Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
884 subscribers
8.5K photos
873 videos
50 files
1.87K links
Download Telegram
#O‘quvchilar_ijodidan

Ogahiy - hamisha barhayot

Xorazm bag'ringda ulg'aygan ne ne daholar,
Necha ming zotlarga bo'lding sen bayot.
She'riyat gulshanin gullatgan shoir
Ogahiy dillarda mangu barhayot.

G'azal bo'stonida charx urgan xumo,
"Navro'zi" baxsh etgan dillarga hayot
"Iqbol bog'lari"ga yetaklar ohang,
Ogahiy tillarda mangu barhayot.

"Oshiqlar tumori" yodimda har dam,
O'qisam yuraklar qo'msaydi hayhot.
"Saodat bog'i"ga chorlagan daho
Ogahiy kuylarda mangu barhayot.

"Qasidayi nasihatin" olib qo'limga
Ibratlardan mudom topaman najot
Hikmatlari muhrlab qo'yilgan dilga,
Ogahiy qalblarda mangu barhayot.

Bugun uning nomi o'chmas dillardan,
Shoh baytlari berar ko'ngilga qanot.
Foniy hayotida boqiy nom olgan,
Ogahiy o'lmaydi, mangu barhayot!!!

Gulbadanbegim Aliqulova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi
#O‘quvchilar_ijodidan

VATAN

Bag‘ringda bo‘lsam ham talpinib senga,
Har otgan tongingni qo‘msayman, Vatan.
Har hovuch tuprog‘ing ko‘zga to‘tiyo,
Dunyolarga seni alishmam, Vatan.

Bu yurtning sururli soylari aziz,
Bu yurtning g‘ururli tog‘lari aziz.
Momaqaldiroqli chog‘lari aziz,
Ajdodlardan meros xazinam Vatan.

Mehringni yurakdan tuyaman mudom,
Fitrat, Cho‘lponlaring kabi sodiqman.
Farzandingman, meni xizmatga buyur,
Tinchliging tilayman subhi sodiqdan.

Husniya ABDULHAMIDOVA
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi

@itma_myim
 #Zamin_Creаtive
#O'zaro_hamkorlikdagi_jarayonlar

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalarida navbatdagi mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

❇️“Zamin Creative” ta'lim dasturi bo'yicha  aktyorlik mahorati, Fashion Design va media savodxonlik sohalarida ko‘nikmalarga ega bo‘lishga qaratilgan. Ushbu jarayonlarga ijod maktabi o'quvchilari bilan bir qatorda Xo'jaobod shahridagi 17-maxsus (eshitishda nuqsoni bor) maktab hamda zaif eshituvchi maxsus maktab o'quvchilari jalb etildi.

🔰“Zamin Creative” studiyalaridagi o'quv kurslari o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini  samarali tashkil etish va zamonaviy kasb-hunarlarni egallashlariga qaratilib , unda imtihondan o'tgan o'quvchilar ishtirok etmoqdalar.        
#ijod_maktablari
#o‘quv_trening

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida 3 kunlik Respublika o‘quv-trening boshlandi.

🔷O‘quv treningda Respublikadagi 9 ta ijod maktablarining o‘quv ishlari va ixtisoslik fanlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika, informatika va biologiya fanlari o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ijod_maktablari
#o‘quv_trening

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusidagi Respublika o‘quv-trening ochilish marosimi o‘tkazildi.

♻️Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi hodimlari ishtirok etib, yangi o‘quv faoliyatiga muvofaqqiyat tiladi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ijod_maktablari
#o‘quv_trening

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusidagi Respublika o‘quv trening ishtirokchilari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan tanishdilar.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida yo‘lga qo‘yilgan ijodiy va kasbiy to‘garaklar, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdilar

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ijod_maktablari
#o‘quv_trening

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida Respublika o‘quv trening ishtirokchilari guruhlarga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirmoqda.

🔷 Texnalogiyalar integratsiyasi, ijtimoiy-hissiy ta'lim, raqamli sinfxona kabi yangicha yondashuvlar asosida hamda o‘quv dasturi bilan ishlash, fan to‘garaklarini tashkil etish yuzasidan mashg‘ulotlar tashkil etildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#o‘quv_trening

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida Respublika o‘quv trening o‘tkazildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ijod_maktablari
#o‘quv_trening
#2_kun

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida Respublika o‘quv trening davom etmoqda.

🔷"Bog‘ishamol" oromgohida davom etayotgan o‘quv trening ishtirokchilari mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘tkazildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ijod_maktablari
#o‘quv_trening
#2_kun

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida Respublika o‘quv trening davom etmoqda.

🔷"Bog‘ishamol" oromgohida davom etayotgan o‘quv trening ishtirokchilari
o‘rtasida sog’lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy  faoligini oshirish maqsadida sport musobaqalari o‘tkazildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ijod_maktablari
#o‘quv_trening
#2_kun

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida Respublika o‘quv trening davom etmoqda.

🔷"Bog‘ishamol" oromgohida davom etayotgan o‘quv trening ishtirokchilari tasviriy san'at yo‘nalishida o‘zlarini sinab ko‘rish bilan birga va psixologik treninglarda faol ishtirok etdilar.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ijod_maktablari
#o‘quv_trening
#2_kun

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida Respublika o‘quv trening doirasida "Bog‘ishamol" oromgohida o‘tkazilgan tadbirlada faol ishtirok etgan ijod maktablari munosib taqdirlandi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#ijod_maktablari
#o‘quv_trening

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida Respublika o‘quv trening yakunida tadbirlarda faol ishtirok etgan pedagoglar munosib taqdirlandi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#o‘quvchilar_ijodidan

Ustoz

Goʻzallikning koni qayda,
Yaxshilikni kim boqqan.
Sadoqatning xomiysi kim,
Nega hammaga yoqqan?

Ishonch bilan matonatning
Obroʻsi hamon baland.
Shirinsoʻzlik ta'min bilsam
Goʻyo asal bilan qand.

Ishtiyoqning oʻrni osmon
Saodatga omad yor.
Oʻylab qoldim bu soʻzlarga
Qay manbada ta'rif bor?

Xomushligim koʻrib ustoz
Soʻrab asta sababin.
Bunday oʻychan holatimning
Bilmoq boʻldi daragin.

Savolimni berdim bir- bir
Yechib asta tugunni.
Ustoz, menga yoʻl koʻrsating
Yengillating yukimni.

Bolajonim, oʻylanma hech
Savoling hech yukmas-da.
Gar aytganim bajara olsang
Gʻaming ketar birpasta.

Bu soʻzlarning magʻzin senga
Chaqib berar bir oftob.
Senga asil yordamchidir
Kutubxona va kitob!

Rahmat aytib ustozimga
Parishonlikni yopdim.
Yaxshiyamki ustozim bor
Bariga yechim topdim!

Mubina Sharipova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 8-sinf
o‘quvchisi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim