Ўзбекистон фермерлари кенгаши
1.6K subscribers
29.3K photos
7.78K videos
85 files
11.6K links
Ўзбекистон фермерлари кенгашининг расмий Ахборот канали
Download Telegram
Vobkent: “bu yil sabzidan 30, sholg‘omdan 70 tonna xirmon ko‘tarishga yaqinmiz...”

🇺🇿Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi "Changaron" mahalla fuqarolar yig‘inida bugunga kelib 822 ta xonadon va ularda jami 4 mingdan ortiq aholi umrguzaronlik qilayotgan bo‘lsa, ular ixtiyoridagi tomorqa yeri 62 gektarni tashkil etmoqda.

🥕Mahallaning "Shakaravon" qishlog‘i aholisi, ayniqsa, piyoz, sabzi, sholg‘om, qolaversa, anor yetishtirish hadisini olgan. Bu ixtisoslashuv aholining tomorqaga bo‘lgan qiziqishini oshirmoqda. Jumladan, namunali tomorqachilardan biri Nabi Rajabov yashayotgan hovlisining 24 sotixi ekin maydoni. Uning kattagina qismida har yili sabzi ekib yetishtirish kanda bo‘lmaydi. Qolaversa, Nabi Rajabov o‘ziga katta yo‘l yoqasidan dehqon xo‘jaligi sifatida rasmiylashtirib berilgan 50 sotixcha yer maydonida ham takroriy mahsulot sifatida sabzi ekib yetishtirmoqda. Hozir baravj bo‘y ko‘rsatib qolgan paykaldan ko‘z quvnaydi.

🥔Yerning qolgan 2 sotix qismida esa sholg‘om, loviya va oshqovoq ekib yetishtirilmoqda. Ekin yeri yana bir qismida to‘qsonbosti usulida kartoshka ekilgan. Bir so‘z bilan aytganda, mana shu tomorqasidan Nabi Rajabov yiliga 2-3 marta barakali hosil olib, bundan mo‘l daromad topmoqda.

— Bu yil sabzi hosili kutilganidan barakali bo‘ldi. Hozirda yarim gektar yerda yetishtirayotgan “Meyonsoli” naviga mansub sabzidan 30 tonnaga yetkazib xirmon ko‘tarishni ko‘zlayapmiz. Shu bilan birga, kech kuzga borib sholg‘omdan ham 70 tonna atrofida hosil olish harakatida oila a’zolarimiz bilan ter to‘kmoqdamiz, — deydi xonadon sohibi Nabi Rajabov.


🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zafarbek Solijonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Кеча, ЎзЛиДеПнинг «Эркин ва фаровон, қудратли янги Ўзбекистонни биргаликда қурамиз!» шиори остида оммавий тадбири бўлиб ўтди. Тадбир байрамона руҳда, кўтаринки кайфиятда ўтказилган.

Тадбирда партия сайловчиларга ўз номзодлари ва дастурларини таништирган. Шунингдек, иштирокчиларга партиянинг илм аҳли ва ижодкор зиёлиларга доимий эътибор қаратиш, уларни моддий ва маънавий жиҳатдан қўллаб-қувватлаш, меҳнат ва яшаш шароитларини, шунингдек, маданият ва спорт муассасалари, кутубхоналар, театр ва музейларнинг моддий-техник базасини янада яхшилаш бўйича ўз зиммасига олаётган вазифалари ҳақида маълумот берган.

Партия раиси тадбир давомида сайловчиларга уларнинг ишончини оқлашини ҳамда парламент сайловида ғолиб бўлишини ваъда қилган.

Сайлов натижаларини билишимизга ҳам оз қолди. Сиз ҳам сайловда фаол бўлинг!

#saylov24

👉 @Zafarbek_Solijonov
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Viloyatdagi issiqxonalarda gidroponika usulida sabzavot mahsoltlari etishtirish rivojlanmoqda

Zangiota tumanida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan mazkur issiqxonada ham pomidor tuproqsiz maxsus jihozlangan sharoitda- suvda eritilgan ozuqa moddalari yordamida yetishtirilmoqda.

Bu zamonaviy issiqxonachilik so‘nggi yillarda mamlakatimizda ham tobora ommalashib bormoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Грейпфрут – ўзбек лимончилигининг янги йўналиши (+видео)

Асосан Хитой, АҚШ ва Мексика давлатларида етиштириладиган грейпфрут меваси илк бор Ўзбекистонда селекционер олимларимиз томонидан маҳаллийлаштирилди. Унинг бир қанча ноёб хусусияти бор, лекин асосийси С витаминига бойлиги билан инсон организми учун жуда фойдали. Ушбу мамлакатларда одатда меванинг вазни 600-700 граммни ташкил этган бўлса, юртимизда етиштирилганининг вазни салкам 2 килограммга етмоқда.

📽 https://youtu.be/ayBLBRFAUeY

Батафсил: https://uza.uz/posts/645496

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
МАХСУС РЕПОРТАЖ | Оқдарё тумани фермер, деҳқон хўжалкилари ва томорқа ер эгалари кенгаши томонидан:

“Истиқлол” маҳалласида яшаб келаётган аҳоли орасида томорқа ерларида тўқсонбости экинларини экиш муддатлари, унинг агротехникаси ва парваришига бағишланган семинар ташкил этилди

web / facebook / Instagram / YouTube / twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from SHOFIRKON.UZ | RASMIY
#Yerdan_samara
#Bobohaydar

"Bir kontur — bir mahsulot" tamoyiliga ko‘ra 18 nafar yoshga "Mikrokreditbank" tuman bo‘limi tomonidan yordam ko‘rsatilib, 8 gektar yer maydoniga loviya ekildi. Yoshlar o‘z yerlaridan yil davomida 6-7 million soʻm daromad olishga muvaffaq bo‘lishdi, bu esa ular uchun katta yutuqdir.

Bobohaydarlik Orifjon Asrorovning ham ishsiz ekanligi hudud masʼullarini beeʼtibor qoldirmadi. U bilan suhbatdan so'ng "Mikrokreditbank" tuman filialidan 100 million so‘mlik imtiyozli kredit asosida mini traktor xarid qilinib, fuqaroga topshirildi. Bu texnika O.Asrorovga nafaqat o‘z yerlarida ishlarni osonlashtirish, balki qo‘shnilarga ham xizmat ko‘rsatish imkoniyatini beradi.

Mazkur chora-tadbirlar Bobohaydar mahallasida kambag‘allikni kamaytirish va aholi bandligini taʼminlash yo‘lida qoʻyilgan muhim qadamlar bo‘lib, aholining farovonligini oshirishda katta hissa qo‘shmoqda.

✍️Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Наманган туманидаги “Шўрқишлоқ” қишлоғида яшовчи Адхамжон Бекманов 7 сотихли иссиҳқонада помидорнинг серҳосил янги навини етиштириб, йилига ўртача 60-70 миллион сўм даромад олмоқда.

2024 йил аҳоли томорқаларининг 16 гектар майдонида 906 та иссиқҳоналар қуриш режалаштирилган

web / facebook / Instagram / YouTube / twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Kitob tumani hokimligi| RASMIY (Qahramonjon Oqilov)
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Kitob anorlari

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Varganza qishlog‘i haqida gap ketganda ko‘pchilik hududning so‘lim tabiatiyu xushmanzara joylari bilan birga u yerning zilol suvlarida yetishtirilgan, ta’mi o‘zgacha anorlari haqida gapirishadi.

O‘zA muxbirlari O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilovlar “Varganza” MFY da bo‘lib hududdagi ayni paytdagi pishib yetilgan hosilni saronjomlash jarayoni xususida maqola tayyorladi.

➡️Batafsil https://uza.uz/oz/posts/kitob-anorlari_641819

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM