Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.15K subscribers
10.7K photos
873 videos
428 files
3.47K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Bilasizmi

O'zbekiston haqida eng kerakli qisqa ma'lumotlar

O'zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan. Qo'shni
mamlakatlar bilan umumiy chegara uzunligi - 6221 km.
- Mustaqilligini 31 avgust 1991 yilda e'lon qildi.
- Umumiy hududi: 448,97 kv.km. 2/3 qismi tekisliklardan va 1/3 qismi tog' va tog' oldi hududlaridan iborat.

Aholisining 49,4 % i qishloq aholisi va 50,6 % i shahar aholisi.
- 130 dan ortiq millat namoyandalari istiqomat qiladi,
aholisining 83,8 % i o'zbeklar.

O'zbekistonning davlat byudjeti (2017у.):

- daromad qismi - 44,5 trln. so'm;
- masraf qismi - 46,9 trln.so'm;
- УaIМ - 75 mlrd AQSH dollari.
- O'zbekistonda iqtisodiyotning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar mavjud.

Aniqlangan yer osti boylikIari (zahiralar) bo'yicha 200 dan ortiq davlatlar orasida O'zbekiston:

Oltin ― 4 o'rinda
Uran ― 7 o'rinda
Molibden ― 8 o'rinda
Mis ― 10 o'rinda
Tabiiy gaz ― 14 o'rinda

Qazib olish bo'yicha:

Kadmiy ― 3 o'rinda
Uran ― 6 o'rinda
OItin va tabiiy gaz ― 8 o'rinda

Ishlab chiqarish bo'yicha:

Qorako'l teri ― 2 o'rinda
Paxta tolasi ―4 o'rinda
Ipak shoyi xomashyosi ― 6 o'rinda
Gaz ishlab chiqarish ― 17 o'rinda

@ixtisoslashganmaktab
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Bilasizmi

Xalq taʼlimi vazirligining “Xalq taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 160-sonli buyrugʻiga asosan umumiy oʻrta taʼlim maktabi (maktab-internat) oʻqituvchilari quyidagilarni bilishi lozim:

Amaldagi umumiy oʻrta taʼlim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;

Davlat taʼlim standartlarini;

Oʻzi oʻqitadigan oʻquv fanining ilmiy-nazariy asoslari, uning mazmuni va amalda qoʻllanilishi, oʻqitayotgan fan boʻyicha dars oʻtish metodikasi va tashkil qilish tartibini;

Oʻquvchilarni oʻqitish va tarbiyalashning ilgʻor shakllari va intensiv usullarini;

Oʻquvchilar bilimini baholashning zamonaviy, samarali shakllari, nazorat usullarini;

Oʻquvchilarni faolligini ragʻbarlantirib borish va oʻzlashtirishini baholashning reyting tizimini;

Pedagogika, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini, oʻquv jarayoni texnik vositalarini amaliyotda qoʻllashni;

Sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalarini.

👉 @ixtisoslashganmaktab
#Bilasizmi

Joriy yilda abituriyentlar hujjat qabulida arizalar qabul qilish muddati 1-maydan 10-iyulgacha bo'ishi rejalashtirilmoqda. Bu deyarli 71 kunni tashkil etadi.

Ma'lumot uchun bu ko'rsatkich o'tgan yillar davomida 15-iyundan 15-iyulgacha bo'lgan muddatda o'tkazilar edi. Bu deyarli 30-31 kunni tashkil etar edi


👉 @ixtisoslashganmaktab
#bilasizmi

O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi qaroriga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi.
Batafsil: https://telegra.ph/Ozbekistonda-yangi-harbiy-institut-tashkil-etildi-01-24

Kanalga ulanish. Tezkor yangiliklar 👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEfjm4-xSUHqJDxnEQ
Forwarded from Qalb amri (АЗИЗИМ...)
#bilasizmi

2022-yil futbol bo'yicha jahon chempionati Qatarning Lusaile shahrida bo'lib o'tadi, lekin bu shahar hali yo'q....

@amrqalb
#bilasizmi?

1. Haykaldagi shaxs otining 2 ta old oyoqlari yerdan uzulgan bo‘lsa, bu shaxs jangda o'lganini anglatadi.

2. Old oyoqlarining 1 tasi yerdan ko‘tarilgan bo‘lsa, jangda jarohatlanib o'lganin, demakdir.

3. Aga otning barcha oyoqlari yerda bo‘lsa, tabiat hodisasi bn o'lganini anglatar ekan.
▬▬▬▬▬▬▬▬▬
Kanalimizga
ulanish

@ixtisoslashganmaktab
#Bilasizmi
Maktab oʻquvchilarining yagona formasi 1-6 sinf oʻquvchilari uchun alohida, 7-11 sinf oʻquvchilari uchun alohida shakl va bichimda tasdiqlangan.

1-6 sinf oʻquvchilari uchun forma komplektiga:
👉 oq koʻylak (100 % paxta);
👉 koʻk, koʻk katak nimcha (65 % paxta/35% polister);
👉 koʻk shim (oʻgʻil bolalar uchun) (65 % paxta/35% polister);
👉 koʻk katak yubka (qiz bolalar uchun) (65 % paxta/35% polister);
👉 koʻk yengil kurtka kiradi (65 % paxta/35% polister) kiradi.

7-11 sinf oʻquvchilari uchun forma komplektiga:
👉 oq koʻylak (70 % paxta/30% polister);
👉 toʻq koʻk nimcha (45 % paxta/55% polister);
👉 toʻq koʻk shim (oʻgʻil bolalar uchun) (45 % paxta/55% polister);
👉 toʻq koʻk yubka (qiz bolalar uchun) (45 % paxta/55% polister);
👉 toʻq koʻk pidjak (45 % paxta/55% polister) kiradi.


@UzunqishloqliklarUZ
Forwarded from E-library (Усмонхужа)
☝️#Xalqaro_olimpiada #IPhO #Bilasizmi Xalqaro fizika olimpiadasi
(International Physics Olympiad, IPhO)
20 yoshdan katta boʼlmagan yuqori sinf oʼquvchilari oʼrtasida har yili oʼtkaziladigan nufuzli xalqaro fan olimpiadasi.
Olimpiadada ishtirok etish uchun har bir davlat 5 nafar ishtirokchi va 2 nafar jamoa rahbaridan iborat milliy terma jamoani shakllantiradi. Mazkur 5 nafar oʼquvchilar oʼz davlatida milliy olimpiada gʼoliblari ichidan saralanadi. Olimpiada 1967 yildan buyon turli davlatlarda oʼtkazib kelinmoqda. Ilk marotaba olimpiada Polsha davlatida oʼtkazilgan. Bugungi kunga kelib unda 5 qit'aning 90 ga yaqin turli mamlakat terma jamoalari muntazam qatnashib kelmoqda. 2019 yilda Xalqaro fizika olimpiadasi Isroilning Tel-Aviv shahrida boʼlib oʼtgan boʼlsa, 2020 yilda 51-Xalqaro fizika olimpiadasi iyul oyida Litvada oʼtkaziladi.
📄 Nazorat materiallari: Olimpiadaning rasmiy tili - bu ingliz tilidir. Tashkiliy qoʼmita tomonidan tayyorlangan nazorat materiallari va baholash mezonlari barcha terma jamoalar rahbarlari oldida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Shundan soʼng, terma jamoalarning rahbarlari nazorat materiallarini oʼzlarining davlat tillariga tarjima qiladilar.
Olimpiada 2 bosqichda oʼtkaziladi:
👉1-bosqich: amaliy-laboratoriya topshiriqlari.
👉2-bosqich: nazariy savollar.
Xar bir bosqich uchun 5 soat vaqt beriladi.
Barcha ishtirokchilar individual tartibda baholanadi. Gʼolib va sovrindorlar ballar ketma-ketligida aniqlanadi. Jami ishtirokchilarning 8 foiziga oltin, 17 foiziga kumush, qolgan 25 foiziga bronza medallari topshiriladi.
🥉🇺🇿Oʼzbekiston terma jamoasi natijalari: Terma jamoamizda hozircha bitta bronza medal bor. Ushbu medal 2018 yil Portugaliya davlati, Lissabon shahrida boʼlib oʼtgan olimpiadada Hofizov Umidjon tomonidan qoʼlga kiritilgan.
Ushbu olimpiada boʼyicha kelajakdagi maqsadlarimiz maktab oʼquvchilarini tayyorgarliklarini toʼgʼri tashkil qilib, medallar nufuzini yaxshilashdan iborat.
💵 Ragʼbatlantirish: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4306-sonli qaroriga asosan ushbu xalqaro olimpiadada gʼolib boʼlgan oʼquvchilar, ularning oʼqituvchilari uchun pul mukofotlari (hamda ustamalar) berilishi belgilangan.
Quyida 2019 yilda Isroilning Tel-Аviv shahrida boʼlib oʼtgan olimpiadadan videolavhani taqdim etamiz: https://youtu.be/D4jkvtSh088

Kosonsoy tuman xalq ta'limi bo'limi

~~~~~~~~~~~~~
Kosonsoy xalq ta'limi bo'limi kanaliga qo'shilish⤵️
https://t.iss.one/kosontxtb
#Bilasizmi

OTA-ONALAR FARZANDLARINING MUNTAZAM RAVISHDA MAKTABGA KELISHLARINI TAʼMINLASHI SHART

🔰«Taʼlim toʻgʻrisida»gi Qonunning 51-moddasiga muvofiq voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolalarining umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim yoki boshlangʻich professional taʼlim olishini taʼminlashi, bolalarining oʻquv mashgʻulotlariga qatnashishini taʼminlash va oʻzlashtirishi ustidan nazoratni amalga oshirishlari shart.

❗️Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 47-moddasiga muvofiq ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi 270 ming soʻmdan 1 mln 350 ming soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.

👉Ushbu huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, 1 mln 350 ming soʻmdan 2 mln 700 ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

👉Bolalarning majburiy umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan toʻsqinlik qilish 2 mln 700 ming soʻmdan 4 mln 050 ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

👉Ushbu huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, 4 mln 050 ming soʻmdan 6 mln 750 ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

🔰Shuningdek, taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish fuqarolarga 1 mln 350 ming soʻmdan 1 mln 890 ming soʻmgacha, mansabdor shaxslarga esa 1 mln 890 ming soʻmdan 2 mln 700 ming soʻm miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

👉Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, fuqarolarga 1 mln 890 ming soʻmdan 2 mln 7000 ming soʻmgacha, mansabdor shaxslarga esa, 2 mln 700 ming soʻmdan 4 mln 050 soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.