Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.15K subscribers
10.7K photos
873 videos
428 files
3.47K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Tajriba
#Fin_taʼlim_tizimi
#Vebinar

Bugun Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining "Finlandiya maktablariga yaqindan nazar" xalqaro ilmiy vebinari boʻlib oʻtdi. Vebinarda Finlandiya ta'lim tizimi, dars o'tish va baholash metodlari, o'quvchilar bilan ishlash jarayonlari, Finlandiya ta'lim tizimining samaradorligi haqida ma'lumotlar berildi.

Vebinarda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari boshchiligida bir guruh fan oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Taʼlim
#Finlandiya
#Oqnilufarlaryurtida

Amerikaning Garvard Universitetidagi dunyoga taniqli finlandiyalik oʻqituvchi Pasi Sahlbergning soʻzlariga koʻra, taʼlim sohasida muvaffaqiyatga erishishning eng muhim usuli bu ADOLATdir. "Taʼlim sifatini oshirishdan koʻra, oʻquvchilarga tenglikni taqsimlash muvaffaqiyatdir", - deydi Sahlberg. Sahlbergning taʼkidlashicha, Finlandiyaning xalqaro taʼlim sifati boʻyicha doimo birinchi oʻrinni egallashining asosiy sabablari quyidagilardir:

•Maktabdan tashqari omillar muvaffaqiyatga katta taʼsir qiladi. Agar madaniyat, siyosat va odamlar kayfiyati yaxshi boʻlsa, muvaffaqiyat oʻz-oʻzidan keladi.

•Taʼlim sohasidagi yutuqlarga mamlakatning iqtisodiy holati ham taʼsir qiladi. Ilgʻor texnologiyalar va ijtimoiy koʻrsatkichlar ham taʼlimga taʼsir qiluvchi omildir.

•Finlandiya onalar va bolalarga sogʻliq va ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha eng yaxshi mamlakatlar qatoriga kiradi. Bolalar tugʻilishidan oldin koʻrsatiladigan eʼtibor juda koʻp. Bolalarga eʼtibor boʻyicha eng yaxshi 4 mamlakat qatoriga kiradi...

•Jamiyat bolalarni qanchalik qoʻllab-quvvatlasa, taʼlim sifati shunchalik yuqori boʻladi.

•BMTning baxt indeksidagi eng baxtli davlatlardan biri bu Finlandiya.

•Mamlakatda kuchli davlat maktablari mavjud, xususiy maktablar deyarli yoʻq.

• Dastlabki 9 yilda oʻquvchilar bir xil taʼlim olishadi. Oʻquvchilarning 60% i oliy taʼlimni davom ettiradi.

•Barchaga taʼlim olish imkoniyatlarini teng ravishda taqdim etish bilan birga, tizimda professional oʻqituvchilar dars beradi.

•Barcha maktablarda oziq-ovqat, ogʻzaki  taʼlim va taʼlim muhiti teng boʻlib, sogʻliqni saqlash va stomatologik xizmatlar koʻrsatiladi.

•Har bir oʻquvchiga xos boʻlgan moslashuvchan taʼlim modeli mavjud. Standart taʼlim oʻrniga , oʻquvchilar va oʻqituvchilarga koʻra shaxsiylashtirilgan taʼlim ham qoʻllaniladi.

•Oʻqituvchilar puxta tanlangan. Oʻqituvchilik uchun har yili 8500 kishi murojaat qilgan tizimda eng muvaffaqiyatli 800 kishi tanlangan.
•Har bir oʻquvchining oʻquv ehtiyojlari qoʻllab-quvvatlanadi.

•Milliy nazorat tizimi, yaʼni imtixonlar umuman yoʻq.

✓Finlandiyalik oʻquvchilarga taʼlimning dastlabki 6 yilida hech qanday baho qoʻyilmaydi.
✓Sakkizinchi sinf oxirigacha baho berish shart emas va talabalar standartlashtirilgan imtihon tizimiga boʻysunmaydi.

✓Ular 16 yoshga toʻlganda bir marta butun mamlakat boʻylab imtihon topshirishadi.

✓Oʻqituvchilar kun davomida sinfda oʻrtacha 4 soat dars berishadi. Oʻzlarining malakasini oshirish maqsadida haftasiga ikki soat vaqtni malaka oshirish darslariga ajratadilar.

✓Oʻquvchilarning boshlangʻich maktabda kuniga darsdan tashqari tanaffusda oʻtkazadigan umumiy vaqti 75 daqiqa. Amerikada bu koʻrsatkich 27 daqiqagacha pasaygan. Turkiyada oʻrtacha 45 daqiqa.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
🔰 3-chorakdan boshlab maktabdagi kompyuterlardan samarali foydalanish bo'yicha o'quvchilarimizga tavsiyalar ishlab chiqildi.

📷 Rasmda:
🔘 O'quvchilarimiz o'z bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashlari uchun foydali ta'lim resurslari ro'yxati
🔘 O'quvchilarimiz shaxsiy rivojlanish hamda qo'shimcha ko'nikmalarni egallashlari uchun foydali ta'lim resurslar ro'yxati.

🔘 Ushbu tavsiyalar respublikamizning 10 mingdan ziyod maktablarida informatika sinf xonalaridagi har bir kompyuter yoniga qo'yiladi, o'quvchilarimizga doimiy eslatma bo'ladi.

☑️ Aytgancha ushbu ta'lim resurslaridan talabalar ham bemalol foydalanishsa bo'ladi.
#Диққат

❗️Хотин-қизларга ОТМга кириш учун яна бир имтиёз берилмоқда.

Янги ташкил этиладиган “Тўмарис издошлари” гуруҳлари аъзоларига ИИВ Жамоат хавфсизлиги департаменти бошлиғи тавсияномасига асосан ҳуқуқ тартибот органлари ОТМларига (ИИВ Академияси, Миллий гвардия тизимидаги Жамоат хавфсизлиги университети) сухбатсиз (тест синовларисиз) квота асосида ўқишга кириш ҳуқуқи берилади.
🔰 Намангандаги айрим мактабларда дарслар онлайн тарзда давом этиши маълум бўлди

▫️Наманган вилояти халқ таълими бошқармасининг хабар беришича, 23 январдан вилоятдаги 710 та умумтаълим мактабларидан 692 та умумтаълим мактабларида ўқув жараёнлари тўлиқ анъанавий тарзда бошланади.

Қолган 18 та умумтаълим мактабларида ўқув жараёнлари иситиш тизимида таъмирлаш ишлари тўлиқ якунлангунча масофавий тарзда ўқитилади.

☑️ Косонсой туманидаги барча 57та мактаблар тӯлиқ фаолият олиб боради.

Масофавий ўқитиладиган мактаблар:

▫️Наманган шаҳар 1, 7, 50, Мингбулоқ туман 4, 25, Поп туман 1, Норин туман 1, Чуст туман 74, Чортоқ туман 16, 49, Янгиқўрғон туман 9, 10, 15, 42, 43-мактаблар;

▫️Чуст туман 42-сонли, Учқўрғон туман 46-сонли ва Норин туман 47-сонли махсус мактаб-интернатлари.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘qishga hujjatlar qabuli davom etadi!

Endilikda texnikum, litsey va maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari hoziroq universitetga o'qishga hujjat topshirib, muddatidan avval talaba bo‘lish imkoniga egadirlar.

☑️ 2023/2024-o‘quv yilidan bakalavr bosqichida quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim olishingiz mumkin:

🔹Kimyo va materialshunoslik muhandisligi
🔹Mexanika muhandisligi
🔹Elektronika muhandisligi
🔹Dasturiy ta’minot muhandisligi
🔹Kiber xavfsizlik
🔹Sun’iy intellekt va robototexnika
🔹Amaliy matematika
🔹Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili
🔹Pedagogika
🔹Sanoat boshqaruvi

🗓 Imtihonlarni o‘z xohishingizga ko‘ra, fevral, may yoki avgust oyida topshirishingiz mumkin.

🔗 Mazkur havola orqali o‘qishga ariza topshiring: https://newuu.uz/uz/admission/form

📮 Savol va murojaatlar uchun:
Tel:
+998712024111
Telegram-Bot
#ingliztili

Ingliz tilini bilish darajangiz siz uchun qiziqmi? Unda ushbu sayt orqali tekshirib koʻrishingiz mumkin.

© Caffrey

LINK 👉 efset.org
#Muvaffaqiyat
#Xorijda_taʼlim

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ingliz tilidan xalqaro B2 sertifikatini qoʻlga kiritgan 11-sinf oʻquvchilariga dunyoning Top-1000 guruhiga kiradigan universitetlaridan qabul xatlari kelishni boshladi.

Chunonchi, maktabning 11-sinf oʻquvchisi Sobirjonov Behzodbekka Birlashgan Arab Amirliklarining "Dubay NDX" universiteti, Polsha davlatining "Lazarskiy" oliygohi va "Varshava bank " universitetidan qabul xatlari keldi.

Maktab jamoasi ushbu muvaffaqiyat bilan Behzodbek va uning ustozlarini tabriklaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#Ehsonning_mukofoti_ehson
#Taʼlim_investitsiyasi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabining 7-B sinf o'quvchilari Khiso olimpiadasida faol qatnashib, ushbu olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega boʻlishdi.

Ushbu muvaffaqiyatni munosib tarzda taqdirlash maqsadida saxovatli inson Ibrohim Halimxonov gʻolib oʻquvchilarga oʻz shaxsiy mablagʻi hisobidan pul mukofoti topshirdi.

O‘quvchilar uchun yanada qoʻshimcha ragʻbat, shijoat bag‘ishlagan bunday homiylik uchun maktab jamoasi Ibrohim akaga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Ota_onalar_majlisi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabining 5-6-sinf oʻquvchilari uchun ota-onalar majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisni maktab direktori F. Begmatov kirish soʻzi bilan ochib, ota-onalarni maktab Nizomi bilan tanishtirdi.

Majlisda oʻquv ishlari bòyicha direktor oʻrinbosari Sh. Ismoilov soʻzga chiqib, oʻquv yili rejalari, oʻquv darsliklari, oʻquvchi formasi, fan toʻgaraklari va qoʻshimcha mashgʻulotlar kabi masalalarga oydinlik kiritdi.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bòyicha direktor oʻrinbosari B. Hasanov ham yigʻilishda soʻzga chiqib, ota-onalarga maktab ichki tartib-intizomi toʻgʻrisida ma'lumot berdi.

Ota-onalar vakili A. Sohibov yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanligini yashirmadi va maktab jamoasiga yigʻilganlar nomidan minnatdorchilik bildirdi.

Yigʻilishda ta-onalar va maktab shartnomasi imzolandi. Majlis soʻngida maktab jamoasi va ota-onalar doimo hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Umumiy qiymati 5,5 milliard so‘m bo‘lgan, Respublika fan olimpiadasi o’tkaziladi

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, PDP University, IT-Park hamda “KHISO” olimpiada maktabi hamkorligida, matematikadan Respublika fan olimpiadasi o’tkaziladi.

Olimpiada aniq fanlarni rivojlantirish hamda yoshlarni raqamli texnologiyalar mutaxassisligiga yo’naltirish maqsadida 10-11-sinf maktab va litsey o’quvchilarini qamrab oladi.

Arizalar 1-fevralga qadar maxsus platforma (olympiad.pdp.uz) orqali bepul qabul qilinadi.

Matematika fanidan o’z bilimlaringizni sinab ko’ring va Respublika miqyosidagi ushbu olimpiadada ishtirok etib, bilimingiz evaziga munosib taqdirlaning!

📹Batafsil maʼlumot videoda: 00:00
#Xalqaro_hamkorlik
#Turkiya

TURKIYA NASHRIYOTLARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

🔴Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi ikki tomonlama hamkorlik va tajriba almashish maqsadida ayni damda Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib turishibdi.

Uchrashuvlar davomida darsliklarni chop etish, ularni ta'lim muassasalariga yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, dastur davomida:

▶️Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi mas'ul xodimlari bilan darsliklarni nashrga tayyorlash, chop etish masalalarini o‘rganish;

▶️davlat hamda xususiy nashriyotlari faoliyati bilan tanishish;

▶️Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi mas'ul xodimlari bilan darsliklarni (xususan, matematika, kimyo fanlari) ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

✔️Uchrashuvlar davom etmoqda.
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Kosonsoy
#Ehson_oshi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari ovqatlanishlari uchun maktab oshxonasi oʻz faoliyatini boshladi.

Shu munosabat bilan 24-yanvar kuni oʻquvchilar dasturxoniga ehson oshi tortildi.

Maktab jamoasi ehson oshi homiylariga minnatdorchilik bildiradi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, maktab oshxonasi bir vaqtning oʻzida 500 nafar oʻquvchiga xizmat koʻrsatadi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab