Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
883 subscribers
8.03K photos
857 videos
49 files
1.82K links
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида Анқара шаҳрида Туркий давлатлар ташкилотининг фавқулодда саммити бўлиб ўтди.

Под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Анкаре состоялся чрезвычайный саммит Организации тюркских государств.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#TDT

📍 Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ga a’zo mamlakatlar ta’lim vazirlari yig’ilishi davom etmoqda.

❗️ Yig’ilish doirasida bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova:

✔️ Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev,
✔️ Ozarbayjon delegatsiyasi rahbari
Firudin Gurbanov,
✔️ Turkiya delegatsiyasi rahbari Nazif Yilmaz
bilan uchrashib, o‘zaro muzokaralar olib bordi.

Shuningdek, tadbir doirasida ta’lim vazirliklari mas’ul ishchi guruhlarining yig’ilishi ham bo’lib o’tdi.

✔️Unda TDT, O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ta’lim vazirliklari ishchi guruhlari tomonidan o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#TDT

⚡️ Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar ta’lim vazirlari VII yig’ilishi bo’lib o’tmoqda

Tadbirni kirish so’zi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi:

- Turkiy davlat tashkilotiga a'zo mamlakatlar o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar 2012-yildan buyon doimiy tarzda o‘tkazib kelinmoqda va katta ahamiyatga ega.

Zero, oldimizda turgan masalaga yechimlarni topish, mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish va turkiy olamning ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarish faqatgina hamkorlik orqali amalga oshadi.

Shubhasiz, Turkiy svilizatsiyaning yuksalishidagi asosiy yo‘nalish ham ilm-fandir. Bugungi yig‘ilish turkiy davlatlarning ta’lim sohasidagi hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonaman.

Shundan so‘ng, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev so’zga chiqib, O‘zbekistonda ta'limga katta e'tibor qaratilayotganini e'tirof etdi:

- Kecha Samarqandda joylashgan ta'lim muassasalarida ham bo'ldik. Ularning har biri bizda ulkan taassurot qoldirdi. Birgina Prezident maktablari g'oyasini alohida ta'kidlab o'tish joiz. O'tgan 4 yil davomida bu maktablar ko'rsatayotgan natijalar O'zbekiston ta'lim tizimining naqadar yuqori ko'rsatkichlar qayd etayotganligini ko'rsatib turibdi.
_____
❗️ Yig‘ilish doirasida ko'p tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga oid loyiha hamda tashabbuslar muhokama qilindi. Unda O'zbekiston tomoni:

✔️Maktabgacha ta'lim sohasida UNESCOning Toshkent deklaratsiyasi ijrosini hamjihatlikda amalga oshirish,
✔️ qardosh maktablar hamkorlik dasturini yanada rivojlantirish,
✔️ Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Xalqaro Al-Xorazmiy yosh matematiklar olimpiadasini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish bo'yicha takliflar kiritdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM