Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.7K photos
875 videos
428 files
3.48K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Seminar_trening
#Yangi_baholash_tizimi
#Al_Xorazmiy_maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy maktabida "Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusida respublika seminar-treningi bo'lib o'tmoqda. Seminar-treningda Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ustozlari ham ishtirok etmoqdalar.

Seminarda o'rganilayotgan masalalar yuzasidan atroflicha ma'lumotlar berib o'tamiz. Bizdan uzoqlashmang.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Seminar_trening
#Yangi_baholash_tizimi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusida seminar-trening mashg'uloti bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningda Kosonsoy tumanidagi 15,18,28,47,48-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktorlari, o‘quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda fan uslubiy birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Seminar-treningda so‘z olgan Kosonsoy tuman hokimi o'rinbosari Alisher Sheraliyev mamlakatimiz ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, uning samarasi , ta‘lim tizimini muvaffaqiyatli isloh qilish davlat siyosati darajasida ekanligini ta'kidladi.

Seminar-treningda Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o'quv ishlari bo'yicha direktor oʻrinbosari Sherzodbek Ismoilov yangi baholash tizimining afzalliklari, uni amalga oshirish bosqichlari haqida ma‘lumot berdi.

Seminarda ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.