Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
874 subscribers
8.2K photos
863 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
#maqom_kechasi

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida Andijon viloyati namunali Maqom ansambli xonandalari ishtirokida "Maqom kechasi" o‘tkazildi

♻️Ijodiy kechada Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori Shoxistaxon Nurmatova ishtirok etib, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ijod maktablari o‘quvchilari almashinuvi dasturi bo‘yicha andijonda mehmon bo‘lib turgan Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#fikr

Kitob – bir xazina, mutolaa – yorqin tabassumli hayotga boshlovchi mash’aldir.

***
Kitob va mutolaa Sizni qudratli ijod bulog‘iga boshlaydi. Kitob va mutolaa Sizni ko‘pdan ko‘p yangi bosqichlarga ko‘taradi.

Muso Toshmuhammad o‘g‘li OYBEK
Forwarded from Hilola Umarova
Xushxabar! Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi

“Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari:

barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi;

unda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.

Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining quyidagi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovar jihozlariga bojxona to‘lovlari to‘lanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno):

zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari;
kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nodavlat ta’lim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga “A-2” o‘qituvchilar kirish vizalarini berish yo‘lga qo‘yiladi;

davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yig‘im miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.

@hilola_umarova
#kun_hikmati

Har toat va ibodatki aylarsiz-uning ilmidan voqif bo’ling.
Har ilmniki o’rganibsiz-unga amal qiling.
Har amalniki, etgaysiz, sidq-u ixlos bilan ado aylang.
Hoja Abduholiq G’ijduvoniy

Rasmiy sahifalarimiz👇
@ima_myim
#ustozlar_ijodi

MEN BITTADURMAN...

Sanam, sochingdan ham shaydolaring ko‘p,
Husning oshiqlari — adolaring ko‘p.
Nimang ko‘p, ko‘yingda gadolaring ko‘p,
Ammo men bittaman, men bittadurman.

Bek yigit bir sening poyingda xorman,
Garchi diydoringga mushtoqu zorman,
Men beun sevarman, men jim sevarman,
Qiyomatgacha shul sukutdadurman.

Deydilar: muhabbat bilmas masofa,
Ayriliqni pisand qilmas masofa.
Kelursan o‘zing deb bir kun insofa —
Gohi Toshkent, gohi Urgutdadurman.

Tiling bilmasam ham tushungandayman,
Sen bilan gohi do‘st tutingandayman.
Gohi bu do‘stlikdan o‘kingandayman,
Ming bir xayol ichra ming bittadurman.

Suymoq — bu gulxanda kuymoq azali,
Men shahar erkasi, sen tog‘ go‘zali.
Eslab yur yodingga tushgan mahali —
Shaydolaring ko‘p-u, men bittadurman!..

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#yosh_rassomlar
#atrof_muhit

🏔Atrof-­muhitni asrash – ona tabiat oldidagi maʼnaviy qarzdorlik asosida shakllanadigan tuygʻu.

🎨Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida yo‘lga qo‘yilgan "Yosh rassomlar" ijodiy to‘garagining navbatdagi mashg‘ulotlari atrof muhitni asrashga qaratildi.

🔰Tarbiyachi pedagog Xilolaxon Akramova tomonidan tashkil etilgan mazkur ijodiy to‘garakda o‘quvchi yoshlar Ona tabiatni asrab-avaylash, uni muhofaza qilish hamda tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanish rasmlar orqali ifoda etdilar.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim