Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
882 subscribers
8.06K photos
858 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
#kitob_mutolaasi

III Respublikasi kitobxonlik haftaligi doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida Bobur nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi vakillari ishtirokida "Kitob - millat tayanchi, kelajak poydevori" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
#Kitobxonlik_haftaligi
#Onlayn_viktorina

❇️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda Bobur nomidagi Andijon viloyat axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda "Kitobxonlik haftaligi" doirasida
viktorina savollari o'tkazildi.

“Kitobxonlik haftaligi”ning kitobsevar o’quvchilari uchun tashkil etilgan onlayn viktorina O’zbekiston xalq shoiri G’afur G’ulom ijodiga bag’ishlandi.
Alisher Navoiy. Qaro ko'zum (g'azallar).pdf
1.7 MB
Mutolaa vaqti

📓Qaro ko‘zim

Alisher Navoiy
Forwarded from Hilola Umarova
Namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi?

So‘nggi kunlarda maktab o‘quvchilari bilan bog‘liq turli holatlarni kuzata turib, yurtimizdagi barcha ota-onalarga bir savol bilan murojaat qilishni istadim: bugun biz namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi? Namunali ota-ona kim o‘zi?

Ijtimoiy tarmoqlarda farzandlarimiz tarbiyasi, aniqrog‘i tarbiyasizligi bilan bog‘liq ko‘plab videolar tarqalmoqda. Birida o‘g‘il bola o‘quvchi hech tap tortmay ustozi va qiz bola sinfdoshlari oldida kurakda turmaydigan mavzuda gapirishga haddi sig‘ayotgan bo‘lsa, boshqasida bir-bir bilan mushtlashayotgan o‘g‘il-qizlarga guvoh bo‘lish mumkin. Afsuski, bunday holatlar kam emas.

Kelajagimizni ta’minlashda har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash, mustaqil fikrlaydigan, ezgu fazilatlarga ega yoshlarni voyaga yetkazish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.

Xo‘sh, bunda bugungi ota-onalarning o‘rni va xizmatlari qanday bo‘lyapti? Bugungi namunali ota-onalarning hayotiy mezonlari nimalardan iborat?

Qayd etish joizki Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan “Namunali ota-ona” mezonlarida bu haqida quyidagicha muhim ta’riflar keltirib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, o‘z farzandining ta’lim-tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanadigan, uni tinglash uchun doim vaqt topa oladigan, farzandida o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirib, unga motivatsiya beradigan ota-onalar bu borada yetakchilik qiladi.

Farzandi ongida ma’naviy qadriyatlarni shakllantira oladigan, uni umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda jamiyatdagi qonun va qoidalarga hurmat ruhida tarbiyalaydigan, bu borada o‘zi shaxsiy namuna bo‘la oladigan ota-onalar ham ushbu mezonga to‘la mosdir.

Farzandining bo‘sh vaqtini kimlar bilan va qanday o‘tkazayotganini doimiy nazorat qilib boradigan, uni ta’lim oladigan maktab jamoasiga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalayotgan insonlar namunali ota-onalardir.

Sababi, yuqorida keltirib o‘tilgan o‘quvchilar ishtirokidagi salbiy holatlarning tag zamirida ota-onalarning o‘z farzandi tarbiyasi, kelajak taqdiriga befarqligi va uning bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotgani bilan qiziqmasligi yotibdi.

Istardimki, ota-onalarimiz, mahalla-ko‘y va bobo-buvilarimiz bolalarimiz bilan ko‘proq suhbat olib borishsa, ularning hayot, odob-axloq, kelajak orzulari, qiziqishlari haqida bolaning o‘zi bilan muloqot olib borsa.

Farzand tarbiyasidagi muvaffaqiyat kaliti bu albatta unga bo‘lgan muhabbat, g‘amxo‘rlik va hurmatdir. Farzand har jihatda namunani ota-onasidan oladi. Namunali ota-ona bo‘lishning shartlari esa juda oddiy va shu bilan birga juda murakkabdir. Ammo uning mevasi shirin, bu – farzand kamoloti va baxtidir.

Shunday ekan, aziz ota-onalar! Zimmangizga yuksak va ma’suliyatli vazifa yuklatilgan, oilangizda o‘rnatilgan namunali tartib va ijobiy muhit nafaqat farzandingiz tarbiyasiga, balki sizning kelajagingizga bevosita ta’sir etishini unutmasligingizni so‘rab qolaman.


Suratda bugungi kunda ikki nafar farzandi Prezident maktabida tahsil olayotgan, ularning ta’lim-tarbiyasida barchaga namuna bo‘la oladigan ota-onalardan biri Abdulhay va Nargiza Jo‘raevlar oilasi.
#Mahorat_darsi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida mahorat darslari tashkil etildi.

❇️"Muhammad Yusuf she'riyatida bahor madhi" mavzusidagi mahorat darslarini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Shahlo Hamidova tomonidan o‘tkazildi.