Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
882 subscribers
8.03K photos
857 videos
49 files
1.82K links
Download Telegram
#mening_birinch_kitobim
#taqdimot
#ijod_maktablari

IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARINING ILK KITOBLARI TAQDIMOTI OʻTKAZILDI

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari oʻquvchilarining "Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida chop etilgan birinchi kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Azamat Kamolov, Agentlikning mas’ul xodimlari, ijodkor o‘quvchilar, shoir-yozuvchilar, ota-onalar va talabalar ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 1-apreldagi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida ijod maktablari o‘quvchilarining ijodiy ishlarini doimiy chop etish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilab berilgan.

Mazkur hujjat ijrosi doirasida ijod maktablari o‘quvchilari Nigina Rustamboyevaning "Baxt gullari", Gulsevar Umrzoqovaning “Yomg‘ir”, Zulhayo Mingboyevaning "Istak", Nurdana Biysenbayevaning "Qo‘shiq ham gurrinler", Rohila Ro‘zimannopovaning "Barglar nidosi", Mohira Diniqulovaning "Yurakka maktub", Marjona Eshqulovaning "Iftixor", Odina Rustamjonovaning “Orzularim”, Muxlisaxon Haydarovaning "Moviy orzular" nomli kitoblari chop etildi.

Tadbirda mualliflarga birinchi kitoblari va qalam haqqi topshirildi. Xonandalar va ijod maktabi o‘quvchilarining badiiy chiqishlari namoyish qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube