Ўзбекистон фермерлари кенгаши
1.51K subscribers
29.5K photos
7.8K videos
85 files
11.7K links
Ўзбекистон фермерлари кенгашининг расмий Ахборот канали
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌾 Зафаробод туманидаги "Ёруғлик" фермер хўжалиги ҳам дон етиштириш борасида ютуқларга эришмоқда.

Ўз вақтида қилиган меҳнат эвазига ҳар гектардан 100 центнердан ошириб ҳосил олинди. Ғалла бизнинг ризқимиз.

web / facebook / Instagram / YouTube / minbar
O‘zbekiston fermerlari kengashining mamlakatimiz fermer va dehqonlariga
M U R O J A A T I


Hurmatli va aziz fermerlar!
Bugungi global iqtisodiy va ekologiyaviy sharoitda dunyoda oziq-ovqat yetishmovchiligi yuzaga kelish xavfi ortayotgan bir paytda, qishloq xo‘jaligida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yuqori hosil olish va oziq-ovqat ekinlarini ko‘paytirish muhim vazifaga aylanmoqda.

Shu murakkab sharoitda dehqon va fermerlarimiz barchadan ko‘ra mas’uliyatli va fidokorona mehnat qilmoqda.


Azaldan xalqimiz nonni ulug‘ ne’mat sifatida qadrlab kelgan. Yetishtirilgan hosilning har donasini nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish dehqon mehnatining bir qismi hisoblanadi.

Endi esa asosiy vazifa — g‘alladan bo‘shagan 900 ming gektar yerlarga takroriy ekinlarni o‘z vaqtida ekish, yuqori hosildorlikka erishish va aholi dasturxonini to‘kin qilishdir.

So‘nggi yillarda fermer va dehqonlarimizning samarali mehnati, ilmiy asoslangan agrotexnologiyalardan foydalanish, bozor mexanizmlarining keng joriy qilinishi evaziga sohadagi ish samaradorligi va daromaddorlik ortib bormoqda.

Ilgari foydalanilmagan yerlar o‘zlashtirilmoqda, klasterlar bilan hamkorlik kengaymoqda.

Fermer va dehqonlarimiz mamlakat taraqqiyoti, aholi turmush darajasini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga katta hissa qo‘shmoqda.

Yoshlarga yer ajratish bo‘yicha Prezidentimiz tashabbusini qo‘llab-quvvatlash natijasida qariyb 60 ming gektar yer ajratilib, tajribali fermerlar tomonidan yoshlarga ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Bunday yerlarda dehqonchilik qilayotgan shijoatli, g‘ayratli yoshlarimiz bugun birinchi hosilni yig‘ishtirib olishayapti va ikkinchi ekinni ekishni boshlab yuborishdi.

Natijada, 200 mingdan ortiq yoshlar mavsum davomida 10–15 million so‘m miqdorida daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

Hurmatli fermerlar!
Boshoqli don hosilini yig‘ishtirish, g‘alladan bo‘shagan yerlardan samarali foydalanish, eksportbop sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirishda mas’uliyatingizni yanada oshirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishingizni so‘raymiz:

Birinchidan, g‘alladan bo‘shagan yerlarni somondan tezkorlik bilan tozalash, shudgorlash va ekishga tayyorlashni tashkil eting;

Ikkinchidan, urug‘lik va ko‘chat hamda shudgorlash ishlarini amalga oshirish uchun Fermerlar kengashi huzuridagi Jamg‘armadan 18 oyga kam foizli kredit oling;

Uchinchidan, yerlarni birinchi navbatda ishsizlar, ehtiyojmandlar, “Yoshlar” va “Ayollar” daftaridagi fuqarolar hamda samarali tomorqachilarga o‘rtacha 20 sotixdan mavsumiy ijara asosida beg‘araz ajrating va ekish ishlarida amaliy yordam ko‘rsating;

To‘rtinchidan, ajratilgan yerlarda takroriy ekinlarni to‘liq ekib, eksportbop mahsulot yetishtiring, shu orqali o‘zingiz hamda mamlakatimiz aholisining daromadini oshirishga hissa qo‘shing.

Bu kabi saxovatli va fidokorona ishlaringiz Prezidentimiz tomonidan qator Farmon va qarorlari bilan qo‘llab-quvvatlanib, soliq imtiyozlari berilayotganini alohida ta’kidlaymiz.

Shuningdek, tuman hokimi, prokurori, IIB boshlig‘i, mahalla raislari, Fermerlar kengashi, klasterlar va eksportyor korxonalar tomonidan Sizga zarur yordam ko‘rsatiladi.

Ayniqsa, 15–20 sotix yerda dehqonchilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar o‘rtacha 8–10 million so‘m daromad olishlari mumkin. Bu orqali sizlar yoshlar, ayollar hamda xorijdan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynaysiz.

Aziz va qadrli fermerlar!

Xalqimiz sizlarni "rizq-ro‘zimiz bunyodkorlari" sifatida ardoqlaydi.

Sizning shijoat va mehnatingiz tufayli dasturxonimiz to‘kin, bozorlarimiz arzon va turmushimiz farovon bo‘ladi.

Biz barchangizni Yurtboshimiz ishonchini oqlash, yurtimiz ravnaqi va xalq farovonligi uchun halol, sidqidildan mehnat qilishga chaqiramiz.

Sizlarga sihat-salomatlik, ezgu ishlaringizga qut-baraka tilaymiz.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
☝️ Тадбиркор ва фермерлар учун ўтказилган семинарда хорижий тажрибалар ҳақида батафсил тушунтиришлар берилди

Беларусияда голубика етиштирилади, у бизнинг иқлимимизга ҳам мос келади ва килосини 22 доллардан сотиш мумкин. Ёки Казанда ўрдакчилик шу қадар ривожланганки, уни товуқчиликка ўхшатиб, саноат усулида парваришлаш йўлга қўйилган. Яъни сувга талаб йўқ. Бу тажрибани юртимизда қўлласак, мулкдорларимиз яхшигина фойда олиши мумкин.

web / facebook / Instagram / YouTube / minbar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ҒЎЗА ПАРВАРИШИДА ЗАРБДОР 60 КУНЛИК

Наманган вилояти ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов бошчилигидаги ишчи гуруҳи Уйчи туманида бўлиб, “Ғўза парваришида зарбдор 60 кунлик” доирасида амалга оширилаётган ишлар билан танишди.

Маълумки, ғўза парвариши бўйича 1 июлдан 31 августгача "Ғўзада кафолатли ҳосил яратиш зарбдор 60 кунлик" эълон қилинган. Бу борада "Машад соҳибкори” фермер хўжалигида  намунали иш  ташкил этилмоқда. Хўжаликнинг 35 гектар майдонида пахтанинг хорижий нави етиштирилмоқда.  Ҳозирга қадар 9 марта культивация, 6 марта сажан препарати билан баргидан озиқлантириш, 2 марта чизеллаш, 3 марта ўғитлаш ишлари олиб борилди. Гектарига 1400 кг.дан фосфорли, калийли, азотли ўғитлар билан озиқлантирилди. Яхоб билан бирга 3 марта суғорилди.

Ишчи гуруҳи "Қумтепа ниҳоли",  "Соҳиби зиё нур саховати", "Барногул зиё файз", "Эргашбой ота" фермер хўжаликларида ғўза парваришини кўздан кечириб,   тегишли тавсияларни берди.

Уйчи тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати.

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook |Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Beruniy_rayonı

"Atızdan dasturxanǵa shekem" principi tiykarında Beruniy rayonınıń ishki bazarlarına awıl xojalıǵı ónimleri, sonıń ishinde piyaz, geshir hám kartoshka jetkerip berilmekte.

Atap aytqanda, Beruniy rayonı Nawayı awıl puqaralar jıyınındaǵı "Jóshqinbek Baxadırov" fermer xojalıǵında bul processler ámelge asırılıp atırǵanın, zúrááttiń bereketli bolıwı ırısqtıń mol bolıwınıń belgisi ekenligin
atap ótti.
——————————————————————

“Daladan dasturxongacha” tamoyili asosida Beruniy tumani ichki bozorlariga qishloq xo'jaligi mahsulotlari jumladan piyoz, sabzi va kartoshka yetkazib berilmoqda.

Xususan, Beruniy tumani Navoiy ovul fuqarolar yig'inidagi “Jo'shqinbek Baxodirov” fermer xo'jaligida bu jarayonlar amalda bo'lib, hosilning barakasi rizq mo'l bo'lishining ramzi deya
ta'kidladilar.

Telegram | Facebook | Instagram |Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌾 Боғотда 3 минг гектарга донли экинлар экилди

Ерлар лазерли текисланиб, берилган ўғитлар эвазига ҳосилдорлик 90 центнердан ошди. "Аҳмаджон Аллаёров" хусусий уруғлик хўжалиги 45 гектарда 180 тонна сифатли уруғ жамғарди. 450 тонна ҳосил олиниб, унинг 250 тоннаси хўжалик аъзоларига қолди. Шунда ҳар гектардан 30 миллон сўм атрофида даромад қилинмоқда.

web / facebook / Instagram / YouTube / minbar
Forwarded from YANGI QIZILTEPA
Uzumzorlari Gulbog‘ MFY hududida joylashgan "Said Siroj Samandar" fermer xo‘jaligi tomonidan uzumning dunyo bozorlari tan olgan "Avatar", "Ruberoman", "Lambarjini" va boshqa eksportbop navlari yetishtirib kelinmoqda.

Ushbu jarayon bilan tanishish hamda fermerning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida tuman Agrosanoatni rivojlantirish agentligi xodimi Z. Xayriyev fermer xo‘jaligi rahbari A. Avezov bilan uchrashdi.

Jarayonda ushbu uzum navlarini kelgusida ko‘paytirish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha kelishib olishdi.
————————————
Узумзорлари Гулбоғ МФЙ ҳудудида жойлашган "Саид Сирож Самандар" фермер хўжалиги томонидан узумнинг дунё бозорлари тан олган "Аватар", "Рубероман", "Ламбаржини" ва бошқа экспортбоп навлари етиштириб келинмоқда.

Ушбу жараён билан танишиш ҳамда фермернинг муаммо ва таклифларини ўрганиш мақсадида туман Агросаноатни ривожлантириш агентлиги ходими З. Хайриев фермер хўжалиги раҳбари А. Авезов билан учрашди.

Жараёнда ушбу узум навларини келгусида кўпайтириш ҳамда экспортга йўналтириш бўйича келишиб олишди.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Келинг

📍Келинг | Бўка тумани

💠 Қовунмисан-қовун. Бир тилими танглайни ёради-я. Кели-инг қовунга.😎


🌐Web 📱Telegram  📱Facebook 📱Instagram 📱YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍅 Шерзод Ниёзметов қуёшда қуритилган помидорни экспортга йўналтирмоқда

Бир вақтлар отаси йўлга қўйган бу турдаги тадбиркорлик, ўз вақтида маблағ етмагани учун тўхтаб қолган эди. Ҳозирда яратилган бир қатор енгиллик ва имтиёзлар сабаб Шерзод органик маҳсулот ишлаб чиқаришни қайта тиклади.

web / facebook / Instagram / YouTube / minbar
🌿 Деҳқон меҳнати қадр топмоқда

Тасаввур қилинг, фермер-бободеҳқон ерга буғдой уруғини қадаган маҳалдан бошлаб кун санайди: экинни тўла-тўкис ундириб олгунича озмунча тер тўкадими?

Мураккаб об-ҳаво шароитидан тортиб, энг керакли агротехник тадбирларни қўллашгача бўлган жараёнлардан ўтиш осон кечмайди, албатта. Энг муҳими, улар ўзларининг туну кун қилган ҳалол меҳнатлари самарасини ҳосил пишиб етилиб, ўз вақтида ўриб-йиғиб, хирмонга тўкилган дамда, асосийси, белгиланган режалар ошириб уддалангач, юзлари ёруғ бўлади.

Шундагина фермернинг кўнгли хотиржам бўлади.

Эришилган улкан ютуқларимиз замирида албатта давлатимиз раҳбари ташаббуси билан мамлакатимизда аграр соҳада, хусусан, қишлоқ хўжалигининг ғаллачилик тармоғида амалга оширилаётган кенг кўламли янгиланишлар, изчил ислоҳотларнинг амалий натижаси мужассамдир.



Батафсил Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлигининг расмий саҳифасида

web / facebook / Instagram / YouTube / minbar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM