Samarqand | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.2K subscribers
4.28K photos
409 videos
23 files
1.15K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Samarqand viloyati hududidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati, yangiliklari!

Murojaat uchun: @SamIXM_bot
Download Telegram
#Tayinlov

YANGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATLARINING YANGI RAHBARILARI

DAVRONOV Anvar Esanmuratovich - Pastdarg'om tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga direktor etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish sho'basi metodisti lavozimida ishlagan.

-------------------------------------------------------

JUMANOVA Madina Sobirjonovna - Samarqand shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga direktor etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Pastdarg'om tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimida ishlagan.

Anvar Davronov hamda Madina Jumanovalarning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz!
#Tayinlov

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktorining tegishli buyrug'i bilan tizimdagi Kattaqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktorligiga Quldoshev Obidjon Xamdullayevich tayinlandi.

Quldoshev Obidjon Xamdullayevich - 1981-yilda Samarqand viloyati, Kattaqo'rg'on tumanida tavallud topgan.
Tayinlovga qadar O.Quldoshev Kattaqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi bo'lib ishlagan.

Telegram | Facebook
#Tayinlov

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktorining tegishli buyrug'i bilan tizimdagi Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktorligiga Alisherov Akramboy Alisherovich tayinlandi.

Alisherov Akramboy Alisherovich - 1997-yilda Samarqand viloyati, Samarqand tumanida tavallud topgan.
Tayinlovga qadar A.Alisherov Samarqand shahridagi Prezident maktabi informatika fani o‘qituvchisi bo'lib ishlagan.

Telegram | Facebook
#TAYINLOV

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori buyrug'i bilan Boltayev Farrux Farxodovich Samarqand shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

Farrux Boltayev mazkur tayinlovga qadar Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM

➤ Telegram | Instagram | Facebook
#Tayinlov

Ixtisoslashtriligan ta'lim muassasalari agentligi direktorining tegishli buyrug'i bilan Mardanov Uktam Rustamovich Agentlik tizimidagi Qo'shrabot  tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi direktori lavozimiga tayinlandi. U.Mardonovni kelgusidagi ishlariga omad tilaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayinlov

AGENTLIK DIREKTORIGA O‘RINBOSAR TAYINLADI

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Sevara Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

S.Shakirova ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ingliz tili fani o‘qituvchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktor kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar S.Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi S.Shakirovani tayinlov bilan qutlab, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, soha rivoji yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube