Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#xalqaro_hamkorlik
IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI HAMDA COGNIA XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI OʻRTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Cognia xalqaro ta’lim tashkiloti hozirda 80 ga yaqin mamlakatda 25 milliondan oshiq o‘quvchi va 1 milliondan ortiq o‘qituvchilarni qamrab olgan bo‘lib, 36 000 dan ortiq ta’lim muassasalariga xizmat ko‘rsatadi.
Xususan, ushbu tashkilot maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, sertifikatlashtirish, baholash, tadqiqotlar olib borish, taʼlim sifatini oshirish, sifatli ta’lim resurslari bilan ta’minlash, o‘qituvchilar uchun onlayn platforma hamda offlayn tarzda kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish bo‘yicha yuqori sifatli professional xizmatlar taqdim etib kelmoqda.
Mazkur Xalqaro taʼlim tashkiloti bilan Agentlik o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini o‘rganish va takomillashtirishda, maktablarda ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqishda hamkorlik yo‘lga qoʻyiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni
Ey, vatan tinchligi, yurtning mardlari,
Siz-la tinch elimning keng sarhadlari.
G‘urur, or otiga mingan o‘g‘lonlar,
Xalqimning Najmiddin Kubro zotlari.
Bor bo‘ling,sog‘ bo‘ling, el posbonlari,
Sheryurak, bahodir, mard o‘glonlari.
Tongni tunga ulab mehnatga shaysiz,
O‘zingizdan tonib el deb yashaysiz.
Qishning qahratoni, yoz issig‘ida,
Inson tinchligi-chun qadam tashlaysiz.
Bor bo‘ling, jon bo‘lib, el posbonlari,
Sheryurak, bahodir mard o‘g‘lonlari.
Jonajon yurt uchun ko‘ksingiz qalqon,
Hatto tayyordursiz bergulikka jon.
Gul-u bo‘stonimga xizmat qilay deb,
Bir bora ont ichgan haqiqiy o‘g‘lon.
Zor bo‘lmang, xor bo‘lmang, el posbonlari,
Dovyurak, bahodir mard o‘g‘lonlari.
Yurtingiz yot elda xor-zor bo‘lmagay,
O‘zgalar oldida boshin egmagay.
Ona duosidan yaralgan quyosh,
Lochin bor qoyaga, quzg‘un qo‘nmagay.
Yurtga tumor bo‘ling, el posbonlari,
Devyurak, bahodir mard o‘g‘lonlari.
✍Rahmatullayeva Odina
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi

Forwarded from O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
E’LON
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi yoshlar o’rtasida “Posboniman muqaddas yurtning” she’rlar va hikoyalar tanlovini e’lon qiladi. Tanlov harbiy xizmatchilar o’rtasida vatanparvarlikni yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Ijodiy ishlar 2024-yilning 3-yanvaridan 11-yanvarigacha @Posboniman2024 telegram manzili orqali qabul qilinadi. Tanlovga 5 tagacha she’r, 5 betdan 15 betgacha bo’lgan 1 hikoya yuborish mumkin. Avvalgi besh yilda ushbu tanlovda g’olib bo’lgan yozuvchi-shoirlardan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi.
Qo’shimcha ma’lumot uchun telefon raqami: 71-231-23-46, 94-410-80-17

#yoshlar_turizmi_haftaligi
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari qishki taʼtilni maroqli oʻtkazishdi.
Oʻquvchilar "Yoshlar turizmi haftaligi" doirasida respublikamizning diqqatga sazovor joylari, madaniy meros obyektlari, muzeylar, teatr va kinoteatrlarga ustozlari bilan birga sayohat qilishdi.

#onlayn_vebinar
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi Ijod maktablarning pedagog xodimlari uchun onlayn vebinar o‘tkaziladi.
Mazkur vebinar pedagog xodimlarga ta’limda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, o‘quvchi psixologiyasi va darsda ijobiy muhit yaratish, ularning pedagogik mahoratini oshirish hamda loyihaga asoslangan ta’limni tashkil etish bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish va kasbiy rivojlanishga qaratildi.
Ma’lumot uchun, onlayn vebinar joriy yilning 8-9-10-yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi.

UCH AVLOD UCHRASHUVI
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Milliy armiya Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir" shiori ostida Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar sohasida samarali mehnat qilib iste’foga chiqqan hodimlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Davlat Xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining Xonobod shahridagi 9260 hamda Ichki Ishlar Vazirligi Qorovul qo‘shinlariga qarashli Andijon shahridagi 7553-harbiy qismlarda xizmat vazifasini o‘tayotgan ofitser va serjantlar, soha faxriylari hamda ijod maktabi o‘quvchilari ishtirok etdi.
Faxriylar yosh xodimlar va o‘quvchilarga o‘zlarining mehnat faoliyati bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar berib, yoshlarni Vatanga muhabbat, kasbga sadoqatli bo‘lishga chorlovchi o‘gitlarini berib o‘tishdi.
Tadbir davomida ijod maktabi tomonidan mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning boy tajribasi yoshlarni vatanparvarlik ruhida kamol topishida beqiyos ekanligi taʼkidlandi.
Uch avlod uchrashuvida yosh isteʼdod sohiblari ham taklif etilganligi, ularning sahnadagi ko‘rgazmali chiqishlari barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi. Vatanni madh etuvchi she'r va kuylar o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida mard va jasurlik xislarini uyg‘otdi.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati
👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim