Yoshlar daftari - imkoniyatlar daftari!
799 subscribers
150 photos
53 videos
80 links
Ushbu sahifada "Yoshlar daftari"dagi mavjud imkoniyatlar, yangiliklar, imkoniyatdan foydalanayotgan yoshlar haqida maʼlumot berib boriladi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna boʻling!
Download Telegram
Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun "Kelajak kasblari" loyihasida yangilik

Prezidentimizning tegishli qarorida yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga o‘qitishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlari uchun bir qancha imkoniyatlar ko‘lami kengaytirildi. Endilikda har yili loyiha doirasida hududdagi kamida bir yarim ming nafar yoshlarga ta'lim xarajatlari qoplab beriladi. Jumladan xorijiy tillar yo‘nalishida 600 nafar, axborot texnologiyalari yo‘nalishida esa 900 nafargacha yoshlarga o‘z yo‘lini topishi uchun ko‘maklashiladi.

Birgina zamonaviy kasblar va axborot texnologiyalari sohasining o‘zida kurs xarajatlari 1 yilgacha qoplab beriladi. Hozirda 300 dan ortiq Qoraqalpog‘istonlik yosh loyihada ta'lim olmoqda.

"Kelajak kasblari" doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi o‘quv markazlari uchun ham qamrov kengaytiriladi. Ariza topshirish: https://yoshlardaftari.uz/edu-center/create

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar ham o‘zi istagan o‘quv markazini tanlash imkoni bor: https://yoshlardaftari.uz/services/8

Bizning sahifalarimiz:
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar daftari” — imkoniyatlar daftari

Boyovut tumani “Ijodkor” mahallasidan 23 yoshli Sirojiddin Abdusalomov chilangarlik faoliyati bilan shug’ullanadi. O’zi qiziqqan hunari bo’yicha tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yoshlar yetakchisiga murojaat qilgan. Murojaati yuzasidan ushbu mahalla yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi tomonidan unga imtiyozli kredit ajratishga yordam berilgan.

Sirojiddin bugungi kunda “Ustoz-shogird” an’anasiga muvofiq, mahallasidagi yoshlarga chilangarlik sir-sinoatlari o’rgatish bilan bir qatorda ularning bandligini ta’minlashda munosib hissa qo’shmoqda.

#yoshlardaftari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar daftari” — imkoniyatlar daftari

Jizzax shahar “Do’stlik” mahallasida istiqomat qiluvchi O’tkirbek Xaydarov hozirda avtomobil ustachiligi bilan shugʻullanib kelmoqda. Unga “Yoshlar daftari”dan subsidiya asosida avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish uchun 10 mln so’m miqdoridagi zarur asbob-uskunalar olib berilgan. Hozirgi kunda ustozlaridan o’rgangan kasbi orqali yaxshi daromad egasiga aylandi.

📹Ushbu jarayonlar ham mijozlardan tushgan buyurtmani tez tuzatib berish vaqtida olingan.

#yoshlardaftari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar daftari” — imkoniyatlar daftari

⚡️Navbatdagi qahramonimiz Xorazm viloyati Gurlan tumani “O‘yilma” mahallasidan Qozoqboy Qo‘ziboev. Qahramonimiz yashaydigan mahalla qo‘shni Turkmaniston bilan chegara hudud bo‘lib tuman markazidan olisda joylashgan. Shu sababli ayrim xizmatlar faqat tuman markazlarida mavjud.

Mahalla yoshlar yetakchisi Sanjarbek Jumaboev “Yoshlar daftari” orqali Qozoqboyga kompyuter jamlanmasi va rangli printer olishda yordam berdi. Buning natijasida qahramonimiz, nogironligi bo‘lishiga qaramasdan mahalladoshlarining og‘irini yengil qilishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Bir murojaat va uning amaliy yechimi yana bir yoshni kelajagi uchun katta qadamga aylandi


#yoshlardaftari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Andijon viloyatining faol Sardorlari "Najot ta'lim"da!

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi direktorining tashabbusi bilan Toshkent shahar bo'ylab sayohat qilgan Andijon viloyati ta'lim muasssalarining Sardorlari zamonaviy kasblar o'rgatuvchi "Najot Ta'lim" markazida ham mehmon bo'lishdi.

Sardorlar shahardagi ko'plab yoshlar obyektlariga tashrif buyganidan so'ng, Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlik qiluvchi ushbu o'quv markazidagi imkoniyat va dars berish jarayonlari bilan tanishdi. Ularga hamkorlikda yo'lga qo'yilgan ishlar haqida ham so'zlab berildi.

Andijonlik har bir faol bolalarning zamonaviy kasb egallab, hayotida o'z o'rnini topishi uchun Sardorlarning o'rni va shaxsiy namunasi yuqori darajani kasb etadi.

Bizning sahifalarimiz:
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak kasblari” loyihasi yoshlarga qanday yordam bermoqda?

Yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga bepul o’qitish uchun “Kelajak kasblari” loyihasi tashkil etilgan. Mazkur loyihada bugungi kungacha 17 205 nafar yosh 40 dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy kasblarga o‘qitilib, ularga jami 37,5 mlrd. so‘m miqdorida yordam ko‘rsatildi.

Samarqandlik yoshlar ham loyiha doirasida chet tillarini o’rganib IELTS darajasini olishmoqda. Misol uchun, Nurobodlik Fatxulla Musurmonov 6 oy davomida ingliz tilini o’rganib IELTS 6,5 darajasiga ega bo’ldi.

📹Video davomida ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlarning fikrlari bilan tanishib olishingiz mumkin

#Yoshlardaftari #KelajakKasblari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar daftari” — imkoniyatlar daftari

Oddiygina kafelarda yordamchi oshpaz bo’lib ishlab qanday qilib shaxsiy tadbirkorlik faoliyatini boshlash mumkin?

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida istiqomad qiluvchi Jamolov Akbarbek, yillar davomida ko’plab kafelarda ishlab keldi. O’zining tirishqoqligi va mehnatkashligi tufayli oshpazlik kasbini mukammal o’rgandi va hozirgi kunda shaxsiy tadbirkorlik faoliyatini boshladi.

Albatta tadbirkorlik qilish uchun yaxshi asbob-uskunalar va shinam joy kerak bo’ladi. Qahramonimizga mahallasidagi yoshlar yetakchisining ko’magi bilan “Yoshlar daftari” mablag’lari hisobidan subsidiya asosida asbob-uskunarlar ajratilgan. Bundan tashqari unga oshxona uchun joy olishda davlatimiz tomonidan ko’mak berilgan.

📹Akbarning hozirgi faoliyati va erishgan natijalarini video orqali o’zidan eshitishingiz mumkin.


#yoshlardaftari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak kasblari” loyihasi orqali daromad topayotgan yoshlar

O’zining orzu va maqsadlariga erishib kelayotgan yoshlarimizdan yana biri Ismoiljon Ahmatbekov. U Namangan shahrining Chorsu mahallasida istiqomat qiladi. Veb dasturlashga qiziqqan qahramonimiz “Kelajak kasblari” loyihasi orqali “Frontend” yo’nalishida bepul tahsil oldi. Hozirgi vaqtda ustozi bilan birgalikga yangi loyihalar ustida ishlab, yaxshigina daromad topmoqda.

Yoshlar ishlari agentligining “Kelajak kasblari” loyihasi, yoshlar uchun chinakam kelajak poydevori bo’lib xizmat qilmoqda desak adashmaymiz!


#KelajakKasblari #YoshlarDaftari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️"Kelajak kasblari" loyihasining 2-mavsumi yuzasidan o'quv markazlari va yoshlarning arizalarini qabul qilish vaqtincha to'xtatiladi

Loyiha tashkil etilganidan buyon yoshlarning zamonaviy kasblar egallashi, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o'rganishi uchun 18 ming 500 nafardan ortiq yoshlarga qariyb 40 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘lar 35 dan ortiq yo‘nalishlar uchun "Yoshlar daftari" jamg‘armalari va Yoshlar ishlari agentligining tegishli mablag‘laridan subsidiyalar ajratildi.

“Kelajak kasblari” loyihasining ikkinchi mavsumida 10 543 nafar yoshlarning arizasi tasdiqlangan va shundan 4 550 nafari hozirda o‘qimoqda. Kurslarni yakunlab, daromad topayotgan yoshlar soni 2 035 nafar bo'lsa, 539 nafar yoshlar xorijiy tillar sertifikatini qo‘lga kiritgan (375 ta IELTS, 164 ta CEFR).

2-mavsumda 100 ga yaqin o'quv markazlarining 160 ga yaqin filliallari loyiha uchun face-id tizimlarini o'rnatdi va maxsus kabinet orqali mavsum davomida o'rtacha 62% davomat qayd etildi.

Prezidentimizning PQ-66 sonli qarori yuzasidan belgilab berilgan topshiriq ijrosini yanada sifatli bajarish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlari uchun 2-mavsum doirasida arizalar qabul qilinishi davom etadi.

Hozirda ta'lim olayotgan yoshlarning kurs xarajatlarini to‘liq qoplash, ularning kasbli va daromadli bo‘lishi yuzasidan ishlarni olib borish maqsadida 2-mavsum vaqtincha to‘xtatilib, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan keyingi mavsum uchun chuqur tayyorgarlik ko‘riladi.

#kelajakkasblari #tahlil #2mavsum #natija

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak Kasblari” loyihasi bo’yicha Xorazm viloyatidagi "Harvard english school" o‘quv markazining 6 oylik kursni tugatgan o’quvchi IELTS 6.5 ballni qo’lga kiritdi.

Otajonova O’g’ilgon 10-sinf bo’lishiga qaramasdan hozirdanoq yuqori natijaga erishdi.

Maqsadi tomon harakat qilayotgan bu o’quvchimizga kelajakda yangi va yuqori marralar sari zafarlar tilaymiz.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💼“Kelajak kasblari” loyihasi

O‘zining orzu va maqsadlariga erishib kelayotgan yoshlarimizdan yana biri surxondaryolik Hosila Asadullaeva

👨‍💻Grafik dizayn sohasiga qiziqqan qahramonimiz “Kelajak kasblari” loyihasi orqali Termiz shahridagi o‘quv markazda bepul tahsil olib kelmoqda. O‘qish davomida bir qancha reklamalar, brending va logolar tayyorlashni o‘rgangan Hosilaxon, kelajakda jahonning mashxur grafik dizaynerlar qatorida bo‘lishni niyat qilgan.

#KelajakKasblari #yoshlardaftari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Meni pulim to'lab berilmadi, 6 oy bo‘ldiku, haliyam ulgurmayapsizlar"

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev You Tube'da bergan intevyularida yoshlarni zamonaviy kasblar, xorijiy tillarga o‘qitishda yo‘lga qo‘yilgan loyihalar, jumladan, "Kelajak kasblari" loyihasi haqida fikrlarini bildirganlar. Ushbu loyiha orqali qo‘yilgan maqsadlar, bu orqali yaratilgan yangi imkoniyatlar haqida ham so'z boradi.

Intervyuni to‘liq ko‘rish uchun havola: https://youtu.be/vEGC64aYTaM?si=f_kLZ1-EGuEeiKyA

Bizning sahifalarimiz:
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤩"Kelajak kasblari" loyihasi doirasida tahsil olgan egizaklar Islombek va Imronbeklardan IELTS 7.5 va 8.0 natija!

🔥 Toshkent shahrining Bektemir tumani "Mirishkor" mahallasida istiqomat qiluvchi aka-uka G‘ayratjonovlar Yoshlar ishlari agentligining "Kelajak kasblari" loyihasi doirasida "Cambridge" o‘quv markazida tahsil olib, ingliz tilidan xalqaro darajadagi IELTS imtihonidan 7.5 va 8.0 ballik sertifikatlarni qo'lga kiritishdi.

Islombek va Imronbekning natijalari bilan tanishing:
• Listening — 8.5/7.5 ball;
• Reading — 8.5/8.5 ball;
• Writing — 6.0/7.5 ball;
• Speaking — 6.0/8.0 ball.

Loyiha doirasida ta'lim olib muvafaqqiyatga erishayotgan yoshlar haqida hali ko‘plab qiziqali ma'lumotlarni ulashamiz.

Bizning sahifalarimiz:
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎤“Tekin deb yuzaki qarashadi va natija kutilgandek bo‘lmaydi…”

💼Yoshlar ishlari agentligining “Kelajak kasblari” loyihasi orqali animator bo‘lgan namanganlik Azizbek hozirda Agentlik buyurtmasi asosida multfilm ishlashni boshlagan.

Namangan viloyatining Uychi tumani “Yangier” mahallasida istiqomat qiluvchi Azizbek Abduxalilov Toshkent shahridagi “Let’s Animate” o‘quv markazida 3D animatsiya yo‘nalishida kurslarni tamomlagan.

📹Loyiha doirasida natijaga erishayotgan yoshlar singari Azizbek ham hozirda “United Soft” kompaniyasida animator bo‘lib faoliyat yuritmoqda. Video orqali qahramonimizning loyiha haqidagi fikrlari hamda amaliy ishlari haqida bilib olishingiz mumkin.

#kelajakkasblari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak kasblari” loyihasi yoshlarga qanchalik foyda keltirmoqda?

muxbir: Muxlisa Abdujalilova

#Toshkent shahri

@hududtv
⚡️"Kelajak kasblari-2024" forumi bo'lib o'tadi

Zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga o'qitish bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining "Kelajak kasblari" loyihasi ishtirokchilari, kurslarni muvaffaqqiyatli yakunlab hayotda o‘z yo‘lini topayotgan yoshlar va Respublikamizdagi eng sara o‘quv markazlari ishtirokida "Kelajak kasblari-2024" forumi tashkil etiladi.

Yoshlar oyligi doirasida 5-7 iyun kunlari poytaxtimizning "Yoshlar ijod saroyi"da forum doirasida bir-biridan qiziqarli master-klasslar, sarhisob uchrashuvlar hamda yetuk AyTi markazlariga tashriflar amalga oshiriladi.

Forum yuzasidan batafsil ma'lumotlar biz bilan kuzatib boring:

◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
💼Yoshlar “Kelajak kasblari” orqali daromadga chiqyapti

Kishining qornini bir marta to‘ydirish uchun unga baliq ber, agar uni bir umr to‘ydirmoqchi bo‘lsang, unga baliq tutushni o‘rgat! Bugun yoshlarga beriladigan “qarmoq” shubhasiz, ularning biror kasbni egallashiga yordam berishdir. Bu kasblar zamonaviy, yaxshi daromad olib keladigan bo‘lsa, ayni muddao.

Yoshlar ishlari agentligining “Kelajak kasblari” loyihasi yoshlarga “baliq tutishni” o‘rgatadigan samarali loyihaga aylanmoqda. Bugun sizni shu imkoniyatdan to‘la foydalangan va yaxshigina daromadli kasb egasi bo‘lgan yoshlar bilan tanishtiramiz.

Batafsil: gov.uz/yoshlar/news/view/12590

📎Bosh axborot hamkorimiz “Yoshlar ovozi” gazetasi va telegram sahifasida yoshlar hayotidagi muhim yangiliklar va ijtimoiy-siyosiy xabarlarni kuzatib boring.


Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Alisher Sadullaev
Telegram orqali muloqotimiz 17:30da boshlanadi.

👉https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream

Mavzu: o'zbek va xorijiy tillarni rivojlantirish, o'quv markazlari bilan hamkorlik, "Kelajak kasblari" loyihasini davom ettiramizmi?

Muloqotda, yoshlar yetakchilari, hududiy agentlik rahbarlari, o'quv markazi rahbarlari va "Kelajak kasblari" doirasida kasb o'rganmoqchi bo'lgan yoshlar ishtirok etishadi. Muloqotimiz barcha uchun ochiq.

Izohlarda mavzuga doir savollarni qoldirsangiz, ularga javob berishga harakat qilamiz.
👍5