Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
883 subscribers
8.17K photos
862 videos
50 files
1.84K links
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mukofot haqiqiy egasiga topshirildi

Bahodirov Ahrorbek 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medalini qo‘lga kiritdi va navbatdagi xalqaro olimpiadadagi ishtiroki sabab taqdirlash marosimiga kela olmadi. Haqli ravishda 112 500 000 so‘m miqdordagi pul mukofoti qahramonimizning onalari Mahmuda opaga topshirildi.

Mahmuda opa, rahmat sizga, o‘g‘lingizni kitobga, ilmga qiziqtirganingiz uchun rahmat, o‘z yutuqlaringizdan farzandingiz yutuqlarini ustun qo‘yganingiz uchun rahmat!

Men uchun Mahmuda opa kabi onalar zamonamiz qahramoni. Jamiyatimizda sizdek onalar ko‘payishini xohlayman. Bilim bilan topilgan pul yaxshiliklarga buyursin!

@hilola_umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11-noyabr – rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiy tavallud topgan kun

Fyodor Dostoyevskiy 1821-yilning 11-noyabrida Rossiyaning Moskva shahrida tug‘ilgan. Yozuvchi adabiyotga 1844-yilda nasriy asarlari bilan kirib keladi. 1845-yil may oyining oxirida Fyodor Dostoyevskiy oʻzining ilk romani — “Kambagʻallar”ni yozib tugatadi. Romanda xoʻrlangan, ijtimoiy adolatsizliklar qurboniga aylangan kishilar taqdiri haqida hikoya qilingan. Shuningdek, uning “Qiyofadosh” (1846-yil), “Oydin tunlar” (1848-yil) qissalari ham ijtimoiy mavzuda yaratilgan asarlar sirasiga kiradi.

Dostoyevskiy Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik” romani bilan teng kelishi mumkin bo‘lgan roman-epopeya yaratmoqchi edi, biroq moddiy yetishmovchiliklar (u ko‘pincha pulga muhtoj yurardi) bu rejani amalga oshirishga xalaqit beradi. Natijada, u o‘z g‘oyasini beshta bir-biridan mustaqil romanga aylantiradi. Bular “Jinoyat va jazo”, (1866), “Telba” (1868), “Iblislar” (1871–1872), “O‘smir” (1875) va “Aka-uka Karamazovlar” (1879–1880) romanlari edi.
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jadidlar_izidan
#Respublika_tanlovi

✔️ “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichlari o‘tadigan sanalar maʼlum bo‘ldi!

🟢 Ilk marotaba o‘tkazilayotgan tanlovda 364 906 nafar o‘quvchilar ishtirok etish istagini bildirdi. Sektor, tuman-shahar bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 416 nafar ishtirokchi hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

12-noyabr Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida;
14-noyabr Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabi hamda Farg‘ona viloyatidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktablarida;
16-noyabr Andijon viloyatidagi Muhammad Yusuf hamda Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablarida;
18-noyabr Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda Samarqand shahridagi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy muzeyida;
19-noyabr Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabi hamda Sirdaryo viloyatidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida;
20-noyabr Buxoro viloyatidagi Fayzulla Xo‘jayev uy muzeyida;
21-noyabr kuni Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida;
22-noyabr Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazida hamda Xorazm viloyatidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida;
23-noyabr Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida hududiy bosqichlar bo‘lib o‘tadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan jami 14 nafar ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Batafsil ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida berib boriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
***
Ey sabo bergil xabar, sarvi ravonim keldimu,
Jon isi sendin kelur, ruhi ravonim keldimu?

Hajr dashtida mungrab qolmish erdi xasta jon,
Vah dengizkim, ul g'aribi notavonim keldimu?

Kelgan ermish xo'blar ishq ahli qonin to'kkali,
Ey ko'ngul, ko'rkim mening qatlimga jonim keldimu?

Zulfida sen bandu men ko'yida bemor, ey ko'ngul,
Za'fdin dekim, sanga munglug' zabonim keldimu?

Yor mehmon bo'lsa jism uyiga,jon aylay nisor,
Aytingiz, ey do'stlarkim, mehmonim keldimu?

Rahm etib bir kun Husayniyni itingdin so'rg'asen,
Ul malomat ko'yida itgan yamonim keldimu?

Husayn Boyqaro

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni navbatdan tashqari arab-islom sammitida nutq so‘zladi.

Prezidentimiz Falastin-Isroil muammosini tinchlik va diplomatiya yo‘li bilan hal etishga qaratilgan barcha amaliy tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatladi. Qadimiy va boy tarixga ega falastin xalqi 1967-yildagi chegaralar doirasida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil va ozod davlatini tuzishga to‘la haqli ekani ta’kidlandi.

❗️Davlatimiz rahbari urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni O‘zbekiston shifoxonalarida beg‘araz davolashga tayyor ekanini ta’kidladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

"Hunar shunday tulporki, unga mingan kishi albatta hurmat-e'tibor topgay va saodat manziliga etgay!"

✍🏻 Bahouddin Naqshbandiy
#ertalabki_saflanish

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 2024-2025 o‘quv yilining ikkinchi choragi yuzasidan ertalabki saflanish o‘tkazildi.

🔷Davlat madhiyasi bilan boshlangan ertalabki saflanishda ijod maktabi direktori Shoxistaxon Nurmatova so‘z olib, o‘quvchilarni kelgusi o‘quv faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, ta'lim muassasasida tashkil etilgan ijodiy, kasbiy va fan to'garaklarida faol ishtirok etishi ta'kidladi.

💥Shuningdek, o‘quv yilining birinchi chorago bo‘yicha ChSB natijalari yetarli bo‘lmagan o‘quvchilarga o‘zini ustida ishlash, ta'lim muassasasida yo‘lga qo‘yilgan bepul fan to‘garaklariga to‘liq ishtirok etishi hamda yangicha ijodiy yondashuv qilish aytib o‘tildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#OAV_biz_haqimizda

OILA - TARBIYA MASKANI

"Tong yulduzi" gazetasining 2024 yil 11 noyabr kungi 46-sonida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Ahrorbek Ulug‘bekovning "Oila - tarbiya maskani" nomli maqolasi chop etildi.

👉https://t.iss.one/tongyulduz/4893

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim