Insaf’s articles
838 subscribers
4 photos
46 files
24 links
Maqolalarni o’zimni rivojlantirish uchun yozaman. Boshqalarga foydasi tegib qolar deb kanalda ham ulashaman. Foydali bo’lsa siz ham ulashing
Download Telegram
Futbolda 2 yil tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida o'ynaganman.

Tushunushingiz uchun bu pozitsiyada futbolchilar himoyachilardan oldinroqda, markaziy yarim himoyadan orqaroqda to'p suradi.

2 yil shu pozitsiyada o'ynagna bo'lsam, shu 2 yil ham o'z pozitsiyamdan norozi holatda to'p tepganman.

Chunki asl pozitsiyam hujumchi bo'lgan va yangi murabbiy qo'l ostiga o'tganimdan keyin ular meni faqat tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida o'ynatgan.

Esimda, o'sha vaqtlar har o'yin oldidan tarkiblar e'lon qilinadigan vaqtni hayajon bilan kutardim. "Bugun hujumda o'ynasam zo'r bo'lardi" degan his ichimdan tinchlik bermasdi.

Va bu voqea hech qachon sodir bo'lmagan)

Tan olmasdim. Yangi pozitsiyaga moslashib, shu pozitsiyada zo'r o'ynashga harakat qilish o'rniga har doim hujumda o'ynashimni kutib yashar edim.

Oxir oqibat esa zahiraga mixlandim...

Holatga yuqoridan qarasam voqeada juda ko'p insonlarni hayoti bilan o'xshashlik bor ekan.

Hujum haqida o'ylab, hujumchi bo'lsam edi deb 2 yil vaqt yo'qotdim.

Kutish o'rniga harakat qilganimda aniq zo'r tayanch yarim himoyachi bo'la olardim.

Moslashuvchanlik - insonda bo'lishi kerak bo'lgan katta qobilyat.

Moslashuvchan bo'ling. Hayot oldinda bizga nimalar tayyorlab qo'yganini bilmaymiz...

@insafs_articles
5🔥197👍4👏4
Professor o’quvchilar guruhini 2 ga bo’ladi va ularga topshiriq beradi:

1-guruhning vazifasi semestr oxirigacha 100 ta rasm yuborish;

2-guruhning vazifasi esa semestr oxirigacha 1 ta rasm yuborish lekin shu rasm eng zo’r rasm bo’lishi talabini qo’yadi.

Tadqiqot boshida professor 2-guruh bu tanlovda yutadi deb ishonadi.

Ammo, natija umuman teskari bo’lib chiqadi. Umumiy 100 ta rasm tayyorlagan 1-guruh rasmlari 2-guruh yuborgan rasmidan ancha yaxshiroq bo’ladi.

Xulosa: Mukammallik kutilmaydi. Unga harakat qilinadi. U tomon boriladi.

Har bir qaror, har bir ish sizni yaxshiroq qiladi. Kichik-kichik harakatlar sizni kuchliroq qiladi.

Bugun maqsadlaringiz uchun nima qildingiz? Kichik bo’lsada biror nima qila oldingizmi?

@insafs_articles
14👍5
Forwarded from Progrev | Otabek Insavaliev
1000$+ daromad qilish.pdf
357.6 KB
1000$ dan ko'proq pul qanday topiladi?

Bu bo'yicha o'zim bilan 7 ta ko'nikmani bir joyga yig'ib maqola ko'rinishiga keltirdim.

O'qib chiqing. Foydali bo'lishiga ishonaman ⚡️

Hamjamiyatga qo’shilish 🔗
🔥14👍3
Yozdim, o'chirdim. Yozdim, o'chirdim...

2 ta maqolani yozayotib, yarmiga yetganda o'chirdim.

Sababi yozganlarimga o'zim amal qilmasligim.

Yozish tarbiyalaydi desam ensasi qotadiganlar o'qisin bu postni)

Vijdoni toza bo'lgan odam yozsa ancha tarbiyalanadi.

U maqolalarni qoralamaga olib qo'ydim, amal qilishni boshlaganimda davom ettiraman.

Maslahat berish oson. Lekin yozgan maslahatlarga o'zi amal qilishi qiyin.

Boshida shunga e'tibor bermasdan yozaverganman. Balki shuning uchundir ba'zi yozganlarimda samimiyatdan asar ham yo'q.

Hozir faqat amal qiladiganlarim haqida yozaman. Amalda yo'qmi shunchaki yozmay ham qo'yaveraman.

Dildan chiqqani dilga boradi degani ham shundan bo'lsa kerak. Dildan chiqishi uchun odam his qilishi kerak. Shunda his ettira oladi ham.

Bir marta qilib "Shunday qilish kerak" deb yozadiganlarni yozgani dilga yetib bormaydi-ku masalan. Yoki unday emasmi?

@insafs_articles
👍22🔥53
Bir oy foydali kanallarni kuzatish sizda hech narsani o’zgartirmasligi mumkin, lekin bir necha oyda birinchi natijalar ko’rinishni boshlaydi.

Sog’lov ovqatlanish, kitob o’qish, pul topish va rivojlanishda ham xuddi shunday.

Bir marta qilib ko’rish oson. Har doim qilish qiyin. Rivojlanish va natija esa doimiylikda.

Bir marta qilib ko’rish emas, doimiy qilish muhim. Nima ish bo’lishidan qat’iy nazar doimiy qilsakkina rivojlanamiz.

Doimiy qilib o’zimda rivojlantirgan ko’nikmalarim:

- Yozish (4 yildan beri yozaman);
- Progrevlar (Oxirgi 1 yarim yilda 1600 soatdan ko’proq vaqtimni sarfladim);
- Kitob o’qish (Yoshlikdan ko’p kitob o’qiganman, hozir yiliga taqriban 10-20 ta o’qiyman)
- Fifa o’ynash (2-sinfimdan beri o’ynayman, juda ko’p vaqtimni sarflaganman, hali ham sarflayman afsus);
- Muomala (Faoliyatim tufayli 6 yildan beri begona insonlar bilan ko’p muloqot qilaman);
- Kamera va omma oldida gapirish (5 yildan beri kamera bilan ishlayman, omma oldida ham bemalol gapira olaman).

Bularning hammasiga doimiylik orqali erishdim. Siz doimiy qilish orqali nimalarga erishdingiz? Izohlarda yozib qoldiring, men uchun juda qiziq 👇🏻

@insafs_articles
👍10🔥1
Qorin_och_bo’lsa_miya_faqat_uni_to’ydirish_haqida_o’ylaydi.pdf
99.3 KB
"Nega o'zbeklar raketa uchirmaydi?"

"Qorin och bo'lsa, miya faqat uni to'ydirish haqida o'ylaydi..."

Inson qachon katta maqsad qo'ya oladi? Qachon o'zini to'liq anglab yetadi?

Shu va shu kabi savollarga maqolada javob berishga harakat qildim. Maqolada Maslow piramidasini sodda tilda tushuntirishga uringanman. Foydali bo'lsa bitta reaksiya)

@insafs_articles
1🔥23👍86
Forwarded from Progrev | Otabek Insavaliev
O’sish nuqtalari.pdf
41.4 KB
Karrasiga o'sishni xohlasangiz - bu maqola aynan siz uchun.

Maqolada o'sish nuqtalarini imkoni boricha soddaroq tushuntirishga harakat qildim.

O'qib ko'ring, InshaAlloh foydali bo'ladi 🚀

Hamjamiyatga qo’shilish 🔗
🔥7
Natija bizga bog’liqmi?

100% o’zimizga bog’liq, lekin bizga bog’liq degani natijaga aniq erishamiz degani emas. Mana shuni farqlab olishimiz muhim.

Qur’onda Shuayb Alayhissalom qissasida ularning fikrlari juda go’zal tarzda ifodalangandi:

"Mening muvaffaqiyatim faqat Allohdandir” (Hud 88)

Qissada Shuayb Alayhissalom qavmiga “Men sizlarni to’g’ri yo’lga boshlayveraman, qabul qilish qilmaslik sizdan” degan ma’noda muroajat qiladilar.

Bundan xulosa: Natija = Ko’p to’g’ri harakatlar va urinib ko’rishlar.


Natijani bizga bog’liq ekani ham shunda. Urinib ko’rgan inson natijaga erishish ehtimoli, umuman qilib ko’rmagan insonni natijaga erishish ehtimolidan karrasiga ko’p.

Buni davom ettirish ham mumkin. Bir necha marta urinib ko’rgan insonni natijaga erishish ehtimoli, bir marta qilib ko’rgan insonning natijaga erishish ehtimolidan karrasiga ko’p.

Qancha ko’p qilisak, natija bo’lish ehtimoli shuncha ko’p bo’ladi.

Shaxsiy Brend qurmoqchi bo’lgan inson bir martta instagramga reels joylagani unga ko’proq natija olib keladimi yoki 100 ta reels joylaganimi?

Natija bo’lmayotgan bo’lsa urinishlar sonini ko’paytiring. Bir marta o’xshamadi degani 10-sida ham o’xshamaydi degani emas.

Tomas Edisonni elektr lampochkasini takomillashtirgandagi voqeasini hamma bilsa kerak.

"Men muvaffaqiyatsizlikka uchramadim, 1 000 marta ishlamaydigan usulni topdim”. Tomas Edison.


@insafs_articles
1👍19💯4🔥3
Forwarded from Insaf Aliev LiFe
Ertaga yoz?

2025-yilning yarmiga keldik. Yil boshida qo'yilgan rejalar qanday ketyapti?

Maqsadlarga erishilyaptimi? Bahor oyi qanday o'tdi?

Javobga qarab keyingi holatingizni tahmin qilsa bo'ladi.

Bahor oyi qanday o'tganini, qaysi maqsadlarga erishib, qaysilariga ozgina yetmaganini aytib berganlar katta ehtimol yozni ham shu tempda o'tkazadi.

Bahor qanday o'tganini bilmaganlar esa katta ehtimol bilan yozni ham shunday o'tkazadi.

Maslahat beraymi? O'zingizni tahlil qilib boring. Har bir qadamni, har bir bosqichni.

Rejalarni qanchasi amalga oshyapti? Qanday rejalar qilinmay qolib ketyapti?

Haftalik rejalarni qanchasi bajarilyapti-yu, oylik rejalarni qanchasi bajarilyapti?

Eng oson yo'li galereyaga kirib har oylik mediani ko'rib chiqing. Holatlarni eslab may qanday o'tganini tahlil qiling.

Iyun uchun aniq maqsadlar qo'ying va iyun oyi oxirida oy qanday o'tganini galereya bilan emas, balki, aniq ko'rsatgichlar bilan o'lchang.

Bir gap juda ham yoqadi: "Sizni imtihon qilmaslaridan oldin, siz o'zingizni imtihon qiling". Yuqoridagi savollarga javob bering.

@Insaf_Aliev_Life
👍86
O’sish tan olishdan boshlanadi.

Daromadimni 3 barobar oshishiga eng katta sabab o’zimni yaxshi bilmasligimni tan olish bo’lgan.

Avvallari ichimda bari bir ko’p narsani bilaman, ishimda ham boshqalardan yaxshiroqman degan fikrim bo’lardi. Turkiyada 4-5 oy yashaganimdan keyin musofirchilikni o’zi ancha tarbiyalab qo’ydi.

Musofirda juda ko’p vaqt o’zim bilan o’zim bo’ldim. O’zim bilan gaplashishga vaqtim bo’ldi. Tan olishga, xatolarimni ko’rib chiqishga imkonim bo’ldi.

Oxiri tan oldim. O’zim bir vaqtlar raqobatlashmoqchi bo’lgan insonimni o’zimga ustoz qildim. Oson bo’lmadi. “Birinchi boshlagansan-ku”, “Sanam qila olasan-ku” degan fikrlar mendan ketishi juda qiyin bo’ldi.

Lekin shunday bo’lsa ham tan oldim. Bilimsiz ekanimni, hali juda ko’p o’sishim, o’rganishim kerak ekanini tan oldim. Ana shu tan olishdan keyin hammasi karrasiga o’sa boshladi.

Tan olish muhim. Ojizligingizni, ilmsiz ekaningizni tan oling. Shunda o’rganishga ehtiyoj sezasiz. O’rgansangiz rivojlanasiz.

2025-yil sizning o’sish nuqtangiz mana shu tan olishda bo’lishi mumkin…

@insafs_articles
2🔥116👍5
Ustozimdan kitob o’qish haqida so’raganimda “Kitob o’qishdan avval o’qishni boshlang” deb javob berganlari hali ham esimda.

Kitob o’qish uchun o’qishni boshlash kerak?

Shunday. Avval o’qishni boshlash kerak.

Bitta kitob o’qish oson. Har doim aytaman biror ishni bir marta qilishdan oson ish yo’q. O’sha ishni doimiy qilish aslida qiyinroq.

Kitob o’qishni doimiy qilishdan avval kichikroq narsalarni o’qishni o’rganish kerak.

Masalan, maqolalar. Maqolalar odatda kitobga qaraganda ancha kichik bo’ladi. Maqolalar o’qishga qiyin bo’lsa telegram kanaldagi postlarni o’qishdan boshlash kerak.

U ham qiyinlik qilsa tvitlar (twitterdagi postlar)ni o’qishdan boshlasa bo’ladi. Twitter’da yozilgan postlardagi harflar soni cheklangan bo’ladi va bu odamlar qisqa yozishiga sabab bo’ladi.

Demak, doimiy kitob o’qish uchun:

Avval twit o’qing, keyin nisbatan kattaroq telegramdagi postlarni o’qishni boshlang, undan keyin maqolalar, keyin kichikroq kitoblar, ana undan keyin katta-katta kitoblarni oson o’qishingiz mumkin.

Bittada 500 betlik kitobni o’qish doimo kitob o’qib yurgan insonga oson, lekin kitob o’qishni endi boshlagan insonga qiyin.

Oxirgi vaqtlar kitob o’qishdan chiqib qolganim uchun hozir bolalar uchun yozilgan qisqa hikoyali kitoblar o’qiyapman.

Maqsad o’qishni o’rganish. Doimiy va ko’proq o’qishni o’rganish.

@insafs_articles
🔥16👍91
O’rnak bo’lish hisi

Yaqinda o’quvchilarim bilan 40 kunlik challenge boshlagandik.

Challenge shartiga ko’ra 40 kun telegram kanalda maqola yozish kerak edi. Mana bugun 29-kun. Shu 29 kun davomida har kuni yozdim.

Bunga sabab mag’lub bo’lgan odam to’lashi kerak bo’lgan jarima (100$) emas umuman.

Agar sabab shu bo’lganda allaqachon yozmay qo’ygan bo’lardim.

Har kuni yozishga majbur qilayotgan narsa o’rnak bo’lish hisi.

10 dan ortiq o’quvchi men bilan birga har kuni yozishyapti. Agar 3-4 kun yozib keyin o’zim tashlab qo’yganimda nima bo’lardi?

Ular ham katta ehtimol yozmay qo’yishardi.

O’rnak bo’laman deb kech soat 00:30 da ham yozib o’tiribman.

O’rnak bo’laman deb kitob o’qirdim. O’rnak bo’laman deb masjidga qatnardim. O’rnak bo’laman deb ota-onamga yana ham yaxshi munosabatda bo’lardim.

O’rnak bo’lish hisi bilan ham ancha ish qilsa bo’larkan…

@insafs_articles
👏18👍10🔥86
Forwarded from Progrev | Otabek Insavaliev
"Hattoki qahva ham tayyorlashga vaqting bo'lmasa-da, kundalik fikrlarni yozib borishing shart" Naval Ravikant

Kitobni o'qiganimda shu joyiga uncha e'tibor bermagan ekanman. Bugun ayolim zo'r iqtibos ekan deb ko'rsatib qoldi.

Haqiqatdan bir qarashda sodda. Lekin ichiga kirsangiz juda keng ma'no bor.

Qahva tayyorlashga vaqti bo'lmagan odam qanday bo'ladi? Juda ham band, ishlari ko'p va charchagan.

Naval aynan shunday vaqtda ham yozgin. Seni yozish qutqaradi demoqchi.

Nega? Chunki fikrlarini yozish orqali inson uni ichidan tashqariga chiqaradi.

Buni birinchi foydasi fikrlarga tashqaridan qarab baho bera oladi. "Shuni ham o'ylab yuramanmi? Oddiy narsa-ku" degan qo'shimcha fikr shakllanadi.

Ikkinchi foydasi esa fikrlar tartiblashadi. Bir kunda yuzlab fikr hayolimizga keladi. Ularni tartiblashni yagona yo'li yozish.

Miyadagi fikrlarni yozish ichki monologdan qochib, dialog hosil qilishga o'xshaydi.

Monologda bir tomon gapiradi. Yozgandan keyin u ikki kishilik suhbatga ya'ni dialogga aylanadi.

Vaqtingiz bo'lsa yozing.
Vaqtingiz bo'lmasa esa yozishingiz shart...

#yozishgamotivatsiya

Hamjamiyatga qo’shilish 🔗
🔥154👍1
Yolg’onga olib boruvchi eng qisqa yo’l bu - ko’p gapirish.

Sabablari juda oddiy.

1. Ko’p gapirgan odam har doim nima deganini yodda saqlay olmaydi.

Har doim yangi gap topish unda bosim hosil qiladi. Gap topish uchun ba’zan haqiqat bo’lmagan gaplarni ham ishlatadi.

2. Ko’p gapiradigan odamda e’tiborni tortishga moyillik ham kuchliroq bo’ladi.

Har doim e’tibor markazida bo’lish, hamma mavzuda gaplasha olish bilan bo’lishi mumkin.

“Ko’rmagan futbolini ko’rdim” deb uyalib qolgan tanishlarim ko’p edi…

3. Ko’p gapirgan odamda so’z nazorati bo’lmaydi.

Shoshib gapirishi oqibatida bo’rttirilgan yoki yolg’on so’zlar chiqib ketish ehtimoli yuqori bo’ladi.

Aynan shu va boshqa sabablar tufayli ko’p gapirgan odamda yolg’onga moyillik oshib ketadi.

@insafs_articles
1👍11🔥7
Qizimga xat (7-qism).pdf
29.9 KB
Qizimga xat...

"Umuman sen haqingda ma’lumotim yo’q bo’lganda, hali uylanmasdanoq senga xatlar yozishni boshlagandim. Mana bugun endi shu xatlarga yozadiganlarimni o’zingga ham aytib bera olaman qizim."

@insafs_articles
🔥39👏104👍2
“Nimani xohlaysan?”
“Hech narsani xohlamaslikni xohlayman…”


Bu gapni birinchi o‘qiganimda oddiy qabul qilgandim. Hatto biroz g‘alati ham tuyulgandi.

Lekin keyin tushundim bu so‘zlar ortida haqiqiy erkinlik va ichki mustaqillik yashirin ekan.

Chunki biz xohishlarimiz tufayli bezovta bo‘lamiz.

Juda ko’p narsani xohlaymiz va
shu xohishlar bizni doimiy “Bir narsa yetmayapti” degan ichki holatda ushlab turadi.

Xohish kutuvni keltirib chiqaradi. Kutuv esa hozirdan qoniqmaslikni.

Hech narsani xohlamaslikni xohlayman deyish esa eng avvalo hoziridan qoniqishni, buguniga rozi bo’lishni anglatmasmikan?

Ulug’ maqom. Bunday bo’lish qiyin. Har qadamga shukr qilish. Birni ko’rib fikr qilish qiyin.

Nasib qilsin barchamizga)

@insafs_articles
🔥30👍91
Yo'l uzoq, juda uzoq.

Men esa yurishni endi boshladim.

Eng qizig'i bu uzoq yo'l nisbiy. Boshqa uchun uzoq yo'l, men uchun shu yerda tugashi mumkin. Yoki teskarisi.

Buni esa bilib bo'lmaydi.

Har qadam ortida hikmat yashirin. Anglagan anglab boraveradi, har qadamdan hikmat oladi va yo'l oxirida baxtli ekanini sezadi.

Anglamagan insonni yo'li ham albatta tugaydi. Lekin yo'l tugaganida anglamagan yo'lda bo'lganini ham sezmagan bo'ladi.

Yo'l qachon tugashini esa bilib bo'lmaydi.

Aslida bilish muhim ham emas. Muhimi yo'lda bo'lish. Yo'lda ekanini, to'g'ri yo'lda ekanini his qilish.

Yo'l uzoq, men esa endi boshlagandekman. To'g'ri yo'ldamanmi? Mana shunisi muhimroq.

@insafs_articles
10🔥105💯3
Ukam suhbatda yaqinda eshitganim bir hikoyani eslatdi:

Qarg’a va chumchuq birga uchib ketishayotganini ko’rgan odamlar hayron bo’lib ularni kuzatishdi.

Yerda qo’ngandan keyingina nega ular birga uchgani ayon bo’libdi. Ularning ikkisi ham cho’loq edi. Ularni umumiylashtiruvchi jihat bor edi.

40 kuncha oldim jamoadagi bollar bilan kelishib bir nechta odatlarni shakllantirishni kelishib olgandik.

Alhamdulillah bugungacha birortamizda, birorta odat bajarilmay qolmadi.

Hozir hammamizda 5 tadan har kuni bajarishimiz kerak bo’lgan odatlar bor.

Asosiy sabab: “Barchamizni umumiylashtiruvchi jihat bor - isloh”.


Avval o’zimizni va o’zimiz orqali oilamizni.

Aynan shu niyat bizni birlashtirdi. Shu niyat bizni har kuni rivojlanishga majbur qilmoqda.

Umumiy muammodagi, umumiy fikrdagi insonlar bilan birga bo’lish sizni yana ham rivojlantiradi

@insafs_articles
1🔥156👍4💯4
Kitob nega doimiy o’qiladi?

Ma’lumot olish, sohada rivojlanish va yanada yangi marralarga erishish uchunmi?

Fikrimcha yo’q.

Kitobni doimiy o’qishdagi eng katta o’rganiladigan ko’nikma bu - distiplina.

Ma’lumot olish, sohada rivojlanish uchun turli kurslar, podcastlar, video darslar kitobdan tezroq foyda beradi ham.

Lekin kitobda shunday ma’lumotlar bor-ki, ularni boshqa yerdan topolmaysiz.

Aynan shuning uchun ham doimiy kitob o’qishga harakat qilaman.

Lekin yaqinda o’zim uchun yangi “Tingla” start up’ini kashf qildim.


Menga o’xshab kitobdan o’rganishni xohlaydigan, ammo doim ham kitob o’qishga vaqti bo’lmaydigan insonlar uchun ideal yechim qilishibdi.

“Tinla”da allaqachon sohaga oid eng TOP kitoblar boshqa mutaxassislar tomonidan o’qilib, umumiy xulosalar yozib qo’yilgan.

15-20 daqiqada butun boshli kitobni eng zo’r insight’larini o’qishingiz yoki tinglashingiz mumkin.

“Tingla” loyihasi yaqin birodarimiz tomonidan tashkil qilingan. O’zim foydalanib ko’rdim. Juda yoqdi. Sizga ham tavsiya qilaman.

Yuklab oling va foydalanib ko’ring 👇🏻

https://qr.me-qr.com/l/TinglaAI
https://qr.me-qr.com/l/TinglaAI
🔥8👍2
Qavha ichishni yoqtiraman.

Shunchaki yoqtirmayman, balki, har kuni 1 ta chashka ichmasam boshim og'rib qoladigan darajada yoqtiraman)

Qahva ichish madaniyati O'zbekistonda endi-endi shakllanmoqda. Bir statistika o'qigandim AQSHda 73% odam kunni qavha bilan boshlarkan.

Ularda bu bo'yicha juda katta bozor shakllangan. Bizda 5% ham chiqmasa kerak. Ularning ham aksariyati o'zi uyda tayyorlab qahva ichishadi.

Qahvaga oid bir loyiha boshlayotgan edik. Shu loyihani ishga tushishida sizning yordamingiz men uchun juda muhim.

Bor yo'g'i 3-4 daqiqa vaqtingizni ajratib, quyudagi link orqali o'tib so'rovnomada ishtirok eshiting. Har biringizni, har bir javobingiz yangi loyihamizni ishga tushishida juda katta yordamchi bo'ladi.

So'rovnomada ishtirok etganlarni orasidagi o'zimga eng yoqqan javob vakilini esa kofe ustida suhbatga taklif qilaman. Vakilasining kartasiga dugonasi bilan maza qilib qavha ichishi uchun pul o'tkazib beraman)

Har biringizning javobingiz men uchun muhim. E'tiborsiz qoldirmaysiz degan umiddaman. Oldindan rahmat kattakon. So'rovnoma 👇

https://forms.gle/DqjKuzVdoJgiWz1P8
https://forms.gle/DqjKuzVdoJgiWz1P8
https://forms.gle/DqjKuzVdoJgiWz1P8
1🔥204💯4👍2👏1