YouTube
Kambag'allik qanday o'lchanadi? | Iqtisodiy tadqiqotlar
Podkastimizning navbatdagi sonida Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti
Dasturiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Diydor Berdiklichev bilan O'zbekistondagi kambag'allik chegarasi, energotariflarning aholiga ta'siri, kambaga'llik tuzog'i va boshqa qiziqarli…
Dasturiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Diydor Berdiklichev bilan O'zbekistondagi kambag'allik chegarasi, energotariflarning aholiga ta'siri, kambaga'llik tuzog'i va boshqa qiziqarli…
#islab_podkast №2
🎙 @sigma_podcast bilan O‘zbekistondagi kambag‘allik holati, uni o‘lchash, kambag‘allik bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar; aholining kambag‘allik haqidagi tushunchalari haqida suhbatlashdik.
📱 Batafsil: https://www.youtube.com/watch?v=ZuntsZwsrtc
↗️ Podkastning birinchi soni: https://www.youtube.com/watch?v=7ewR4VhWGUY&t=2958s
📝 Telegram 😄 LinkedIn
💻 Instagram ↗️ Bluesky
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍2👏2⚡1
💼 2030-yilga borib, issiqlik tufayli 80 millionga yaqin ish o‘rni yo‘qolishi mumkin. Bu ayniqsa qishloq xo‘jaligi va qurilishda ishlovchi, himoyasiz ishchilarga ta’sir qiladi. Issiqdan norasmiy ishchilar, issiq mintaqalardagi kambag‘al aholi, ayollar va yoshi katta ishchilar eng ko‘p jabr ko‘radi.
⚖ Shu sababli, mehnatga oid qonunlarda issiqlikka nisbatan minimal xavfsizlik standartlari (maksimal harorat, majburiy tanaffuslar, suvdan foydalanish imkoniyati) kiritilishi kerak.
👷♂️ Ish sharoitlari ishlab chiqarish samaradorligidangina emas, balki inson salomatligi va farovonligidan kelib chiqib baholanishi lozim.
👷♀️ Ijtimoiy sug‘urta tizimlari ishchilar ekstremal iqlim sharoitida ishlash imkoniyati bo‘lmaganda ham daromadsiz qolib ketmasligini inobatga olib muvofiqlashtirilishi kerak.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍2🤯1
#islab_tushuntiradi: Tadqiqot dizayni va uning ahamiyati
🖋 Tadqiqot dizaynida qanday ma’lumotlar to‘planishi, qanday usulda yig‘ilishi va qay tarzda tahlil qilinishi belgilab beriladi. Puxta ishlab chiqilgan dizayn natijalarning ishonchliligini oshiradi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan chalkashliklarni kamaytiradi.
Tadqiqot dizaynining asosiy turlari
🔸 Eksperimental. Sabab-oqibatni o‘rganadi, nazorat guruhlari bilan ishlanadi. Masalan, ijtimoiy yordam dasturining ta’sirini baholash uchun bir guruhga yordam berilib, boshqasiga berilmaydi.
🔸 Kesma. Ma’lumotlar muayyan vaqt davomida bir marta to‘planadi. Misol uchun, tanlangan bir oyda bolalarning ovqatlanish odatlarini o‘rganish.
🔸 Uzoq muddatli. Bir guruh odam uzoq vaqt davomida qayta-qayta o‘rganiladi. Masalan, har yili uy xo‘jaliklari daromadlarini o‘rganish.
🔸 Keys-stadi. Alohida holatlar chuqur tahlil qilinadi. Misol uchun, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish qidirish tajribasini o‘rganish.
❗️ Har qanday ilmiy izlanishda to‘g‘ri savol qo‘yish muhim, ammo javobni qanday izlashingiz ham shunchalik ahamiyatli hisoblanadi.
📝 Telegram 😄 LinkedIn
💻 Instagram ↗️ Bluesky
Tadqiqot dizaynining asosiy turlari
🔸 Eksperimental. Sabab-oqibatni o‘rganadi, nazorat guruhlari bilan ishlanadi. Masalan, ijtimoiy yordam dasturining ta’sirini baholash uchun bir guruhga yordam berilib, boshqasiga berilmaydi.
🔸 Kesma. Ma’lumotlar muayyan vaqt davomida bir marta to‘planadi. Misol uchun, tanlangan bir oyda bolalarning ovqatlanish odatlarini o‘rganish.
🔸 Uzoq muddatli. Bir guruh odam uzoq vaqt davomida qayta-qayta o‘rganiladi. Masalan, har yili uy xo‘jaliklari daromadlarini o‘rganish.
🔸 Keys-stadi. Alohida holatlar chuqur tahlil qilinadi. Misol uchun, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish qidirish tajribasini o‘rganish.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3🆒1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍2
Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy siyosat laboratoriyasining brendbuki, rasmiy web saytini ishlab chiqish xizmatlarini tanlash maqsadida davlat ijtimoiy buyurtmasini E’LON QILADI
✅ Maqsad: Ijtimoiy siyosat laboratoriyasining rasmiy veb-sayti va brendbukini ishlab chiqish orqali uning faoliyati, ilmiy tadqiqotlari va ijtimoiy ahamiyatga molik tashabbuslari to‘g‘risida jamoatchilikni ochiq axborot bilan ta’minlash.
✅ Ustuvor yo‘nalish: Ijtimoiy himoya sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari va vizual kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda keng jamoatchilik bilan aloqalarni o‘rnatish, tadqiqotlar va natijalarning ochiqligini ta’minlash, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.
😯 Vazifalar: Texnik vazifaga muvofiq tarzda Ijtimoiy siyosat laboratoriyasining rasmiy veb-saytini hamda brendbukini ishlab chiqish.
🖋 Bajarish muddati: 30 kun
↗️ Tanlovda qatnashish maqsadida hujjatlarni taqdim etish uchun maxsus axborot portali manzili: https://etender.uzex.uz/lot/440025
🎖 Qo'shimcha ma'lumot veb-saytda
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🤝2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤2👏2🔥1
Hayotdagi shoklarni yumshatishda ijtimoiy himoyaning ahamiyati
🖋 Niderlandiyaning CPB tahliliy markazi inson hayotidagi og‘ir hodisalar (ishdan ayrilish, kasallik, ajrim, nogironlik) moliyaviy barqarorlikka qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rgangan.
❗️ Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, bunday hodisalardan so‘ng birlamchi daromad odatda keskin (20% - 50%) kamayadi. Ixtiyordagi daromad kamayishi esa 10 foizdan ortiq bo‘lmaydi. Yo‘qotish qanchalik chuqur bo‘lsa, odamning uni o‘z kuchi bilan bartaraf etish imkoniyati shunchalik cheklangan bo‘ladi. Aynan shunday vaziyatlarda davlat yordami hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
👥 Hisobotda kuchli ijtimoiy himoya tizimi insonlarning iste’mol va yashash darajasini barqaror saqlashga yordam beradi. Aksincha, zaif himoya tizimlarida odamlar daromad yo‘qotishidan so‘ng uzoq muddat davomida tiklana olmaydi, ba’zida esa bu odamning moliyaviy inqirozga tushib qolishiga olib keladi.
🔗 To‘liq hisobot: The Effect Of Adverse Life Events On Income Trajectories
📝 Telegram 😄 LinkedIn
💻 Instagram ↗️ Bluesky
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏4🔥3
#islab_dayjest №12
Bugungi dayjestdan quyidagi maqolalar o‘rin olgan:
1️⃣ SENDVICH AVLOD: ISTE’MOLGA ASOSLANGAN BADAL TO‘LANADIGAN PENSIYA (CBCP)
Maqola Malayziyada keksa ota-onalar va farzandlar o‘rtasida moliyaviy bosim ostida qolgan o‘rta yoshdagilar holatini yengillatish uchun keksalarga iste’molga asoslangan badal to‘lanadigan pensiyani (CBCP) joriy etishni taklif qiladi.
2️⃣ OZIQ-OVQAT SUBSIDIYALARINI ISLOH QILISH MUAMMOLARI
Eron tajribasiga asoslangan holda, maqola oziq-ovqat subsidiyalarini bekor qilish va ularni naqd pul ko‘rinishidagi yordam bilan almashtirish, islohotlarining murakkabliklari, ehtiyotkorlik bilan rejalashtirish va kengroq ijtimoiy himoya tizimiga integratsiya zarurligini ta’kidlaydi.
3️⃣ MAQSADDAN HARAKATGA: ENERGIYA SUBSIDIYALARINI ISLOH QILISH
Jahon banki hisobotida energiya subsidiyalarining tengsizlik va resurslarning noto‘g‘ri taqsimlanishiga olib kelishi ko‘rsatiladi hamda ijtimoiy-iqtisodiy kontekstni hisobga olgan holda islohotlarni bosqichma-bosqich va shaffof amala oshirish taklif etiladi.
4️⃣ POKISTONDA IJTIMOIY HIMOYA VA SINFIY DINAMIKA
Tadqiqot Pokistonda ijtimoiy himoya tizimlari kuchli ijtimoiy kapital va siyosiy aloqalarga ega qatlamlarga ko‘proq foyda berishini, zaif guruhlar esa chetda qolishini ko‘rsatadi.
5️⃣ IQLIM O‘ZGARISHIGA MOSLASHISHDA NORASMIY IJTIMOIY HIMOYANING AHAMIYATI
Indoneziyadagi tadqiqot norasmiy sektorda ishlovchi va rasmiy tizim qamrovidan chetda qolgan aholi iqlim xavflariga qarshi norasmiy yordam tarmoqlariga tayanayotganini va bu tizimlar rasmiy choralarga muqobil yechim bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
↗️ Batafsil: https://telegra.ph/islab-dayjest-06-27
📝 Telegram 😄 LinkedIn
💻 Instagram ↗️ Bluesky
Bugungi dayjestdan quyidagi maqolalar o‘rin olgan:
Maqola Malayziyada keksa ota-onalar va farzandlar o‘rtasida moliyaviy bosim ostida qolgan o‘rta yoshdagilar holatini yengillatish uchun keksalarga iste’molga asoslangan badal to‘lanadigan pensiyani (CBCP) joriy etishni taklif qiladi.
Eron tajribasiga asoslangan holda, maqola oziq-ovqat subsidiyalarini bekor qilish va ularni naqd pul ko‘rinishidagi yordam bilan almashtirish, islohotlarining murakkabliklari, ehtiyotkorlik bilan rejalashtirish va kengroq ijtimoiy himoya tizimiga integratsiya zarurligini ta’kidlaydi.
Jahon banki hisobotida energiya subsidiyalarining tengsizlik va resurslarning noto‘g‘ri taqsimlanishiga olib kelishi ko‘rsatiladi hamda ijtimoiy-iqtisodiy kontekstni hisobga olgan holda islohotlarni bosqichma-bosqich va shaffof amala oshirish taklif etiladi.
Tadqiqot Pokistonda ijtimoiy himoya tizimlari kuchli ijtimoiy kapital va siyosiy aloqalarga ega qatlamlarga ko‘proq foyda berishini, zaif guruhlar esa chetda qolishini ko‘rsatadi.
Indoneziyadagi tadqiqot norasmiy sektorda ishlovchi va rasmiy tizim qamrovidan chetda qolgan aholi iqlim xavflariga qarshi norasmiy yordam tarmoqlariga tayanayotganini va bu tizimlar rasmiy choralarga muqobil yechim bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
YouTube
O'zbekistondagi iqtisodiy tengsizlik va bolalarga nisbatan zo'ravonlik
Podkastimizning navbatdagi sonida "Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi" instituti Dasturiy tadqiqotlar bo‘limi bosh mutaxassisi Ulug‘bek Tursunov bilan O'zbekistondagi tengsizlik, bolalarga nisbatan zo'ravonlik haqidagi tadqiqotlar, ta'limning muvaffaqiyatga…
#islab_podkast №3
🎙 @sigma_podcast bilan yangi podkastimizda xulq-atvor iqtisodiyoti, statistik tahlil, sun’iy intellekt, bolalarga nisbatan emotsioanal va jismoniy zo‘ravonlik va innovatsion tengsizlik o‘lchovlari haqida gaplashdik.
↗️ Quyidagi havolada ular haqida ko‘proq bilib oling:
📱 https://youtu.be/K0wmPBzwB2c
📝 Telegram 😄 LinkedIn
💻 Instagram ↗️ Bluesky
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍3❤2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#islab_tushuntiradi: Standart chetlanish va tengsizlik
📊 Standart chetlanish ma’lumotlarning o‘rtacha qiymatdan qanchalik farq qilayotganini ko‘rsatadigan o‘lchovdir. U orqali ma’lumotlar bir-biriga yaqin yoki tarqoqligini aniqlash mumkin.
🏃 Misol uchun, agar bir mamlakatdagi odamlarning daromadi deyarli bir xil bo‘lsa, u holda standart chetlanish kichik bo‘ladi. Agar ayrimlar juda ko‘p, boshqalar esa juda kam daromad olsa, bu holda farq katta va standart chetlanish yuqori bo‘ladi.
Standart chetlanishning katta yoki kichik bo‘lishi bizga tengsizlik haqida muhim ma’lumot beradi. Daromad yoki imkoniyatlar teng bo‘lmaganda, standart chetlanish ham ortadi.
❗️ Itimoiy siyosatda tengsizlikni baholashda standart chetlanish foydali vosita hisoblanadi. U yordamida aholining iqtisodiy farovonligi va adolat darajasi tahlil qilinadi.
📝 Telegram 😄 LinkedIn
💻 Instagram ↗️ Bluesky
Standart chetlanishning katta yoki kichik bo‘lishi bizga tengsizlik haqida muhim ma’lumot beradi. Daromad yoki imkoniyatlar teng bo‘lmaganda, standart chetlanish ham ortadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏5
Markaziy Osiyo iqlimning keskin isib ketishiga tayyormi?
🖋 Jahon banki hisobotiga ko‘ra, Toshkent, Dushanbe, Bishkek va boshqa yirik shaharlarda harorat oshib, havo sifati yomonlashmoqda, issiqlik to‘lqinlari insonlar hayoti va iqtisodiyotga bevosita xavf tug‘dirmoqda. Bu shaharlarda issiqlikdan himoya qilish uchun yetarli yashil hududlar, zamonaviy sovitish tizimlari, iqlimga mos shaharsozlik va favqulodda ogohlantirish mexanizmlari yetishmaydi.
↗️ Issiqlik tufayli yuzaga keladigan o‘lim xavfi 2050-yilgacha uch baravar oshishi mumkin. Bolalar, keksalar, kam ta’minlanganlar va ochiq havoda ishlovchilar eng ko‘p zarar ko‘radigan guruhlar qatorida. Aholi himoyasiz qolsa, mehnat unumdorligi kamayadi, sovitish xarajatlari ortadi, iqtisodiyot esa har yili YIMning 2.5 foizini yo‘qotishi mumkin.
↗️ Bu xavfga qarshi kurashish uchun shaharlarda daraxtlar ekish, binolarni salqin tutuvchi materiallardan foydalanish, va salqinlikni ta’minlaydigan jamoatchilik markazlarini qurish zarur. Shu bilan birga, energiya samaradorligini oshirish va ijtimoiy himoya tizimlarini kuchaytirish ham dolzarbdir.
📝 Telegram 😄 LinkedIn
💻 Instagram ↗️ Bluesky
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9
Haroratning keskin oshib ketishi va ijtimoiy himoya: xalqaro tajriba qanday?
Iqlim o‘zgarishi bilan kuchayib borayotgan issiqlik to‘lqinlari salomatlik va turmush darajasiga, ayniqsa, zaif aholi qatlamlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ko‘plab davlatlar bunga moslashuvchan ijtimoiy himoya tizimlari orqali chora ko‘rmoqda.
🇮🇳 Hindistonda MGNREGA dasturi doirasida issiq davrlarda ish soatlari qisqartiriladi, ishchilar quyoshdan himoyalanadi va iqlim isishiga moslashtirish loyihalarda ishtirok etadi.
🇫🇷 Fransiyada keksa fuqarolarni issiqlik to‘lqinlaridan himoya qilish bo‘yicha maxsus Plan Canicule joriy qilingan. U o‘z ichiga erta ogohlantirish tizimi, salqinlashtirish markazlari va uyga yetkazib beriladigan tibbiy yordamni oladi.
🇵🇭 Filippinda zaif qatlamlar uchun oldindan iqlim prognozlariga asoslangan moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. Bu odamlarning issiq boshlanishidan oldin zarur vositalarni sotib olishi yoki issiq davrda ishlamaslik imkonini beradi.
🇲🇽 Meksikada bolalar va ayollar uchun mo‘ljallangan Prospera dasturi nafaqat moliyaviy yordam, balki sog‘liqni saqlash va ovqatlanish xizmatlariga bo‘yicha qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga oladi.
Issiqlik xavfi nafaqat ekologik, balki ijtimoiy adolat masalasi hamdir. Moslashuvchan ijtimoiy himoya tizimlari odamlarning hayotini saqlab qolish va iqlimga moslashish imkonini yaratadi.
📝 Telegram 😄 LinkedIn
💻 Instagram ↗️ Bluesky
Iqlim o‘zgarishi bilan kuchayib borayotgan issiqlik to‘lqinlari salomatlik va turmush darajasiga, ayniqsa, zaif aholi qatlamlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ko‘plab davlatlar bunga moslashuvchan ijtimoiy himoya tizimlari orqali chora ko‘rmoqda.
Issiqlik xavfi nafaqat ekologik, balki ijtimoiy adolat masalasi hamdir. Moslashuvchan ijtimoiy himoya tizimlari odamlarning hayotini saqlab qolish va iqlimga moslashish imkonini yaratadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥4👍2🔥2🆒2🤯1
Bu tizimlar asrlar davomida mahalliy bilim, kuzatuv va jamoaviy boshqaruv asosida shakllangan. Korizlar faqat suv manbai emas, balki odamlar hayoti, yashash joylari va butun jamiyat uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Ular qurilgan joylarda qishloqlar, dalalar, bog‘lar barpo etilgan. Suvni adolatli bo‘lish va navbat asosida taqsimlash esa hamjihatlik va ijtimoiy birdamlikni mustahkamlab kelgan. Hasan ota biz bilan korizlarda suvlar oqqan davrlarda ularning ichida do‘stlari bilan o‘ynaganlari haqidagi xotiralarini bo‘lishdilar.
Ba’zan xalqaro tajribani o‘rganib, o‘zimizda shakllangan yechimlarni payqamay qolamiz. Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi kuchayib borayotgan bir davrda, bunday mahalliy bilim va tarixiy tajribani qayta ko‘rib chiqish, uni asrab-avaylash va zamonaviy yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish barqaror kelajak uchun zamin yaratishi mumkin.
#waterandlifeproject #hayotsuvi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍4🤔2⚡1