Иномжон Кудратов
75 subscribers
1.55K photos
137 videos
4 files
633 links
Download Telegram
Advokatlarga “Odam savdosi va korrupsiyaga oid jinoyatlarda ishtirok etishda advokatlarning o‘rni” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

🔹Adliya vazirligi BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatga qarshi kurashish bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) bilan hamkorlikda respublikada faoliyat yuritayotgan advokatlar uchun UNODC mutaxassislari, xalqaro ekspertlar, Advokatlar palatasi va Oliy sud vakillari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.

🔹Mazkur tadbir odam savdosi va korrupsiyaga oid jinoyatlarda advokatlarning ishtirokini kuchaytirish, ularning ushbu yo‘nalishdagi kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarni o‘rganish orqali jinoyat ishlarida samarali huquqiy himoyani ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

🔹Seminar-treningda ma’ruzachilar “Odam savdosi – so‘nggi tendensiya va muammolar”, “Korrupsiya va odam savdosi – global sharh”, “O‘zbekistonda odam savdosi va korrupsiyaga oid jinoyatlarni ko‘rib chiqishda advokatlarning himoyachi sifatidagi vazifalari”, “Odam savdosi va korrupsiyaga oid jinoyatlarni ko‘rib chiqishda odil sudlovni ta’minlashda sudyalar va advokatlarniтп o‘rni” mavzularida o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

🔹Shuningdek, seminar davomida bu sohada so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, amaliyotdagi muammolar haqida qizg‘in savol-javoblar orqali fikr almashildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Olis hududlarda joylashgan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari hamda tashkilotlarga amaliy yordam berish maqsadida ularning ish faoliyati o'rganilmoqda.

🔹Belgilangan reja-grafikka asosan Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari hamda xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarga amaliy yordam berish maqsadida Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida bo'lib turibdi.

🔹Xizmat safari doirasida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar, Kitob, Shahrisabz hamda Yakkabog' tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazlari hamda olis hududlarda joylashgan tashkilotlarga amaliy yordam berish maqsadida ularning ish faoliyati o'rganildi.

🔹O'rganish davomida markazlar hamda tashkilotlar mas'ul xodimlariga yuridik tusdagi hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish hamda yagona huquqni qo'llashni joriy etish yuzasidan metodik ko'mak ko'rsatilib, sohani takomillashtirish yuzasidan takliflar olindi.

🔹Tashkilotlarning kundalik faoliyatida uchrayotgan muammolar aniqlanib, joyida bartaraf qilish choralari ko'rildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

Adliya vazirligi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Qashqadaryo viloyatida joylashgan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari hamda xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlarga amaliy yordam berish maqsadida ularning faoliyati o'rganildi.

O'rganish doirasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, sohani takomillashtirish yuzasidan bildirilgan takliflarni ko'rib chiqish maqsadida Markazlar xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Kun tartibining birinchi qismida "E-huquqshunos" elektron tizimini raqamlashtirishda erishilgan ijobiy yutuqlar to'g'risida ma'lumot berildi.

Shundan so'ng sohani takomillashtirish yuzasidan Ko'kdala, Chiroqchi, Qamashi, Qarshi tuman Markaz xodimlarining takliflari tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq qilish rejasi belgilab olindi.

Seminar davomida hujjat loyihalarini yuridik ekspertizadan o'tkazishda yagona huquqni qo'llash amaliyotini joriy etish, tashkilotlar "E-huquqshunos" elektron tizimi bilan ishlashga mas'ul xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirishda Markazlarning ishtirokini kengaytirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_tabrigi

Aziz yoshlar!

Sizlarni sevimli bayramingiz, azmu shijoat, go'zallik va kamolot ayyomi – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarning chuqur mushohadali, vaziyatni atroflicha tahlil qila oladigan, muammolarga qonun doirasida yechim topishga intiladigan keng fikrli insonlar bo'lib kamol topishingizda tilakdoshmiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz.

Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot