InformTech
193 subscribers
377 photos
174 videos
28 files
466 links
Qo'llab quvvatlash: https://tirikchilik.uz/informtech

📧 Murojaat: @informtechbot
Download Telegram
Kechasi uyqu kam bo'ldi. Boshim og'riyapti, kayfiyatim yo'q. Ko'chada turibman.

Atrofda odamlar. Telefonga qarab turganimda bir begona odam kelib, ismiz Eldor edi-ya deb qoldida. Hayron bo'ldim qayerdan meni ismimni bildi ekan deb.

Men sizni InformTech youtube kanalizdan Photoshopni o'rganganman. Darslarni zo'r qilib tushuntirgansiz, ayniqsa maska mavzusini boshqalarni videosini ko'rib ham tushunmagandim, lekin sizni videongizni ko'rib zo'r tushunib oldim. Sizni uchratib qolganim yaxshi bo'ldi. Iloji bo'lsa Corel Draw haqida ham darsliklar chiqarsangiz zo'r bo'lar edi.

Eshitib xursand bo'ldim. Men u darslarni 5 yil oldin yozib youtubega yuklaganman. U darslar professional darajada yozilmagan. Xato va kamchiliklarga to'la, lekin shundayda ham kimdir foyda olganidan xursandman.

O'sha darsliklarni ko'rsangiz ba'zi videolar 10 prosmotr ham olmagan. Men YouTubeda uzoq muddatdan beri faoliyat yuritishimga sabablardan biri prosmotrlarga qiziqmayman. Videolarimni bitta odam ko'rsa ham xursand bo'laveraman.

Bugun oldin tushunib yetgan narsamni yana qayta tushundim: «Ilm yillar o'tsa ham eskirmaydi».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda bunday deyiladi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Inson vafot etsa, uning amali toʻxtaydi, lekin uch narsadan: manfaat olinadigan ilm, sadaqai joriya yoki haqqiga duo qiladigan solih farzanddan davom etadi”, dedilar”(Imom Muslim rivoyati).
👍41
IT bloggerlar o'rtasida stol tennis bo'yicha turnir ertaga o'tkaziladi.

Men ham ariza topshirgandim. Qabul qilishibdi. Guruhga qo'shilsam hamma kazo-kazolar. Jami 16 kishi. Sizlar ko'pchiligini taniysiz.

@JavaHereBlogs
@JoshDeveloper
@AlisherAhmatovich
@khanblogs
@ulugbeksamigjonov
@mukhammadkarim_tukhtaboev
@saudabdulwahed
@javohir_webdev
@shahzodcodes
@elzodxon

Shulardan birlari ertaga raqibim bo'ladi. Omad tilanglar.
👍61
Turnir juda ajoyib boʻldi.

Guruh bosqichida @ulugbeksamigjonov va @AlisherAhmatovich akalarni yutdim.

1/8 finalda turnirni tark etdim.

@javohir_webdev turnir chempioni.
👍4
Forwarded from Digital.edu
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda birinchi marotaba "Ping Pong Dev" turniri oʻtkazildi

📖Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi homiyligida Umar Sadullaev tashabbusi bilan faol IT inflyuenserlar ishtirokida "Ping Pong Dev" stol tennisi turniri boʻlib oʻtdi.

🏓Stol tennisi boʻyicha oʻtkazilgan ushbu turnirda 16 ta dasturchi inflyuenserlar ishtirok etdi:
1. Umar Sadullayev
2. Khondamir Abdukhoshimov
3. Zohidjon Akbarov
4. Abbos Xazratov
5. Ulugbek Samigjanov
6. Eldor Ergashov
7. Alisher Tojiev
8. Javohir Akramjonov
9. Javohir Berdiyev
10. Elbek Normurodov
11. Ikramov MuhammadMubiyn
12. Akobir Abduganiyev
13. Bobosher Musurmonov
14. Muhammadkarim Tuxtaboyev
15. Saud Abdulwahed
16. Shahzod Tursunov


🏆Yakuniy natijalarga koʻra Javohir Berdiyev turnir gʻolibi boʻldi.

⚜️Turnir haroratini videolavhamizda tomosha qiling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Pi sonini hisoblashimiz uchun aylananing uzunligini, aylana diametriga nisbati orqali topamiz. Lekin geometriya fanidan yetarlicha bilimi bo'lmagan har kim, pi sonini hisoblashi mumkin.

Kvadrat ichiga aylana chizing va rasmga ixtiyoriy tarzda «o'q oting». Bunga rasmning ixtiyoriy nuqtasiga o'qning tegish ehtimoli bir xil bo'ladi.

Aylana ichiga borib tekkan «o'qlar» soni aylanadan tashqariga borib tekkan «o'qlar» soniga bo'linsa, 3.14 sonidagi verguldan keyingi sonlarning cheksiz birligiga teng bo'ladi.
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tashqiga emas ichkiga sarflang.
👍3
24.05.2015-24.05.2025

Maktabni bitirganimizga 10 yil, kollejni bitirganimizga esa 7 yil bo'libdi. Maktabni bitirgandan keyin vaqt shu darajada tez o'tganini endi anglab yetyapman.

Ba'zi sinfdoshlarimni shu so'nggi qo'ng'iroqda ko'rganim. Ajralmaymiz degan do'stlarim hozir yonimda yo'q. Vaqt munosabatlarni buzarkan, insonlarni o'zgartirarkan.

Kollej davri. Abituriyentlikning unutilmas bir qismi. Ilm yo'lida birlashgan do'stlar, qisqa maqsadga erishgandan so'ng ajralishdi. Vaqt meni o'zgartirdi, vaqt ularni o'zgartirdi.

Vaqt o'tgan sari o'tmishdagi insonlar seni tark etib, yangilari atrofingda paydo bo'larkan. O'tmishdagilar qadrli, yangilar esa sendan nimani ko'zlagani noma'lum.

Vaqt o'taveradi. Oxirida seni yoningda, seni hech tark etmagan Yaratgan qoladi.
💯4👍2
Sizlarni Qurbon hayiti bilan chin yurakdan tabriklayman. Ushbu muborak ayyom xonadoningizga fayzu baraka, qalbingizga quvonch va baxt olib kelsin. Har doim sog‘-salomat bo‘ling, ezgu niyatlaringiz ijobat bo‘lsin!
🤩2
Siz qanchalik qiyin o'qiyapsiz?

Hech narsa sizni ushbu rasmdan ko'ra ko'proq o'rganishga ilhomlantira olmaydi.

Madras universitetining tamillik talabasi uxlab qolmasligi uchun sochlarini devordagi mixga bog‘lab qo‘ygan. (Taxminan: 1905). Yodingizda bo'lsin, bu talaba yozning issiq kechasida fanatsiz yoki o'zgaruvchan tok va xira chiroq chiroqsiz chuqur o'qimoqda.

Agar u qila olsa, siz qila olasiz. Qattiq o'qing.

Ko'pchilik bu usul bugungi dunyoda amaliy emasligini aytishmoqda, shuning uchun boshqa usul bor. Usul buyuk ixtirochi "Tomas Alva Edison" tomonidan qo'llanilgan. U ikki qo‘liga ikkita temir sharni olib, uxlab qolishi bilan temir to‘plar yiqilib, qattiq ovoz chiqarardi.
👍2
- Savollar qanday ekan?
- Bilmasam, hammasiga A javobni belgilab chiqdim:)
Forwarded from 1% Bilim
Biz bilgan ta’lim o’lmoqda. Nima uchun diplom kerak bo’lmaydi va Ustoz-shogird tizimining qaytishi haqida.

Barcha o’qishi shart bo’lgan maqola.

@birfoizbilim
Forwarded from 1% Bilim
1% Bilim
Biz bilgan ta’lim o’lmoqda. Nima uchun diplom kerak bo’lmaydi va Ustoz-shogird tizimining qaytishi haqida. Barcha o’qishi shart bo’lgan maqola. @birfoizbilim
Bu maqolani jiddiy qabul qilish kerak deb o’ylayman….

Sababi, After Effects/Blender/Davinci kabi prefessional video ustalari ishlatadigan softlar (dasturlar) bor. Masalan videoda qanaqadir effekt qo’shadi. Anu instagramni filterida effektmas, masalan Kino qahramonini Misr Piramidalari yonida paydo qiladi va hokazo….

Shularni kasbi sal havf ostida, bugundan boshlab.

RunwayML Aleph ni chiqaribdi— qisqasi shu videoni ko’rilar. Keyin bilasizlar.

2 minutli video.


@birfoizbilim
Forwarded from Umar Muhandis
Yigit kishiga 40 hunar ham oz

Yaqinda “sun’iy intellekt otasi” nomi bilan tanilgan, Nobel mukofoti sohibi Geoffrey Hinton’ning DOC'dagi podkastini eshitib chiqdim.

Podkast oxirida undan:
- Farzandlaringga nimani maslahat berasan? - deb so'radi Steve.

U esa jilmayib:
- Santexnik bo‘lishni, - dedi.

Bu gapni quvurlarni tuzatish kod yozishdan ustun bo‘lgani uchun aytgani yo‘q. Balki, mashinalar fikrlashga tobora yaqinlashib, “xavfsiz” deb o‘ylangan ofis ishlarining ko‘pini bemalol egallashi mumkinligidan aytayapti.

Qo‘l mehnati talab qiladigan hunarlar esa har doim kerak bo‘ladi. Sun’iy intellekt tun yarmida oshxonadagi quvurni almashtira olmaydi. Ammo yosh data-analitikni, call-markaz operatorini, kopirayterni, yoki dasturchini bir kunda almashtirish xavfi bor.

Xulosa: O‘sha qadimiy hikmat o‘z kuchida - Yigit kishiga 40 hunar ham oz.
👍2