Samarqand | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.21K subscribers
4.28K photos
408 videos
23 files
1.15K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Samarqand viloyati hududidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati, yangiliklari!

Murojaat uchun: @SamIXM_bot
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#Xushxabar

O'ZBEKISTON JAHON KIMYO OLIMPIADASIGA MEZBONLIK QILADI!

Yurtimizda ta'limga qaratilayotgan e'tibor, bu borada amalga oshirilayotgan ulkan o'zgarishlar jahon maydonida ham e'tirof etilayotgani bor gap.

O'zbekistonda o'tkazilayotgan ko'plab xalqaro fan musobaqalari esa Vatanimizning dunyoning ilmga chanqoq yoshlarini bir nuqtaga jamlovchi markazga aylanib borayotganidan dalolatdir.

Xabaringiz bor, shu yilning may oyida O'zbekiston 56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasiga mezbonlik qilgan, unda 16 ta mamlakatning eng yaxshi bo'lajak kimyogarlari kuch sinashishgan edi.

Mazkur tadbirning tashkilotchilaridan biri sifatida Agentligimiz ham olimpiada jarayonlarining yuqori saviyada tashkil etilishida o'z hissasini qo'shdi.

⚡️Bu borada yana bir quvonchli xabar - 2026-yildagi Jahon kimyo olimpiadasi ham O'zbekistonda o'tkaziladigan bo'ldi.

Kuni kecha Jahon kimyo olimpiadasi boshqaruv qo'mitasi bu haqidagi rasmiy rozilik xatini jo'natdi.

Alohida ta'kidlashim joiz, mazkur olimpiada har yili o'tkaziladi va xalqaro maqomga ega 5 ta asosiy fan olimpiadalarining biri hisoblanadi.

❗️Shu o'rinda yana bir gap: Jahon kimyo olimpiadasi ilk bora Markaziy Osiyo mintaqasida bo'lib o'tadi.

Mazkur olimpiadaning O’zbekistonda o’tishi uchun 74 ta mamlakat yoqlab ovoz bergan.

❗️Tashkilotning boshqaruv qo’mitasida esa ayni paytda Agentligimiz vakili a’zo sifatida ishtirok etmoqda.
#tabriklaymiz
#xushxabar

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova uzbekistanofficial.uz sayti rasmiy telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Eng namunali faoliyat yuritgan vazir” deb topildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xushxabar

⚡️20-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI

📆 Shu yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 16 ta mamlakatidan 680 nafar o'quvchi (matematika fanidan – 286 nafar, fizika fanidan – 194 nafar, informatika fanidan – 200 nafar) ishtirok etdi.

📈 Ushbu olimpiadada 2 ta oltin, 3 kumush va 9 ta bronza medali qo‘lga kiritildi!

🎉 Mazkur olimpiadada Informatikadan ilk marta oltin medalga erishildi.

📝 G‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

💻 Informatika:
🥇Aslibek Sunnatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi - oltin;
🥈Husanboy Mansuraliyev — Namangan shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o’quvchisi – kumush;

🧮 Matematika:
🥇Madina Suyunova — Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o’quvchisi – oltin;
🥈Asadbek Boboqulov — Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o’quvchisi – kumush;
🥈Begzod XoshimjonovMarhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi - kumush;
🥉Behruzbek Elmurodov — Mirishkor tumani, 21-maktab 10-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Maqsadbek EgamberdievBog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Asilbek Abduqayumov — Westminster akademik litseyi 2-bosqich o’quvchisi – bronza;
🥉Elbek ZohidjonovMuhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Farhod OchilovQorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Nurmuhammad OtamurodovOlot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Ozodbek AxtamovMuhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Azizbek Mamajanov — Sayxunobod tumani 3-maktab 8-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Ozodbek Orifjonov — Sayxunobod tumani, 3-maktab 10-sinf o’quvchisi – bronza medallarini qo’lga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Paxtachi_tuman_IMI #Milliy_sertifikat
#Bizning_shunday_õquvchilarimiz_bor
🎉🎉🎉
#XUSHXABAR!!!🎉🎉🎉

⚜️Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi
🏛Paxtachi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining

10-sinf o‘quvchilaridan:
Nomozov Behzod Suyun o'g'li
Davronova Dildora Toshbolta qizi
Xusanova Mushtariy Fayzullayevna

Ingliz tili fanidan B2 darajadagi milliy sertifikatni qo'lga kiritdilar.

📌Ingliz tili fani o'qituvchisi Ergasheva Gulshoda Dusmurodovnani o'quvchilarining erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz hamda kelajakdagi faoliyatlarida bundanda yuqori natijalarga erishishlarini tilab qolamiz!!!
#xushxabar

⚡️ 2024/2025-OʻQUV YILIDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI TOP–10 MAKTABLAR ROʻYXATI EʼLON QILINDI

Quvonarlisi ushbu kuchli oʻntalikdan joy olgan maktablaring 8 tasi Agentlik tizimidagi maktablardir.

📊 Jumladan:

📍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida birinchi oʻrinda – 176,28 ball;
🗺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida ikkinchi oʻrinda – 161,65 ball;
📍Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻrtinchi oʻrinda – 151,87 ball;
🗺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida beshinchi oʻrinda – 151,23 ball;
📍Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida oltinchi oʻrinda – 150,61 ball;
🗺Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida yettinchi oʻrinda – 150,44 ball;
📍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida sakkizinchi oʻrinda – 149,37 ball;
🗺Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻqqizinchi oʻrinda – 148,71 ball.

🌐 Batafsil koʻrish uchun

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM