Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim
Muhtaram Vatandoshlar!
Til milliy o‘zlik timsoli, millatning g'ururi. O'zbek tili bizga ajdodlardan meros va mustaqil davlatchiligimizning timsolidir.
Zero, til borki, millat yashaydi, madaniyat rivoj topadi. Har bir millatning eng qiymatli xazinasi bu uning milliy tilidir.
Bugungi bayram butun Oʻzbekiston xalqiga muborak bo'lsin! Barchangizga sog‘lik-omonlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz.
Ona tilimiz hamisha mag‘rur yangrasin!
Hurmat bilan,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi

#ona_tilim_faxrim
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana oldidan "Til-ma'naviyat ko‘zgusi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy anjuman o‘tkazildi.
Tadbirda Andijon viloyati hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a'zolari, viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tizimidagi umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

📌 TANLOV
❇️Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami munosabati bilan " O'zbek tili -milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli" shiori ostida " O'zbek tili - qalbim tarjimoni" tanlovini e'lon qiladi.
♻️ Tanlov quyidagi shartlardan iborat:
1⃣ - shart. "O'zbek tili - qalbim tarjimoni " mavzusi aks etgan logotip yaratish;
2⃣ - shart . O'zbek tilining izohli lug'ati asosida audio hamda video dasturlar yaratish;
3⃣- shart.O'zbek tiliga rus,ingliz va boshqa tillardan tarjima qilingan asarlar ,ularning mualliflari ro'yxatini kompyuter grafikasidan foydalangan holda shakllantirish;
✅ Tanlovda Andijon viloyatidagi ijod,prezident hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning 8-11 sinf o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Shartlar bo'yicha ijodiy ishlar 18- oktabrga qadar qabul qilinadi.
Tanlov yakuni bo'yicha ijodiy ish g'oliblari 20- oktabr kuni bo'lib o'tadigan bayram tadbirida taqdirlanadilar.

ONA TILIM
Ishq dedilar, Toxir-Zuxra, Layli-Majnun,
Hamsasini o‘qidilar chiqarmay un,
Hali hamon izlanishda bo‘lib ochun,
Navoiyning dostonida yashirin tilim.
Podshoxligi bolalikdan qo‘lin tortdi,
Jangu-jadal ona yurtdan yo‘lin tortdi,
Boburi zor, musofirlik o‘lmin topdi,
Shox o‘g‘lini shoir qilgan yashin tilim.
Mashvarati ilm fanni qilgan targ‘ib,
Qilich qaxrin so‘zlab o‘tdi mag‘rib, mashriq,
Bor mehrini millat uchun tutmay darig‘,
Temurining tuzuklarin tuzgan tilim.
Behbudiyning ko‘zlariga to‘ldi isyon,
Avloniyning so‘zlariga to‘ldi isyon,
Fitratida millat yongan Fitrat bir yon,
Bitta o‘qda cho‘lponlari to‘zgan tilim.
Devonai Mashrab kuyib dorga yetdi,
Or talashgan o‘g‘lonlari zorga yetdi,
Ishoqlari, Usmonlari xorga yetdi,
Bedil aytgan bedillarda sarson tilim.
Mehrobdagi chayonlarga aldanganim,
Ko‘zi mudom ufq ortiga qadalganim,
Shimolidan janubiga qadar g‘anim,
Shoqollarni yer tishlatgan arslon tilim.
O‘tgan kunlar Zaynablarga zamon bo‘ldi,
Kumushlari Otabekka armon bo‘ldi,
Haq deganlar xoin bo‘ldi, yomon bo‘ldi,
Qodiriyning qoniga erk chaygan tilim.
Muhammadi uzr so‘rab qildi faryod,
So‘zga tashna xalqdan so‘zlar adabiyot,
Chin bo‘g‘ilgan yuraklarga berib hayot,
Sitamlardan o‘zligiga qaytgan tilim.
Ona tilim, sen borliqni anglatganim,
Ona tilim, ko‘ksimga erk qadatganim,
Zabonimda yangrasa ham boshqa tillar,
Sen ko‘nglimning, sen so‘zimning hayratlari.
Sen tiriksan, men tirikman borim mening!
Ona tilim, millat tili, orim mening!
✍ Guliruxsor Ummatova
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira.

Mustabidning zanjiriga boylangan sen,
Qancha yomgʻir, doʻlda qolib loylangan sen,
Bulbullarning xonishiga aylangan sen,
Navoiydan qolgan buyuk meros tilim.
Bugun jahon ayvonida eʼzoz tilim.
Dedilar-ki: "savodsizsan oʻz tiling yoʻq"
Sendan oldin yaralgan-ku "Devonu... turk".
"Oh" demadi yuragiga qadalsa oʻq,
Qadim turkiy bobolardan meros tilim.
Bugun jahon ayvonida eʼzoz tilim!
Til-bu asli maʼnaviyatning nonu tuzi,
Til-bu asli bir millatning yorugʻ yuzi,
Oʻz tilingdan ayro boʻlsang unut oʻzni.
Avloniyu Behbudiydan meros tilim,
Bugun jahon ayvonida eʼzoz tilim!
"Kecha-kunduz" koʻrdi qancha qaro tunlar,
Jozibasin koʻrsatganda "Oʻtgan kunlar",
Tomiringni choʻqib koʻrdi koʻr quzgʼunlar,
Choʻlpon, Fitrat, Qodiriydan meros tilim,
Bugun jahon ayvonida eʼzoz tilim!
Bosib oʻtding yorugʻ-qaro zamonlarni,
Yuragingdan yulib tashla tikonlarni,
Vaqti keldi endi gulgun davronlarni.
Men oʻzbekman, buyuk xalqdan meros tilim,
Bugun jahon ayvonida eʼzoz tilim!
✍Rohilaxon Roʻzimannopova Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 8-sinf oʻquvchisi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
⚡️O'ZBEK TILI BAYRAMIGA "5" KUN QOLDI❗️
🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida o'z ijodlari va taniqli shoirlarning o'zbek tili haqidagi she'rlaridan namunalar o'qishmoqda.
📚Quyida ijod maktabining o'qituvchisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Hamidova Shahloxon Bahodirjonovnaning o'z ijodidan o'zbek tiliga bag'ishlangan she'rini ijod maktabining o‘quvchilari tomonidan ifodali tarzda o'qiganini ko'rishingiz mumkin.

✍Shahlo Hamidova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Moziylarning quchoģida sen barhayot,
Sadolari yangroģimsan, ona tilim!
Ajdodlarim ash'orida mangu bayot,
Orim kabi ardoģimsan, ona tilim!
Sensiz mening sha'nim xarob, taqdirim gung,
Kimlar gòzal jozibangni qildi gurung,
Lablaringdan ketdi kulgu, ketmadi mung,
Yetmish yillik firoģimsan, ona tilim!
Sen Navoiy bitib ketgan doston eding,
Boyqarodan qolgan ģazal- bòston eding,
Uluģbekni olim qilgan osmon eding,
Shiroq tutgan mayoģimsan, ona tilim!
Chòlponimsan, Usmonimsan, Fitratimsan,
Forsiylarni lol aylagan fikratimsan,
Shoh Boburdan qolgan aziz dastxatimsan,
Kulib turgan qaroģimsan,ona tilim!
Sen borsanki, Abdullolar mangu uyģoq,
Va Muhammad Yusufingda shonli bayroq,
Quvonchimdan tillarimda shirin titroq,
Sònmas chashma buloģimsan, ona tilim!

⚡️O'ZBEK TILI BAYRAMIGA "4" KUN QOLDI❗️
🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida taniqli shoirlarning o'zbek tili haqidagi she'rlaridan namunalar o'qishmoqda.
✅ Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilar o'zbek tiliga bag'ishlangan she'rni ifodali tarzda o'qiganini ko'rishingiz mumkin.

⚡️O'ZBEK TILI BAYRAMIGA "3" KUN QOLDI❗️

✅ Ijod maktabi o'quvchilar tomonidan O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning "Ona tilim" she'rini ifodali tarzda o'qiganini ko'rishingiz mumkin.

⚡️O'ZBEK TILI BAYRAMIGA "2" KUN QOLDI❗️

✅ Ijod maktabi o'quvchilari O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Zikrilla Ne'matning " Aziz ona tilimsan" qasidasini ifodali tarzda o'qiganini ko'rishingiz mumkin.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Andijon viloyatidagi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining 8-11sinf o‘quvchilari o‘rtasida “O‘zbek tili -milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” shiori ostida “O‘zbek tili - qalbim tarjimoni” tanlovi o‘tkazildi.
O'tkazilgan tanlovda o‘quvchilar uchta yo‘nalish: “O‘zbek tili - qalbim tarjimoni”mavzusi aks etgan logotip yaratish, O‘zbek tilining izohli lug‘ati asosida audio hamda video dasturlar yaratish hamda O‘zbek tiliga rus,ingliz va boshqa tillardan tarjima qilingan asarlar, ularning mualliflari ro‘yxatini kompyuter grafikasidan foydalangan holda shakllantirish bo‘yicha bellashdilar.

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr O‘zbek tili bayrami munosabati bilan "O‘zbek tili - qalbim tarjimoni" mavzusida adabiy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
♻️Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sevara Shakirova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Xurshida Vahobjon qizi, ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatovalar ishtirok etib, mamlakatimizda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy o‘rni va ahamiyatiga bu qadar yuksak e’tibor qaratilayotgani bejiz emasligi, milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimiz, hech shubhasiz, beqiyos kuch-qudrat va ilhom manbai bo‘lib xizmat qilayotganligi haqida so‘z yuritdilar.
✅O‘tkazilgan kechada ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan ona tilimizni tarannum etuvchi kuy va qo‘shiqlar, she'riy hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi.
❇️Tadbir yakunida Andijon viloyatidagi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining 8-11sinf o‘quvchilari o‘rtasida “O‘zbek tili -milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” shiori ostida o‘tkazilgan “O‘zbek tili - qalbim tarjimoni” tanlovi g‘oliblari faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari
ONA TILIM
✍Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida taniqli shoirlarning o'zbek tili haqidagi she'rlaridan namunalar o'qishmoqda.
✅ Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilar o'zbek tiliga bag'ishlangan she'rni ifodali tarzda o'qiganini ko'rishingiz mumkin.
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida taniqli shoirlarning o'zbek tili haqidagi she'rlaridan namunalar o'qishmoqda.
✅ Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilar o'zbek tiliga bag'ishlangan she'rni ifodali tarzda o'qiganini ko'rishingiz mumkin.
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#ona_tilim_faxrim
#21_oktabr_Oʻzbek_tili_bayrami_kuni
Muhtaram Vatandoshlar!
Til milliy o‘zlik timsoli, millatning g'ururi. O'zbek tili bizga ajdodlardan meros va mustaqil davlatchiligimizning timsolidir.
Zero, til borki, millat yashaydi, madaniyat rivoj topadi. Har bir millatning eng qiymatli xazinasi bu uning milliy tilidir.
Bugungi bayram butun Oʻzbekiston xalqiga muborak bo'lsin! Barchangizga sog‘lik-omonlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz.
Ona tilimiz hamisha mag‘rur yangrasin!
Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi jamoasi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda 21-oktabr O‘zbek tili bayrami munosabati bilan "Ajdodlar merosi - o‘zligim tilim" mavzusida adabiy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
♻️Tadbirda pedagogika fanlari doktori, akademik Xolboy Ibrohimov, ijod maktabining direktori Shoxistaxon Nurmatovalar ishtirok etib, mamlakatimizda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy o‘rni va ahamiyatiga bu qadar yuksak e’tibor qaratilayotgani bejiz emasligi, milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimiz, hech shubhasiz, beqiyos kuch-qudrat va ilhom manbai bo‘lib xizmat qilayotganligi haqida so‘z yuritdilar.