Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
883 subscribers
8K photos
857 videos
49 files
1.82K links
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Germaniya
#ikkinchi_kun

🤩 Avval xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasida boʻlib turibdi.

Tashrifning ikkinchi kunida delegatsiya Bad Krozingen kardiologiya markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bad Krozingen kardiologiya markazi Germaniyaning yurak-qon tomir kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan nomdor tibbiyot muassasalaridan biri. Tibbiyot sohasida katta tajriba va bilimga ega bo‘lgan yuqori malakali shifokorlar, ilmiy tadqiqotchilarni o‘zida jamlagan markaz eng zamonaviy diagnostika, davolash va jarrohlik uskunalari bilan jihozlangan. Har yili markazda 15 ming bemor davolanadi, 1000 ga yaqin yurak jarrohligi amaliyoti o‘tkaziladi.

Agentlik direktori boshchiligidagi delegatsiya a’zolariga professor Alexander von Muhlen tomonidan markaz faoliyati haqida taqdimot o’tkazildi va davolanish maqsadida tashrif buyurgan bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirdi. Delegatsiya a’zolari Campus-tur davomida tibbiyot sohasidagi eng soʻnggi texnologiyalar orqali yurak jarrohlik amaliyoti jarayonini jonli kuzatish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Shundan soʻng, Frayburg universiteti faoliyati bilan tanishildi. Agentlik direktori Alisher Ubbiyev mazkur universitetning Nevrologik va neyrofiziologiya kasalxonasi Bosh ijrochi shifokori Jurgen Bardutzky bilan istiqboldagi rejalar boʻyicha muloqotda bo‘ldi.

Agentlik tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetining prorektorlari Baxtiyor Yoʻldoshov hamda Bahodir Ahmedov universitetida zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari, xalqaro ahamiyatga molik loyihalari va dasturlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, delegatsiya va Bad Krozingen kardiologiya markazi vakillari o‘rtasida tibbiy ta’lim yo‘nalishida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM