Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.15K subscribers
10.7K photos
873 videos
427 files
3.47K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Jarayon
#Hamkorlik_memorandumi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 19 iyuldagi PQ–5188-son qaroriga hamda  “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida” 2022 yil 14 apreldagi PF-106 – son Farmonida belgilangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 10-11-sinf o‘quvchilariga yaqin hududlalarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish tartibini joriy etish maqsadida : Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchilari tumandagi Turkiya bilan hamkorlikda faoliyatini boshlagan "AO teks" tekstil va trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldilar. Ular u yerda biznes va ishlab chiqarish sohasi bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlarni oldilar
Forwarded from ...
#hamkorlik
09.09.2023
Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi 8-A-02 sinf o'quvchilarining ota-onalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat jarayonida yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda ota-onalar va ustozlarning o'rni haqida alohida to'xtalib o'tildi. Shuningdek o'quvchi yoshlarni o'z maqsadlari tomon olg'a borishlari, ajdodlarga munosib avlod bo'lib shakllanishlari uchun berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlari maqsadga muvofiqligi ta'kidlandi.
#Sinf_rahbari_Sayyora_Polatova
#Hamkorlik
#Ustoz_yodi
#Joylardan_xabarlar

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh faol o‘quvchilari tashabbusi bilan yana bir savobli va samarali ishga qo‘l urildi.

Maktabning faol oʻquvchilari o‘zlarini boshlang'ich sinflarda o‘qitgan ustozlari holidan xabar olishmoqda va ularga Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg'alarini taqdim etmoqdalar.

Ushbu harakat mamlakatimiz ta‘lim tizimida joriy etilgan "Ustoz-Shogird" an'anasi davom etishiga xizmat qiladi.

Umumta'lim maktablarida o‘quvchilarimiz Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar haqida hikoya qilib bermoqdalar.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi bunday ezgu tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab

#Kosonsoy_TIM

🏛Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi yuqori sinf oʻquvchilari, maktab maslahatchisi Shuhrat Sultonov hamda Namangan davlat chet tillar instituti ingliz tili oʻqituvchisi Mirzayev Shavkat bilan birgalikda seminar trening tashkillandi.

Seminar davomida oʻquvchilarga ingliz tili fanidan belgilangan xalqaro va milliy sertifikatlar haqida qoʻshimcha maʼlumotlar berildi.

Xususan, IELTS imtihonidagi gapirish va yozish koʻnikmalari haqida va qanday qilib bu koʻnikmalarni rivojlantirish haqida kerakli maʼlumotlar berildi.

❇️ Keyingi seminar darslarimizda oʻqish va tinglash koʻnikmalari haqida munozara yuritishni rejalashtirib olindi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab