Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
887 subscribers
8.1K photos
859 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
QAYDA BOR

Yomg'ir yog'ar shitirlab,
Nurmi, ipak tolalar.
Bahor kelsa qiqirlab,
Qirga chiqar lolalar.
Lolalar har joyda bor,
Bizda bori qayda bor...

Ko'kni bulut o'raydi
Yerni yomg'ir allalar.
Rayxon hidin taraydi,
Donga intiq dalalar
Dalalar xar joyda bor 
Bizda bori qayda bor...

Saman yurg'a yer chizib
Toshda omoch sirg'alar
Oqar oyni oqizib,
Jildir-jildir jilg'alar.
Jilg'alar xar joyda bor
Bizda bori qayda bor...

Qalbga taskin izlasang
Turg'un cholni so'ragin
"Tanovar"ni tinglasang
Sel bo'ladi yuraging
Navolar xar joyda bor
Bizda bori qayda bor...

Ko'ringanni duolar,
Qilar bizda momolar
G'animga ham omonlik
Tilar bizda momolar
Momolar har joyda bor 
Bizda bori qayda bor...

Bizning bo'ston qayda bor
Shoximardon qayda bor
So'lim Surxon qayda bor
Samarqandnon qayda bor-a,
O'zbekiston qayda bor?!

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
Lolaqizg‘aldoq
 
Yuragim bir nima deyapti tinmay, 
Balki o‘ksiyapti hayotdan har choq. 
Men esa qalbimga hech parvo qilmay, 
Sen bilan ovora lolaqizg‘aldoq. 
 
Yaprog‘ing belanchak uxlaydi shudring, 
Erkalab, allalab qilasan ardoq. 
Sen bilan bo‘lsamu ko‘tarsam ko‘ngling, 
Ilhomim parisi lolaqizg‘aldoq. 
 
Shoir Muhammmadni o‘ylab har kuni, 
Ko‘z yoshlaring daryo qilasan oh-voh. 
Usiz yo‘qotgansan umring mazmuni, 
Sevgi bayrog‘isan lolaqizg‘aldoq. 
 
Ketdi endi deya kuyinma har on, 
Yutmasin seni ham shu qaro tuproq. 
Erka bir qizingning qalbida hamon, 
O‘chmagay toabad lolaqizg‘aldoq.

Gulchiroy Davronbekova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi
Audio
MUXAMMAD YUSUF
🎙SHAXRIYOR EGAMOV
📝ONAM YIGLAR
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf
#69_yil

Shahnoza Soliyeva
Xo‘jaobod tumani 12-umumiy o‘rta ta'lim maktabi ijodiy madaniy masalalari bo‘yicha targ‘ibotchisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mahorat_darsi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida navbatdagi ochiq darslar tashkil etildi.

❇️O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ochiq dars mashg‘ulotlarini zamonaviy va loyihaga asoslangan ta'lim texnologiyalari asosida ijod maktabining ona tili va adabiyoti fan o‘qituvchisi Dilfuzaxon O‘rmonova olib bordi.
#amaliy_mashg‘ulotlar
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida halqaro va milliy sertifikatlarga tayyorgarlik yuzasidan mashg‘ulotlar o‘tkazildi
#Muhammad_Yusuf
#69_yil

***

Hayollar og’ushi,
Umr davomi.
Lolasiz burkandi,
Kuz hazoniga.
Dilda ming o’kinish,
Hasratlar bilan.
Qalam tebratdi shoir –
Qizg’aldog’iga.

Kuzning sariq yaprog’i,
Dillarni ezar.
Duv – duv ko’z yoshlarin,
To’kadi bulut.
Hayotning so’ngida,
Muhammad uchun,
Qizg’aldog’i bo’lganda,
Ko’ngli bo’lar but.

Sochlarida iymon oqlari,
Asta sekin ko’payib, ketdi.
Qirq yetti bahorni ko’rib,
Ul buyuk zot, jannatga yetdi.

Garchi, uni ko’rmoqchimisiz?!
Qizg’aldoqlar aytib beradi.
Bu yurtimga, yana bir bora,
Muhammad Yusuflar, qaytib keladi!...

Robiya Mahmudova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Onaizor...

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

Dunyodagi barcha onalarga bag‘ishlanadi
📣 DIQQAT, E'LON!!!

❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida joriy yilning 5-6-may kunlari Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichi bo'lib o'tadi

⚡️Ushbu olimpiadada:
Olimpiadaning joriy yil yanvar oyida o'tkazilgan maktab bosqichi g'oliblari ishtirok etadi.
▶️ Shuningdek,
2022-2023-o'quv yilidagi asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichi g'oliblari;
2021-2022-o'quv yilida tegishli tartibda tasdiqlangan xalqaro va mintaqaviy olimpiada g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etish huquqiga ega.

📝 Olimpiada quyidagi fanlardan o'tkaziladi:
Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Science

Olimpiada barcha hududlarda belgilangan kunlar mobaynida bir vaqtda bo'lib o'tadi.

Topshiriqlar:
🧮 Matematika va Science fanlaridan
Test
Yozma ish bo'yicha

🧬 Fizika, Kimyo va Biologiya fanlaridan
Test
Yozma ish
Laboratoriya ishi

💻 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
Dasturlash (coding) bo'yicha o'quvchilar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishadi.

Har bir fan va sinflar kesimida 3 nafardan (1-2-3-o'rinlarni egallagan) o'quvchilar olimpiadaning Agentlik bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#metodik_tavsiya

❗️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarning 2022-2023-o'quv yili uchun yakuniy davlat attestatsiyasini o'tkazish bo'yicha metodik tavsiya va materiallari bilan saytimiz orqali tanishishingiz mumkin:

📎 https://portal.piima.uz/page/yakuniy-attestatsiya

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 23 декабрдаги “2023 йилда расмий саналарни нишонлаш даврида қўшимча ишланмайдиган кунларни белгилаш ва дам олиш кунларини кўчириш тўғрисида”ги ПФ–270-сон Фармонига ўзгартиришлар киритиш ҳақида"ги Фармони

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Audio
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Qahrim qattiq bo’ldi,
Mehrim qattiq bo’ldi.
Nasihatni esa olmadim.
Harifim suyundi,
Do’stim kuyundi…
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Osoyish botmadi biror bir kunim,
Talashib-tortishib tolmadim.
“Og’irroq bo’l, inim,
Siporoq bo’l, inim …”
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Tengimni bilmasdan bir qizni suydim,
Suydim sira kulmay omadim.
“Shohona yasharmiz so’zimga kirsang…”
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Quvroq bo’l, deyishdi. Yolg’on ham kerak,
Jindak xushomad ham, quloq solmadim.
Oqni oppoq ko’rdim, qorani qora –
Men o’z bilganimdan qolmadim.

Ko’nglim sezar endi buyog’i ayon,
Do’stlarim, do’stlarim, baxtli bolaman!
Yo Toshkentda eng zo’r shoir bo’laman,
Yo qishloqqa qaytib ariq bo’yida
Yalpizga suyanib, o’lib qolaman.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter