсатномасида кўрсатилган абитуриентнинг ID рақамини киритган ҳолда.

3️⃣ Билимни баҳолаш агентлигининг қуйидаги телеграм ботларига абитуриент қайд варақаси ёки рухсатномасида кўрсатилган абитуриентнинг ID рақамини юборган ҳолда:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
👉 @e_dtm_mandat5bot
#eslatma

🔔 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning yakuniy imtihon javoblari tez kunlarda eʼlon qilinadi.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida eʼlon qilinadi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#imtihon_2023

📣 5-AVGUST KUNI “YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETIGA KIRISH IMTIHONIDA QATNASHUVCHI ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

“Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2023/2024-o‘quv yili uchun 5-avgust kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan saralash imtihonlari soat 12:00 da bo‘lib o‘tadi.

✔️ Eslatib o‘tamiz, barcha abituriyentlar imtihondan bir soat oldin shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda ruxsatnoma bilan imtihon o‘tkaziladigan manzilga borishlari kerak.

Imtihonlarda barcha abituriyentlarga omad tilab qolamiz!
❗️Муҳим тавсия!

❗️Умумтаълим мактаблари, президент ва ижод мактаблари, ихтисослаштирилган мактаблар, лицей ва коллеж ўқувчилари ўртасида сентябрь ойидан бошланадиган "Заковат" турнирининг саволларини кўриб чиқяпмиз. Бу турнир олий таълим муассасаларига кириш имтиҳонларисиз контракт асосида киришга имтиёз беради. Шунингдек бир йил давомида "Заковат стипендияси" совриндорларини аниқлаб беради.

❗️Ўқувчиларга тавсиямиз биринчи галда мактаб дарсликларини яхшилаб ўрганинг. Кейинчалик мактаб дарсликларида учровчи атамалар, асарлар, шахслар, воқеалар ва бошқа муҳим ҳолатлар ҳақида қўшимча маълумотларни ўрганинг.
#Zakovat_bellashuvi
#Start_21_cup
#Kosonsoy_IM
#Namangan_shahri

Namangan shahrida faoliyat koʻrsatayotgan Start_21 nodavlat oʻquv markazi tomonidan tashkil etilgan "Zakovat-Quiz" viloyat turnirida nomdor intelektual jamoalari ishtirok etishdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchilari jamoasi ushbu Zakovat intelektual musobaqasining 2-turida ham ishtirok etib, turnir jadvalida 2-oʻrinda bormoqda.
Jamoamiz turnir yakunida gʻoliblikni koʻzlagan.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu turnirda zakovatchi ustozlarga muvaffaqiyat tilaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BRAIN TRAIN START21 cup 1-tur atmosferasi

🧠 Kuni kecha boʻlib oʻtgan Brain Train musobaqasi yuqori atmosferada boʻlib oʻtdi, ushbu musobaqada:

1️⃣-oʻrin “Pentagon”
2️⃣-oʻrin “Kosonsoy IM”
3️⃣-oʻrin “Quizzers”

😊 Mana shu jamoalari mos ravishda o’rinlarni egallashdi, barcha jamoalarga keyingi turlarda omad tilab qolamiz!

😉 Bizni kuzatishda davom etin
g.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi murojaat botiga yoʻllanayotgan eng koʻp savollarga javoblar:

1. 28-iyulda imtihon topshirdim, javoblar qachon chiqadi?
Javob: 20 kun ichida, demak 18-avgustga qadar.

2. 5-sinfga nechta sinf qabul qilinadi?
Javob: 2 ta sinf olinishi rejalashtirilgan vaziyat taqozosiga koʻra

3. Oʻquvchilar formasi masalasi qanday? Bozordan sotib olaylikmi?
Javob: ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab oʻquvchilari uchun maxsus tasdiqlangan oʻquvchilar formasi mavjud. Kirish imtihonlari natijasi chiqqandan soʻng belgilangan formani tavsiya asosida sotib olasiz. Maktabimizning yuqori sinf oʻquvchilari bir necha oy muqaddam oʻquvchi formasini olishgan.

4. Kirish imtihonlari natijasini qanday bilamiz?
Javob: shaxsiy kabinetingizga sms-xabar keladi yoki kanalimizni kuzatib boring, natijalar eʼlon qilinadi.
❗️Дарс жараёнлари 4 сентябрдан бошланади

Президент фармонига кўра, Мустақиллик байрами муносабати билан ўзбекистонликлар кетма-кет 3 кун дам олади:

— 1 сентябрь — жума (ишланмайдиган байрам куни);
— 2 сентябрь — шанба (олти кунлик иш ҳафтасидаги ходимлар учун қўшимча дам олиш куни);
— 3 сентябрь — якшанба (дам олиш куни).

Демак, 4 сентябрь, душанба куни барча таълим муассасалари учун 2023-2024 ўқув йилининг илк ўқиш куни бўлади.
Бугун имтиҳонлар тўлиқ тугайди!

1-августдан 13-августгача давом этиши белгиланган кириш тест синовлари бугун тўлиқ якунланади. Амалдаги тартибга кўра, якуний мандат, яъни абитуриентларнинг ўқишга кирган-кирмагани аниқ бўладиган кун барча тест синовлари тугагандан сўнг 7 кун ичида эълон қилиниши шарт.

Бу сана 20-августга тўғри келади.
Яъни, низомга мувофиқ мандат узоғи шу кунгача эълон қилиниши керак.