Samarqand | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.26K subscribers
4.23K photos
401 videos
23 files
1.14K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Samarqand viloyati hududidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati, yangiliklari!

Murojaat uchun: @SamIXM_bot
Download Telegram
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar, viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etishmoqda.

❗️Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova so’zga chiqib, bu kabi treninglarning ahamiyati hamda ta’limda boshqaruvning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi naqadar muhimligi haqida so’z yuritdi.

⚡️ Shundan so’ng, seminar-treninglarning amaliy qismiga start berilib, vazir “motivatsion kouching”larni boshlab berdi.

Unda hududiy rahbarlarning ish faoliyatini yo’lga qo’yish, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish kabi mavzularda so’z bordi.

📌 Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun sho’balarga bo’lingan holda seminar-treninglar bo’lib o’tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Seminar_trening  
           
🔹SAMARQANDDA "TA’LIMDA BOSHQARUV" MAVZUSIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI

Seminarda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Shokir Sultonov viloyatda ta’lim sifatini oshirish, kadrlar salohiyati, boshqaruv tizimini takomillashtirish, sohada axborot komunikasiyalarini keng joriy etish va raqamlashtirish, shuningdek boshqa masalalar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, muammo va yechimlar haqida  gapirdi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimida kelgusi rejalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Seminar doirasida  tuman, shahar mas’ullari tomonidan  ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha muhim takliflar o‘rtaga tashlandi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash eng muhim masala ekanligi  ta’kidladi.

@samarqandvxtb       

Telegram | Facebook | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Narpay_tuman
#Ixtisoslashtirilgan_maktabi

Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tumandagi umumiy o'rta ta'lim maktab o'qituvchilariga Fizika fanidan "O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida  seminar-trening bo'lib o'tdi.

Mazkur treningdan ko‘zlangan maqsad ilg‘or tajribalar bilan bo‘lishish bilan bir qatorda, zamonaviy metodikalar bilan ishlash, ta’lim sohasidagi yangiliklar bilan bo‘lishish, o‘quvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iboratdir.

BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#seminar_trening

⚡️Agentligimizning Samarqand viloyat hududiy bo‘limi tomonidan joriy yilning 30-may sanasidan 6-iyun sanasiga qadar seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Unda viloyatdagi 14 ta ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 157 nafar malakali pedagog o‘qituvchilari viloyatdagi 4010 nafar umumta’lim maktab o‘qituvchilariga mahorat darslari o'tishadi.

❗️ Ushbu seminar "Zamonaviy baholash tizimi hamda o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish" mavzusida bo'lib, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining zamonaviy baholash tizimini umumta’lim maktablarida joriy etish bo‘yicha o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari oshirilmoqda.

Ushbu seminar-treningdan asosiy maqsad, umumta’lim muassasalarining lider o‘qituvchilarini ta’lim-tarbiya berish jarayonida innovatsion yondashuvlardan foydalanishi, o‘quvchilarning olgan bilimini hayotda qo‘llay olish ko'nikmasini oshirishdan iboratdir.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#𝗜𝗠𝗔_𝗞𝗔𝗧𝗧𝗔𝗞𝗨𝗥𝗚𝗔𝗡
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#seminar_trening

⚡️ Kattaqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 1-iyun sanasida umumiy o'rta ta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan ingliz tili ustozlari uchun seminar trening tashkil etildi.

❗️ Ushbu seminar "Zamonaviy baholash tizimi hamda o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish" mavzusida bo'lib, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining zamonaviy baholash tizimini umumta’lim maktablarida joriy etish bo‘yicha o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari oshirilmoqda.

Ushbu seminar-treningdan asosiy maqsad, umumta’lim muassasalarining lider o‘qituvchilarini ta’lim-tarbiya berish jarayonida innovatsion yondashuvlardan foydalanishi, o‘quvchilarning olgan bilimini hayotda qo‘llay olish ko'nikmasini oshirishdan iboratdir.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Sifatli ta'lim - kuchli ja'miyat" mavzusida Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari ustozlari milliy forumi bo'lib o'tdi
#seminar_trening

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar uchun joriy yilning 15-16-avgust kunlari "Sifatli ta'lim - kelajak jamiyati" mavzusida ustozlar milliy forumi bo'lib o'tdi.

Unda pedagoglarga yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanish to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.
#Seminar_trening

⚡️Bugun Samarqand viloyati Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining psixologlarini malakasini yanada oshirish maqsadida Samarqand shahridagi Prezident maktabida amaliy seminar-trening bo'lib o'tmoqda.

Ushbu seminarda Samarqand shahridagi Prezident maktabi psixologi Lobar Kuralova tomonidan o'tkazilmoqda.
🔴#Live
#Direktorlar_kengashi
#Seminar_trening
#Samarqand_viloyati

🔗Samarqand viloyatidagi Prezident maktabida “Liderlik mahoratini rivojlantirish” mavzusida seminar trening o‘tkazilmoqda.

⚡️Samarqand viloyatida maktab direktorlari uchun “Menejerlik mahoratini rivojlantirish” mavzusida seminar trening o‘tkazilmoqda.

❗️Seminar treningdan ko‘zlangan maqsad zamonaviy liderlarni kashf etish, ularning liderlik qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Paxtachi_tuman_IMI

📢Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Paxtachi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Samarqand viloyati agentlik tizimidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internat psixologlariga “Emotsional intellekt va unga ta’sir etuvchi omillar” mavzusida viloyat seminar-trening o‘tkazildi.
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Seminar_trening
#Biologiya

🧬 Bugun Samarqand shahridagi Prezident maktabida hududda joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarning bilologiya fani o'qituvchilari uchun "Yurakning tuzilishi" hamda "Katalaza fermenti" mavzularida seminar-treninglar bo'lib o'tmoqda.

📌Ushbu mashg'ulotlarni Samarqand shahridagi Prezident maktabi Bilologiya fani o’qituvchilari Prudence Ndungutse-Mubiri va Narimon Aliqulovlar olib bormoqda.

Telegram | Facebook