Informatika va AT
8.51K subscribers
1.13K photos
609 videos
598 files
1.53K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.iss.one/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
#termin #kerak #plastik

Пластик карта - шахсийлаштирилган тўлов воситаси.

Картадан фойдаланувчи шахсга товарлар ва хизматлар учун нақд пулсиз тўловларни амалга ошириш, ҳамда тўлов тизимида қатнашувчи банклар ва банкоматлардан нақд пул олишга имкон беради.

https://t.iss.one/joinchat/AAAAAENGLVn11ckt0szG3Q

👉 @informatika
"Диспетчер задач" orqali, "Командная строка" va "Выполнить" oynalarini ochamiz
#kerak_bolib_qoladi

Shunday vaziyatlar bo'ladiki, "Диспетчер задач" oynasidan boshqa hech qaysi oyna ochilmaydi, hattoki "Пуск" menyusi ham.

Bu vaziyat asosan, kompyuter zararlanganda, qandaydir xatolik bilan ishlaganda kuzatiishi mumkin, vaziyatdan chiqib ketish uchun, bizga "Выполнить" oynasi ochilsa bas, demak "Диспетчер задач" oynasi orqali "Выполнить" oynasini ochamiz:

1. Ctrl+Shift+Esc orqali, "Диспетчер задач" oynasini chaqiramiz.
2. Oynadan, "Файл"→ "Запустить новую задачу(Новая задача)" bo'limiga kiramiz, shunda sizga biz bilgan "Выполнить" oynasi ochiladi.

Shu tariqa "Командная строка" oynasini ochish ham mumkin, bunda "Запустить новую задачу" bo'limi CTRL tugmasini bosgan holda ishga tushiriladi.

Windows 10 tizimida tekshirib ko'rildi.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
👍18😁1
Kompyuterga smartfon naushnigini ulab, mikrofon imkoniyatini ishlatish mumkinmi?
#kerak_bolib_qoladi

Smartfon naushniklarida, ham mikrofon ham naushnik imkoniyati mavjud. Shu sababli, siz naushnik orqali do'stingiz bilan bemalol gaplasha olasiz, sizning gapingizni do'stingiz eshitadi va siz ham do'stingiz gaplarini muammosiz eshitasiz.

Shu naushnikni kompyuterga ulaganda, ko'pchilik, naushnik mikrofoni kompyuterda ishlamaydi deb o'ylaydi, lekin bunday emas, siz faqat texnik tomondan bu imkoniyatdan foydalanmayotgan bo'lasiz.

Kompyuterda naushnik va mikrofon uchun alohida port mavjud(odatda, dumaloq yashil va pushti rangda), siz naushnikni, aynan naushnik portiga ulaysiz va kompyuter chiqarayotgan ovozni eshitasiz, mikrofon esa ishlamaydi, chunki siz naushnikni mikrofon portiga ulamadingiz. Agar mikrofon portiga ulab, biroz sozlash ishlarini qilsangiz, naushnikni mikrofon imkoniyati ishlaydi, lekin ovoz eshtilmaydi.
Demak, xulosa, naushnikni qaysi portga ulasangiz, usha port imkoniyati ishlaydi(albatta sozlashlardan so'ng).

Agar, sizga naushnikning ikkala imkoniyati kerak bo'lsa, unda siz "переходник" orqali ulashni amalga oshirishingiz kerak. "Переходник" ko'rinishini, quyida rasm qilib beraman, bu "переходник" kompyuter qurilmalari sotiladigan do'konlarda bo'ladi. O'zim 3,4 yil oldin, Toshkentdagi "Malika" savdo majmuasidan olgan edim.

Naushnikni "переходник"ga ulaysiz va ikkinchi uchini, kompyuterdagi ham mikrofon ham naushnik portiga ulaysiz, shunda naushnikingizning ikkala imkoniyati ham ishlaydi.

☝️Naushnikni ulashning texnik usulini yozib o'tdim, agar ishlamasa, qanday sozlash kerakligini internet orqali topib olishingiz mumkin. Ba'zi kompyuter va notebook'larda naushnik va mikrofon porti birlashtirilib, bitta port qilingan bo'ladi, bunda naushnigingizni ulab, ikkala imkoniyatdan foydalanishingiz mumkin.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
👍31👨‍💻3🔥2
Notebook akkumlyatorini qaysi dastur ko'p sarflashini aniqlash
#kerak_bolib_qoladi

Agar siz Notebook ishlatishda akkumlyatordan ko'p foydalansangiz, uning zaryadini nazorat qilib borishingiz zarur. Qaysi dasturlardan foydalanganda, akkumlyator zaryadi tezroq ketishini bilish orqali, ushbu dasturdan kam zaryad qolganda foydalanmaslik yoki ushbu dasturni boshqasi bilan almashtirishingizni aniqlab olishingiz mumkin.

Windows 10 tizimida qaysi dastur nechi foiz akkumlyatorni ketkazayotganini quyidagicha aniqlash mumkin:
1. Win+I tugmalari bosgan holda, "Параметры Windows" oynasini ochasiz.
2. "Система" menyusiga o'tasiz.
3. Chap tomondagi menyudan, "Батарея" qismiga kirasiz.
4. U yerdan, "Посмотрите, какие приложения влияют на время работы батареи"(Использование заряда батарей конкретными приложениями) havolasiga kirasiz.

So'ng, ekraningizda dasturlarning akkumlyatorga ta'sir darajasini ko'rishingiz mumkin. "Время" orqali 6, 24 va 1 haftalik statistik ma'lumotlar bilan tanishsangiz bo'ladi.

☝️Dasturlarni yaxshilab sozlash orqali, akkumlyatorga yaxshigina ta'sir o'tkazishingiz mumkin, misol uchun, avtomat yangilanishlarni o'chirish orqali.
Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
Dasturlarni doimo to'liq ekran ko'rinishida ochish
#kerak_bolib_qoladi

Agar bilsangiz, biror dasturni, misol uchun Google Chrome'ni ochib, uni o'lchamini(Chrome oynasini) kichikroq qilib, yopib, qaytadan ochsangiz, qanday o'lchamda yopgan bo'lsangiz, o'sha o'lchamda qayta ochiladi.

Dasturlar shunday sozlangan, lekin buni o'zgartirish mumkin, ya'ni istalgan o'lchamda dasturni yopsangiz ham, qayta ochilganda to'liq ekranda ochiladi. Buning uchun:

1. Dasturni ishga tushiradigan yorliq ustiga sichqonchani o'ng tugmasini bosasiz va "Свойства".
2. "Ярлык" vkladkasiga o'tiladi.
2. Bu vkladkadagi "Окно" degan qismini "Развернутое на весь экран" bandiga o'zgartiramiz.
3. "Применить" va OK.

Shundan so'ng, belgilagan dasturingiz har safar ishga tushirilgandan to'liq ekranda ochiladi.

☝️Istalgan oynani, Win+yuqori strelka orqali to'liq ekran ko'rinishiga keltirish mumkin.

👉 @informatika
👍25👌1