PROFEDU.UZ
1.14K subscribers
7.05K photos
1.07K videos
46 files
3.36K links
🏛 Professional ta’limni rivojlantirish instituti rasmiy telegram kanali

• Veb sayt: https://ipitvet.uz/
• Elektron pochta: [email protected]
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
O‘zbekiston texnikumlarida xalqaro BTEC dasturlari joriy etilmoqda

17-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Buyuk Britaniyaning “Pearson Education Limited” kompaniyasi vakillari — Ollie Wintle va Kieran Hawkins bilan uchrashdi.

Uchrashuvda 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab 14 ta texnikumda BTEC kvalifikatsiyalarini joriy etishga doir tashkiliy ishlar, hozirgacha erishilgan natijalar, muammolar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, BTEC dasturlarini tarjima qilish, pedagog kadrlar malakasini oshirish, metodik ta’minotni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

#BTEC #Pearson #TaʼlimSifati #Texnikumlar #XalqaroHamkorlik

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣Abituriyentlar diqqatiga!

Endilikda O‘zbekistonning 14 ta texnikumida BTEC xalqaro ta’lim dasturi asosida 100% grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud!

💡Bu dastur sizga nima beradi?
✔️100 foiz grant asosida ta’lim olish
✔️ Xalqaro darajadagi kasb egasi bo‘lish
✔️ Buyuk Britaniyada amaliyot o‘tash
✔️ 70 dan ortiq davlatda tan olinadigan diplom
✔️ Yevropa, Osiyo va Amerikada o‘qish va ishlash imkoniyati.

🧑🏻‍💻 Hujjatlar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi.

➡️Ta’lim shakli: kunduzgi

📊 Ajratilgan kvotalar bilan tanishing:
🟢9-sinf bitiruvchilari uchun kvota👈
🟢11-sinf bitiruvchilari uchun kvota👈 (qabul avgust oyida boshlanadi)

➡️BTEC xalqaro dasturlari joriy etiladigan texnikumlar ro‘yxati👈

✍️ Kasb tanlang, xalqaro imkoniyatlarga yo‘l oching!

#BTEC #Texnikum #XalqaroTaʼlim #Abituriyent2025

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Edu.uz
6-kun natijalari e’lon qilindi

2025-yil 19-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Natijalarni 4 xil usulda bilish mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytidagi “Natijani olish” bo‘limiga pasport seriyasi va raqami hamda JShShIRni kiritgan holda (shaxsiy kabinetdan ham bilish mumkin).

2️⃣ mandat.uzbmb.uz saytiga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Agentlikning quyidagi telegram botlariga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @bmba_natija_bot
👉 @bmba_natija_1bot
👉 @bmba_natija_2bot

4️⃣  SMS xabarnoma xizmati orqali: 5100 raqamiga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abituriyentning ID raqamini yuborgan holda (xizmat haqi mavjud).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
#hamkorlik

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

🗣Hamkorlik ishlari davom etadi

➡️2025-yil 22-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Professional ta’limni roivojlantirish instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni roivojlantirish instituti o‘rtasida olib borilayotgan hamkorlik ishlarni muhokama qilish yuzasidan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 
➡️Unda, Rossiya Federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Professional ta’limni rivojlantirish institutlari rahbarlari Kojevnikov Sergey Mixaylovich va Xudayberdiev Zayniddin Yavkachevichlar boshchiligida prorektor, o‘rinbosarlar hamda mas’ullar ishtirok etdi.

➡️Uchrashuv davomida kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusida rejalashtirilayotgan muhim vazifalar belgilab olindi.


|Bizni kuzatib boring


🌐Veb-sayt |Facebook |Telegram| 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Edu.uz
🎓 Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi va talabalari uchun “YOSH GIDLAR MAKTABI” DASTURIga start berilmoqda!

🎯 Dastur maqsadi:
Turizm va gidlikka qiziqqan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
Tajribali gidlar bilan “ustoz-shogird” tizimida stajirovka tashkil etish;
Yozgi ta’tilni mazmunli va samarali o‘tkazish
.

❇️Dastur bosqichlari:
- dasturda qatnashish istagida boʻlgan oliy va kasbiy taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalarini saralash;
- “Yosh gidlarni tayyorlash” bo'yicha qisqa muddatli kursda o'qish (4 hafta);
- oʻquvchi va talabalarga tajribali gidlarni biriktirish orqali 15 kunlik stajirovka tashkil etish.

Ishtirokchilarga beriladigan imkoniyatlar:
▪️Tajribali gidlar bilan stajirovka (15 kun);
▪️Yo‘l haqi (500 ming so‘m) va yashash xarajatlari (1 mln so‘m) uchun moliyaviy ko‘mak;
▪️30% chegirma bilan gid-tarjimonlar tayyorlash bo'yicha 6 oylik to'liq kursda o‘qish huquqi.

🗓 Arizalar qabul qilinadi:
📅 22–26 iyul, 2025-yil
📧 Ariza va 200–300 so‘zli motivatsiya xatlarini quyidagi oliy ta’lim muassasasining elektron manziliga yuboring.

❗️Nomzodlar kamida bitta horijiy tilni bilishi zarur.

🏫 Kurslar o‘tkaziladigan OTMlar:1️⃣Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ([email protected]);
2️⃣O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ([email protected])
3️⃣“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ([email protected])
4️⃣Urganch davlat universiteti ([email protected])
5️⃣Samarqand davlat chet tillari instituti ([email protected])
6️⃣Andijon davlat chet tillari instituti ([email protected])
7️⃣Buxoro davlat universiteti ([email protected])

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔺KASBIY TA'LIMNING JORIY ATAMALARI VA TA'RIFLARI LUG‘ATI

Mazkur glossariy Oʻzbek, rus va ingliz tillarida kasbiy ta’lim jarayonining tushunchalarini ifoda etgan oʻzbek, ingliz va rus tillaridagi maxsus atama va tariflarni toʻgʻri talqin qilishga ortib borayotgan talabga javoban mualliflar tomonidan amalga oshirilgan ishning mahsuli boʻlib, oʻz ichiga 300dan ortiq atamalar va tariflarni o‘z ichiga olgan.


PDF yuklab olish.
https://edu.profedu.uz/media/files/izohli_lugat_Kasbiy_talim_.pdf

|Bizni kuzatib boring


🌐Veb-sayt |Facebook |Telegram| 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from XORIJDA ISH
🛳 Kruiz kemalarida ishlab, dunyo bo'ylab sayohat qilishga nima deysiz?!

Migratsiya agentligi hamda Shimoliy Makedoniya davlatining "Kouzon" korporatsiyasi hamkorligida 250 ta bo’sh ish o’rni ochildi.

💸
Oylik maosh: 950 – 2100 yevrogacha (ish sohasiga qarab)
Ish soatlari: sohaga qarab grafik asosida
📅 Muddat: 6 oylik shartnoma

Sohalar:
▪️Kafe xodimi
▪️Ekipaj ovqatlanish zalida xizmat ko‘rsatuvchi xodim
▪️Bosh ofitsiant
▪️ Restoran menejeri
▪️ Restoran nazoratchisi
▪️ Ofitsiant
▪️ Yordamchi ofitsiant

Talablar:

▪️Kamida 2 yillik ish tajriba (restoran, mehmonxona, servis sohalarida)
▪️Yosh chegarasi: 21 dan 45 yoshgacha bo'lgan erkak va ayollar
▪️Kamida o‘rta (litsey, kollej) ma’lumotga ega bo‘lish
▪️Ingliz tilini yaxshi bilish (IELTS kamida 5,5 yoki boshqa xalqaro sertifikat)
▪️Mehmondo‘stlik va jamoada ishlash qobiliyati


Imtiyozlar:
▪️Tibbiy sug‘urta
▪️Viza, transport, ovqat, yashash joyi xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.


❗️Diqqat
Nomzodlar ingliz tilida CV tayyorlashi shart!


CVda quyidagilar aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
– Qaysi korxonada ishlagansiz
– Ishlagan yillar (masalan, 2020–2022)
– Lavozim va vazifalaringiz

📥 Ro'yxatdan o'tish

❗️Ro‘yxatdan o‘tish ishga joylashishni kafolatlamaydi, nomzodlar ish beruvchi talabi asosida tanlanadi.

📞 Murojaat uchun: Migratsiya agentligi – 71 202-33-55 (ichki raqam 172)

@migratsiyaagentligi
@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from OTFIV | Toshkent
Bugun texnikum bitiruvchilari uchun oliy ta'lim muassasalariga suhbat asosida kirish bo‘yicha qabul yakunlanadi

📃Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi.

Ushbu toifadagi abituriyentlar 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik shakllanadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni bugun 25-iyuliga qadar davom etadi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Telegram-bot
👏1
Forwarded from OTFIV | Toshkent
⚡️Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.

Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.

Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.

Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.

Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли бандлигини таъминлаш ва касбий таълим тизимидаги янги ёндашувларга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о новых подходах в системе обеспечения занятости населения и профессионального образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #bandlik #kasbiytalim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025 #Texnikum

📣 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi

🔰 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2025-yil 9-sinfini bitirgan o‘quvchilarini 519 ta texnikumning birida o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 10-avgustga qadar (shu kuni ham) qadar uzaytirildi.

Bitiruvchilar davlat granti asosida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

✔️Bundan tashqari, ular 14 ta texnikumda tashkil etiladigan xalqaro ta’lim dasturiga grant asosida o‘qish uchun ham 10-avgustga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn hujjat topshirishlari mumkin.

➡️Ta’lim shakli: kunduzgi

▪️Platformaga:
tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;
3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

Shoshiling! Imkoniyatni boy bermang!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Ushbu video “Tanlov ustuvorligi nima?” deb so‘rayotgan abituriyentlar uchun

#Abituriyent2025 #TanlovUstuvorligi #Foydali

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram