Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati
4.65K subscribers
807 photos
70 videos
232 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklar, loyihalar, tanlov va tadbirlarni yoritib boruvchi respublika kanali
Download Telegram
#bitiruvchilar_qurultoyi

🤩 Bitiruvchilar qurultoyi doirasida "Yangi O‘zbekistonda 3-Renessans tadqiqotchilari: Ilm, innovatsiya va ijodkorlik" mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘z ishini boshladi.

🔍 Tadbir doirasida quyidagi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashinuvi va taqdimotlar o‘tkazilmoqda:
sun’iy intellekt va STEM yondashuvi;
yashil texnologiyalar va barqaror rivojlanish;
robototexnika, IoT va kiberxavfsizlik;
raqamli ko‘nikmalar va kelajak kasblari;
global muhitda milliy qadriyatlarning o‘rni.


🌐 Bundan tashqari, Bitiruvchilar kengashi hamda ixtisoslashgan maktablar o‘quvchilarining ilmiy izlanishlari, innovatsion loyihalari va ishlanmalari taqdim etilmoqda.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namanganlik o‘quvchilar dunyoning Top-20 taligiga kiruvchi oliygoh talabasi bo‘ldi

Uch nafar namanganlik yoshlarimiz: Namangan shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatidan Ziyodullobek Qo‘ziboyev, Saydullo Supijanov hamda Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 58-umumta’lim maktabi bitiruvchisi Sherxon Hasanov Pechak ligasi (Ivy League) tarkibiga kiruvchi, dunyo reytingida 15-o‘rinda turuvchi Pensilvaniya universiteti talabasi bo‘ldi.

Uchovlon joriy yil oliy ta’limni AQSHda davom ettirishadi.

Yigitlar maktabda yaxshi baholarga o‘qigan, faol, IELTS hamda SATdan yuqori ballarni olib, xalqaro serifikatlarga ega.

Yoshlarimizga omad, dunyoning yetakchi ta’lim muassasasida olgan qimmatli bilimlarini mamlakatimiz taraqqiyoti uchun sarflashini tilab qolamiz.

@hilola_umarova
4👍4
📣O‘qishga arizalar qabuli boshlandi!

Al-Xorazmiy universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘qishga arizalar qabuli boshlandi.

⚡️ Universitetda siz quyidagi bakalavriat yo'nalishlarida tahsil olishingiz mumkin:
🛬 Dron texnologiyalar muhandisligi;
💻 Sun’iy intellekt;
💻 Dasturiy ta’minot muhandisligi.

💫Qabul talablari:
🔹Ingliz tilidan minimum IELTS 5.5, CEFR B2, TOEFL iBT 46 sertifikatlaridan biriga ega bo‘lish,
🔹 Matematika va mantiqiy fikrlashdan imtihon.

💥 O‘qishga ariza topshirish: https://admission.newuu.uz/auth/university

Al-Xorazmiy universiteti davlat universiteti hisoblanib, bu yerda siz “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida xalqaro darajadagi sifatli ta'lim olishingiz mumkin.

Savol va murojaatlar uchun:
☎️ Koll-markazi: +998712024111
✈️ Telegram bot: @alxorazmiyunibot

🔁 English

#qabul2025 #admission2025

👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#Tayinlov

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan:


Shakirova Sevara Baxodirovna — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori o'rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan Sevara Shakirova 2012-2019-yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabida o'qituvchi, 2019-2022-yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor o‘rinbosari, 2022-2023-yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan.

2023-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida ish olib borgan.

Vazirlik jamoasi Sevara Shakirovaga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍119
#Tayinlov

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi


Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Shakirov Xasan Rustamovich — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar “Yangi O‘zbekiston” universiteti moliyaviy va ma’muriy ishlar bo‘yicha prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Xasan Shakirov 2001-2016-yillarda Moliya vazirligida mas'ul lavozimlarda, 2016-2020-yillarda Tashqi ishlar vazirligida Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i, 2020-2022-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Moliyalashtirish va rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2022-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Vazirlik jamoasi Xasan Shakirovga kelgusi faoliyatida omad tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ishtirokchilar_fikri

🤩 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar Bitiruvchilar qurultoyi ishtirokchilari oʻz taassurotlari, taqdim etayotgan loyiha va ishlanmalarining ahamiyati, kelgusidagi maqsadlari bilan oʻrtoqlashdi.

📺 Videoda batafsil.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#brifing

🤩 PREZIDENT MAKTABLARIGA BIR O‘RINGA 148 TALABGOR!

🗣AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul statistikalarini e’lon qildi.

📊Umumiy topshirilgan hujjatlar soni: 255 613 ta

📚MAKTABLAR BO‘YICHA STATISTIKA:
🟢Prezident maktablari – 49 924 ta hujjat
🧮 Har bir o‘ringa o‘rtacha 148 nafar talabgor

🟢 Ijod maktablari – 4 740 ta
🧮 Har bir o‘ringa 11 nafar

🟢 Sport maktablari – 582 ta
⚽️ Gimnastika: 1 o‘ringa 8 nafar,
🥊 Boks: 1 o‘ringa 15 nafar

🟢 Ixtisoslashtirilgan maktablar – 137 870 ta
🧮 Har bir o‘ringa 12 nafar

🟢 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar – 62 497 ta
🧮 Har bir o‘ringa 38 nafar

🔹 Abu Ali ibn Sino – 4 250 ta
🔹 Mirzo Ulug‘bek – 3 093 ta
🔹 Muhammad al-Xorazmiy – 55 154 ta

🟢 Al-Beruniy xalqaro maktabi – 6 184 ta
🧮 Har bir o‘ringa o‘rtacha 103 nafar talabgor

📥Qabul kvotalari:
Prezident maktablari (5-sinf): 336 nafar;
Ijod maktablari (7-sinf): 440 nafar;
Ixtisoslashtirilgan maktablar: 13 000+ o‘quvchi;
Al-Beruniy maktabi 60 nafar.

📌 4-sinf bitiruvchilari bir vaqtning o‘zida 3 xil maktabga alohida hujjat topshirdi:
▫️ Prezident maktabi
▫️ Ixtisoslashtirilgan maktab
▫️ Muhammad al-Xorazmiy maktabi

📌 6-sinf bitiruvchilari esa quyidagilarga:
▫️ Hududidagi tabiiy fanlar yo‘nalishidagi maktab
▫️ Mirzo Ulug‘bek yoki Abu Ali ibn Sino maktablari (Toshkent shahri)

📆 Imtihonlar – iyul-avgust oylarida!
📍Sana, manzil va vaqtlar haqidagi ma’lumotlar Agentlik rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

📝 Batafsil

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍5
#bizning_faxrimiz
#IELTS_result

🤩 Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf bitiruvchisi Boburbek Noraliyev xalqaro IELTS imtihonidan 8.5 ballik natijani qoʻlga kiritdi.

🎧 Listening - 9.0
📚 Reading - 9.0
✍️ Writing - 7.5
🗣 Speaking - 8.0


💫 Boburbek, Siz bilan faxrlanamiz, yutuqlaringiz bardavom boʻlsin!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥93🎉3👏1
#xushxabar

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

📝Unga ko’ra:

🤩 Egamberdiyev Maqsadbek Baxtiyor o‘g‘li - Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Xorazm viloyati);

🤩 Muxammadov Mirjaxon Muxammadjon o‘g‘li - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri) ushbu mukofot bilan taqdirlandi.

⚡️Ushbu yuksak mukofot bilan o‘quvchilarimizni chin qalbdan samimiy tabriklaymiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👏61
📣 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul uzaytirildi!

🌐Koʻplab yoshlarning talab va istaklariga binoan “Garvardchilar maktabi” nomi bilan tanilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga oʻqishga arizalar qabuli 3-iyul sanasiga qadar uzaytirildi.

📥Oʻqishga arizalar my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

❗️Eslatib oʻtamiz, maktabga shu yil 8-sinfni bitirib, 9-sinfga oʻtgan oʻquvchilar qabul qilinadi.

@alberuniyuzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
53
#imtihon_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🤩 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

🔔Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 7–9-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.

Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5–10-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7–10-sinflarga o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 105 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (105 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📨 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
163
#imtihon_2025

9–12-iyul kunlari quyidagi maktablarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi

🔹 Ixtisoslashtirilgan maktablar (aniq fanlar);
🔹 Jasorat maktabi;
🔹 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktab va Filiallari;
🔹 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktab;
🔹 Ibn Sino nomidagi Tayanch maktabi va Filiali;
🔹 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat;
🔹 Ijod maktablari
.

🗓 Imtihonlar 9-, 10-, 11- va 12-iyul kunlari, 3 smenada (soat 08:00, 12:00 va 17:00) o‘tkaziladi.

📥 Ruxsatnomalar: ariza.piima.uz orqali yuklab olinadi.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1206

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11
Yangi lavozim, yuksak ishonch muborak!

Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Umarova Hilola O‘ktamovna Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Endilikda Hilola O‘ktamovna nafaqat maktabgacha va maktab ta’limidagi islohotlarda faoliyat olib boradi, balki yangi O‘zbekistonda hurmatli Prezidentimiz boshchiligidagi keng qamrovli ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarda mas’ul sifatida ishtirok etadi.

Aytish mumkinki, keyingi yillarda yurtimizda “maktabgacha-maktab-oliy ta’lim-malaka oshirish” yagona tizimi vujudga keldi.

Shuningdek:

tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirishga doir ishlar jadal davom ettirildi hamda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, maktabga qabul, turli ta’lim xizmatlari to‘liq raqamlashtirildi;

vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Al-Beruniy nomidagi maktab-internati, Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablari kabi qator ta’lim maskanlari, “Renessans” bolalar oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

yangi summativ va formativ baholash tizimi bosqichma-bosqich umumta’lim maktablariga joriy etila boshlandi;

umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlarni menejerlik kurslariga o‘qitish va ularni Direktorlar kengashi orqali tayinlash tizimi yo‘lga qo‘yildi;

maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 96 foizga yetkazildi;

o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalardagi yutuqlari soni keskin oshdi hamda ushbu toifadagi olimpiadalarda 2023-yilda 91 ta, 2024-yilda 128 ta, 2025-yilning o‘tgan vaqti davomida 170 ta turli darajadagi medal qo‘lga kiritildi;

o‘quvchilar o‘rtasida “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari yo‘lga qo‘yildi;

yangi tashkil etilayotgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblariga uy sovg‘a qilinishi tartibi joriy etildi.

Sohaga doir bu kabi katta islohotlarni uzoq sanash mumkin. Muhimi, ular izchil davom ettiriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Hilola O‘ktamovnaga kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yuksak ishonch bilan yana bir bor qutlab qoladi!

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍5🔥1
#Infografika

📖Surxondaryo viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda sertifikatga ega bo‘lish ko‘rsatkichi tahlil qilindi

🫥2024–2025-o‘quv yilida Surxondaryo viloyatidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan 17 ta ixtisoslashtirilgan maktabda jami 7 ming 134 nafar 5–11-sinf o‘quvchilari tahsil oldi. O‘g‘il-qizlar ushbu o‘quv yili davomida umumiy hisobda 1 ming 563 ta milliy va xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritishdi. Bu ta’lim sifati, ustozlarning mashaqqatli mehnati va o‘quvchilarning bilimga chanqoqligini ko‘rsatuvchi muhim mezon hisoblanadi.


🫥Sertifikatlar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
• Xalqaro: IELTS, SAT, CEFR, TOPIK, JLPT
• Milliy: Davlat til sertifikati (C1, B2)


Maktablardagi sertifikatlar sonining o‘quvchilar soniga nisbatan ulushi bo‘yicha reyting tuzildi. Bu – ta’lim samaradorligini aniq ko‘rsatadigan ishonchli ko‘rsatkich.

🔝Yetakchi uchlik quyidagicha:

🥇 Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktab
– 266 nafar o‘quvchidan 112 nafari sertifikatga ega
– Umumiy ulushi: 42.11%

🥈 Termiz shahar 1-son IMI

– 460 nafar o‘quvchidan 192 tasi sertifikatli
– Ulushi: 41.74%


🥉 Qumqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
– 507 nafar o‘quvchidan 179 nafari sertifikat olgan
– Ulushi: 35.31%


Ushbu ko‘rsatkichlar asosida viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifati barqaror o‘sib borayotgani, o‘quvchilarning xalqaro maydonda raqobatbardosh bo‘lishi uchun barcha sharoitlar yaratilgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

📈Hududlar bo‘yicha to‘liq tahliliy jadval grafik rasmda ilova qilingan.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥54💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Bugun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.

Mazkur videolavhada Yangi Oʻzbekiston bunyodkori rahbarligida soʻnggi 8 yilda amalga oshirilgan eng muhim islohotlar aks ettirilgan.

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥73🎉2
👍 T A B R I K L AY M I Z !

👨‍💼 Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf o‘quvchisi Dadajon G'ulomov yosh bo‘lishiga qaramay ajoyib yutuqqa erishdi.

🗝 Dadajon Ingliz tilini bilish bo‘yicha xalqaro IELTS imtihonidan umumiy 7 ball to‘plab, o‘z bilim va salohiyatini xalqaro miqiyosda namoyon etdi.

🇺🇿 Mazkur yutuq nafaqat Dadajonning tinimsiz mehnati, intilishi va bilimga bo‘lgan qiziqishi, balki mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi tub islohotlar, keng imkoniyatlar, shuningdek, Prezidentimiz rahbarligida yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaldagi yorqin samarasidir.

Listening - 8.5⚡️
Reading - 6
Writing - 6.5
Speaking - 6
Overall score — 7.0🔥

Bizni kuzating:

Telegram  🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3094🏆3🔥2
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimi tarixiy islohotlarning markazida bo‘lmoqda, deyish mumkin. Davlat rahbarining har safar soha xodimlari bilan uchrashuvlari, taqdimot, tashrif va samimiy muloqotlarida buni his etamiz.

Ha, bugungi O‘zbekiston uchun ta’lim - strategik soha. Buni berilayotgan e'tibor, ijtimoiy soha uchun ajratilayotgan mablag‘lardan ham sezish mumkin.

Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar jadal davom etmoqda. Ta’limdagi bugungi yutuqlar ertangi ulkan muvaffaqiyatlarga poydevordir!

@hilola_umarova
7🎉2👍1
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Chortoq tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o'quvchisi Zulayho Odiljanova chet tilini bilish darajasi bo‘yicha IELTS dan bir urinishdayoq 7,5 ball yig’ib, yosh darajasi bo‘yicha viloyatdagi eng yaxshi natijalardan birini qayd etdi.

✔️ 10 yoshidan xorijiy tilni mukammal o‘zlashtirgan iqtidor egasi kelajakda huquqshunoslik yo‘nalishida tahsil olishni rejalashtirgan.

💬 Ta’kidlash joizki, joriy yilda birgina mazkur maktabning 95 nafar o'quvchisi IELTS va CEFR sertifikatlariga ega bo‘ldi.

👍Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini kuzatib boring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍184🔥4🤩1🕊1