Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
879 subscribers
8.18K photos
862 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
✔️ Vazirligimiz tomonidan tashkil etilgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovida qatnashish uchun 364 906 nafar o‘quvchilar onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Ko‘rinib turibdiki, jadid bobolarimiz merosini o‘rganishga o‘quvchilarimizning ishtiyoqi baland. Barcha ishtirokchilarga omad tilayman.

📌O‘quvchilar soni hududlar kesimida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 22 916 ta.
Andijon viloyati: 40 833 ta.
Buxoro viloyati: 8 912 ta.
Jizzax viloyati: 8 288 ta.
Qashqadaryo viloyati: 23 503 ta.
Navoiy viloyati: 10 449 ta.
Namangan viloyati: 9 324 ta.
Samarqand viloyati: 26 253 ta.
Sirdaryo viloyati: 4 278 ta.
Surxondaryo viloyati: 67 551 ta.
Toshkent viloyati: 14 766 ta.
Farg‘ona viloyati: 42 862 ta.
Xorazm viloyati: 60 825 ta.
Toshkent shahri: 24 146 ta.

@hilola_umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30-oktyabr – O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid tavallud topgan kun.

MEHR

Gullar to‘kib bahor ketar so‘ringizdan,
Erta-indin oy ham ketar qiringizdan,
Nima foyda ko‘ngildagi kiringizdan,
Mehringizni qizg‘anmang bir-biringizdan.

Maysalar ham bir-biriga suykaladi,
Qarang, hatto chumolilar to‘y qiladi.
Nechun hasad ko‘ksingizda kuy chaladi?
Mehringizni qizg‘anmang bir-biringizdan.

Bugun sizga oq dasturxon to‘shar hayot,
Taronani tog‘oraga qo‘shar hayot.
Ham singil, ham yoringizga o‘xshar hayot,
Mehringizni qizg‘anmang bir-biringizdan.

Kelolmagay endi hargiz tuproq yorib,
Otangizning mozorlari buncha g‘arib,
Onangizning izlarini o‘ping borib,
Mehringizni qizg‘anmang bir-biringizdan.

Dunyoning bu pallalari topilmaydi,
Eshiklari tun-kun ochiq, yopilmaydi.
Mehr keyin do‘konlarda sotilmaydi,
Mehringizni qizg‘anmang bir-biringizdan.

Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri
Sherzod Karimov Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida tashkiliy masalaga doir yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova hamda vazirlik mutasaddilari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori oʻqib eshittirildi. Unga koʻra hozirga qadar Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti Yoshlar siyosati, maktabgacha va maktab taʼlimi, sogʻliqni saqlash va maʼnaviyat masalalari boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Karimov Sherzod Abdurasulovich Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlanganligi maʼlum qilindi.

Sherzod Karimov uzoq yillar davomida taʼlim tizimida, xususan, 2018-2024-yillarda Vazirlar Mahkamasining taʼlim va ijtimoiy yoʻnalishlariga doir qator masʼul lavozimlarda ishlagan.

Yigʻilish soʻnggida vazirlik jamoasi Sherzod Karimovga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xorijiy_hamkorlik
#Koreya

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar vakillaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida bo’lib turibdi.

Bugun III Incheon ta’lim festivalining yopilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston ta’lim delegatsiyasi a’zolariga faol ishtiroklari uchun mezbon davlat tomonidan alohida minnatdorlik bildirildi.

Shuningdek, ikki do’st mamlakat o’rtasida barcha sohalar kabi shiddat bilan rivojlanib borayotgan ta’lim yo’nalishida ham yanada yaqindan va izchil o’zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar so’nggi yillarda Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan keng islohotlarni e’tirof etar ekan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Agentlikka do’stona munosabatlar uchun o’z tashakkurlarini izhor etishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘quvchilar ijodidan

ALANGA

Shirin og‘rib qo‘ydi yuragim,
Qayerdaman?! Ayon-noayon…
Xayol nogoh yashinday kelib,
Meni sudrab ketmoqda qayon?

Ezib-ezib yog‘adi yomg‘ir,
Men quruqman, ruhim shalabbo.
Taqdir “siylab” meni mehmondek,
Achchiqqina tortdi murabbo…

Sog‘inmoqning boshlanish kuni-
Almisoqning arafasidan
Sog‘inch o‘ti olingan balki,
Jahannamning bo‘sag‘asidan.

Visol baxti senga begona,
Hijronida yonmaguningcha.

Sarvinoz Latibova
Muhammad Yusuf nomidagi
ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hushhabar

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Rohila Ro‘zimannopovaning ijod namunalari
Turkiya davlatida chop etilgan "Sesin" nomli turkiy davlatlar ijodkorlari antologiyasida chop etildi

Ijodjor o‘quvchimizni ushbu yutuq bilan muborakbod etib, kelgusi o‘qish va ijodiga muvaffaqiyat tilaymiz.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Bugun Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashuv o‘tkazdik.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashib, ijtimoiy sohaga hamda davlatlarimiz rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdik.

Ta’lim sohasidagi unumli sheriklik natijalari, xususan, yaqin kelajakda Rossiyaning yana bir oliy ta’lim muassasasi – Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.

_

Сегодня состоялась встреча с заместителем Председателя Правительства Российской Федерации Дмитрием Чернышенко.

Мы обменялись мнениями по актуальным аспектам развития узбекско-российского сотрудничества, уделив особое внимание социальной сфере и эффективной реализации договорённостей, достигнутых по итогам встреч глав наших государств.

С удовлетворением отметили результаты плодотворного взаимодействия в области образования, в частности открытие в ближайшем будущем филиала очередного российского вуза — Московского государственного технического университета имени Баумана.