Tarixingdir ming asrlar
ichra pinxon OʻZBEGIM
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi hamda Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan “O‘zbegim” ko‘rsatuvining navbatdagi soni O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligiga bag‘ishlandi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, taniqli shoir Bahodir Iso boshchiligidagi ko‘rsatuv ishtirokchilari, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijodkor o‘quvchilari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida bo‘lishib, maktabining o‘quvchilar bilan suhbat, mushoira tashkillandi, so‘ngra Muhammad Yusuf yashab o‘tgan xonadonida bo‘ldilar.
O'lsa o'zi o'lar,
So'zi o'lmaydi,
Hamisha barhayot nasl shoirlar.
Haqiqiy shoirning qabri bo'lmaydi,
Yurakka ko'milar asl shoirlar.

DARYO
Bahodir ISOga
Daryo qo‘ygan edim bolam ismini,
U daryoga cho‘kib ketdi bir kuni...
Ajdar bo‘lib suvlar yutdi jismini,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.
Bilganimda qo‘ymasdim hech yelkamdan,
Tovonchasi endi yerga tekkanda —
Soyning toshi bolish bo‘ldi erkamga,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.
Qo‘lchalarin silkitib u bemajol,
Yig‘lab-yig‘lab oqib ketdi ehtimol,
Qirg‘oqqa zor boqib ketdi ehtimol,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.
Qonxo‘r daryo qaro qildi kunduzim,
Ko‘zim nuri o‘sha edi, yolg‘izim,
Bu dunyoda qolmadi endi izim,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.
Ot qo‘yganda nechun ko‘nglim sezmadi:
Ismi bilan ekan inson qismati!..
O‘z bolam-ku o‘z bag‘rimda o‘smadi,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.
O‘g‘lim desam o‘rtanadi vujudim,
Suvni ko‘rsam seskanadi vujudim!..
Qum ustida qoldi mening umidim,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.
Daryo qo‘ygan edim bolam ismini.
✍ Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
Bahodir ISOga
Daryo qo‘ygan edim bolam ismini,
U daryoga cho‘kib ketdi bir kuni...
Ajdar bo‘lib suvlar yutdi jismini,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.
Bilganimda qo‘ymasdim hech yelkamdan,
Tovonchasi endi yerga tekkanda —
Soyning toshi bolish bo‘ldi erkamga,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.
Qo‘lchalarin silkitib u bemajol,
Yig‘lab-yig‘lab oqib ketdi ehtimol,
Qirg‘oqqa zor boqib ketdi ehtimol,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.
Qonxo‘r daryo qaro qildi kunduzim,
Ko‘zim nuri o‘sha edi, yolg‘izim,
Bu dunyoda qolmadi endi izim,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.
Ot qo‘yganda nechun ko‘nglim sezmadi:
Ismi bilan ekan inson qismati!..
O‘z bolam-ku o‘z bag‘rimda o‘smadi,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.
O‘g‘lim desam o‘rtanadi vujudim,
Suvni ko‘rsam seskanadi vujudim!..
Qum ustida qoldi mening umidim,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.
Daryo qo‘ygan edim bolam ismini.
✍ Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
Forwarded from Hilola Umarova
#Tabriknoma
Hurmatli yurtdoshlar,
Aziz o‘qituvchilar, ta’lim sohasi fidoyilari!
Avvalo, barchangizni mehr-oqibat va ezgulik ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman hamda o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildiraman.
Barchamiz shu kunlarda Ramazon hayiti ayyomini katta xursandchilik bilan o‘tkazmoqdamiz. Cheksiz shukronalik bilan dildagi yaxshi niyatlarimizning amalga oshishini Yaratgandan so‘rab, yurtimiz ravnaqi va farzandlarimiz baxtu kamoli uchun bir-birimizga ezgu tilaklar bildiryapmiz.
O‘tgan Ramazon oyi bir-birimizga mehr va e’tibor ko‘rsatish, beg‘araz yordam berish, yaxshilik, sabru qanoat kabi ezgu fazilatlari bilan ham qadrlidir.
Qadrli ustozlar hamda jonkuyar hamkasblar!
Barchangizni yana bir bor Ramazon hayiti ayyomi bilan qutlagan holda, ona yurtimizga tinchlik, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka va xotirjamlik tilab qolaman.

Forwarded from Ijod bog‘idan guldasta (M. Nurmatov E. Vohidov maktabi)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma
Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni muborak ayyom — Ramazon hayiti bilan chin qalbdan samimiy tabriklaymiz.
Niyati pok, maqsadlari ulug‘ yurtdoshlarimizning shunday qutlug‘ ayyomda qilayotgan barcha ezgu tilaklarining ijobatini tilaymiz.
Xonadonlaringizni fayz-u baraka va osoyishtalik aslo tark etmasin! Ramazon hayiti muborak bo'lsin!
Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi jamoasi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

SHOIR SEVGISI
Tanimayman deysiz,
Bilmayman deysiz.
Yorijon, nozmi bu,
Shoʻxliklaringiz?...
Meni tanir hatto,
Kipriklarimgiz,
Siz esa shoirni
Sevmayman deysiz.
Koʻrib- koʻrmaslikka
Olmoqlar oson.
Sizku koʻrsangiz ham
Olmaysizu tan,
Meni tanib, hatto
Har kun koʻchamdan,
Sochingiz qoʻl silkib
Oʻtar yorijon.
Bilaman taxminan
Shunday oʻylaysiz:
Shoirlar-devona,
Tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi
Oʻtkinchi deysiz,
Shoirlar odamdek
Sevolmaydilar.
Yona-yona bir kun
Koʻyingizda men,
Ado boʻladirgʻon
Qulga oʻxshayman.
Eng goʻzal she'rimni
Toʻyingizda men,
Poyingizga gulxan
Qilib toʻshayman.
Qoʻrqmang.
Yangrar qoʻshiq.
Tugamas oʻyin.
Koʻrganlar sizdan koʻz
Uzolmaydilar.
Shoirlar buzolmas
Birovning toʻyin,
Birovning uyini
Buzolmaydilar.....
Muhammad Yusuf.
O‘zbekiston xalq shoiri
Tanimayman deysiz,
Bilmayman deysiz.
Yorijon, nozmi bu,
Shoʻxliklaringiz?...
Meni tanir hatto,
Kipriklarimgiz,
Siz esa shoirni
Sevmayman deysiz.
Koʻrib- koʻrmaslikka
Olmoqlar oson.
Sizku koʻrsangiz ham
Olmaysizu tan,
Meni tanib, hatto
Har kun koʻchamdan,
Sochingiz qoʻl silkib
Oʻtar yorijon.
Bilaman taxminan
Shunday oʻylaysiz:
Shoirlar-devona,
Tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi
Oʻtkinchi deysiz,
Shoirlar odamdek
Sevolmaydilar.
Yona-yona bir kun
Koʻyingizda men,
Ado boʻladirgʻon
Qulga oʻxshayman.
Eng goʻzal she'rimni
Toʻyingizda men,
Poyingizga gulxan
Qilib toʻshayman.
Qoʻrqmang.
Yangrar qoʻshiq.
Tugamas oʻyin.
Koʻrganlar sizdan koʻz
Uzolmaydilar.
Shoirlar buzolmas
Birovning toʻyin,
Birovning uyini
Buzolmaydilar.....
Muhammad Yusuf.
O‘zbekiston xalq shoiri
Êèçãàëäîãèì
Ìóõðèääèí Õîëèêîâ
Qizg’aldog’im, qirdan bo’lak koshonang yo’q,
Kokil yoysang, yerdan bo’lak toshoynang yo’q,
O’ksib-o’ksib turganingda o’zim borib,
Peshonangdan o’pay desam, peshonang yo’q.
O’ksib-o’ksib turganingda o’zim borib,
Peshonangdan o’pay desam, peshonang yo’q.
Qizg’aldog’im, qizg’aldog’im, qizg’aldog’im.
Sen yig’lasang, boshing silab, yomg’ir yog’ar,
Sening uchun ko’kda chaqmoq bulut sog’ar,
Hech kimsaga ishonmaydi seni bahor,
Begoyimsan, ammo beging, hamxonang yo’q.
Hech kimsaga ishonmaydi seni bahor,
Begoyimsan, ammo beging, hamxonang yo’q.
Qizg’aldog’im, qizg’aldog’im, qizg’aldog’im.
Yoningga men borolmasam, kech gunohim,
Bir yo’qlab qo’y, men dunyodan o’tgan chog’im, (x2)
Qabrim uzra hilpirab tur, qizg’aldog’im,
Muhammaddan bo’lak do’sti devonang yo’q.
Qabrim uzra hilpirab tur, qizg’aldog’im,
Muhammaddan bo’lak do’sting devonang yo’q.
Qizg’aldog’im, qizg’aldog’im, qizg’aldog’im,
Qizg’aldog’im, qizg’aldog’im, qizg’aldog’im.
✍ Мухаммад Юсуф

U odamlarni esini ogdirgan, oylatgan, kuldirgan, topgan-tutganini odamlar ustidan sochgan sahiylik timsoli edi.
Muhammad hammani oziga dost deb bilar edi. Hech kimni begona qilmasdi. Qolida borini dostlariga tarqatmaguncha, chontagi boshab qolmaguncha kongli tolmasdi.
Muhammad Yusuf tez ogizga tushdi. Birorta shoir uningdek tez nom chiqarmagan, nomdor bolmagan. Ochigini aytsam, Muhammadga koz tegdi. Aslini olganda asl shoirlar uzoq yashamaydilar. Ammo ortidan abadiy yashaydigan meros qoldirib ketadilar. U mana shunday olmas meros qoldirdi.
Muhammad she’r muhlislarining yuragini ortab ketdi. Endi shoirning ozi yoq. Ammo Muhammad Yusuf deb atalmish She’riyat bor. Bu she’riyat aslo zavol bilmaydi.
✍SAID AHMAD
O`zbekiston Qahramoni, xalq yozuvchisi.
2001 yil.

Forwarded from Yozuvchilar Uyushmasi Andijon Bo‘limi
Таклифнома
Ҳурматли ижодкорлар ва адабиёт мухлислари!
Андижон вилояти ҳокимлиги, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси вилоят бўлими, мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси, олий ўқув юртлари, Муҳаммад Юсуф номидаги ижод мактаби ҳамкорлигида 2023 йил 26 апрель куни соат 08:00 да Андижон шаҳридаги Муҳаммад Юсуф номидаги хиёбонда Ўзбекистон халқ шоири Муҳаммад Юсуф таваллудининг 69 йиллиги муносабати билан “Улуғимсан, Ватаним” деб номланган адабий-бадиий кеча бўлиб ўтади.
Барчангизни ушбу тадбирга таклиф этамиз.
Манзил: Андижон шаҳар, Амир Темур кўчаси. Муҳаммад Юсуф номидаги ижод мактаби олди.
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Андижон вилояти бўлими.

#Tong_yulduzi
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining ijod namunalari "Tong yulduzi" gazetasining 2023 yil 24 aprel kungi 17-sonida chop etildi.
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining ijod namunalari "Tong yulduzi" gazetasining 2023 yil 24 aprel kungi 17-sonida chop etildi.
ЮРТИМ
Муҳаммад Юсуф хотирасига
Кун қорайди айни ёзнинг чилласи...
Чирт узилди Ватаннинг бир парчаси,
Кўзин юмди шоирларнинг эркаси.
У бош қўйган тупроқ энди муаззам –
Мингтепанинг минг биринчи тепаси.
Бу макондан таралар ялпиз иси,
Чечаклар барг тўкмай турар кузгача.
Қумри сайрар, борлиқда булбул саси,
Хазоннинг ҳам туси бунда ўзгача.
Умрин тикди сўздан битта сўзгача...
Булут райҳон экиб кетар сўқмоққа,
Буғдой сепар Улуғ тоғнинг лоласи.
Билмам не деб таъриф айтай тупроққа,
Жони қақшаб, тинмас кўзда жоласи,
Қучоғига келиб ётди боласи...
Мингтепанинг минг биринчи тепаси,
Тегиб кетманг, тўкилмасин нолалар.
Тупроқ – она, Ватан эди отаси,
Шоир бунда янги шеърин қоралар,
Бир қўшиқки, юракларни поралар...
Болангдирман, ташна тоғу сойингга,
Билмам қайда қўним топар ҳалак жон.
Бир кун тиниб, бош урганда пойингга,
Қучоғингга оласанми, Андижон...
Сен мен билан қоласанми, Андижон...
✍Мунаввара Усмонова
Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими, шоира