Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
882 subscribers
8.06K photos
858 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
#Milliy_sertifikat_diagnostika_testi
#seminar_trening

❇️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari uchun "Milliy sertifikat" olish uchun tayyorgarlik masalalariga bagʻishlangan seminar-trening jarayoni oʻtkazildi.
#Seminar_trening

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “Liderlar haftaligi” seminar-treninglariga start berildi.

Unda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarning 130 nafar rahbar kadrlari ishtirok etmoqda.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so'zi bilan ochib berdi:

- Ta'limdagi o'zgarishlar ko'pchilikning mehnati, harakati natijasida amalga oshiriladi. Hozirda boshlangan islohotlarni amalga oshirishda sizning alohida o'rningiz bor, chunki Siz ta’lim sohasining liderlaridirsiz!

Bugungi seminarlar esa sizdagi liderlik ko’nikmalarini yanada rivojlantirishiga ishonaman.

Mazkur seminardan ko‘zlangan maqsad umumta'lim maktablari direktorlari uchun uzoq muddatli strategiya va ustuvor vazifalarni belgilash, jamoada sog‘lom muhit yaratish, samarali ta'lim tamoyillari hamda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hisoblanadi.
____
❗️E'tiborlisi, bu rahbar kadrlarda liderlik ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan birinchi o‘quv-seminari hisoblanadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон
#Seminar_trening

📣 RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILADI!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda!

❗️Mazkur treninglar 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi.

Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 422 nafar o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:

🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bolishish,
🔹oquvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash konikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

📍Mazkur treninglar Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Seminar_trening
#Ijod_maktablari

❗️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining ona tili va adabiyot, tarix, tarbiya fani o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan "Zamonaviy va loyihaga asoslangan taʼlim" mavzularidagi seminar-treninglarga start berildi.

🗓 Trening jarayonlari 3-4-aprel kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

📍Keyingi manzil: Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Ijod_maktablari

❗️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining ona tili va adabiyot, tarix, tarbiya fani o‘qituvchilari uchun "Zamonaviy va loyihaga asoslangan taʼlim" mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.

🗓 Trening jarayonlari 5-6- aprel kuni Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tadi.

📍Keyingi manzil: Halima Hudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
AN'ANAVIY AVGUST KENGASHI O‘TKAZMOQDA
#seminar_trening

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar uchun joriy yilning 15-18-avgust kunlari o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

📆 Bugun, 15- avgust kuni Andijon viloyatidagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining Matematika, Fizika, Informatika, Kimyo, Biologiya va Tarix fani pedagog ustozlari uchun 2023-2024 o‘quv yili oldidan an'anaviy avgust kengashi doirasida o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tdi.

Unda pedagoglarga yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma'lumotlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar_trening

Bugun, 16- avgust kuni Andijon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Andijon viloyatidagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining Ona tili,  Ingliz tili, Rus tili, Geografiya, Jismoniy tarbiya, Tasviriy san'at,  Texnologiya va robototexnika fani pedagog ustozlari uchun 2023-2024 o‘quv yili oldidan an'anaviy avgust kengashi doirasida o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tdi.

Unda pedagoglarga yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma'lumotlar berildi.

O‘quv seminar yakunida Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i R.Karimov tomonidan faol ishtirok etgan ustozlar va trenerlar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
#Seminar_trening
#Ijod_maktablari

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixolog va tarbiyachi-pedagoglarning malakasini yanada oshirish maqsadida Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Dastlab mehmonlar uchun maktab boʻylab sayohat uyushtirildi. Bunda mehmonlar maktab hayoti, yaratilgan sharoitlar va uning milliy o'ziga xosligi, shuningdek, oʻquvchilar tomonidan ishlangan loyiha ishlari bilan tanishtirildi.

📝 Seminar davomida:
Ijod maktablari missiyasi, maqsadlari va ularga erishishda Xalqaro maktablar kengashi (CIS) faoliyati tajribasi;
Global fuqarolik va madaniyatlararo ta’lim;
Xavfsiz maktab va bolalarni himoya qilish;
Etika kodeksi, maktab qadriyatlari;
Xodimlar, ota-onalar va bolalar hamjihatligi kabi mavzularda taqdimotlar va treninglar boʻlib oʻtmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur seminar-trening ikki kun davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

🗺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan amaliy seminar-treningdan suratlar.

#birinchi_kun #jarayon #ijod_maktablari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

So‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchi yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, milliy ta’lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy sog‘lom insonlar etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mana shunday tadbirlardan biri Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi ustozlari va tarbiyachi pedagoglari uchun tashkil etildi.

O‘tkazilgan seminar-treninglar davomida ishtirokchilar ta’lim dasturlarini, raqamli va aqlli texnologiyalarni hamda ta’limning innovatsion metodlarini joriy qilish; ta’lim sifatini va dars berishning monitoringini o’tkazish; sifatni nazorat qilishdagi usullarni ishlab chiqish; jahon standartlari va tajribalariga asoslangan holda mavjud sifatning mexanizmlarini takomillashtirish haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

Shu bilan birga ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarni ijodiy fikrlash, hayotiy kо‘nikmalar, tahliliy kо‘nikmalar va qarorlar qabul qilish kо‘nikmalarini rivojlantirishda zamonaviy ta’limning о‘rni afzalliklari bayon etildi. Bu kabi seminar-treninglar ijod maktabida uch kun davom etadi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting

👉@ima_myim
#seminar_trening
#ijod_maktablari

NATIJAGA ASOSLANGAN YONDASHUV: TAHLIL VA TAVSIYALAR

Joriy yilning 28-30-oktyabr kunlari Agentlik tizimidagi ijod maktablarida ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili va matematika fanlaridan ChSB sinovlari oʻtkazilgan edi.

ChSB sinovlari natijalarini tahlil qilish hamda metodik tavsiyalar berish maqsadida Agentlik tomonidan ijod maktablari pedagogik jamoalari ishtirokida "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-trening oʻtkazilmoqda.

Seminarda trener sifatida oʻquvchilari yuqori natija koʻrsatgan fan oʻqituvchilari biriktirilgan boʻlib, Agentlik masʼul xodimlari tomonidan ZOOM platformasi orqali olib borilmoqda.

Onlayn seminar-trening joriy yilning 9-noyabriga qadar davom etadi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi ijod maktablari 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari boʻyicha kuchli oʻntalikdan joy olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar_trening
#ijod_maktablari

🤩 IJOD MAKTABLARI ROBOTOTEXNIKA FANI OʻQITUVCHILARI UCHUN SEMINAR-TRENING

Joriy yilning 14-15-noyabr kunlari Agentlik tizimidagi ijod maktablarining robototexnika fani oʻqituvchilari uchun "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-trening oʻtkazildi.

Unda trener sifatida Prezident maktablarining robototexnika fani oʻqituvchilari biriktirilib, Agentlik masʼul xodimlari tomonidan ZOOM platformasi orqali olib borildi.

Maʻlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi ijod maktablarining ona tili, adabiyot, ingliz tili, tarix, matematika, sanʼat fani oʻqituvchilari uchun ham metodik tavsiyalarni oʻz ichiga olgan onlayn-seminarlar tashkil etilgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM