Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.9K photos
880 videos
429 files
3.55K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Referendum
#Seniki_meniki_hammamizniki

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yurtimiz boʻylab 30-aprel kuni oʻtkaziladigan siyosiy jarayon- referendumga tayyorgarlik koʻrish masalasida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar Oʻzbekiston respublikasi Konstitutsiyasi va uning yangilanayotgan moddalari xususida yigʻilganlarga atroflicha maʼlumot berdi. Tadbirda qatnashganlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi barcha fuqarolarni referendumda faol ishtirok etishga chaqiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab