Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.11K subscribers
10.2K photos
974 videos
53 files
2.11K links
Download Telegram
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

Bayramingiz muborak bo'lsin, Vatan himoyachilari!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi
Sizlarni 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 30 yilligi bilan samimiy qutlaydi.

Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ta'minlash, mamlakatimiz tinchligini saqlash yo'lida amalga oshirayotgan ishlaringiz tahsinga sazovor.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni.

Sizda ulkan yurak, metin iroda,
Goh kòkda uchgaysiz, gohi sahroda.
Sarhadni qòriqlab yayov, piyoda,
Vatanning suyanch - el qòrģonlari,
Òzbekning pahlavon, ey òģlonlari!

Sergaksiz yoģiyni tutgan lochinim,
Qush tinsa tinar, lek sizda yòq tinim.
Siz-opam, singlimsiz, akamsiz, inim,
Sheryurak, burgutkòz dil dostonlari,
Òzbekning pahlavon, ey òģlonlari!

Siz Amir Temurdan sachragan uchqun,
Oringiz har nedan ortiqdir, ustun.
Tinch hayot aslida bayram siz uchun,
Tinchlik karvonining zòr sarbonlari,
Òzbekning pahlavon, ey òģlonlari!

Dunyo quchoģida mizģiydi olam,
Beshikda qiqirlar òģil- qiz- bolam.
Sadoqat kòksida ungan gul- lolam,
Siz borki, yurtimning tinch osmonlari,
Òzbekning pahlavon, ey òģlonlari.

Bu kun madhingizni baralla kuylay,
Sizga tongdan oppoq tilaklar tilay,
Bir kun xizmatingiz men òzim qilay,
Siz yayrang Vatanning shon- posbonlari,
Òzbekning pahlavon, mard òģlonlari!

Shahlo HAMIDOVA
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi, Oltinko‘l ixtisoslashtirilgan maktab targ‘ibotchisi.
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 dekabr kungi "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi F-92-sonli Farmoyishi ijrosi yuzasidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida Andijon shahridagi 7553 va 7255 harbiy qismlar hamkorligida sportning voleybоl turi bo‘yicha do‘stlik musobaqasi o‘tkazildi.

Ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova so‘z olib, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish, milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekanligi ta'kidlab, yig‘ilganlarni 14 yanvar" Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan muborakbod etdi.
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

POSBONLAR

Sizda orom qayda,
Sizda tin qayda.
Siz tóyib uxlagan bitta tun qayda.
El − yurt oromini asragan zotlar,
El mehri asrasin sizni har joyda!..

Sizni uchrataman tog'da, dalada,
Xizmatda hamisha − qorda, jalada.
Sizga sabot bersin, Sizga kuch bersin,
Buyuk zotlar ruhi shunday pallada...

Har kun oftob bilan sog' kórishib yuz,
Uydan omon chiqib, omon qaytingiz.
Rizqi ulug' bólsin, kóksi ulug' bólsin,
Xonadoningizu mamlakatingiz.

Yóllar ravon bólsin, yóllar oq bólsin,
Bahor maysalari kókchiroq bólsin.
Burchga sadoqatli ey fidoiylar,
Pokligingiz sizga kózmunchoq bólsin!..

Sizda orom qayda, sizga tin qayda,
Siz tóyib uxlagan bitta tun qayda.
El −yurt oromini asragan zotlar,
El mehri asrasin sizni har joyda.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

@itma_myim
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

Ey, vatan tinchligi, yurtning mardlari,
Siz-la tinch elimning keng sarhadlari.
G‘urur, or otiga mingan o‘g‘lonlar,
Xalqimning Najmiddin Kubro zotlari.
Bor bo‘ling,sog‘ bo‘ling, el posbonlari,
Sheryurak, bahodir, mard o‘glonlari.

Tongni tunga ulab mehnatga shaysiz,
O‘zingizdan tonib el deb yashaysiz.
Qishning qahratoni, yoz issig‘ida,
Inson tinchligi-chun qadam tashlaysiz.
Bor bo‘ling, jon bo‘lib, el posbonlari,
Sheryurak, bahodir mard o‘g‘lonlari.

Jonajon yurt uchun ko‘ksingiz qalqon,
Hatto tayyordursiz bergulikka jon.
Gul-u bo‘stonimga xizmat qilay deb,
Bir bora ont ichgan haqiqiy o‘g‘lon.
Zor bo‘lmang, xor bo‘lmang, el posbonlari,
Dovyurak, bahodir mard o‘g‘lonlari.

Yurtingiz yot elda xor-zor bo‘lmagay,
O‘zgalar oldida boshin egmagay.
Ona duosidan yaralgan quyosh,
Lochin bor qoyaga, quzg‘un qo‘nmagay.
Yurtga tumor bo‘ling, el posbonlari,
Devyurak, bahodir mard o‘g‘lonlari.

Rahmatullayeva Odina
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

Yurt posbonlari

Shukurkim, yurtim tinch, xalqim mustahkam,
Qo'riqlaydi doim mard posbonlari.
Qo'rg'onlari butun, gard yuqtirmas hech,
Sarhadini tutgan alp o'g'lonlari.

Siz Shiroq avlodi, Temur zurriyodi,
Bobolari buyuk yurt farzandisiz.
Najmiddin Kubroga lol qolgan jahon,
Vataniga sodiq xalq dilbandisiz.

Siz o'zbeksiz, beklarga xos xislatinggiz,
Alpomishlar davomchisi, pahlavonlar.
Jaloliddin ruhi qo'llaydi sizni,
Xalq duosi asragaydir ey, o'g'lonlar.

Sizda mujassamdir tinchlik timsoli,
Ulug' karvon yo'lboshchisi, sarbondirsiz.
Sizda aks etgandir yurtim iqboli,
Vataniga tirgak bo'lgan qalqondirsiz.

Irodanggiz metindir, tog'day kuchinggiz,
Tun-u-kun mehnatdan hech tinmagaysiz.
O'zbekning faxrisiz, nomus, g'ururi,
Yurt ishonchin iymon kabi oqlagaysiz.

Yurtboshimiz suyangaydir siz mardlarga,
Yov kelsa gar kurashasiz kechib jondan.
Elinggizni bermagaysiz dushmanlarga,
Yurt bayrog'in ko'targaysiz har bir jangda.

Bugun barcha tilaklar sizga atalgan,
Hamisha sog' bo'linggiz xalq posbonlari.
Ishinggizda rivoj, zafarlar bo'lsin,
Bayraminggiz muborak yurt o‘g‘lonlari!

Gulbadanbegim ALIQULOVA
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi

@itma_myim
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

Bayramingiz muborak bo'lsin, Vatan himoyachilari!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi jamoasi
Vatanimiz himoyasi va rivojida turli xil kasblarda xizmat ko‘rsatayotgan O‘zbekiston o‘g‘lonlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaydi.

Mamlakatimiz tinchligini saqlash yo'lida amalga oshirayotgan fidokorona xizmatlaringizda muvaffaqiyat hamisha yor bo’lsin!

Sizlarga sog’lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

Ey, vatan tinchligi, yurtning mardlari,
Siz-la tinch elimning keng sarhadlari.
G‘urur, or otiga mingan o‘g‘lonlar,
Xalqimning Najmiddin Kubro zotlari.
Bor bo‘ling,sog‘ bo‘ling, el posbonlari,
Sheryurak, bahodir, mard o‘glonlari.

Tongni tunga ulab mehnatga shaysiz,
O‘zingizdan tonib el deb yashaysiz.
Qishning qahratoni, yoz issig‘ida,
Inson tinchligi-chun qadam tashlaysiz.
Bor bo‘ling, jon bo‘lib, el posbonlari,
Sheryurak, bahodir mard o‘g‘lonlari.

Jonajon yurt uchun ko‘ksingiz qalqon,
Hatto tayyordursiz bergulikka jon.
Gul-u bo‘stonimga xizmat qilay deb,
Bir bora ont ichgan haqiqiy o‘g‘lon.
Zor bo‘lmang, xor bo‘lmang, el posbonlari,
Dovyurak, bahodir mard o‘g‘lonlari.

Yurtingiz yot elda xor-zor bo‘lmagay,
O‘zgalar oldida boshin egmagay.
Ona duosidan yaralgan quyosh,
Lochin bor qoyaga, quzg‘un qo‘nmagay.
Yurtga tumor bo‘ling, el posbonlari,
Devyurak, bahodir mard o‘g‘lonlari.

Rahmatullayeva Odina
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

UCH AVLOD UCHRASHUVI

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Milliy armiya Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir" shiori ostida Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar sohasida samarali mehnat qilib iste’foga chiqqan hodimlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Davlat Xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining Xonobod shahridagi 9260 hamda Ichki Ishlar Vazirligi Qorovul qo‘shinlariga qarashli Andijon shahridagi 7553-harbiy qismlarda xizmat vazifasini o‘tayotgan ofitser va serjantlar, soha faxriylari hamda ijod maktabi o‘quvchilari ishtirok etdi.

Faxriylar yosh xodimlar va o‘quvchilarga o‘zlarining mehnat faoliyati bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar berib, yoshlarni Vatanga muhabbat, kasbga sadoqatli bo‘lishga chorlovchi o‘gitlarini berib o‘tishdi.

Tadbir davomida ijod maktabi tomonidan mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning boy tajribasi yoshlarni vatanparvarlik ruhida kamol topishida beqiyos ekanligi taʼkidlandi.

Uch avlod uchrashuvida yosh isteʼdod sohiblari ham taklif etilganligi, ularning sahnadagi ko‘rgazmali chiqishlari barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi. Vatanni madh etuvchi she'r va kuylar o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida mard va jasurlik xislarini uyg‘otdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting

👉@ima_myim
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Milliy armiya Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir" mavzusida o‘tkazilgan uch avlod uchrashuvi

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Milliy armiya Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir" mavzusida o‘tkazilgan uch avlod uchrashuvi

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

HARBIY QISMDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI

Mudofaa vazirlligi harbiy xizmatchilari yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida kamol topishlarida o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Buni ertamiz egalarining harbiy qismlarga tashrifi misolida ham ko’rishimiz mumkin.

Sharqiy harbiy okrugga qarashli Andijon shahrida joylashgan 14014-harbiy qismda tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni”da Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o’quvchi yoshlari harbiy qismda yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan tanishib chiqdilar.

Harbiy qism saf maydonida yoyilgan turli o’quv nuqtalarida texnika, qurol-yaroq va jihozlar namoyishi bo’lib o’tdi. Aslahalar haqida berilgan ma’lumotlarni qunt bilan tinglayotgan yoshlar dilidagi yurt himoyachisi bo’lish istagi yanada ortgani shubhasiz.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

Shahlo Hamidova
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi


🎙Rohila Ro‘zimannopova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

EL HIMOYАCHILARIGA

Bizni qoʻriqlaysiz, asraysiz bizni,
Tinchimaysiz, elim yashasin deb tinch.
Bedoru beorom tunlaringizni,
Tavof aylar bizning mehr va sogʻinch.

Jangovor onlarda oʻzni unutib,
Purviqor egalik haddin bilasiz.
Balolar kelsami koʻksingiz tutib,
Bizga osudalik hadya qilasiz.

Yogʻiy koʻringanda shersiz jonfido,
Sizga begonadur qoʻrqoq tuygʻular.
Vatan darvozasin chertolmay xatto
Ortga qaytmogʻi rost hamma qaygʻular.

Sizday posboni bor qoʻrgʻon mustahkam,
Nayranglar yiqilib oʻlar poyida.
Yov tugul, uning bir xashorati ham,
Dov topolmay qotib qolar joyida.

Bizni qoʻriqlaysiz, asraysiz bizni,
Sizni suyib turar dahlsiz sarxad.
Bedoru beorom tunlaringizni,
Tavof aylar bizning mehru muhabbat.

Zamira Roʻziyeva
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

Aziz vatandoshlar!
Mard va jasur yurtimiz posbonlari, hurmatli ustoz-murabbiylar hamda dovyurak yoshlar!

Sizlarni, Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yangi O‘zbekistonimizning ravnaqi, sarhadlarimiz dahlsizligi yo‘lida ko‘rsatayotgan mislsiz xizmatlaringizni doimo qadrlaymiz.

Sizlarga sihat salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ish va o‘qishlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin deymiz. Munavvar va saodatli kunlarimizga koʻz tegmasin!

Shohistaxon NURMATOVA
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

POSBONLAR

Sizda orom qayda,
Sizda tin qayda.
Siz tóyib uxlagan bitta tun qayda.
El − yurt oromini asragan zotlar,
El mehri asrasin sizni har joyda!..

Sizni uchrataman tog'da, dalada,
Xizmatda hamisha − qorda, jalada.
Sizga sabot bersin, Sizga kuch bersin,
Buyuk zotlar ruhi shunday pallada...

Har kun oftob bilan sog' kórishib yuz,
Uydan omon chiqib, omon qaytingiz.
Rizqi ulug' bólsin, kóksi ulug' bólsin,
Xonadoningizu mamlakatingiz.

Yóllar ravon bólsin, yóllar oq bólsin,
Bahor maysalari kókchiroq bólsin.
Burchga sadoqatli ey fidoiylar,
Pokligingiz sizga kózmunchoq bólsin!..

Sizda orom qayda, sizga tin qayda,
Siz tóyib uxlagan bitta tun qayda.
El −yurt oromini asragan zotlar,
El mehri asrasin sizni har joyda.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligini hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ertalabki saflanish bo‘lib o‘tdi.

Sana munosabati bilan ijodkor qizlar ishtirokida badiiy chiqishlar tashkil etildi. Maktab psixologi tomonidan qiziqarli treninglar o‘tkazildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

Qadrli ustoz-murabbiylar, aziz o‘quvchilar!

Sizni va siz orqali oilangizdagi Vatanimiz qoʼrgʼonlarini mamlakatimiz hayotidagi muhim sana – Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Xalqimiz sizlar kabi mard va jasur oʼgʼlonlarimiz timsolida Vatanni himoya qilishdek dunyodagi eng ulugʼ ishni sharaf bilan ado etishingizni, Jaloliddin Manguberdi, Аmir Temur, Bobur Mirzo singari buyuk ajdodlarimizning shonli anʼanalarini munosib davomchisi hamda ona yurtimizning chinakam qalqonlarini boʼlishingizni tilab qolaman.

Barchangizga sihat-salomatlik, ishda va oʼqishda, shaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar yor boʼlsin.

Hurmat bilan,
Shohistaxon NURMATOVA
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori
#14_yanvar

YURT O‘G‘LONLARI

Sizda ulkan yurak, metin iroda,
Goh ko‘kda uchgaysiz, gohi sahroda.
Sarhadni qo‘riqlab yayov, piyoda,
Vatanning suyanch - el qo‘rg‘onlari,
O‘zbekning pahlavon, ey o‘g‘lonlari!

Sergaksiz yog‘iyni tutgan lochinim,
Qush tinsa tinar, lek sizda yo‘q tinim.
Siz-opam, singlimsiz, akamsiz, inim,
Sheryurak, burgutko‘z dil dostonlari,
O‘zbekning pahlavon, ey o‘g‘lonlari!

Siz Amir Temurdan sachragan uchqun,
Oringiz har nedan ortiqdir, ustun.
Tinch hayot aslida bayram siz uchun,
Tinchlik karvonining zo‘r sarbonlari,
O‘zbekning pahlavon, ey o‘g‘lonlari!

Dunyo quchog‘ida mizg‘iydi olam,
Beshikda qiqirlar o‘g‘il, qiz-bolam.
Sadoqat ko‘ksida ungan gul-lolam,
Siz borki, yurtimning tinch osmonlari,
O‘zbekning pahlavon, ey o‘g‘lonlari.

Bu kun madhingizni baralla kuylay,
Sizga tongdan oppoq tilaklar tilay,
Bir kun xizmatingiz men o‘zim qilay,
Siz yayrang Vatanning shon-posbonlari,
O‘zbekning pahlavon, mard o‘g‘lonlari!

Shahlo HAMIDOVA
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.

👉@ima_myim
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

IJOD MAKTABI O‘QUVCHILARI HARBIY QISMDA

Mudofaa vazirlligi harbiy xizmatchilari yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida kamol topishlarida o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Buni ertamiz egalarining harbiy qismlarga tashrifi misolida ham ko’rishimiz mumkin.

Sharqiy harbiy okrugga qarashli Andijon shahrida joylashgan 14014-harbiy qismda tashkil etilgan "Ma'naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni" munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o’quvchi yoshlari harbiy qismda yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan tanishib chiqdilar.

Harbiy qism saf maydonida yoyilgan turli o’quv nuqtalarida texnika, qurol-yaroq va jihozlar namoyishi bo’lib o’tdi. Aslahalar haqida berilgan ma’lumotlarni qunt bilan tinglayotgan yoshlar dilidagi yurt himoyachisi bo’lish istagi yanada ortgani shubhasiz.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim