Samarqand | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.36K subscribers
4.61K photos
440 videos
26 files
1.28K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Samarqand viloyati hududidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati, yangiliklari!

Murojaat uchun: @SamIXM_bot
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#Olimpiada
#Rivojlanish

🌟Har doim turli tanlovlar, olimpiadalarga o'quvchilarni jalb qilishga harakat qilamiz. Chunki bu kabi sog'lom raqobat bolalarimizni o'sishiga, o'z ustida ishlashiga, rivojlanishiga katta turtki beradi🔥

⚡️Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilarining bir guruhi "Qorako'l olimpiadasi"🏆dagi ishtiroki va g'alabasi uchun taqdirlanishdi.

Ko'zi yonib turgan, intiluvchan yoshlar - bizning kelajagimiz!✨️

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Olimpiada

🔰Joriy yilning 3-9-noyabr kunlari respublika hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu olimpiadalarda respublika bo‘yicha jami 15 937 nafar o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shulardan 10 053 nafari Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilarini tashkil etadi.

📌Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar tomonidan tavsiya etilgan 3 nafargacha o‘quvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishlari belgilangan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
2👍21
#LIVE
#OLIMPIADA

⚡️ Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Samarqand viloyati hududida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida STEAM
Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Science
fanlari bo'yicha barcha sinf o'quvchilari o'rtasida fan olimpiadasining maktab bosqichi bo'lib o'tmoqda.

🎯Bundan ko'zlangan maqsad o‘quvchilarni fan olimpiadalariga qiziqtirish, ularning intellektual salohiyatlarini oshirish, xalqaro olimpiadalarga saralashdan iborat. Bir-biridan zukko barcha o'quvchilarimizga omad tilab qolamiz.
_____________________________
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Facebook
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada_5_6_7
#Hamkorlik

Agentlik tizimidagi Kattaqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va MMTV tuman bo'limi hamkorligi doirasida 5-6-7-sinflar o'rtasida 600 nafar o'quvchi ishtirokida olimpiada tashkil etildi.
👍6
#olimpiada_2024
#kutib_olish

⚡️TOSHKENTDA PARIJ-2024 SOVRINDORLARI VA ISHTIROKCHILARINI TANTANALI KUTIB OLISH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi poytaxtda joylashgan maktablar o’qituvchilari, jumladan, Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining murabbiy va oʻquvchilari qahramonlarimizni kutib olish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportida boʻlishdi.

Maʼlumot uchun, Vatanimiz sharafini himoya qilgan qahramonlarimiz yakunda 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritib, tarixiy rekord natija qayd etishdi hamda umumjamoa hisobida ham 13-o‘rinni egallashdi.

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabimizdan Vatanimiz nomini yanada yuksaklarga ko’taradigan mohir sportchilarimiz, jahon va Olimpiada chempionlari yetishib chiqishiga ishonamiz.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Olimpiada


Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o’quvchilar o’rtasida “Robocoding” olimpiadasi Samarqand viloyati hududiy bosqichiga Muhammad al-Xorazmiy maktabi Samarqand filiali mezbonlik qilmoqda

Olimpiadada 5-6-7-8-sinf o’quvchilar quyidagi yo’naliashlarda bellashmoqda:

- Muhandislik
- Dasturchilik
- Robototexnika


Ishtirokchilarga omad tilagan holda tez orada natijalarni e’lon qilamiz.


🪐 𝗠𝗨𝗛𝗔𝗠𝗠𝗔𝗗 𝗔𝗟-𝗫𝗢𝗥𝗔𝗭𝗠𝗜𝗬
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7