Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
878 subscribers
8.2K photos
863 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
#Digital_generation_ladies
#Taqdirlash_marosimi

Bugun Prezident ta'lim muassasalari va "Digital Generation Uzbekistan" tomonidan tashkil etilgan "Raqamli avlod qizlari-2022" IT oromgohining yopilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

- O'z ustingizda tinimsiz ishlashga bo'lgan intilishingiz tahsinga sazovor, aziz qizlar. "Raqamli avlod qizlari" bu yil ikkinchi marta o'tkazilmoqda va quvonarlisi, biz bu yil yanada ko'proq ishtirokchilarni qamrab ololdik. Umid qilamanki, siz bu yerda o'rganganlaringizni boshqa qizlarga ham o'rgatasiz. Bu yo'lda barchangizga muvaffaqiyat yor bo'lsin.

✔️Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi va eng yaxshi loyiha mualliflari qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

📌Eslatib o'tamiz, "Raqamli avlod-2022" IT tadbiri 28-fevral-4-mart kunlari bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar 5 ta yo'nalish bo'yicha tahsil olishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Raqamli_avlod_oromgohi
#Taqdirlash_marosimi

Joriy yilning 30-avgust kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi va "Digital Generation" NNT bilan hamkorlikda tashkil etilgan"Raqamli avlod-2022” inklyuziv IT oromgohi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi:

- "Raqamli avlod IT oromgohi" har yili axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlarni o'zida qamrab oluvchi yaxshi an'anaga aylanib bormoqda. Yoshlarimiz bu oromgoh davomida ko'plab yangi bilimlarga ega bo'lish bilan bir qatorda yangi do'stlar ham orttirishmoqda. Bu quvonarli holat, albatta. Mazkur oromgoh va darslarni o'ziga xos taassurotlar bilan eslashingizga aminman. Kelgusi faoliyatingizda ham zafar yor bo'lsin!

Tadbir doirasida, shuningdek o‘quvchilarning loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, trening ishtirokchilari va mentor-o’qituvchilar sertifikat hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

📌Ma'lumot uchun, mazkur inklyuziv IT oromgoh 25-avgustdan 30-avgustga qadar bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar 8 yo'nalish doirasida tajribali mentorlardan saboq olishdi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Taqdirlash_marosimi
#Teatr_ibratxonadir

Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivali nihoyasiga yetdi.

✔️Festivalning taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o'quvchilarni samimiy tabrikladi.

📶 Festival doirasida “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari tomonidan 20 dan ortiq spektakl, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

Tadbirda teatr festivali ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

📝 G'oliblar bilan tanishing.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijodiy_olimpiada
#taqdirlash_marosimi

IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA ILK BOR OʻTKAZILGAN IJODIY OLIMPIADA YAKUNLANDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining 8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida ilk bor tashkil etilgan ikki bosqichli “Ijodiy olimpiada” yakunlandi.

Agentlik bosqichida ishtirokchilar ijodiy matn, monolog, bahribayt shartlari asosida oʻzaro kuch sinashdi. Yakuniy natijalar va hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra:

8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

1-o‘rinni – Nigina Rustamboyeva, Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi;

2-o‘rinni – Zilola G‘ofurjonova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

3-o‘rinni – Hojira Kamoliddinova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

1-o‘rinni – Rayyona Alijonova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

2-o‘rinni – Zulxayo Mingboyeva, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

3-o‘rinni – Shahlo Safarova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktab o‘quvchisi egalladi.

Olimpiada gʻoliblari hamda ishtirokchilari munosib taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Taqdirlash_marosimi
#Ziyolilar

"Ziyolilar.maktab": 100 nafar eng iqtidorli yoshlar taqdirlandi


Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish Ziyo Forum fondi bilan hamkorlikda "Ziyolilar.maktab" loyihasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi. U o’z nutqida g‘oliblar va ularning yaqinlarini samimiy tabriklab, ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tiladi.

Fond direktori Bobur Farmanov ham so’zga chiqib, barchaga o‘z ezgu tilaklarini bildirdi.

G‘olib o‘quvchilar sertifikat, “Ziyolilar” to‘plami hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Ma’lumot o‘rnida: "Ziyolilar.maktab" loyihasi doirasida 9300dan ziyod anketalar kelib tushgan. Ular orasidan 100 nafar eng faol, tashabbuskor va iqtidorli o‘quvchilar saralab olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM