Imtiyoz.uz
1.06K subscribers
225 photos
86 videos
110 files
706 links
Download Telegram
⚡️1-iyuldan pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoniga ko‘ra, 2021 yil 1-iyuldan:

Belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy etiladi.

☝️Bunda, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda 256 ming 675 so‘mdan 400 ming so‘mga oshiriladi.

Belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 ming so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori 565 ming so‘mga yetkaziladi;

Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 ming 030 so‘mdan 400 ming so‘mga yetkaziladi.

Boquvchisini yo‘qotganlik:

Pensiyasi oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etiladi;

Pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori 256 ming 675 so‘mdan 400 ming so‘mga oshiriladi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanadi;

Nafaqasi oluvchi oilalarning barcha a’zolarini qamrab olish maqsadida ularning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori 400 ming so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun 150 ming so‘mdan qo‘shiladi;

Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa oyiga 513 ming 350 so‘mdan 565 ming so‘mga oshiriladi.

Imtiyoz, imkoniyat, huquq va burchlaringizdan habardor qilib boruvchi kanalga obuna boʻling!
👉 @imtiyozuz
⚡️Olis va chekka hududlarda joylashgan bog‘chalarga subsidiyalar to‘lanadi

Prezidentning "Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, 2021-yil 1-iyuldan:

👉 bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan 53 ta tumanda 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 foizlik stavkada kreditlar ajratiladi.

Olis va chekka hududlarda joylashgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi tegishli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga:

👉 har bir tarbiyalanuvchi bola uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 75 foizi miqdorida subsidiya to‘lanadi;

👉 «Yoshlar daftari», «Temir daftar» yoki «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiya to‘lanadi;

👉 davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida oylik kompensatsiyalar to‘lanadi.

Imtiyoz, imkoniyat, huquq va burchlaringizdan habardor qilib boruvchi kanalga obuna boʻling!
👉 @imtiyozuz
⚡️Nodavlat ta’lim tashkilotlari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

«Nodavlat ta’lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ta’lim jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qaroriga ko‘ra, 2021-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-yanvarga qadar vazirlik va idoralar tizimidagi kollej va texnikumlarning bino va inshootlarida (Toshkent va Samarqand shaharlaridan tashqari) faoliyatini amalga oshiradigan nodavlat ta’lim tashkilotlari:

👉 ijara to‘lovidan ozod etiladi (saqlash va kommunal to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar bundan mustasno);

👉 ta’lim jarayoni natijasida olingan, o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni (ish va xizmatlarni) ta’lim tashkilotlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar (QQS va foyda solig‘i bo‘yicha) tatbiq etilgan holda realizatsiya qilish huquqiga ega.

Shuningdek, darsdan bo‘sh vaqtlarda, shu jumladan yozgi ta’til vaqtida quyidagi davlat mulki obyektlari nodavlat ta’lim tashkilotlariga ijaraga beriladi:

👉 maktabdan tashqari ta’lim kurslarini, shuningdek, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish uchun davlat umumiy o‘rta va OTM bo‘sh maydonlari;

👉 aholining kompyuter savodxonligi bo‘yicha kurslar tashkil etish uchun qishloq joylarda joylashgan davlat umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalaridagi kompyuter sinflari.

Imtiyoz, imkoniyat, huquq va burchlaringizdan habardor qilib boruvchi kanalga obuna boʻling!
👉 @imtiyozuz
⚡️Onkologik va gematologik bemorlarning viloyatlardan respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga kelish xarajatlari qoplab beriladi

Prezidentning «Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, 2021-yil 1-iyuldan:

👉 gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, transfuziologiya va shu sohadagi laboratoriya yo‘nalishlari bo‘yicha yosh mutaxassislarning xorijdagi yetakchi ilmiy va tibbiyot markazlari ish joylarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi bilan bog‘liq xarajatlar to‘liq qoplab beriladi;

👉 bemorlarning onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan davlat tibbiyot muassasalari yo‘llanmalari asosida pozitron-emission tomografiya tekshiruvidan o‘tishi bilan bog‘liq xarajatlari Davlat byudjetidan qoplanadi;

👉 onkologik va gematologik bemorlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga temir yo‘l va aviatransport vositalari orqali kelishi bilan bog‘liq xarajatlar tegishli mahalliy byudjetlar mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplab beriladi.

Imtiyoz, imkoniyat, huquq va burchlaringizdan habardor qilib boruvchi kanalga obuna boʻling!
👉 @imtiyozuz
⚡️Parrandachilarga subsidiya va soliq imtiyozlari beriladi

2021-yil 1-iyuldan boshlab 2024-yil 1-iyulga qadar asosiy faoliyat turi parrandachilik bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llaniladi.

Imtiyoz, imkoniyat, huquq va burchlaringizdan habardor qilib boruvchi kanalga obuna boʻling!
👉 @imtiyozuz
⚡️Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilariga bir qator imtiyozlar berildi.

2021/2022 oʻquv yilidan Oʻzbekistondagi xorijiy OTM va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga toʻlov-kontrakt summasini qoplash uchun subsidiya toʻlanadi.

Prezident maktablari bitiruvchilariga davlat oliy ta’lim tashkilotlariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosida test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishga kirish huquqi beriladi

Ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilariga ixtisoslik yoʻnalishidan kelib chiqib davlat oliy taʼlim tashkilotlarining kimyo, biologiya, fizika va axborot texnologiyalari sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy toʻlov-kontrakt asosida test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishga kirish huquqi beriladi.

Ijod maktablarining bitiruvchilariga ixtisoslik yoʻnalishidan kelib chiqib davlat oliy taʼlim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy toʻlov-kontrakt asosida test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishga kirish huquqi beriladi.

Manba...

Imtiyoz, imkoniyat, huquq va burchlaringizdan habardor qilib boruvchi kanalga obuna boʻling!
👉 @imtiyozuz
⚡️Президент фармони билан 2021 йил 1 сентябрдан бошлаб:

Амалда бўлган кам таъминланган оилаларга 14 ёшгача болалари учун нафақа ва 2 ёшгача болани парвариш қилиш нафақаси ўрнига ягона болалар нафақаси жорий этилади. Бунда, ушбу нафақани тайинлашда:

болалар ёши меъёри 14 ёшдан 18 ёшгача оширилади;
тўлов муддати 6 ойдан 12 ойгача узайтирилади;
нафақа миқдори оиладаги болалар сонидан келиб чиқиб белгиланади;
фарзанди бўлмаган ёки фарзандлари 18 ёшдан катта бўлган кам таъминланган оилаларга моддий ёрдам тайинланади.

Болалар нафақаси ва кам таъминланган оилаларга моддий ёрдам тўловларининг қуйидаги янги миқдорлари белгиланмоқда. Болалар нафақаси оиланинг:

3
ёшдан 18 ёшгача бўлган битта фарзанди учун – 250 000 сўм (+56 000 сўм);
3 ёшгача бўлган битта кичик фарзанди учун – 325 000 сўм (+131 000 сўм);
иккинчи фарзанди учун қўшимча – 150 000 сўм (+186 000 сўм);
учинчи ва ундан кейинги ҳар бир фарзанди учун – 100 000 сўмдан (амалдаги 190 минг сўмдан 290 минг сўмгача кўп);
моддий ёрдамнинг миқдори – 380 000 сўм.

Имтиёз, имконият, ҳуқуқ ва бурчларингиздан ҳабардор қилиб борувчи каналга обуна бўлинг!
👉
@imtiyozuz
Президент қарорига кўра, ўзгалар парваришига муҳтож ёлғиз кексалар ва ногиронлиги бўлган шахслар оғир ва фавқулодда вазиятларга тушганда уларга тезкор ёрдам кўрсатиш ҳақида хабар беришнинг инновацион лойиҳаси амалиётга жорий этилади.

Бунда, 2021 йилда 5 мингтагача ва 2022-2023 йилларда 12 мингта махсус функцияга эга соатнинг (“Ақлли соат”) Давлат бюджети маблағлари ҳисобидан тегишли тоифадаги шахсларга етказиб берилиши йўлга қўйилади.

Имтиёз, имконият, ҳуқуқ ва бурчларингиздан ҳабардор қилиб борувчи каналга обуна бўлинг!
👉
@imtiyozuz
Ногиронлиги бўлган шахсларга кўрсатилаётган тиббий-ижтимоий хизматлар сифати яхшиланади

“Ногиронлиги бўлган шахсларга кўрсатилаётган тиббий-ижтимоий хизматлар сифатини янада яхшилаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–5217-сон, 09.08.2021 й.) қабул қилинди.

🔰 Қарорга кўра:

2021 йил якунигача 2 минг дона замонавий эшитиш мосламаларини харид қилиниб, ихтисослаштирилган таълим муассасаларида ўқиётган эшитиш қобилияти заиф болаларга етказилади;

харид қилиниши режалаштирилган 260 та кохлеар имплантатларига қўшимча равишда 355 та кохлеар имплантатлари сотиб олинади ва 5 ёшгача болаларга жарроҳлик амалиёти орқали ўрнатилади;

2021 йилда қўшимча 2 минг нафаргача, 2022 йилдан бошлаб ҳар йили 3 минг нафаргача болага туғма юрак нуқсони ҳамда бош миядаги патологик ўзгаришлар (жумладан, гидроцефалия) бўйича жарроҳлик амалиётлари ўтказилади;

ҳар йили камида 110 нафар бемор бола учун транспедикуляр тизим (фиксаторлар) тўпламлари харид қилган ҳолда, уларда сколиоз ва умуртқа поғонасининг бошқа патологияси бўйича жарроҳлик амалиётлари амалга оширилади;

йилига ўртача 1 000 нафар болага туғма ва патологик сон чиқишини жарроҳлик амалиётлари орқали даволаш учун зарур металл конструкциялари сотиб олинади;

ҳар йили камида 140 нафар бемор болада кўкрак қафаси деформациясини даволаш учун 150 та махсус пластиналар харид қилиниб, ўрнатилади;

бемор болаларга туғма оёқ-қўл патологияларини даволаш учун 350 та Илизаров аппаратлари харид қилинади;

ҳар йили камида 100 нафар бемор болага жарроҳлик амалиётлари давомида суяк дефектларини тўғрилаш учун коллопан гранулаларини харид қилинади;

Ногиронлиги бўлган шахсларни реабилитация қилиш ва протезлаш миллий маркази ва унинг ҳудудий марказлари 2021–2023 йилларда 54 та, шундан 2021 йилда 14 та замонавий экзоскелет ускунаси билан таъминланади;

2021–2025 йилларда 11,6 минг дона, шу жумладан 2021 йилда 1 100 дона электр юритмали кресло-аравачалари харид қилинади;

кўзи ожиз болалар ва катталар 9 минг дона овозли термометр, 10 минг дона овозли тонометр, 20 минг дона йиғма Брайл алифбоси билан таъминланади;

ўзгалар парваришига муҳтож ёлғиз кексалар ва ногиронлиги бўлган шахслар оғир ва фавқулодда вазиятларга тушганда уларга тезкор ёрдам кўрсатиш ҳақида хабар беришнинг инновацион лойиҳаси жорий этилади. Бунда, 2021 йилда 5 мингтагача ва 2022–2023 йилларда 12 мингта махсус функцияга эга соат (“Ақлли соат”) тегишли тоифадаги шахсларга етказиб берилади.

🖥 Қарорга кўра шунингдек, 2022 йил 1 майгача “Ижтимоий хизмат” электрон платформаси ишга туширилади.

Имтиёз, имконият, ҳуқуқ ва бурчларингиздан ҳабардор қилиб борувчи каналга обуна бўлинг!
👉
@imtiyozuz
⚡️Кам таъминланган оилаларга болалар нафақаси жорий этилади

“Кам таъминланган оилаларга моддий ёрдам кўрсатиш ҳамда камбағаллик билан курашиш кўламини янада кенгайтириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент фармони (ПФ–6277-сон, 11.08.2021 й.) қабул қилинди.

Фармонга мувофиқ, 2021 йил 1 сентябрдан:

14 ёшгача болалари бўлган оилаларга нафақа ҳамда бола 2 ёшга тўлгунига қадар уни парвариш қилиш нафақаси ўрнига кам таъминланган оилаларга болалар нафақаси (болалар нафақаси) жорий этилади.

🔰 Болалар нафақасини тайинлашда:

👉 инобатга олинадиган болалар ёши 14 ёшдан 18 ёшгача оширилади;
👉 тўлов муддати 6 ойдан 12 ойгача оширилади;
👉 унинг миқдорини оиладаги болалар сонидан келиб чиқиб белгилаш тартиби қўлланилади;

якка-ёлғиз бўлган фуқароларга, фарзанди бўлмаган ёки барча фарзандлари 18 ёшдан катта бўлган кам таъминланган оилаларга моддий ёрдам тайинланади.

🔰 2021 йил 1 сентябрдан болалар нафақаси ва кам таъминланган оилаларга моддий ёрдам тўловларининг миқдорлари қуйидаги белгиланади:

🔘 болалар нафақасининг ҳар ойлик миқдори:
🔸 250 000 сўм – 3 ёшдан 18 ёшгача бўлган битта фарзанди учун, 325 000 сўм – ёши 3 ёшгача бўлган битта кичик фарзанди учун;
🔸 150 000 сўм – оиланинг иккинчи фарзанди учун қўшимча;
🔸 100 000 сўмдан – оиланинг учинчи ва ундан кейинги ҳар бир фарзанди учун;

🔘 кам таъминланган оилалар учун моддий ёрдамнинг ойлик миқдори – 380 000 сўм.

Бунда 2021 йил 1 сентябргача тайинланган мазкур турдаги нафақалар ва моддий ёрдамнинг амалдаги миқдорлари ҳамда уларни тўлаш муддатлари сақлаб қолинади.

🔄 2021 йил 1 октябрдан “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри” ахборот тизими орқали кам таъминланган деб эътироф этилган оилалар ва шахслар тўғрисидаги маълумотлар манфаатдор вазирлик ва идораларга “Электрон ҳукумат” тизими идоралараро интеграциялашув платформаси орқали тақдим этилади.

Имтиёз, имконият, ҳуқуқ ва бурчларингиздан ҳабардор қилиб борувчи каналга обуна бўлинг!
👉
@imtiyozuz
Forwarded from Ta'lim Huquqi
⚡️Rasman oliy taʼlim muassasalarida 2021/2022-oʻquv yili 6-sentabrdan bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun anʼanaviy (oflayn) shaklda boshlanadi.

Bu haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻzining telegram kanalida xabar berdi.

➡️ @Talim_huquqi taʼlimga oid huquqiy va ommaviy maʼlumotlarni berib boruvchi kanal!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda pensiya uchun yetti yillik ish stajiga bir yilda to‘lov qilsa bo‘ladimi?

Ta’kidlanishicha, 245 ming so‘m evaziga 1 yillik stajga ega bo‘lish mumkin

Imtiyoz, imkoniyat, huquq va burchlaringizdan habardor qilib boruvchi kanalga obuna boʻling!
👉 @imtiyozuz
⚡️Har yili 100 nafar xotin-qiz talabaning kontraktini hokimliklar to‘lab beradi

Bu bo‘yicha hukumat qarori va tegishli nizom tasdiqlandi. Shu o‘quv yilidan boshlab viloyat hokimliklari har yili 25 nafar 1-kurs, 75 nafar katta kurslarning kontraktlarini 4 o‘quv yili tugaguncha to‘lab beradi. Ularni keyinchalik ish bilan ta’minlaydi.

Moliyaviy barqaror OTMlar esa 50 nafargacha xotin-qizni bepul o‘qitadi.

Qizlar mandat e’lon qilingandan 10 kun ichida OTMga ijtimoiy holati haqida ma’lumotnoma beradi, OTM esa 5 kun ichida ro‘yxat shakllantirib, hokimliklarga yuboradi. Bakalavriatning istalgan shaklida o‘qiyotgan talaba xotin-qizlarning kontrakti to‘lab beriladi. 2-mutaxassislikda o‘qiyotganlar uchun imtiyoz amal qilmaydi, o‘qishni ko‘chirganda ham kontraktni to‘lab berish to‘xtatiladi.

➡️ Imtiyoz, imkoniyat, huquq va burchlaringizdan habardor qilib boruvchi kanalga obuna boʻling: @imtiyozuz
#imtiyoz

⚡️«Temurbeklar maktabi» bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi.

➡️ Imtiyoz, imkoniyat, huquq va burchlaringizdan habardor qilib boruvchi kanalga obuna boʻling: @imtiyozuz
⚡️Muhim siyosiy jarayon saylovlarga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unday boʻlsa oʻz kreativligingizni koʻrsatadigan vaqt keldi!

Markaziy saylov komissiyasi, MSK Matbuot markazi, Oʻzbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Xalqaro press-klub hamda“Uzreport” telekanali hamkorligida “Saylov – 2021” videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.

🔴 Ushbu roliklar tanlovining asosiy maqsadi: aholining elektoral madaniyatini oshirishdir.

📍Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
1️⃣ eng yaxshi informatsion rolik;
2️⃣ eng yaxshi sahnalashtirilgan rolik;
3️⃣ eng yaxshi animatsion rolik;
4️⃣muxlislar eʼtirofi (ijtimoiy tarmoqlar – Facebook va Instagram orqali eng koʻp layk toʻplagan media mahsulotlar).

Agar sizda tanlov boʻyicha savol tugʻilsa, botga yozishingiz mumkin.

Tanlov sharti:
1. Videoroliklarni Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi oʻz sahifangiz orqali #Saylov2021_tanlov #Elections2021_tanlov xeshteglar ostida eʼlon qilish;
2. Videoroliklarni Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazining Telegram-botiga yuborishingiz zarur.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan shartlarni bajarmagan videoroliklar tanlovda ishtirok etmaydi!
Shuningdek, disk va boshqa axborot tashuvchi moslamalarga yozilgan videoroliklar – Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazi (Toshkent shahri, Sharof Rashidov koʻchasi, 16-uy, “Maʼrifat markazi” (Simpoziumlar saroyi binosi) manzilida qabul qilib olinadi.

“Saylov – 2021” videoroliklar tanlovi gʻoliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Demak, har bir nominatsiya boʻyicha gʻolib va sovrindorlarga quyidagi miqdorda pul mukofotlari topshiriladi:
1-oʻrin uchun – 20 mln soʻm;
2-oʻrin uchun – 15 mln soʻm;
3-oʻrin uchun – 10 mln soʻm

Siz ham qatnashing va saylov jarayonlarini yoritishda faol boʻling!

➡️ Imtiyoz, imkoniyat, huquq va burchlaringizdan habardor qilib boruvchi kanalga obuna boʻling: @imtiyozuz
#Қабул_2021

❗️“Супер контракт”нинг минимал миқдорлари белгиланди

☑️ 2021/2022-ўқув йили қабулида бакалавриат таълим йўналишларига кириш имтиҳонлари натижаларига кўра тўплаган баллари тасдиқланган тўлов-контракт доирасидаги қабул параметрлари чегарасига 4,05 баллдан ортиқ етмаган, 56,7 баллдан кам бўлмаган ҳолда, қўшимча равишда ўқиш истагини билдирган абитуриентларнинг биринчи ўқув йили учун амалда белгиланган базавий тўлов-контракт миқдорларига нисбатан табақалаштирилган тўлов-контрактнинг минимал миқдорлари тасдиқланди.

🔰 Табақалаштирилган тўлов-контрактнинг минимал миқдорларини ҳисоблашда:

2021/2022 ўқув йили учун амалда белгиланган бакалавриат таълим йўналишлари бўйича битта талабани тўлов-контракт шаклида стипендиясиз базавий тўлов-контракт бўйича ўқитиш қиймати қўлланилади;

коронавирус инфекциясига қарши эмланган (вакцина олган) абитуриентларга белгиланган табақалаштирилган тўлов-контрактнинг минимал миқдорига 10 фоизли чегирма берилади.

Шунга кўра, ОТМ бакалавриатининг сиртқи ёки кечки таълим шакли бўйича базавий тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилган ва таҳсил олаётган ҳамда 2021 йил 1 ноябргача коронавирус инфекциясига қарши эмланган талабаларга 2021/2022 ўқув йили учун белгиланган стипендиясиз базавий тўлов-контракт миқдорларига бир марталик 10 фоиз чегирма (бонус) берилиши белгиланди.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/imtiyozuz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Haydovchilar yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha IIB xodimlarisiz hodisa to‘g‘risidagi xabarnomani tuzishi mumkin

Hukumat qarori (609-son, 27.09.2021 y.) bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

⚠️ Qonunchilikka ko‘ra, yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha haydovchilar IIB xodimlari ishtirokisiz hodisa to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish orqali sug‘urta tovonini olish tartibi joriy etilgan.

🗓 Shunga muvofiq, 2021 yil 1 noyabrgacha sug‘urta tashkilotlarining veb-saytlarida xabarnoma blankasi namunasi joylashtiriladi va uni yuklab olish imkoni yaratiladi.

🔰 Xabarnoma ikki nusxada quyidagi asoslar bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lganida tuziladi:

jabrlanuvchiga yengil jarohat yetmaganida yoki mol-mulk shikastlanmaganida;
ishtirokchilardan biri o‘z aybiga iqror bo‘lmaganida;
hodisa piyoda ishtirokisiz sodir etilganida;
hodisa faqat 2 ta transport ishtirokida bo‘lganida;
ishtirokchilarning fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilingan bo‘lsa;
haydovchilik guvohnomasi, ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, ishonchnoma, yo‘l varaqasi mavjudligi;
haydovchilar mast bo‘lmasa;
transportlarning shikastlanishi nizoni keltirib chiqarmasa.

🗓 Qaror 2021 yil 25 noyabrdan kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/imtiyozuz
Адлия хайрия ҳуқуқий марафони ўтказилади!

"Ezgu amal" хайрия жамғармаси билан ҳамкорликда "Ўзбек тили байрами" куни муносабати билан Тошкент шаҳрида “Давлат тили – миллат ғурури” шиори остида марафон ташкил этилади.

Марафон 2021 йил 16 октябрь куни соат 09:00 да Адлия вазирлиги биносидан, "Адиблар хиёбони"гача давом этади.

Марафон доирасида Адиблар хиёбонида сайёр давлат хизматлари, сайёр қабуллар ва кўнгилочар тадбирлар ўтказилиб, бепул ҳуқуқий маслаҳатлар берилади.

Хайрия маблағлари кам таъминланган оилаларнинг саратон касаллигига чалинган болалари даволанишига сарфланади.

Барчани хайрия марафонида фаол иштирок этишга чорлаймиз.

Хайрия маблағларини "Ezgu amal" жамғармасининг:

👉 ҳ/р: 20212000700943273001 (АТ "Капиталбанк", Яшнабод ф-л, МФО 01136) ҳисоб рақамига;

👉 Paynet, Click, Payme, Apelsin тўлов тизимларида "Хайрия" бўлимидаги "Ezgu amal" belgisini танлаган ҳолда;

👉 ezguamal.org/charity интернет-эквайринг тизими орқали ўтказишингиз мумкин.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/imtiyozuz
#Эслатма

📌 2021 йил 24-30 сентябрь кунлари қабул қилинган муҳим қонунчилик ҳужжатлари

https://www.youtube.com/watch?v=Qnam92Ldlsw&t=2s

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/imtiyozuz