Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
1.03K subscribers
9.85K photos
958 videos
53 files
2.05K links
Download Telegram
#Bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor

Agentlik tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari xalqaro sertifikatlarga ega bo'lishmoqda.

🔰Xususan ijod maktabining yana 5 nafar o‘quvchilari ingiliz tili fani bo‘yicha хalqaro til bilish darajasini qo‘lga kiritdi. Jumladan:

11-sinf o‘quvchilari

Abdullajonova Munira - B2
Rafikova Mahfuzaxon - B2

10-sinf o‘quvchilari

Ismoilova Mubinabonu - B2
Abdulhamidova Sug‘diyona - B2
Sobirjonova Madina - B2

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
👉@ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

HARBIY QISMDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI

Mudofaa vazirlligi harbiy xizmatchilari yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida kamol topishlarida o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Buni ertamiz egalarining harbiy qismlarga tashrifi misolida ham ko’rishimiz mumkin.

Sharqiy harbiy okrugga qarashli Andijon shahrida joylashgan 14014-harbiy qismda tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni”da Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o’quvchi yoshlari harbiy qismda yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan tanishib chiqdilar.

Harbiy qism saf maydonida yoyilgan turli o’quv nuqtalarida texnika, qurol-yaroq va jihozlar namoyishi bo’lib o’tdi. Aslahalar haqida berilgan ma’lumotlarni qunt bilan tinglayotgan yoshlar dilidagi yurt himoyachisi bo’lish istagi yanada ortgani shubhasiz.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

Shahlo Hamidova
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi


🎙Rohila Ro‘zimannopova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

EL HIMOYАCHILARIGA

Bizni qoʻriqlaysiz, asraysiz bizni,
Tinchimaysiz, elim yashasin deb tinch.
Bedoru beorom tunlaringizni,
Tavof aylar bizning mehr va sogʻinch.

Jangovor onlarda oʻzni unutib,
Purviqor egalik haddin bilasiz.
Balolar kelsami koʻksingiz tutib,
Bizga osudalik hadya qilasiz.

Yogʻiy koʻringanda shersiz jonfido,
Sizga begonadur qoʻrqoq tuygʻular.
Vatan darvozasin chertolmay xatto
Ortga qaytmogʻi rost hamma qaygʻular.

Sizday posboni bor qoʻrgʻon mustahkam,
Nayranglar yiqilib oʻlar poyida.
Yov tugul, uning bir xashorati ham,
Dov topolmay qotib qolar joyida.

Bizni qoʻriqlaysiz, asraysiz bizni,
Sizni suyib turar dahlsiz sarxad.
Bedoru beorom tunlaringizni,
Tavof aylar bizning mehru muhabbat.

Zamira Roʻziyeva
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar! Hurmatli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Faxr bilan ta’kidlash o‘rinliki, yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlarni amalga oshirish, vatandoshlarimiz tinchligi va davlatimiz mustaqilligini mustahkamlashda sizlarning ham munosib o‘rningiz bor.
Ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlaringiz muhim ahamiyatga ega.

Katta mamnuniyat bilan ayta olamanki, sizlarning har biringiz o‘z oilangiz va yaqinlaringizning mustahkam qo‘rg‘oni, munosib suyanchisizlar.

Sizlar kabi o‘z Vatani va oilasini jondan sevuvchi mard o‘g‘lonlar, yurt himoyachilari bor ekan, bizning ko‘nglimiz xotirjam. Jasur va fidoyi Vatan himoyachilari — bizning chinakam faxrimizdir.

Barchangizga uzoq umr, oilangizga baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Tabrik

XALQ VA ARMIYA BIR TANU BIR JON!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Vatanimiz himoyasi va rivoji uchun turli xil kasblarda xizmat qilayotgan O‘zbekiston o‘g‘lonlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaydi.

Mamlakatimiz tinchligini saqlash yo‘lida amalga oshirayotgan fidokorona xizmatlaringizda muvaffaqiyat hamisha yor bo‘lsin! Sog‘lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
YURT O‘G‘LONLARI

Sizda ulkan yurak, metin iroda,
Goh kòkda uchgaysiz, gohi sahroda.
Sarhadni qòriqlab yayov, piyoda,
Vatanning suyanch - el qòrģonlari,
Òzbekning pahlavon, ey òģlonlari!

Sergaksiz yoģiyni tutgan lochinim,
Qush tinsa tinar, lek sizda yòq tinim.
Siz-opam, singlimsiz, akamsiz, inim,
Sheryurak, burgutkòz dil dostonlari,
Òzbekning pahlavon, ey òģlonlari!

Siz Amir Temurdan sachragan uchqun,
Oringiz har nedan ortiqdir, ustun.
Tinch hayot aslida bayram siz uchun,
Tinchlik karvonining zòr sarbonlari,
Òzbekning pahlavon, ey òģlonlari!

Dunyo quchoģida mizģiydi olam,
Beshikda qiqirlar òģil- qiz- bolam.
Sadoqat kòksida ungan gul- lolam,
Siz borki, yurtimning tinch osmonlari,
Òzbekning pahlavon, ey òģlonlari.

Bu kun madhingizni baralla kuylay,
Sizga tongdan oppoq tilaklar tilay,
Bir kun xizmatingiz men òzim qilay,
Siz yayrang Vatanning shon- posbonlari,
Òzbekning pahlavon, mard òģlonlari!

Shahlo HAMIDOVA
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

Aziz vatandoshlar!
Mard va jasur yurtimiz posbonlari, hurmatli ustoz-murabbiylar hamda dovyurak yoshlar!

Sizlarni, Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yangi O‘zbekistonimizning ravnaqi, sarhadlarimiz dahlsizligi yo‘lida ko‘rsatayotgan mislsiz xizmatlaringizni doimo qadrlaymiz.

Sizlarga sihat salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ish va o‘qishlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin deymiz. Munavvar va saodatli kunlarimizga koʻz tegmasin!

Shohistaxon NURMATOVA
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

POSBONLAR

Sizda orom qayda,
Sizda tin qayda.
Siz tóyib uxlagan bitta tun qayda.
El − yurt oromini asragan zotlar,
El mehri asrasin sizni har joyda!..

Sizni uchrataman tog'da, dalada,
Xizmatda hamisha − qorda, jalada.
Sizga sabot bersin, Sizga kuch bersin,
Buyuk zotlar ruhi shunday pallada...

Har kun oftob bilan sog' kórishib yuz,
Uydan omon chiqib, omon qaytingiz.
Rizqi ulug' bólsin, kóksi ulug' bólsin,
Xonadoningizu mamlakatingiz.

Yóllar ravon bólsin, yóllar oq bólsin,
Bahor maysalari kókchiroq bólsin.
Burchga sadoqatli ey fidoiylar,
Pokligingiz sizga kózmunchoq bólsin!..

Sizda orom qayda, sizga tin qayda,
Siz tóyib uxlagan bitta tun qayda.
El −yurt oromini asragan zotlar,
El mehri asrasin sizni har joyda.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim