Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
874 subscribers
8.2K photos
863 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova va Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning umumta’lim, musiqa va san’at maktablaridagi pedagoglar bilan jonli muloqoti boshlandi.

📍Tadbir poytaxtimizdagi Sinpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mahorat_darsi

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-apreldagi PQ-147-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ijod maktablarida ijtimoiy va ijodiy faol, keng jamoatchilik o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan adiblar va jamoat arboblari ishtirokida mahorat darslarini tashkil etish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 13-avgustdagi 98-sonli hamda 09/32-5-sonli qo‘shma qaroriga asosan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida mahorat darsi o‘tkazildi.

Badiy tarjimashunoslikga qaratilgan mahorat darsida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, tarjimon Zuhriddin Isomiddinov ishtirok etib, badiiy tarjimaning o'ziga xos jihatlarini tushuntirib berdi. Badiy tarjima jarayonida so’z tanlash, tarjima xususiyatlarining ahamiyati, ijodiy-badiiy yondashuv masalalari haqida so’z yuritdi.
#mahorat_darsi

🤩 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, tarjimon va publitsist Zuhriddin Isomiddinov ishtirokida mahorat darsi oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Samarqand

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatida boʻlib, tizimdagi maktablar faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Xususan, ishchi guruh tomonidan Kattaqoʻrgʻon shahar, Kattaqoʻrgʻon, Paxtachi hamda Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, qish mavsumiga tayyorgarlik holati koʻzdan kechirilib, dars jarayonlari kuzatildi.

Oʻrganishlar doirasida Agentlik direktorining o‘quvchilar va oʻqituvchilar bilan muloqoti tashkil etildi. Unda A.Ubbiyev Agentlik tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sharoitlarini yangi bosqichga olib chiqish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.

Shuningdek, muloqotlarda Agentlik direktori yoshlarning kelgusidagi maqsad va orzulari bilan qiziqib, tanlagan sohasi boʻyicha yetuk mutaxassis boʻlish uchun avvalo oʻquvchilikdanoq puxta bilim olish, xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini mukammal oʻzlashtirish lozimligini taʼkidladi.

Maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tanqidiy tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha mas'ullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Agentlik direktori masʼullarga ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, intellektual va sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube