Islomjon Shodiyor | Shaxsiy blog
103 subscribers
80 photos
4 videos
1 file
26 links
Oʻrganganlarim va shaxsiy fikrlarim
Download Telegram
Kim sizga ishonsa-yu, uning ishonchini suiiste’mol qilishingiz — xiyonat.

Kimga va’da berib, u va’dani bajarmasangiz — xiyonat.

Xiyonat qilingan joyda musibatlar kelib chiqadi.

Eng yomoni xiyonat begonadan emas, eng yaqin insonlardan keladi.

Bu sifatlar munofiqda boʻladi: yolgʻon gapiradi, ahdlashgan boʻlsa, ahdini buzaveradi, omonatga xiyonat qiladi.

Juma ma’ruzasidan. Juma muborak.

@islomsblog
Tan olinmagan xato o‘rganilmaydi. O‘rganilmagani esa o‘zgartirilmaydi.

Odamlarning xatolarga ikki xil qaraydigan turlari bo‘ladi, biri xatosini tan olmaydi, ikkinchisi esa xatoni o‘rganishning asosi deb biladi

Yomoni shundaki hammamizda bu 2 tushunchaning qorishmasi bor.

Yangi o‘rganyotganimizda xatolarga jiddiy qarab, ularga aytilgan fidbeklarni qabul qila olamiz. Yaxshiroq bilib boshlaganimiz sari asosli fidbek qabul qilishga ham tolerantlik kamayib ketadi.

Xatolarimizni tan olmasak, ularni qanday to‘g‘rilaymiz? To‘g‘rilamas ekanmiz, qanday rivojlanamiz? Xato qilgan odamda 2 ta yo‘l bor. Yoki aybdor bo‘lish yoki ayborni qidirish

Xatolarni tan olishimiz — o‘rganishimizni tezlashtiradi, hurmatimizni saqlab qoladi, kelajakdagi xatolarimizni kamaytiradi, o‘zimizni tanishimizga sabab bo‘ladi, munosabatlarimizni yaxshilaydi.

Endi biror kishiga takror-takror aytsa ham foydasi bo‘lmayaptimi, aytmang, oʻzini saqlamaganni biz nega saqlashimiz kerak?

Parallel muhitdan

@islomsblog
Borimcha qabul qilsin

Yo‘q, shu joyda absolyutlikdan ozgina ortga chekinamiz.

“Borimcha qabul qilsin” jumlasini ko‘p odamlar insonni ahloqi, tarbiyasi, ilmi, dunyoqarashi, qadriyatlari qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish. Hatto unda zararli odat va harakatlar bo‘lsa ham, uni o‘zgartirishga urinishmaslik, deb tushunadi

Endi o‘ylab ko‘raylik, sizni haqiqatan yaxshi ko‘rgan odam, albatta, sizning zararli odat va harakatlardan iloji boricha holi bo‘lishingizni istaydi.

Shu sabab yaqinlarimizdan tanqidni ko‘proq eshitamiz. Lekin bitta muhim jihat bor: tanqidlarning hammasi ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi.

To‘g‘ri tanqidni qanday ajratamiz?

Ko‘p holatda to‘g‘ri tanqid shaxsiyatga emas, harakatga qaratiladi va shaxsiy chegaralaringizni buzmaydi. Eng muhimi ularning maqsadi sindirish emas, isloh qilish bo‘ladi.

Shuning uchun sizni boringizcha qabul qilmaydigan insonlarning hammasini ham dushmaningiz deb bilmang. Ba’zan bu ular sizga befarq emasligini bildiradi.

@islomsblog
Kichik va’dani buzish ham, katta va’dani buzish ham — va’dani buzishga kiradi.

Kichik yolgʻon ham, katta yolgʻon ham — yolgʻon gapirishga kiradi.

Katta xiyonat ham, kichik xiyonat ham — xiyonat qilishga kiradi.

Qilgan xatolaringizni masshtablashtirish oʻrniga, ularni toʻgʻrilashni oʻrganing.

@islomsblog
Rahimov School COO’si Abdulloh aka “Amaliy boshqaruv 2.0” videokursining sotuvini ochibdi.

Bu kursning 1.0 versiyasini ko‘rib, o‘rganib chiqqan biri sifatida ayta olaman-ki, yangi versiyadagisi yanada zo‘r formatda chiqqan.

Mana bu yerda tanishing

@islomsblog
Inna lillahi va inna ilayhi roji’un

Hammamiz Unikimiz va Unga qaytguvchimiz
Imom G‘azzoliyning hayoti haqidagi “Mudarris” kitobini o‘qiyapman

Boshidagi 52 betda Imom G‘azzoliy barchasini tashlab Bog‘dodni tark etgani va o‘zini isloh qilish yo‘liga Shomga otlangani hikoya qilingan.

Shomga yetib borgach Ummaviylar masjididga tegishli bir xonada ham etikofda o‘tiradi, ham o‘qiydi, ham yozadi. Butun kun shu 3 amal bilan o‘tadi.

Aynan o‘sha yerda o‘zining mashhur kitobi “Ixyo”ni boshlaydi.

Endi shu joygacha o‘qib “Alloh taoloning bandadan yuz o‘girishining alomati – uni be’mani va unga aloqasi bo‘lmagan ishlar bilan mashg‘ul qilib qo‘yishidir” degan hadisning tub ildizini tushundim.

Odamda biror yaxshi ishni qilish uchun xohishning va harakatlarning o‘zi kam, amallariga ham bir qarab qo‘ygani yaxshi ekan.

Vaqtim yo‘q, xohishim yo‘q, vaziyatim to‘g‘ri kelmayapti kabi uzrlarim aslida bahona ham ekanligini bildim.

Aslida kunimni yaxshilab tahlil qilsam, hamma narsaga vaqtim bor, imkonim bor. Faqat men o‘zim behuda ishlar bilan ovvora bo‘lib qolgan ekanman.

Kitob haqidagi xulosalarimni ulashib boraman

@islomsblog
Ko‘pchilik: “Jamiyat yolg‘onni yomon ko‘radi, haqiqatni esa qadrlaydi“, - deb hisoblaydi. Ammo amaliyotda bu har doim ham to‘g‘ri fikr emas.

Jamiyat aslida yolg‘onni emas, unga bo‘lgan toqatsizlikni yomon ko‘radi.

Ya’ni hamma tinch yursin, odamlar nima deydi, janjal chiqmasin degan holatlar ko‘pincha jamiyat uchun “haqiqatdan” koʻra muhimroq bo‘lib qolgan.

Shuning uchun ba’zida yolg‘on foydali bo‘lib ko‘rinadi, chunki u kimnidir sharmanda qilmaydi, kimningdir obro‘sini to‘kmaydi, munosabatlarni saqlab qoladi.

Haqiqat esa aynan shunday tinchlikni buzib qo‘yadigan bo‘lsa, jamiyat tomonidan muammo sifatida qabul qilinadi.

Agar shu haqiqat kimnidir fosh qilib qo‘ysa, tartibni buzsa, kimningdir manfaatini chippakka chiqarsa, odamlar ko‘pincha yolg‘ondan emas, haqiqatni aytgan odamdan hafa bo‘lishadi.

Ular haqiqatni aytgan odamni nega unaqa qilding, nega muammo yasaysan, nega kovlaysan deb malomat qilishadi.

Bu yerda g‘azab yolg‘onga qarshi emas, balki hamma yolg‘onni ko‘rmaslikka olyotgan bir paytda o‘sha vaziyatga chidashni istamagan odamga qarshi ko‘tariladi.

@islomsblog
Mudarris: 1-kitobning qisqa tahlili

Shomda ham G‘azoliyni ko‘pchilik tanib qolgani uchun shosha-pisha xonasiga yurib kelib, boshqa joyga ketish uchun narsalarini yig‘ishni boshlaydi va shu asnoda bolaligidan tortib to davlat ishlarida asosiy elitaga aylangunicha qanday ishlar bo‘lganini birma-bir eslaydi.

Otasi Muhammad oddiy ip yigiruvchi darvesh bo‘ladi, lekin orzusi olim bo‘lish edi. O‘zi bo‘la olmagach, farzandlarini olim qilishni niyat qiladi.

Vafotidan oldin G‘azzoliy va ukasi Ahmadni shogirdi Abdu xasanga topshirib, ularni o‘qitishini tayinlaydi. Shu tariqa G‘azzoliyning ilm yo‘liga kirib kelishi boshlanadi.

Doim o‘rganadigan, borgan joyida hamma ilmni puxta o‘rganishga harakat qiladi.

Yaqinlarini ham ilmli bo‘lishga da’vat qiladi, ulardan buni talab ham qiladi. Ayniqsa ukasi Ahmaddan )

Ilm olaverib, o‘rganaverib dastlab ustozlarining ishonchini qozonadi, keyin xalq orasida mashhur bo‘ladi va oxiri davlat boshqaruvidagi katta amaldorlar ham u haqida eshitadi.

Oxirida vazir uni bosh mudarris qiladi va talabalarga dars berishni boshlaydi.

Shu darajada xalq orasida mashhur bo‘lib ketadi-ki, 100 metr joyni bosib o‘tishi uchun 3 soat vaqt kerak bo‘ladi. Sabab odamlar o‘z masalalari haqida so‘raganda, G‘azzoliy to‘xtab batafsil tushuntirib beravergan.

Mana shu joyda mashhurlik uning yuragini siqishni boshlaydi, nafsi bilan kurashadi. Nima qilishi haqida ko‘p o‘ylaydi.

Kitobni spoyler qilishni istamadim, aniq voqealar haqida baribir o‘zingiz o‘qiganda bilganingiz yaxshiroq deb o‘ylayman.

1-kitobda asosiy tushungan narsam - ilm olishda albatta sizning ustozingiz bo‘lishi kerak ekan. Ustoz filtr vazifasini bajaradi.

G‘azzoliyning bu darajaga yetishiga ham ustozlarining hissasi ko‘p.

@islomsblog
Substack’dagi postni instant view qilib chiqarishning yo‘lini topdim izlab. Uni qaytdan joylayapman. Yuqoridagi postni o‘qish uchun Substack ilovasini o‘rnatishga to‘g‘ri kelyapti.

Mana shu yerda endi “Instant view”ni bosib endi to‘liq o‘qib chiqishingiz mumkin.

https://ishodiyorovich.substack.com/p/qiymat-amaliyot-bilan-yaratiladi
Din faqat texnik qoidalar ro‘yxatidan iborat emas

Ro‘zani nima buzishi, namoz nechi rakatdan iborat bo‘lishi, tahorat qanday olinishi kabi ishlarni eng muhim qatorga chiqarib olganmiz va odamlar dinni faqat shulardan iborat deb tushunib qolishgan.

Bular ham muhim, lekin bir jihati bu amallarni qilish uchun ishlar ketma-ketligini yodlash qiyin emas.

Shu holatga keldikki, odamlarni aldab namoz o‘qiydiganlar, qimor o‘ynab zakot beradiganlar ko‘paydi.

Eng oldin iymonni buzuvchi ishlarni bilish kerak:

— birovning haqqiga egalik qilish;
— halol va xaromga e’tibor qilmasdan yeyish, ishlash
— isrof qilish;
— o‘lchov va ishga xiyla aralashtirish;
— o‘z ahlidan qizg‘anish;
— xirsga berilish;
— zaiflarga zulm qilish;
— kuchlini ko‘rganda unga laganbardorlik qilish;
— fitna chiqarish;
— yolg‘on gapirish;
— gina saqlash va hokazo.

Ming xil gunoh qilib yuraveramiz-da, tahoratni nima buzadi deymiz.

U nimadan iborat ekani ma’lum, chorasi ma’lum. Namoz va ro‘zani qazo qilganda, nima qilish kerakligi ham ma’lum.

Iymonni buzadigan necha-necha gunohning chorasi nima? Davosini qayerdan topamiz?

@islomsblog
Islomjon Shodiyor | Shaxsiy blog
Din faqat texnik qoidalar ro‘yxatidan iborat emas Ro‘zani nima buzishi, namoz nechi rakatdan iborat bo‘lishi, tahorat qanday olinishi kabi ishlarni eng muhim qatorga chiqarib olganmiz va odamlar dinni faqat shulardan iborat deb tushunib qolishgan. Bular…
Bu yerda men tan amali bilan qalb amalini chalkashtirmayapman. Aksincha, ularni sun’iy ravishda ajratish kerakmas deb hisoblayman.

Din faqat texnik qoidalar to‘plami ham emas, faqat ichki holat ham emas. Tahorat, namoz, ro‘za ham din. Birovning haqqidan qo‘rqish, zulmdan tiyilish, halol-haromga e’tibor, yolg‘ondan saqlanish ham din.

Muammo shundaki, biz dinni bo‘laklarga ajratib, faqat ayrim qismlarini markazga chiqarib yubordik. Natijada shaklni ushlab, mohiyatni boy berayotgan odamlar ko‘paydi.

Men aynan dinni yaxlit qabul qilish kerakligini nazarda tutganman.
Men yugurishni yomon ko‘raman

Odatda “Menga bu narsa yoqmaydi”, “men uchun emas bu narsa” deganimizda o‘zimizni shu ishlarni qilib ko‘rishdan cheklaymiz va oxirida aynan shu ishlarni qila olmaydigan noshudga aylanamiz. Haqiqatan qila olmaydigan biri bo‘lamiz.

Bularning o‘rniga “Nega shu ishni menga qilish yoqmaydi?“, “Nega bu ishlarni men uchun emas deb hisoblayman?” degan savollar berish mavjud muammoni yechishga harakat qilish bilan teng.

Bu ishni qilish qiyin deyish bilan bu ishni men qila olmayman deyishning o‘rtasida katta farq bor.

Yugirishni yomon ko‘rishning sabablari:

— jismoniy tarbiya darsida ustozingiz majburlab yugurtirgani uchun (mening ustozimga o‘xshab);
— yillab harakatsiz o‘tirib, birdaniga yugurganda tanada paydo bo‘lgan yoqimsiz og‘riq bo‘lishi;
— biror yangi ish boshlaganda o‘zini uquvsizdek, hech narsani eplay olmaydigandek his qilish;
— bir o‘zingiz ko‘chada yugurish bo‘lishi mumkin.

E’tibor bering, bu sabablarning har biri ustida ishlash, ularni o‘rganish va o‘zgartirish mumkin.

Lekin biz mana shu barcha murakkab sabablarni chetga surib qo‘yib, barchasini bitta qilib “Men yugurishni yomon ko‘raman” deganimizga, o‘zimiz bilmagan holda muammoni “hal qilib bo‘lmaydigan” deb ham e’lon qilamiz.

Bir marta o‘zingizga “Yugurish men uchun emas” deb uqtirdingizmi, tamom. Butun psixologiyangiz bu narsa shaxsiyatingizda haqiqat bo‘lib qolishi uchun ishlay boshlaydi.

Kimdir sizga aslida siz yugura oladigan odam ekanligingizni, potensialingiz borligini aytsa, sizga bu ishni qilish uchun motivatsiya bersa, uning bu gaplari sizni ruhlantiruvchi emas, balki o‘zingiz yasab olgan sun’iy komfort olamiga xavfdek tuyilishni boshlaydi.

O‘zingizni o‘zingiz haqiqatan “Yo‘q, men yugura olmayman“ deb himoya qilishni boshlaysiz. Nega?

Chunki inson o‘z-o‘zini biror narsa haqiqat ekanligiga ishontirsa va keyinchalik bu aslida yolg‘onligini bilib qolsa, o‘zining komfort olamidan chiqishni istamaydi. Insoniyat uchun o‘zi ishonib yurgan g‘oyasi yolg‘on ekanligini bilib qolish juda azobli.

Shuning uchun ham Islom haq ekanligini bilib turib, qabul qilmagan johiliyat odamlari ko‘p edi. Bu bir misol.

Shuning uchun endi so‘zlaringizga e’tiborliroq bo‘lib, aniq gapirishni odatga aylantirng

Noaniq so‘zlar noaniq fikrlar tug‘diradi, noaniq fikrlar esa insonni tor va chegaralangan hayot tarzida yashashga mahkum qiladi.

@islomsblog
Make long-term goals with long-term people - Naval Ravikant


Uzoq muddatli maqsadlaringizni uzoq muddatli odamlar bilan quring degandi Naval

Muvaffaqiyatga erishish o‘zingizga bog‘liq emas.

Atrofingizdagilar qisqa fikrlaydigan, uzoqni o‘ylamaydigan, boshqa ishlarga vaqti bor lekin o‘z ustida ishlashga vaqti yo‘qlarning turidan bo‘lsa, bu sizning harakatlaringizga ta’sir qiladi.

O‘zim harakat qilsam, erishaman degan o‘y o‘tyotgan bo‘lishi mumkin ichingizdan?

Xo‘sh, unda hozir o‘ylagan maqsadlaringizga nega erishmadingiz? Vaqtingiz bor edi-ku shu paytgacha ham.

Odatda bizning fikrlarimiz, qadriyatlarimiz atrofimizdagi odamlardan ko‘chiriladi. Siz ham ko‘p vaqt o‘tkazadigan yaqinlaringizga o‘xshaysiz.

Proaktiv ya’ni tashabburkor bo‘lish esa ko‘pchilik buni eplay olmaydi. Paretto qonuniga ko‘ra buni ja borsa 20 kishi eplashi mumkin.

Qolgan 80 tasi esa, muvaffaqiyat odamning o‘ziga bog‘liq deb o‘ylab, amalda hech narsa qilmaydi. Shuning uchun o‘sha 80 kishining ichida bo‘lganlar muvaffaqiyatga erishishi uchun 20 talikka kiradganlar bilan vaqt o‘tkazishi kerak.

Rasululloh sallollohu alayhi vasallam ham kishi do‘stining dinidadur degan. Hadis ham bor.

O‘zingiz mustaqil harakat qila olmayapsizmi, hech bo‘lmasa o‘zingiz havas qilgan insonlarni kuzating, ular bilan birga yuring.

Yana bitta yechim proaktiv bo‘ling. Faqat buning xavfi bor, sizni yomon ko‘rib qolishi, ularning foydasini o‘ylab gapirganingizda, sizdan hafa bo‘lishi, yoki shunchaki ignor qilishi mumkin.

Yana o‘sha Parallel muhitdagi gap: “Biror kishiga takror-takror aytsa ham foydasi bo‘lmayaptimi, aytmang, oʻzini saqlamaganni siz nega saqlashingiz kerak?”

@islomsblog
Haqiqiy muammo muammolarimiz ko‘pligi sabab qo‘limiz ishga bormayotganida emas, balki qo‘limiz ishga bormasligiga sababni muammolarimizga ag‘darib qo‘yyotganimizda.

Samaradorligimizni biror unga aloqasi bo‘lmagan hodisalarga bog‘lab qo‘yish aksariyat holatlarda noto‘g‘ri.

Nimadir qilishni istamayapmizmi - unga quyosh, yer, yulduzlar, yoshlikdagi travmalar, 13-sanada tug‘ilganingiz, ismingiz Alisher bo‘lgani, bu oy $1000 emas $600 ishlab topganingiz aybdor emas.

Muammolar sabab hech narsa qilmaslik - bahona.

Muammolar sabab harakat sekinlashishi esa tabiiy jarayon, chunki bu vaqti inson bor potensiali bilan harakat qila olmasligi mumkin.

Lekin birinchi qarang siz muammo sanayotgan holat murakkab muammomi yoki muammoga aylantirilgan oddiy holatmi?

P. S. Muammolari ko‘p bo‘la turib, 5 yoshli o‘g‘lini Qur’onga tushirishga imkoniyat qila olgan bir tanish aka haqida eshitganimdan keyin tushundim.

@islomsblog
Hammaga Ramazon Hayiti muborak boʻlsin
Hamma joyda kerak bo‘lgan muhim ko‘nikma - eshitishni bilish

Eshitishni bilgan odam, balki muammoni hal qilishni bilmas, yechim bera olmas, lekin hech bo‘lmasa u haqida odamlar doimo ijobiy fikrda bo‘ladi.

Bu hamma joyda ishlaydigan texnika.

Abdulloh aka aytganidek: “Shikoyat qilgan odam, birinchi eshitilishni istaydi, yechim esa undan keyin”

To‘g‘ri-da, e’tiroz qilingan tomon o‘zi tarafdan qilgan xatoni tan olish o‘rniga, shunchaki o‘zini oqlayversa, kimga ham yoqadi?

Endi esa eshitishni bilish yaxshi, lekin isloh qilish uchun eshita olish bu keyingi daraja.

Chunki odamlar 2 turga bo‘linadi: eshitib shu holicha qoladiganlar, eshitib to‘g‘rilaydiganlar.

Aziz Rahimov ham: “Kamchiliklarimizni aytilganda qilayotgan yaxshi ishlarimizni sanab ketish o‘rniga, o‘sha kamchilikni to‘g‘rilashga harakat qilaylik”

Chunki kamchilikni eshitib uni to‘g‘rilashga harakat qiladigan inson - haqiqiy eshitishni biladigan inson bo‘ladi.

U javob berish uchun emas, isloh qilish uchun eshitadi.

Eshitishni bilganlar seviladi, isloh qilish uchun eshitishni bilganlar dunyoni saqlab qoladi.

O‘zingizdan so‘rab ko‘ring oxirgi marta qachon isloh qilish uchun eshitgan edingiz?

@islomsblog
Darajasi juda baland, lekin biz o‘zimiz hammaga ishlataverib uning qiymatini tushirib yuborgan bir gap bor.

Ayrimlar odamga ishonch berishning eng zo‘r instrumenti sifatida ham foydalaniladi.

Bu gap: “Men seni Alloh uchun yaxshi ko‘raman”

Iltimos, bu gapni darajasini tushirib hammaga ishlatavermaylik.

Odamlarning miyasida “manipulatsiya kaliti” sifatida pozitsiyalanib qolmasin.

Bu gapni ayting. Faqat u shunga arzisin. Siz ham arziydiganlardan bo‘ling.
Bir sohada fikrlarimiz to‘g‘riligi, boshqa sohada ham to‘g‘riligini bildirmaydi.

Odam nega fikrini o‘zgartirishga qo‘rqadi?

Chunki qo‘rquvdan maqsad qadrli narsasini himoya qilish.

Endi fikr qachon qadrli bo‘ladi?

Qachonki fikrga fikr deb emas, haqiqat deb ishonilsa.

Qachon fikrimizni o‘zgartira olmaymiz?

Qachonki u maqomimizga ta’sir qilsa.

Maqom esa qadrli, qadrli narsani yo‘qotish har doim og‘ir bo‘lgan.

Kimnidir yomon ko‘rsangiz, onangiz aytgani uchun emas, o‘zingizning sabablaringiz bilan yomon ko‘ring.

Hayotning o‘zi fikrlaringizni o‘zgartirishini kutmang, badali qimmat bo‘ladi.

Shuning uchun fikrlaringizga “Nega bunday o‘ylayapman?” deb savolni berish ayni muddao.

Chunki fikr sizniki bo‘lmasligi mumkin.

Sizniki bo‘lmagan narsaga, nega siz badal to‘lashingiz kerak?