IT specialist
10.3K subscribers
1.13K photos
495 videos
63 files
3.83K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.iss.one/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.iss.one/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
#excel

Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash 🗓

Yodingizda bo‘lsa biz kalkulyator yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni aniqlashni ko‘rib chiqqan edik, bu safar buni Microsoft Office dasturlari paketi tarkibidagi Excel – jadval muharriri yordamida hisoblashni ko‘rib chiqamiz.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Windows operatsion tizimida hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5😁1
Forwarded from IT specialist
#excel

📊 Kanalimizdagi Microsoft Excel dasturi bo‘yicha joylashtirilgan postlar bilan tanishing (3):

Excelda jumla boshida keluvchi so‘zning dastlabki harfini katta qilish
Oddiy ko‘rinishda yozilgan sanani qanday qilib oy nomlanishi ko‘rinishiga keltirish mumkin?
Belgilash uchun qaynoq klavishlar bilan tanishamiz
Muayyan yacheykalardan himoyani olib tashlash
Matnni diagonal bo‘ylab ajratish
Formulada list uchun havola qanday ko‘rsatiladi?
Matnli diapazonlarni tezkor belgilash
Belgilangan diapazonda keraksiz qiymatlar kiritilishini cheklash
Excel'da F4 klavishidan foydalanish
Jadvalning sarlavhasini “qotirib qo‘yamiz”
Sanalarni saralashda shartli formatlashdan foydalanish
Ishchi kunlar bo‘yicha avtoto‘ldirish
Yacheykalardagi qoldirilgan izohlarni chop etish
Yacheykaning kengligi va balandligi qanday sozlanadi?
MS Office dasturlarida hujjatni saqlashda rasm sifatini sozlash
Katta jadvallarni chop etish
Excel hujjatiga YouTube videosini joylashtirish
Hujjatni parol bilan himoyalash
Jadvalni funksiya yordamida transponirlash
Kasr sonlarning ustun bo‘ylab avtoto‘ldirilishiga oid maslahat
Uzun jadvallar bilan ishlash
Word va Excel'da himoyalangan ko‘rish (Защищенный просмотр)ni o‘chirib qo‘yish
Kasr sonlarni jadvalga kiritishda nuqta (.) va vergul (,) belgilarining ahamiyati
Faqat yacheyka formatini boshqa yacheykaga nisbatan qo‘llash
Obyektlarni bir listdan boshqasiga olib o‘tkazish
Excel hujjati foniga suvli belgi (водяной знак)ni qo‘shish
Diagramma va jadvallarni oq-qora printerda chop etish
“Объединение ячеек” har doim ham yaxshi emas!
Excel'da satr va ustunlarni belgilash
Alohida son yoki formulalar guruhini belgilash
Excel hujjatlarida matnni kirilldan lotin yozuviga va lotindan kirill yozuviga o‘girish uchun makros (+ video qo‘llanma)
Sonni tezkor darajaga oshirish
Nostandart ro‘yxatlar bo‘yicha saralash
Oddiy sahifaga chop etilgan ma’lumotlarni Excel'ga kiritishning ideal usuli (mobil Excel ilovasi orqali)
Butun jadvaldagi summani tezkor hisoblash
Mantiqiy funksiya yordamida muayyan ko‘rsatkichdan oshgan qiymatlarni saralash

📌 P.S.: Kanalga MS Excel dasturidan foydalanish bo‘yicha yangi postlar nashr qilinishi bilan, ushbu ro‘yxat ham yangilanib boradi. Ushbu ro‘yxatning 1-qismi | 2-qismi.

🔠 Agar MS Excel bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalaringizni sinab ko‘rish istagida bo‘lsangiz, unda #test heshtegi yordamida turli ruknlardagi (nafaqat MS Excel) test savollariga o‘tib ko‘rishni tavsiya etamiz.

💡Kanalimizda MS Excel bo‘yicha taqdim etilgan ushbu maqola va tavsiyalardan iborat mundarijani do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9
Forwarded from IT specialist
#excel

↔️ Excel hujjatlarida matnni kirilldan lotin yozuviga va lotindan kirill yozuviga o‘girish uchun makros (+ video qo‘llanma)

Istalgan hujjatda keltirilgan matnga qarab, uni ba’zida kirilldan lotinga yoki lotindan kirillga o‘girish zarurati yuzaga kelib turadi.

Ushbu postimizda buni amalga oshirish uchun maxsus makros va undan foydalanish ketma-ketligi borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz:

1️⃣. Kerakli Excel ishchi kitobini ishga tushiring.

2️⃣. Ishchi kitobidagi kerakli listga o‘ting.

3️⃣. Makrosni hujjatga biriktirish uchun xizmat qiluvchi Microsoft Visual Basic for Applications dasturi oynasini ekranga chaqirish uchun bosiladi: ALT + F11

4️⃣. Ochilgan dasturda File → Import File... → Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas (faylni joylashgan manziliga o‘tib tanlaymiz) F5 Ochilgan oynachada Lotin yoki Kirill'ni mos tarzda tanlaymiz O‘ng tomondagi dastlabki Run tugmasi Ochilgan oynadagi OK tugmasini bosamiz, tayyor!

📥 Excel dasturiga biriktiriluvchi Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas makros faylini yuklab olish.

Yuqorida matnli ko‘rinishda keltirilgan harakatlar ketma-ketligini ushbu post ostidagi video qo‘llanmada amaliy ko‘rishingiz mumkin👇🏻🎞.

📄 Microsoft Word uchun kanalimizda ulashilgan Translit kengaytmasi orqali buni MS Word dasturida Microsoft Basic for Applications dasturi yordamisiz qulay bajarish mumkin, buni ham sinab ko‘ring (sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz albatta 😉).

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5
Forwarded from IT specialist
#excel

Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar 🚀

1️⃣. Bir nechta yacheykalarni bir xil qiymat bilan to‘ldirish uchun, ularni dastlab belgilang, yacheykalardan biriga qiymatni kiriting va CTRL + ENTER'ni bosing.

2️⃣. Listlar bo‘ylab tezkor o‘tish uchun CTRL + PAGE UP va CTRL + PAGE DOWN klavishlari birikmasidan foydalaning.

3️⃣. Agar birovning kompyuterida dasturdan foydalanish istagi yuzaga kelib, biroq Excel yorlig‘ini topa olmasangiz, unda WIN + R klavishlari birikmasi yordamida “Выполнить (Run)” oynasini chaqirib, unga excel so‘zini (qo‘shtirnoqlarsiz) kiritgan holda ENTER klavishini bosing (dastur kompyuterga o‘rnatilgan bo‘lsa ochiladi, aks holda xatolik oynasi yuzaga keladi).

4️⃣. Funksiyani qolgan satrlarga nisbatan pastga qarab tortish orqali qo‘llashdan tashqari, faol yacheykaning o‘ng pastki burchagidagi to‘rtburchak marker ustiga (sichqonchaning chap tugmasi bilan) ikki marta bosish orqali buni qo‘llash mumkin (ushbu post ostiga biriktirilgan rasmda ko‘rsatilgan👇🏻).

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
15 лучших трюков от Павла Когана
Excel bilan 10 tezkor tryuk
Excel'da hayotingizni osonlashtiruvchi 10 ta formula
Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)
• CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Hisob-kitoblar uchun qaynoq klavishlar
Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi?
MS Excel’da filtr qo‘llanganida satrlarning avtomatik qayta raqamlanishi haqida
Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel #maslahat

Izlanayotgan matn aniq qanday yozilishini bilmaganda qo‘llaniluvchi * va ? belgilari haqida

* – bir nechta noma’lum simvollar o‘rnida;
? – belgisi esa bir dona noma’lum simvol o‘rnida qo‘llaniladi.

Bu haqida batafsil ushbu postda keltirilgan videoyo‘riqnomada 👆🎞.

📌 P.S.: Ushbu maxsus belgilarni formulalar, filtrlarda xam qo‘llashingiz mumkin.

📝 Manba: @excel_hacks

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11
Forwarded from IT specialist
#excel

Microsoft Excel dasturida yacheykalardagi yozuvlarni shartli ravishda formatlash (“Условное форматирование” uskunasi)ning imkoniyatlari 📊

Shartli ravishda formatlash (“Условное форматирование”) vositalari ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilishda aniqlikni ta’minlashga, tanqidiy muammolarni aniqlashga, shablon va tendensiyalarni aniqlashga yordam beradi.

📋 Ushbu vositaning barcha imkoniyatlari esa quyidagi maqolamizda keltirilgan.

📎 Namuna uchun faylni yuklab olish.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
Forwarded from IT specialist
#excel

↔️ Excel hujjatlarida matnni kirilldan lotin yozuviga va lotindan kirill yozuviga o‘girish uchun makros (+ video qo‘llanma)

Istalgan hujjatda keltirilgan matnga qarab, uni ba’zida kirilldan lotinga yoki lotindan kirillga o‘girish zarurati yuzaga kelib turadi.

Ushbu postimizda buni amalga oshirish uchun maxsus makros va undan foydalanish ketma-ketligi borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz:

1️⃣. Kerakli Excel ishchi kitobini ishga tushiring.

2️⃣. Ishchi kitobidagi kerakli listga o‘ting.

3️⃣. Makrosni hujjatga biriktirish uchun xizmat qiluvchi Microsoft Visual Basic for Applications dasturi oynasini ekranga chaqirish uchun bosiladi: ALT + F11

4️⃣. Ochilgan dasturda File → Import File... → Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas (faylni joylashgan manziliga o‘tib tanlaymiz) F5 Ochilgan oynachada Lotin yoki Kirill'ni mos tarzda tanlaymiz O‘ng tomondagi dastlabki Run tugmasi Ochilgan oynadagi OK tugmasini bosamiz, tayyor!

📥 Excel dasturiga biriktiriluvchi Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas makros faylini yuklab olish.

Yuqorida matnli ko‘rinishda keltirilgan harakatlar ketma-ketligini ushbu post ostidagi video qo‘llanmada amaliy ko‘rishingiz mumkin👇🏻🎞.

📄 Microsoft Word uchun kanalimizda ulashilgan Translit kengaytmasi orqali buni MS Word dasturida Microsoft Basic for Applications dasturi yordamisiz qulay bajarish mumkin, buni ham sinab ko‘ring (sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz albatta 😉).

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5
#excel #maslahat

🤼
Matn bilan kurashamiz (yoxud matn formatidagi sonlarni sonli formatga o‘tkazish usullari) 🤼

Samuray tunni 1C qarshisida o‘tkazib,
Ipak savdosi ma’lumotlarini yuklab oldi.
Jangchi chuqur qayg‘u va iztirobda,
Chunki sonlar matn formatida...

Korporativ tizimdan ma’lumotlarni yuklab olib, sonlarni matn formatida ekanligiga ko‘p guvoh bo‘lgandirsiz?

Yoki matndan sonni ЛЕВСИМВ, ПРАВСИМВ va ПСТР funksiyalari orqali ajratib olib, son hali ham matnligicha qolganiga guvoh bo‘lgansiz, to‘g‘rimi?

Odatda matn formatidagi sonlarni sonli formatga o‘tkazishdan maqsad, ular bilan keyinchalik matematik amallarni bajarishdir.

Biroq ba’zan shunday g‘alati holatlar bo‘ladiki, katakdagi sonlarga nisbatan formati Текстовый'dan Числовой'ga o‘tkazilgani bilan, bu besamar bo‘ladi!

Quyida esa matn formatida kiritilgan sonlarni sonli ko‘rinishga o‘tkazish bo‘yicha top usullarni keltirmoqdamiz:

🥊 1) Asoslar asosi

ЗНАЧЕН () funksiyasi. Matnni songa o‘tkazadi. Toza, oddiy va ishchan usul.
Yechimi: = ЗНАЧЕН(matnli katak havolasi)

🥊 2) 1 soniga ko‘paytiramiz

Matnli qiymatni 1 soniga ko‘paytiramiz, va syurprizni qarangki, matn avtomatik ravishda songa qayta formatlanadi.
Yechimi: = matnli katak havolasi * 1

🥊 3) Ikki minus belgisi

Matn yoki havola oldidan ikki minus belgisini kiritasiz va ko‘paytirish bilan bo‘lgandagi kabi effekt qaytariladi.
Yechimi: = --matnli katak havolasi

Matnni qiynamang, uni sonli formatga oson o‘tkazing. 😉

📝 Manba: @helloexcel

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6
#excel

#️⃣ Excel'ning yashirin imkoniyatlari: samaradorlikni oshiruvchi tezkor klaviatura birikmalari

1️⃣. Ctrl + Shift + L — jadval uchun filtrlarni faollashtirish/o‘chirish.

2️⃣. Alt + Enter — Matnni katakcha (yacheyka) ichidagi keyingi satrga o‘tkazadi.

3️⃣. F4 — Formula tarkibidagi muayyan katakcha havolasini nisbiy/aralash/mutlaq ko‘rinishga o‘tkazish (A1 / $A1 yoki A$1 / $A$1).

4️⃣. Ctrl + 1 — Katakchaning formatlash oynasini ekranga chaqirish.

5️⃣. Ctrl + Shift + ; — Joriy vaqtni katakchaga joylashtirish.

6️⃣. Ctrl + Shift + "+" — Yangi satr yoki ustunlarni joylashtirish/qo‘shish.

7️⃣. Ctrl + "-" — Satr yoki ustunlarni o‘chirish.

8️⃣. Ctrl + ` — Jadvaldagi barcha formulalarni aks ettirish.

9️⃣. Ctrl + Shift + U — Formulalar satrini kengaytirish/qisqartirish.

🔟. Ctrl + Tab — Ochilgan Excel oynalari bo‘ylab o‘tish.

Yanada ko‘proq foydali tezkor klavishlar birikmalari ushbu havolada!

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9
Forwarded from IT specialist
#word #excel #powerpoint

Fayllarni qoida bo‘yicha saqlash papkasini o‘zgartirish 💾🗄

Qoida bo‘yicha Word barcha fayllarni Документы papkasiga saqlaydi.

Buni o‘zgartirish uchun Файл menyusi → ПараметрыСохранение bo‘ylab o‘ting.

Расположение локальных файлов по умолчанию satrida o‘zingiz uchun kerakli bo‘lgan papkani tanlang. Ushbu oynaning o‘zida hujjatlarning qoida bo‘yicha formati, avtomatik saqlash va boshqa ko‘plab narsalarni sozlashingiz mumkin.

📌 P.S.: Word uchun berilgan ushbu maslahatimiz Excel va PowerPoint’lar uchun ham qo‘llanilishi mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni maslahat beramiz:
Microsoft Word bo‘yicha kanalga joylashtirilgan maqolalar mundarijasi
C diskidagi Users papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Matnlar bilan ishlash uchun 4 ta funksiya
#shorts / #excel

Excel dasturida matnlar bilan ishlasangiz ushbu funksiyalar koʻp kerak boʻlishi mumkin.

Bugun ushbu funksiyalarni oʻrgandik:
• СЖПРОБЕЛЫ (TRIM)
• ПРОПНАЧ (PROPER)
• ПРОПИСН (UPPER)
• СТРОЧН (LOWER)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok
👏8👍6
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Excel'dagi qaynoq klavishlar ro‘yxati
#hotkeys / #excel

ℹ️ Microsoft Excel'da ishlash jarayonini tezlashtirish uchun bir qancha tezkor klaviatura kombinatsiyalari mavjud. Bugun shular bilan tanishamiz.

CTRL + N – yangi ishchi kitob (Excel'da hujjatlarni kitob ham deyiladi) yaratish.

CTRL + O – mavjud kitobni ochish.

CTRL + S – faol kitobni saqlash.

F12 – "Сохранить как" oynasini chaqirish.

CTRL + W – faol kitobni yopish.

CTRL + HOME – ishchi varoqni boshiga (A1 katakga) qaytish.

CTRL + END – mavjud varoqni eng so'ngi to'ldirilgan kattakchasiga o'tish.

CTRL + SHIFT + стрелки (⬅️⬆️⬇️➡️) – ma'lumotlarni strelka bo'yicha belgilash.

CTRL + A – hujjatdagi yoki oynadagi barcha elementlarni belgilash.

CTRL + SHIFT + L – jadvalga filtr o'rnatish.

CTRL + K – "Вставка гипперсылки" (havola qo'yish) oynasi.

CTRL + 1 – "Формат ячеек" (katakcha formati) oynasi.

CTRL + SHIFT + % – belgilangan diapazon uchun foizli formatni qo'llash.

ALT + ENTER – ayni katakda yangi satr (satrni ko'chirish).

SHIFT + (+)/(-) – ustun(lar) qo'shish / ustun(lar)ni o'chirish.

CTRL + (+)/(-) – satr(lar) qo'shish / satr(lar)ni o'chirish.

CTRL + E – tezkor to'ldirishni qo'llash.

CTRL + Q – "Быстрого анализа" oynasi (analiz qilinadigan (tekshiriladigan) diapazon belgilangan bo'lishi kerak).

CTRL + T(L) – "Создание таблицы" (jadval yaratish) oynasi.

CTRL + F/H – (Izlash)/(Almashtirish) oynasi.

ESC – oxirgi amalni bekor qilish.

© Комп для чайника

📌 Mavzuga oid postlar:
Microsoft Office dasturi bo'yicha e'lon qilingan bepul video kurslar!
PowerPoint'dagi qaynoq klavishlar ro‘yxati

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
👍8
Forwarded from IT specialist
#excel

⌨️ Funksional klavishlar (1-qism)

F1Справка Excel vazifalar sohasini dastur oynaning o‘ng tomonida aks ettiradi;
CTRL + F1 birikmasi menyu satri ostidagi tasmani berkitadi va qayta ko‘rsatadi;
ALT + F1 birikmasi belgilangan sohadagi matnli va sonli ma’lumotlar asosida ishchi listi tarkibida tezkor diagramma hosil qiladi (alohida list ko‘rinishida diagramma hosil qilish uchun F11 klavishidan foydalaniladi);
ALT + SHIFT + F1 birikmasi ishchi kitobi tarkibiga yangi ishchi listini qo‘shadi.

F2 — faol yacheykani tahrirlash rejimiga o‘tkazib, kursorni uning tarkibidagi matn yoki sonning oxiriga joylashtiradi;
SHIFT + F2 birikmasi yacheykaga izoh qo‘shadi yoki mavjud izohni tahrirlash rejimiga o‘tkazadi;
CTRL + F2 birikmasi Печать varaqa (вкладка)sida chop etish oldindan ko‘rish (предварительный просмотр) sohasini aks ettiradi.

F3Вставка имени oynachasini aks ettiradi (faqatgina foydalanuvchi tomonidan ishchi kitobida alohida yacheyka yoki yacheykalar diapazoniga nisbatan nomlar qo‘llanilganidagina faol bo‘ladi);
SHIFT + F3 birikmasi ekranga Вставка функции muloqot oynasini chaqiradi.

F4 — so‘nggi buyruq yoki harakatni qayta qo‘llash (agar ilgari qo‘llanilgan bo‘lsa);
– Agar formulada biror yacheyka yoki diapazon havolasi belgilangan bo‘lsa, F4 bosilganida havola turi o‘zgaradi;
CTRL + F4 birikmasi tanlangan ishchi kitobining oynasini yopadi (Excel dasturi ishlashda davom etadi);
ALT + F4 tanlangan ishchi kitobi oynasi va Excel dasturini birga yopadi.

📌
2-qism | 3-qism

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍12
Forwarded from IT specialist
#excel

Bo‘sh yacheykalarni tezkor o‘chirish usuli

Ba’zida shunday holat bo‘ladiki, foydalanuvchi tomonidan keraksiz ma’lumotlar o‘chirilganidan keyin bo‘sh yacheykalar qolib ketadi. Oradagi hosil bo‘lgan ushbu bo‘shliqlarni olib tashlash esa unchalik murakkab emas:

— 1-qadam
Bo‘sh yacheykalari o‘chirilishi lozim bo‘lgan ustun yoki satrni belgilang.

— 2-qadam
Menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida Найти и выделитьВыделить группу ячеек tugmalari ustiga bosing. So‘ngra yuzaga kelgan oynada Пустые ячейки variantini tanlab, OK tugmasini bosish orqali tasdiqlang. Buning natijasida barcha bo‘sh yacheykalar belgilanadi.

— 3-qadam
Belgilangan yacheykalardan istalgan birining ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va УдалитьЯчейки, со сдвигом вверх bandlari bo‘ylab o‘ting, tayyor.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11
Forwarded from IT specialist
#excel

Ustunlar o‘rnini almashtiramiz (2-usul) 🧾

👉🏻 1-usul

Excel'da ustunlarning o‘rnini shuningdek qaynoq klavishlar yordamida almashtirish mumkin:

— 1-qadam
Sarlavhasi ustiga bosish orqali ma’lumotlar keltirilgan ustunni butunlay belgilaymiz va ustunni "kesib olish" uchun CTRL + X klavishlari birikmasini bosamiz.

— 2-qadam
"Kesib olingan" ustunni joylashtirish uchun kerakli ustunni tanlaymiz (bunda joylashtirilayotgan ustun belgilangan ustunning chap tomoniga joylashishi hisobga olinadi).

— 3-qadam
Ustun ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan kontekst menyusidan Вставить вырезанные ячейки bandini tanlaymiz (rasmda ko‘rsatilgan).

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Satr va ustunlarni qotirib qo‘yish (закрепление строк и столбцов)
Satrlar va ustunlarning sarlavhalarini har bir sahifada chop etish (Печать сквозных строк и столбцов)
Foydalanuvchi Excel dasturining 17 milliarddan ko‘proq katagini to‘lg‘azib chiqdi
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥42
Forwarded from IT specialist
#excel

↔️ Excel hujjatlarida matnni kirilldan lotin yozuviga va lotindan kirill yozuviga o‘girish uchun makros (+ video qo‘llanma)

Istalgan hujjatda keltirilgan matnga qarab, uni ba’zida kirilldan lotinga yoki lotindan kirillga o‘girish zarurati yuzaga kelib turadi.

Ushbu postimizda buni amalga oshirish uchun maxsus makros va undan foydalanish ketma-ketligi borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz:

1️⃣. Kerakli Excel ishchi kitobini ishga tushiring.

2️⃣. Ishchi kitobidagi kerakli listga o‘ting.

3️⃣. Makrosni hujjatga biriktirish uchun xizmat qiluvchi Microsoft Visual Basic for Applications dasturi oynasini ekranga chaqirish uchun bosiladi: ALT + F11

4️⃣. Ochilgan dasturda File → Import File... → Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas (faylni joylashgan manziliga o‘tib tanlaymiz) F5 Ochilgan oynachada Lotin yoki Kirill'ni mos tarzda tanlaymiz O‘ng tomondagi dastlabki Run tugmasi Ochilgan oynadagi OK tugmasini bosamiz, tayyor!

📥 Excel dasturiga biriktiriluvchi Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas makros faylini yuklab olish.

Yuqorida matnli ko‘rinishda keltirilgan harakatlar ketma-ketligini ushbu post ostidagi video qo‘llanmada amaliy ko‘rishingiz mumkin👇🏻🎞.

📄 Microsoft Word uchun kanalimizda ulashilgan Translit kengaytmasi orqali buni MS Word dasturida Microsoft Basic for Applications dasturi yordamisiz qulay bajarish mumkin, buni ham sinab ko‘ring (sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz albatta 😉).

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍73
Forwarded from IT specialist
#excel

Jadvalning sarlavhasini qanday qilib “muzlatib” qo‘yish mumkin? 🌬

Faraz qilamiz, jadvalingizda sarlavhalar bor va list bo‘ylab pastga qarab siljigan paytingizda – ularning doimiy ko‘rinib turishini istaysiz deylik.

Buning uchun sarlavhadan bitta pastda joylashgan satrni butunlay belgilash lozim (buni oynaning chapki chetidagi satr raqami ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan bosish yoki tegishli satrga strelkali klavishlar yordamida o‘tib, “SHIFT + PROBEL” klavishlari birikmasini bosish orqali amalga oshirish mumkin).

📍Aytaylik, masalan, sarlavha uchinchi satrda joylashgan bo‘lsa — siz to‘rtinchisini belgilaysiz.

Shundan so‘ng menyu satrining Вид varaqa (вкладка)si → Закрепить области'ga o‘tasiz. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, agar sarlavha birinchi satrda joylashgan bo‘lsa, siz satrlarni belgilamay turib, shunchaki ushbu boshqichdagi Закрепить верхнюю строку bandini tanlashingiz mumkin.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8
Forwarded from IT specialist
#excel

MS Excel dasturida xatolik turlari ⚠️

Formulani kiritish yoki tahrirlashda, shuningdek funksiyada qatnashuvchi qiymatlardan biri o‘zgartirilganida, Excel formula qiymatining o‘rniga xatoliklardan birini ko‘rsatishi mumkin. Dasturda sakkiz turdagi xatoliklar ko‘zda tutilgan:

1️⃣. ######## — agar yacheyka butunlay panjara belgisi bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, bunda ikki variantdan biri, ya’ni yacheykadagi qiymat unga sig‘may turgani yoki unda manfiy vaqt qiymati (yacheyka formati – Время, ya’ni vaqt bo‘lganida yuzaga keladi) kiritilganini anglatadi. Birinchi holatda ustunni kengaytirish yoki shriftni kichraytirish yetarlidir, ikkinchisida – vaqt qiymati o‘zgartiriladi. Masalan, formulada kichik vaqt birligidan katta vaqt birligi ayirilgan bo‘lsa, unda buni aksincha amalga oshirish kerak bo‘ladi.

2️⃣. #ДЕЛ/0! — ushbu xatolik deyarli har doim yacheykadagi formula qandaydir qiymatni nolga bo‘lishga urinayotganini anglatadi. Ko‘pincha bu ushbu yacheyka bilan bog‘langan boshqa yacheykada nol qiymati mavjudligi yoki umuman qiymat yo‘qligi holatida yuzaga keladi. Muammoni bartaraf etish uchun, barcha bog‘langan yacheykalarni bunday qiymatlar mavjudligiga qarshi tekshirib chiqish lozim bo‘ladi.

3️⃣. #Н/Д — ushbu xatolik “недоступно”, ya’ni “mavjud emas” ko‘rinishida talqin qilinadi va u funksiya yoki formulaning qiymatga murojaat eta olmayotganini anglatadi. Muammoni bartaraf etish uchun, qiymat kiritilgan yacheykalarni xatoliklarga qarshi tekshirish lozim bo‘ladi, tekshirilayotgan yacheykalarda ham ushbu xatolik yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

4️⃣. #ИМЯ? — ushbu xatolik formulada yacheyka, diapazon yoki formulaning nomini noto‘g‘ri ko‘rsatayotganingizda yuzaga keladi. Muammoni bartaraf etish uchun formuladagi barcha nomlar va nomlanishlarni yana bir bor ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi.

5️⃣. #ПУСТО! — kamdan kam holatda uchraydigan xatolik, chunki ushbu xatolik yuzaga kelishiga sabab hisoblanuvchi kesishish operatoridan har kim ham foydalanavermaydi. Xususan, diapazonlar kesishmaganida yuzaga keladi. Muammoni bartaraf etish uchun kesishuvchi diapazonlarni ko‘rsatib o‘ting.

Masalan: =СУММ(A1:B5 A6:B10) formulasi xatolikka olib keladi.

=СУММ(A1:B5 A5:B10) formulasi esa xatosiz ishlaydi va A5:B5 diapazonini qaytaradi.

6️⃣. #ЧИСЛО! — ushbu xatolik formulada qabul qilingan doiradan tashqarida turuvchi noto‘g‘ri sonli qiymatlar mavjud bo‘lganida yuzaga keladi.

7️⃣. #ССЫЛКА! — ushbu xatolik formulada ko‘rsatib o‘tilgan yacheykalar o‘chirilgan taqdirda yuzaga keladi.

8️⃣. #ЗНАЧ! — ushbu holatda funksiya uchun noto‘g‘ri turdagi argument (ma’lumot) turi qo‘llanilgani haqida so‘z bormoqda.

📎 Ushbu postga qo‘shib ilova qilinayotgan faylda har bir xatolikka izohlari bilan birga misollar keltirilgan.

📌 P.S.: Excel dasturida xatoliklarga doir kanalimizdagi ushbu testlarni ishlab, o‘z bilimingizni sinab ko‘ring: 1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
5🔥5
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

🔤 Excel jadvali yacheykalari tarkibidagi matnlar orasidan ortiqcha probellarni olib tashlash

Matnlar orasidagi ortiqcha probel va chop etilmaydigan belgilar hayotimizni doim murakkablashtirib kelgan (negadir ko‘pchilikda ikki so‘z oralig‘ida kamida ikkita probel qoldirib ketish kasalligi bor 🥴). Bu sababli formulalar, saralashlar, yig‘ma jadvallar (сводные таблицы) va boshqalar noto‘g‘ri ishlashi mumkin. Bunday xatoliklarning oldini olish uchun, odatda СЖПРОБЕЛЫ (ortiqcha probellarni o‘chiradi) va ПЕЧСИМВ (chop etilmaydigan belgilarni o‘chiradi) funksiyalari qo‘llaniladi.

Xuddi shu funksiyalarni jadval yacheykalariga nisbatan shartli formatlash qoidasini yaratish uchun ham qo‘llash mumkin, u tarkibida ortiqcha belgilari mavjud bo‘lgan yacheykalarni ajratib ko‘rsatadi. Batafsil yuqoridagi videoda 👆🏻.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tavsiya etiladi:
Ortiqcha probellarni qanday qilib tezkor o‘chirish mumkin?
• Ushbu rukndagi qolgan postlarimiz: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥42👏1
Forwarded from IT specialist
#excel

⌨️ Funksional klavishlar (3-qism)

F9 — barcha ochilgan ishchi kitoblaridagi barcha ishchi listlari qiymatlarini (qayta) hisoblaydi;
SHIFT + F9 birikmasi faol list tarkibidagi qiymatlarni (qayta) hisoblaydi;
CTRL + F9 birikmasi ishchi kitobi oynasini dastur belgisiga qaratib tushirib qo‘yadi (Свернуть);
CTRL + ALT + SHIFT + F9 birikmasi bir-biriga bog‘liq formulalarni tekshiradi, so‘ngra barcha ochilib turgan ishchi kitoblaridagi yacheykalar qiymatlarini qayta hisoblaydi.

F10 — klavishlar eslatmasini faollashtirish yoki o‘chirib qo‘yish (ALT klavishi harakati bilan o‘xshash);
SHIFT + F10 birikmasi tanlangan element uchun kontekstli menyuni aks ettiradi;
ALT + SHIFT + F10 birikmasi Поиск ошибок tugmasi uchun menyu yoki xabarni aks ettiradi;
CTRL + F10 birikmasi tanlangan ishchi kitobi oynasini to‘liq ekranga yoyadi yoki joriy o‘lchamini tiklaydi.

F11 — alohida listda diagramma yaratish;
SHIFT + F11 birikmasi ishchi kitobiga yangi list qo‘shadi;
ALT + F11 birikmasi makros yaratish mumkin bo‘lgan Microsoft Visual Basic muharririni ekranga chaqiradi.

F12Сохранить как oynasini aks ettirish.

📌
1-qism | 2-qism

🔥6😎2