Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
886 subscribers
8.5K photos
875 videos
50 files
1.87K links
Download Telegram
Forwarded from Yozuvchilar Uyushmasi Andijon Bo‘limi
#Таклифнома

2022 йил 11 май куни соат 14.00 да Муҳаммад Юсуф номидаги ижод мактабида Ўзбекистон санъат арбоби Олимжон Холдор хотирасига бағишланган анжуман ва китобхонлик тадбири ўтказилади.

Барча ижодкорларни ушбу тадбирларга таклиф этамиз.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Андижон вилояти бўлими
Forwarded from Yozuvchilar Uyushmasi Andijon Bo‘limi
Tursunoy Sodiqova
1944-2017
Forwarded from Yozuvchilar Uyushmasi Andijon Bo‘limi
10 may O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat hodimi, adiba Tursunoy Sodiqova tavallud topgan sana

Tursunoy Sodiqova 1944 yili 10 mayda Andijonda tavallud topdi. Toshkent davlat universitetida tahsil oldi (1961–1966).
Mehnat faoliyatini oʻrta maktabda dars berishdan boshlab, keyinchalik Andijon davlat chet tillar institutida, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazida xizmat qildi.
Shoiraning “Kuy” nomli birinchi kitobi 1976 yilda chop etildi. Shundan keyin u “Gul fasli” (1981), “Iqbol” (1984), “Dil gavhari” (1985), “Izlay-izlay topganim” (1988), “Girya” (1994) kabi sheʼriy majmualarini eʼlon qildi. Shuningdek, odob-axloq mavzularida bitilgan maqolalarini “Andisha” (1988), “Mehrigiyo” (1989), “Baxt nima?” (1994), “Baxtli boʻling” (1989), adabiy-tanqidiy maqolalarini esa “Oʻzbek sheʼriyatida anʼana va oʻziga xoslik” nomlari bilan nashr ettirdi.
Tursunoy Sodiqovaning “Hazrati ayol” (1999), “Yoningdagi baxt” (2000), “Oʻgʻlim, senga aytaman” (2002) va boshqa publitsistik maqolalar toʻplamlari oʻquvchilarni hayajonga soladi, mushohadaga chorlaydi.
Soʻnggi yillarda Tursunoy Sodiqovaning “Bolam derman” (2001), “Qaynonalik ilmi” (2002), “Kelin boʻlish ilmi” (2002), “Kuyov boʻlish ilmi” (2003), “Murabbiylik ilmi” (2003), “Yashash tilsimi” (2004), “Rizolik izlab” (2006), “Atirgul isi” (2007), “Ayolga qasida” (2010), “Soʻz sehri”, “Dildagi nur” (2011), “Men kimni sevdim”, “Baxt qayerda?”, “Umr bittadir”, “Bugungi erkak” (2012), “Saylanma” kabi asarlari eʼlon qilindi. Sheʼrlari qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman tillariga tarjima qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Tursunoy Sodiqova 1997 yili “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 2017 yilda 73 yoshida Andijonda vafot etdi.
#Diplomacy_education

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar "Diplomacy education" dasturi doirasida Italiyaning Rim shahrida bo'lib turishibdi.

Dastur doirasida o'quvchilar O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari G'ayrat Fozilov hamda O'zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Otabek Akbarov bilan uchrashishdi.

✔️Shuningdek, o'quvchilar Rim shahrining e'tiborga molik tarixiy qadamjolari bilan tanishishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Izboskan tumani Lug‘umbek qishlog‘ida istiqomat qiluvchi II-jahon urushi qatnashchisi Adashali Umrzaqov honadonida bo‘ldilar.

O‘quvchilar o‘zlarining ijod na'munalari bilan badiiy chiqishlar namoyish etdi.

👉@ptma_myim
Sevmoq bu...

Sevmoq, bu
Kechirmoq degani asli,
Toki bu dunyoda quyosh bor, gul bor.
Yalpizlar gullagan shu bahor fasli,
Sodiq hamdam bo'lgin sen menga, dilbar.

G'iybatlar tingladim, aylandi boshim,
Ho'l tuproq kuydurdi tovonlarimni.
Va mana men unga ko'nglimdan yulqib
Ko'mdim beor do'stdek gumonlarimni.

O'ylar suraverdim kechalar tanho,
Goho jiqqa yoshga to'lganda ko'zim.
Va seni sevmoqdan oldin bir kuni
Dildan sevib qoldim o'zimni o'zim...

Sevmoq bu o'zingni anglamoq asli,
Toki zamin aro quyosh bor, gul bor.
Rayhonga ko'milgan shu bahor fasli,
Sadoqatli yor bo'l sen menga, dilbar.

Sevgilim, men seni sevaman, tamom,
G'amgin ko'zing, hadik to'la ko'zingni.
Sevmoq, bu kunda bir ko'rmoq baxtidir
Ozg'in qo'llaringni, sepkil yuzingni...


Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

👉@ptma_myim
#Diplomacy_education

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'quvchilari Italiyaning Rim shahrida bo'lib turishibdi.

O'quvchilar "Diplomacy education" dasturi doirasida O'zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi elchixonasida bo'lishdi.

Elchixonadagi uchrashuvlar davomida ular 4 ta guruhga bo'linib, BMT modeli tarzida tashkil etilgan 4 ta qo'mita - WFP, UNESCO, UNICEF va UNSC yig'ilishlarida ishtirok etishdi.

📍Yig'ilishlar quyidagi mavzularda bo’lib o’tdi:

✔️"Ocharchilikni tubdan bartaraf etishda xususiy sektor va fondlar bilan hamkorlikni rivojlantirish"
✔️"Rivojlanayotgan dunyoda ta'lim sifatini yaxshilash maqsadida texnologiyalarni tatbiq etish"
✔️"Xalqaro hamkorlik orqali kiberjinoyatni bartaraf etish"
✔️"Raqamli dunyoda bolalar uchun mavjud bo'lgan xavf va imkoniyatlar"

❗️Shuningdek, o'quvchilar uchun FAO - food and agricultural organization Green Garden bog’iga ekskursiya tashkil etildi.
Forwarded from Yozuvchilar Uyushmasi Andijon Bo‘limi
Forwarded from Yozuvchilar Uyushmasi Andijon Bo‘limi
#Қутлов

12-май Ўзбекистонда хизмат кўрсатган журналист, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси Абдумутал Абдуллаев таваллуд топган сана

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси Абдумутал Абдуллаев 1949 йил 12 майда Андижон вилояти Хўжаобод тумани Кўтарма қишлоғида туғилган.
Меҳнат фаолиятини “Андижоннома” (собиқ “Коммунист”) газетасида бошлаган. 1975-1980 йиллар мобайнида Республика “Қишлоқ ҳаёти” (собиқ “Қишлоқ ҳақиқати”) газетасининг Фарғона водийси бўйича мухбири,
1980-1982 йилларда Андижон вилояти фирқа қўмитасида матбуот йўриқчиси, 1982 йилдан “Андижоннома” газетаси бош муҳаррирининг ўринбосари, 1990 йилдан бош муҳаррир, 1996 йилдан бош муҳаррирнинг биринчи ўринбосари лавозимларида фаолият юритган. 2012 йилдан 2016 йилга қадар бош муҳаррир вазифасини бажарувчи лавозимида ишлаган. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Инсон ҳуқуқлари бўйича вакили (Омбудсман)нинг Андижон вилояти бўйича минтақавий вакили сифатида фаолият юритган.
1991 йили Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган журналист фахрий унвонига сазовор бўлган.
2005 йили Халқаро “Олтин қалам” мукофоти совриндори сифатида эътироф этилган.
Унинг ватанпарварлик, эл-юртга меҳр-муҳаббат, умуминсоний қадриятлар, маърифий-маънавий, лирик, фалсафий-тасаввуфий мавзулардаги “Муҳаббатдан сўз очма менга”, “Кўнгил тинчирмиди?”, “Андижоннома мутоибалари”, “Сийратга сайр”, “Дунёнинг калити”, “Алушта эртаги”, “Ишққа даво йўқ”, “Дард”, “Умрки бир синоат”, “Альфонс”, “Ҳаждаги ҳаётим”, “Қубайс тоғидаги нидо”, “Қақнус”, “Йигит йиғламасин”, “Муҳаббат мактуби”, "Орзулар фасли" каби китоблари чоп этилган.
Forwarded from Yozuvchilar Uyushmasi Andijon Bo‘limi
Муҳаммад Юсуф номидаги ижод мактабида Ўзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби, Ёзувчилар уюшмаси аъзоси марҳум адиб Олимжон Холдор таваллудининг 90 йиллиги олдидан хотира кечаси ва китобхонлик тадбири ўтказилди.

Анжуманда Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Андижон вилояти бўлими раҳбари, шоира Хуршида Ваҳобжон қизи иштирок этиб, устоз адиб Олимжон Холдорнинг ҳаёти ва ижоди, ибратли фаолияти юзасидан нутқ сўзлади.

Тадбирда иштирок этган Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзолари, адибнинг шогиртлари ва фарзандлари йиғилганларга Олимжон Холдор фаолияти, у билан ўткан онларини фаҳр билан эсга олдилар.

Тадбир давомида Муҳаммад Юсуф номидаги ижод мактаби ижодкор ўқувчилари томонидан тайёрланган бадиий чиқишлар намойиш этилди.