Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
881 subscribers
8.18K photos
862 videos
50 files
1.84K links
Download Telegram
@sport_vaqti
@besh_tashabbus

🤾‍♀O‘quvchi qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularni sportga jalb etish maqsadida Andijon shahridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchi qizlari ishtirokida sportning valeybol turi bo‘yicha o‘rtoqlik bellashuvi tashkil etildi.

🏆Andijon shahridagi Prezident maktabi, Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati Andijon filiali hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining qizlar jamoasi ishtirok etgan mazkur bellashuvda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchi qizlaridan tarkib topgan jamoa g‘iliblikni qo‘lga kiritdi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ichki_turizm

🔰“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida ichki turizmni tashkil qilish maqsadida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari qadimiy va ko‘hna Qo‘qon shahriga sayohat qildilar. 

🔷Sayohat davomida o‘quvchi yoshlar Qo‘qon shahrida joylashgan tarixiy obidalarni ziyorat qilishib o‘zlari uchun qiziqarli ma’lumotlar va taassurotlarga ega bo‘lishdi.

💥Tarix fanidan ochiq dars tarzida tashkil etilgan ushbu sayohatga ijod maktabining 1-CHSBdan natijalari yuqori qayd etilgan o‘quvchilar jalb qilindi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
2 noyabr – O‘zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg tug‘ilgan kun

Aleksandr Faynberg,
O‘zbekiston xalq shoiri


YULDUZLARNI ASRAYDI FALAK

So‘z

Poyezd kechikishi oddiy voqea,
Samolyotni kutib ichikadi ko‘z.
Haqiqiy baxtsizlik, katta fojia –
Mabodo kechiksa kutilyotgan so‘z.

So‘ngan gulxan uzra bo‘lgandek pushmon,
Kimsasiz kulbaga boqqandek mahzun
Kechikkan so‘z g‘arib, yig‘laydi yomon,
Uni kecha kutgan odamlar uchun.

Kechikkan so‘z bois o‘rmonlar yetim,
Bepoyon yerlarning peshonasi sho‘r.
Qabrlar qoshida so‘z ham beso‘z, jim,
Ruhlar bezovtayu qismat ko‘zi ko‘r.



* * *

Aslan ishonch bilan yaralgan jonman,
Xudoning xochini unutim zotan.
Kechir meni, Ishonch, kechir daʼfatan
Yarador qush kabi boqding osmondan.

Men sheʼr yozadigan g‘alcha noumid,
Bir umr chorasiz may ichdim nuqul.
Qabriston qoshida menga shafqat qil,
Men kabi gumrohni kechirgin, Umid.

Muqaddas Muhabbat, sen ham kechirgin,
Ikki insonga men qilmadim shavqat.
Ovutmoqlik uchun labingdan novvot,
So‘zlarni farishta misol uchirgin.


Varaq

Yulduzlarni asraydi falak,
Teran dengiz asrar durlarni.
Daftarimdan yirtilgan varaq,
Asragin men yozgan sheʼrlarni.

Sheʼr – nafaqat o‘qimoq, uqmoq,
Sheʼr – yurakda yangragan tovush:
Qutqargandek taygada so‘qmoq,
Tebrangandek ko‘llarda qamish.

Har satrim – jon, har sheʼrim – yurak,
O‘rmon, qushlar, bulutlarga xesh.
Daftarimdan yirtilgan varaq
Sheʼrlarimni asra peshma-pesh.

Avlodlarga kelmasin malol,
Sheʼrlarim g‘am chekmasin nochor,
Shamol, dengiz va yaproq misol
Nafas olsin, kulsin beg‘ubor.


* * *

Pastdan qirga, qirdan pastga
Yo‘l yursam, tolmas oyoq.
Bir –kartoshka, ikki – kartoshka,
Uchinchi marta –pirog.

Ovga chiqsang, o‘q ota,
Baxt bo‘lgay uch bor ato.
Bir o‘q – xato, ikki o‘q –xato,
Uchinchi o‘q – bexato.

Bir, ikki – puch bo‘lsa,
Uching bordir, kam dema.
Gar uching ham puch bo‘lsa,
Yana to‘rt bor g‘am yema.

Besh bor, o‘n bor, yuz... yiqilsang,
O‘rningdan tur, hayotsan –
Noldan boshlab sanay bilsang,
Sen mangu barhayotsan.

Rus tilidan Rastam Musurmon tarjimasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar

 ⏺️Jizzax shahridagi Prezident maktabida madaniyat festivali
o‘tkazildi.

⏺️Andijon shahridagi Prezident maktabida “Internatilonal day” ko‘rgazmasi
tashkil etildi.

⏺️Buxoro shahridagi Prezident maktabida "Quvnoq startlar" sport musobaqasi
o‘tkazildi.

⏺️Nurafshon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari
Jahongirbek Abdualimov, Sevara Baxtiyorova hamda Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Xurshid Tuyg‘unov xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.

⏺️Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyi faoliyati bilan
yaqindan tanishdi.

⏺️Guliston shahridagi Prezident maktabida “Fun-Fair-Festival"
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Xiva shahridagi Prezident maktabida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tabiiy ofatlarda harakatlanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar
tashkil etildi.

⏺️Samarqand shahridagi Prezident maktabida "Korrupsiya-adolat kushandasi" mavzusida insholar tanlovi
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Nilufar  Sevarova xalqaro SAT imtihonidan yuqori natijani qo‘lga kiritdi.

⏺️Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari “Zayed barqarorlik mukofoti”ning final bosqichiga
yo‘llanma oldi.

⏺️Namangan shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda kamondan o‘q otish bo‘yicha musobaqa
tashkil etildi.

⏺️Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Aydostin Kitaybekov "Uzbekistan Climate Box Youth Contest 2024" tanlovida  
g‘olib bo‘ldi.

⏺️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “O‘tkan kunlar” va “ Mehrobdan chayon” romanlarining arab tiliga qilingan tarjimalari taqdimoti
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi tomonidan “Ardaqlayman ana tilimdi” nomli tanlov
e’lon qilindi.

⏺️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Inson huquqlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati mintaqaviy vakillari ishtirokida davra suhbati
o‘tkazildi.

⏺️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi
tashkil etildi.

⏺️Is’hoqxon Ibrat va Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktablari, Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.

⏺️Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda "Kitobxon o‘quvchi" ko‘rik-tanlovi
tashkil etildi.

⏺️Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchisining ijod namunalari xalqaro antologiyada
chop etildi.

⏺️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Farmatsevtika texnik universiteti vakillari bilan uchrashuv
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida  targ‘ibot tadbiri
tashkil etildi.

⏺️Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ekspertlar ishtirokida moliyaviy savodxonlik mavzusiga bag‘ishlangan amaliy trening
o‘tkazildi.

⏺️Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari “IT PARK” Jizzax filiali faoliyati
bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘quvchilar ijodidan

Olisdan xabar…
 
Yana yo‘qlab kelar kuz,
Bargday to‘zg‘ir xayollar.
Sog‘inch menga yuzma-yuz
Qish-chi, kelmay hayallar.
 
Qushlar qanotin qoqib,
Ufq tomon ketar hanuz
Kapalak ko‘kka boqib,
Qanotin siltar ma’yus.
 
Bemurosa xayolda
Xotiralarim ilkis.
Seni menga eslatar
Bizni yo‘qlab kelgan kuz.
 
Jasmina Komilova
Muhammad Yusuf nomidagi
ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi

 
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
 
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf

O‘zbekiston

Muhammad Yusuf
🎤Muhammad Yusuf

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim


6-noyabr – taniqli adib va yirik jamoat arbobi Sharof Rashidov tavallud topgan kun

Sharof Rashidov 1917-yilning 6-noyabrida Jizzax shahri atrofidagi Sovungarlik qishlog‘ida dunyoga kelgan. Samarqanddagi O‘zbekiston davlat universitetini tamomlagan.

Uning ijodida maqolanavislik muhim o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham uning badiiy ijodi namunalarida bu ruh yetakchilik qiladi.

Ijodkorning “Kashmir qo‘shig‘i”, “Komde va Mudan” kabi lirik qissalari va “Koinot” kabi kinoqissasi an’anaviy Sharq dostonchiligi uslubida bitilgan bo‘lib, yoshlik, bahor, go‘zallik, hayot nashidasi madhiga bag‘ishlangan.

Sharof Rashidov to‘qqiz yil O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumiga, yigirma to‘rt yil O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetiga rahbarlik qildi.
7-noyabr – fransuz yozuvchisi va faylasufi Alber Kamyu tavallud topgan kun

Alber Kamyu 1913-yilning 7-noyabrida Jazoirda yashovchi fransuz oilasida dunyoga keldi.

Adib jahon intelligensiyasi tafakkuri va dunyoqarashiga katta taʼsir koʻrsatgan ijodkorlardan sanaladi. Zamondoshlari unga “Gʻarb vijdoni” degan sharafli nom bergan.

Kamyu “Begona”, “Vabo”, “Baxtli o‘lim”, “Inqiroz”, “Kaligula”, “Qamal holati”, “Sizif haqida isotir”, “Isyon qilayotgan odam”, “Nikoh”, “Ijod va erkinlik”, “Quvg‘inlik va saltanat” va boshqa ko‘plab asarlar yozib qoldirgan. 1957-yil yozuvchiga Nobel mukofoti berilgan.
#seminar_trening
#ijod_maktablari

NATIJAGA ASOSLANGAN YONDASHUV: TAHLIL VA TAVSIYALAR

Joriy yilning 28-30-oktyabr kunlari Agentlik tizimidagi ijod maktablarida ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili va matematika fanlaridan ChSB sinovlari oʻtkazilgan edi.

ChSB sinovlari natijalarini tahlil qilish hamda metodik tavsiyalar berish maqsadida Agentlik tomonidan ijod maktablari pedagogik jamoalari ishtirokida "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-trening oʻtkazilmoqda.

Seminarda trener sifatida oʻquvchilari yuqori natija koʻrsatgan fan oʻqituvchilari biriktirilgan boʻlib, Agentlik masʼul xodimlari tomonidan ZOOM platformasi orqali olib borilmoqda.

Onlayn seminar-trening joriy yilning 9-noyabriga qadar davom etadi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi ijod maktablari 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari boʻyicha kuchli oʻntalikdan joy olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube