Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
886 subscribers
8.16K photos
862 videos
49 files
1.84K links
Download Telegram
#Bitiruvchilar_qurultoyi

⚡️ BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDI

Bugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi.

📍Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini hаr tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ulаr bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so’zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to’xtalib, bitiruvchilarga oq yo’l tiladi.

✔️Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

📆 Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#renessans_bunyodkorlari
#bitiruvchilar_qurultoyi

Toshkent shahrida "III-Renessans bunyodkorlari" shiori ostida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarining "Bitiruvchilar qurultoyi" bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining direktori Shoxistaxon Nurmatova hamda tengdoshlariga o‘z iste'dodi, bilimi va faolligi bilan namuna bo‘lib kelgan besh nafar bitiruvchilar ishtirok etdi.

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim